Nazorat uchun savollar:
1.“Kompetentlik” tushunchasini izohlab bering.
2. Kompetentlikturlarinimalardaniborat?
3. Kasbiy kompetentlikning shakllanish bosqichlari qaysilar?
4. Kvalifikasiya va kompetentlikning o’zaro munosabatini tushuntiring.
5. Kompetentlik ko’rinishlarini asoslab bering.
6. Texnologik madaniyatiga qo`yiladigan shaxsiy va kasbiy sifatlar deganda nimalar ko`zda tutiladi?
Foydalaniladiganadabiyotlar:
1. Muslimov N.A vaboshqalar. Innovatsionta’limtexnologiyalari. Ukuv-metodikqo`llanma. - T.: “Sano-standart”, 2015. - 208 b.
2. Muslimov N.A vaboshqalar. Pedagogikkompetentlikvakreativasoslari. Ukuv-metodikqo`llanma. - T.: “Sano-standart”, 2015. - 120 b.
3. Sharipova, E.F. Formirovanie obshetexnologicheskoy kompetentsii budushix uchiteley. [Tekst]: monografiya/ E.F. Sharipova. - Chelyabinsk: Izd- voChelyab. gos. ped. un-ta, 2015. - 186 s.
4. Murtozaev M.Z. Texnologiya ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonini amaliy saviyasini oshirishning uslubiy pedagogic asoslari. Monografiya .-T.: «Fan va texnologiya», 2017, 120 bet.
Ma`ruza – 5. O`QITUVCHI TEXNOLOGIK MADANIYATINIIG TARKIBIY KISMLARI
REJA:
1. Kasbiy faoliyatda texnologik madaniyatni shakllantirish.
2.Texnologik madaniyatining tarbiyalovchi imkoniyatlari.
3.Texnologik madaniyatning individual uslublarini shakllantirish metodikasi.
4.Ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda o‘qituvchi o`rni.
0‘qituvchining kasbiy faoliyatida texnologik madaniyatini shakllantirish muammosi kishilik jamiyatining ehtiyojlari va talablaridan kelib chiqqan holda hal qilinadi. Shu boisdan hozirgi davrda 0‘zbekiston Respublikasining ‘Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda kasb tanlash motivlari, kasbiy tayyorgarlik, kasbiy layoqat va kasbiy mahorat bilan cheklanib qolmaslikni, balki bo‘lg‘usi pedagog kadrlar shaxsiy faoliyatida kasbiy madaniyatni tarkib toptirish mutlaqo zarur ekanligi ta’kidlanadi. Respublikamizda o‘qituvchilik kasbining o‘ziga xos etnopsixologik fazilatlari, hislatlari, qobiliyatlari ish uslublari, pedagogik mahorat sirlarini egallash yoilari, shaxslararo texnologik madaniyati yuzasidan turli davrlarda har xil ilmiy izlanishlar olib borilgan.
Texnologik madaniyatining tarbiyalovchi imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish ko‘p jihatdan o'qituvchining shaxsiy sifatlari bilan belgilanishini ta’kidlab o‘tish lozim. Texnologik madaniyatining har jihatdan to‘g‘ri tanlangan, o‘qituvchining ma’naviy saviyasi, betakror xususiyatlariga muvofiq keluvchi uslubi quyidagi vazifalar majmuini hal qilishga yordam beradi:
birinchidan,texnologiyada har bir o‘quvchiga alohida e tibor va dilkashlik sinf jamoasi bilan umumiy texnologik jarayonini soddalashtiradi, o‘qituvchining erkin pedagogik faoliyati uchun zamin tayyorlaydi, ziddiyatli vaziyatlarni oson hal qiladi;
ikkinchidan.har bir o'quvchi bilan o'zaro munosabatni erkin texnologik asosida tashkil qilish, ulaming yosh xususiyatlariga monand pedagogik va psixologik texnologik uslublarini tanlash, uning ruhiyatini bilishga, ichki dunyosiga “kirib borish”gayo‘l ochadi;
uchinchidan,texnologiyada o‘qituvchining ma’naviy-axloqiy normalari muvaffaqiyatlar kaliti boiib, talim-tarbiya samaradorligin oshiradi, texnologiyaning barcha bosqichlarida o‘qituvchining o‘z faoliyatidan qoniqish hissini vaxotirjamligini ta’minlaydi.
O'qituvchinmg o‘quvchilar bilan boiadigan texnologik madaniyat individual uslublarini shakllantirish metodikasi quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |