Lichinka xordalilar kenja tipi REJA 1.Lichinka xordalilar kenja tipining umumiy tavsifi.
2.Lichinka xordalilarning vakili sifatida assidiyaning tashqi va ichki tuzilishi.
3.Lichinka xordalilar kenja tipining sistematikasi.
Tayansh iboralar: O`trok xayot kechirishi, parda va mantiya, lichinka davrida xorda va nerv nayini bo’lishi, assidiyaning ovqat xazm qilish kanali, sig’ma, endostil, ichak atrial bo’shliq, yuragi, germofrodit, jinsiy va jinssiz ko`payishi. Lichinka xordalilarni sinflarga bo’lishi.
Lichinka xordalilar hayvonlarning primitiv (sodda tuban) gruppasi bo`lib, 1500 ga yaqin turlarni o`z ichiga oladi. Bular asosan dengizda yashovchi hayvonlar xisoblanadi va ko`pchiligi boshqa xordalilardan voyaga yetgan davrida nerv nayi va xordalilarning yo`qligi bilan farq qiladi. Shuning uchun ham bular lichinka xordalilar deb ataladi. Bu hayvonlarning hammasi gavdasining maxsus parda – tunikaga o’ralganligi bilan ham xarakterlanadi.
Tunika o`zining ximiyaviy tarkibiga ko’ra o’simlik sellyulozasiga o’xshash va moddaning hayvonot olamida ham borligini ko’rsatadigan yagona misol xisoblanadi.
Voyaga yetgan assidiya tashqi ko`rinishiga ko’ra qo’shog`izli shisha bankaga o’xshaydi. Ostki tomoni bilan suv tagidagi birorta narsaga yopishib oladi va o`troq xayot kechiradi. Gavdasining ustki tomonida og`iz sifoni, yon tomonida kloaka sifoni joylashadi.
Ovqat xazm qilish va nafas olish organlari. Og`iz sifoni serbar xaltasimon xalqumga ochiladi. Xalqumning devorida bir qancha jabra yoriqlari – stigmalar bor, stigmalar tashqariga ochilmasdan jabra oldi bo`shlig’iga yoki atrial bo’shliqqa ochiladi. Xalqumning tagida qisqa qizil o`ngachga ochiladigan teshik bor. Qizil o`ngach xaltasimon oshqozonga ochiladi. Oshqozon esa ichak bilan qo`shiladi.
Ichak atrial bo’shliqqa ochiladi. Atrial bo’shliq kloaka sifoniga ochiladi. Ovqat zarrachalari suv bilan birga xalqumga tushadi. Xalqumdan bezli ariqcha - endostilga cho’kadi. endostil og`iz teshigiga etmasdan turib xalqum oldi egatchasiga hamda xalqum qarama-qarshi joylashgan orqа plastinkalarga bo`linadi. Ovqat lo`qmalari endostilning kiprikli hujayralari yordamida yuqoriga – xalqum oldi egatchasiga xaydaladi. U yerdan orqа plastinka orqаli qizil o`ngachga qochiladi. Qonaylanish sistemasi tutash emas. Xaltachasimon yurakdan ikkita qontomiri chiqadi. Bulardan oldingisi jabra qontomiri deb ataladi va ichki organlarga boradi. Assidiya yuragining xususiyati shundaki, u qonni dam u tomonga, dam bu tomonga qarab xaydaydi. Natijada assidiyaning har qaysi qontomiri ba’zan arteriya vazifasini, ba’zan vena vazifasini bajaradi.
Assidiyaning markaziy nerv sistemasi ichki bo’shlig’i bo’lmagan nerv tugunchasidan iborat bo`lib, bu tugunchalar og`iz va kloaka sifonlari o’rtasida joylashgan. Sezuv organlari yo`q. Asyidiyada ajratish organlari bo`lmaydi.
Ko`payish organlari. Assidiyalar germoffradit hayvonlar xisoblanadi. Lekin jinsiy hujayralari bir vaqtda pishib yetishmaganligi sababli ular o`z-o`zini urug’lantirolmaydi. Natijada bitta assidiyaning o`zi ham erkaklik, ham urg’ochilik funksiyalarini bajaradi. Assidiyalar jinssiz va jinsiy yo’llar bilan ko`payadi. Jinnsiz ko`paygan vaqtda assidiyaning qorinli tomonida kurtak xosil qiluvchi stolon - kolbasimon burtma xosil bo`ladi. Shu burtmalarda kurtaklar paydo bo`ladi. Barcha organlar shu kurtaklardan yuzaga keladi.
Rus olimi A.O.Kovalevskiyning tekshirishlariga ko’ra jinsiy ko`payish vaqtida assidiyaning urug’langan tuxum xujayrasidan kichik xarakatchan lichinka chiqadi. Lichinkaning keyingi qismida uzun dumi bo`ladi. Dum bo`ylab uzun xorda joylashadi. Xorda ustida nerv nayi joylashgan. Lichinkaning xalqumida ko`p sonli jabra yoriqlari bor. Xarakatchan lichinka tezda suv osti qismlariga yopishib olib regressiv metomorfoz davrini o`z boshidan kechiradi. Dumi, unda joylashgan xordasi, nerv nayining ko`p qismi yo`qoladi. Nerv nayining oldingi qismi nerv tushunchasiga aylanadi. Teri qoplagichlari burmasidan atriopor xosil bo`ladi. Shunday qilib, xordalilarga xos belgilarga ega bo`lgan xarakatchan lichinka asta-sekin o`trok xolda yashovshi, voyaga yetgan assidiyaga aylanadi.