Maqsad: eshitish xotirasini rivojlantirish, muomaladagi sherikni tinglash qobiliyatini rivojlantirish.
«Dialog» Guruhning ikki qatnashchisiga o‘zaro dialogvaziyatida ikki xil vazifa, maqsad qo‘yiladi. Ulardan biri ikkinchisini biror-bir narsaga (Masalan: sport tugaragiga qatnashish, uyga vazifani birgalikda bajarishga, yangi kinofilmni ko‘rishga va boshqalarga) ko‘ndirishga, ikkinchisi esa unga yordam berishni butunlay rad etishga harakat qiladi. SHu bilan birga ular suhbat davomida ahloq me’yorlari doirasidan chiqmasliklari, o‘z xoxishlarini ishonchli dalillashlar asosida bayon etishlari lozim bo‘ladi. Mashq dialog qatnashchilaridan biri ikkinchisining fikriga bo‘ysunmaguncha davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |