1.1. Joriy o’quv –uslubiy ta’minot
1.1.1. Ma’ruzalar matni
Fizika va texnologik ta’lim fakulteti
Texnologik ta`lim kafedrasi
TEXNOLOGIK MADANIYAT VA KOMPETENTLIK ASOSLARI
FANIDAN
MARUZALAR MATNI
Jizzax-2021
Annotatsiya
Ushbu o`quv uslubiy majmua pedagogika institutlarining Fizika va texnologik ta’lim fakulteti talabalarini umumiy o`rta ta`lim maktablari o`quvchilariga ta`lim-tarbiya berish ishiga yo`naltirish uchun ularga maktablarda bolajak Texnologiya fani o`qituvchilari bilishi zarur bolgan fanga kirish, zamonaviy o`qituvchining texnologik madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning madaniy-texnologik aspekti, texnologik madaniyatga qo`yiladigan shaxsiy va kasbiy sifatlar, tarkibiy kismlari, shakllantirish tizimi va uni baholash, kompetentlikning ilmiy-nazariy asoslari, kompetensiya, kompetentlik tushunchalarining moxiyati va ilmiy maktablar talqini, kompetensiyaviy yondashuvning xorijiy tajribalari, o`qituvchilar kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari, didaktik xususiyatlari, ta’limga an’anaviy va kompetentlikka yo`naltirilgan yondoshuvlarning qiyosiy tavsifi, kompetentlikni rivojlantirish texnologiyalari, kasbiy shakllari, baholash mezonlari, ko`rsatkichlari va darajalari
kabi bilim, ko`nikma hosil qilishga mo’ljallangan.
Shuningdek, talabalar amaliy mashgulotlar va mustaqil ta`limda zamonaviy texologiya o`qituvchisining pedagogik kompetentligi, metodik kompetentligi va uni takomillashtirish, texologiya o`qituvchisining texnologik kompetentligi va madaniyati, umumkasbiy kompetentligini rivojlantirish, texologiyani rivojlantirish, zamonaviy o‘qitishni takomillashtirish yo`llari, zamonaviy texologiya o`qituvchisining tashkilotchilik va boshqarish kompetentligi va uni rivojlantirish, kommunikativ kompetentligiga qo`yiladigan talablar va kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish, axborot bilan ishlashga (ma’lumot kidirish, saralash, taxrirlash va olingan axborotlarni samarali qo`llashga) oid kasbiy kompetentligi, intellektual kompetentligi hamda vaziyatlarni analiz va sintez qila olishi, zamonaviy ta’lim sharoitida o`qituvchining operatsion-texnologik kompetentligi va uni takomillashtirish, Innovatsion xamkorlik sharoitida texologiya o`qituvchisining amaliy-faoliyatli kompetentligini rivojlantirish, texnologik ta’lim o`qituvchilarining kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari, zamonaviy texologiya o`qituvchisining ja+moani tashkil qilish, nazorat va rag‘batlantiraolish mahoratiga ega bo‘lish kompetentligi, mustaqil ta’lim kompetentligi hamda “Portfolio”si va boshqa ma`lumotlarni o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |