Lichinka xordalilarning sistematikasi
Lichinka xordalilar kenja tipi uchta sinfga bo`linadi:
1-sinf Assidiyalar.
Assidiyalar yakka va koloniya xolda suvda o`trok hamda erkin suzib xayot kechiradi. Yakka assidiyalarning ba’zi turlarining bo’yi 50 sm. ga yetadi. Va rangi tiniq bo`ladi.
Boshqa assidiyalar koloniya xosil qiladi. Assidiyalarning uchinchi gruppalari esa erkin suzuvshi koloniya xosil qiladi. Assidiyalar yer sharining barchasi dengiz suvlarida tarqalgan.
2-sinf. Sal’plar
Sal’plar erkin suzib yuruvchi dengiz hayvonlaridir. Gavdasi tashqi ko’rinishidan bodrinnga o’xshaydi. Gavdasining oldingi va orqа uchlarida og`iz va kloaka teshiklari joylashadi. Butun gavdasi yupqa tiniq parda bilan o’ralgan. Hayvonni o`rab olgan muskul lentalari shu pardadan ko’rinib turadi. Sal’plarning yakka xolda koloniya bo`lib yashaydigan turlari ham bor.
Sal’plar uchun jinssiz va jinsiy ko`payishning navbatlashib turishi organizmlar bilan ovqatlanadi.
3-sinf. Appendikulyarlar
Bularning gavdasining uzunligi 0,3-3 mm. bo`ladi. Faqat ba’zilari 1-2 sm. ga yetadi. Suvda erkin suzib xayot kechiradi. Appendikulyariyalarga o’xshab ketadi. Ularning dumlari umrbod saqlanadi. Dum ikki bo`ylab, xorda va uning ustida nerv nayi joylashadi. Atrial bo’shlig’i bo`lmaydi. Ularda regressiv metamorfoz uchramaydi. Terisi ajralgan moddadan gilof xosil bo`ladi. Gilof assidiyalarning pardasiga mos keladi.
4-MA’RUZA
Umurtqalilar kenja tipi
REJA:
1.Umurtqalilar kenja tipining umumiy tavsifi.
2.Umurtqali hayvonlar tuzilishining umumiy obzori.
3.Umurtqalilar kenja tipining sistematikasi.
Tayansh iboralar: ulchamlarini va o`z jinslarini faol xarakat qilib, axtarib topish, bosh miyasining bo’limlari, sezish organlari, bosh skeleti, umurtqa pog’onasi, skeleti, suzgich qanotlar va oyoqlar skeleti, ajratish organi- buyraklar, yuragi, bo’lish, katta sinf va sinflarga bo’linishi.
Bosh qutisizlar kam xarakat qilib xayot kechiradigan, suv oqimi bilan kirgan ovqatlarini yeb, jinsiy maxsulotlarini suvga tashlab passiv ravishda ko`payadigan hayvonlar bo’lsa, Umurtqalilar aksinsha urgochilarini ham, ovqatlarini ham o`zi aktiv ravishda axtarib topadigan hayvonlardir. Umurtqalilarning ana shu muxim biologik belgilari ularning bir muncha yuqori tuzilganligidadir.
Umurtqalilarning nerv sistemasi bosh qutisizlarga nisbatan ancha takomillashgan, ya’ni nerv nayi bosh va orqа miyalarga ajralgan. Bosh miya har xil funksiyalarni bajaruvshi bo’lmalarga bo’lingan. Bular uchun tirik organizm bilan tashqi muxit o’rtasidagi aloqani yo`zaga keltiruvshi har xil va murakkab tuzilgan sezuv organlarining bo’lishi xarakterlidir.
Bosh miya va organlarining taraqqiy etishi bilan bu organizmlarni ximoya qiladigan bosh quti xosil bo`ladi. O’q skeleti bo`lib ko`pshilik umurtqali hayvonlarda tanaga tayansh va orqа miyani ximoya qiluvshi tog`aydan yoki suyakdan tashkil topgan umurtqa pog’onasi xosil bo`ladi.
Ichak nayining bo’limida ovqatni tutib turadigan, uzib oladigan va maydalaydigan og`iz va jag` apparatlari xosil bo`ladi. Yana yaxshi shakllangan yurak, ayirish organi – buyraklar rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |