A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika



Download 0,81 Mb.
bet10/60
Sana05.06.2022
Hajmi0,81 Mb.
#637670
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60
Bog'liq
Um-lilar.MAJ-19-20

Suyakli baliqlar sinfi
Reja
1.Suyakli baliqlar sinfining umumiy tavsifi.
2.Tashqi tuzilishi va ichki tuzilishi.
3.Suyakli baliqlar skeleti
a) O`q skeleti
b) Bosh skeleti
v) Suzgich qanotlari skeleti
4.Suyakli baliqlar sinfining sistematikasi
a) Shu’la qanotlilar kenja sinfi
b) Kaft qanotlilar kenja sinfi
v) Ikki xil nafas oluvchi baliqlar

Tayansh iboralar: skeleti, suyakdan tashkil topgan, tangachalari, suzgich qanotlari, nerv sistemasi va sezuv organlari, ovqat xazm qilish, nafas olish organlari, jabra qopqog`i, qonaylanish tizimi, siydik tanosil tizimi.
Umrtqasi amfsel tipda, tana va dum bo`limi, miya qo`tisi, visseral skelet yoylari, suzgich qanotlar skeleti. Kenja sinflar katta turkumlar, turkumlar, vakillari
Yer yuzasida barchasi suv xavzalarida tarqalgan. Bu sinf umurtqali hayvonlar ichida eng ko`p turlisi, 20 mingga yaqin turni o`z ichiga oladi. Suyakli baliqlarning skeleti suyakdan tuzilgan yoki skeletida hamma vaqt ma’lum miqdorda qoplag`ich suyaklar bo`ladi. Terilari suyak tangachalar bilan qoplangan bo`lib, hech qachon plakoid tangacha bo`lmaydi. Jabra yoriqlari suyakdan tuzilgan jabra qopqog`i bilan yopilib turadi. Kloakasi yo`q, dumlari teng pallali gomoserkal va geteroserkal tiplarda bo`ladi. Qizilo`ngachning ustki old tomonida havo pufagi bor. Arterial konus ko`pchilik suyakli baliqlarda yo`qolib ketadi. Qorin aortasining yurak qorinchasidan chiqqan qismi kengayib aorta so`g`onini xosil qiladi. Ko`pchiligida urug`lanish prosessi tashqi va urug`lari mayda. Jabralaro to`siq bo`lmaydi va jabra yaproqlari jabra yoylariga joylashadi.
Suyakli baliqlarning tuzilishini olabug`a balig`i misolida ko`rib chiqamiz.
Teri koplag`ichlari. Okunning terisi suyak tangachalar bilan qoplangan. Terisi shilimshiq modda ishlab chiqaruvchi bezlarga boy bo`ladi. Shilimshiq modda suzganda gavdasining suvga ishqalanishini kamaytiradi.
Nerv sistemasi va sezuv organlari. Bosh miyasi tog`ayli baliqlarning bosh miyasiga nisbatan ancha sodda tuzilgan. Avvalo, uning o`lchami kichik, oldingi miya yarim sharlarining qopqog`i epiteliy bilan qoplangan bo`lib, nerv moddasi bo`lmaydi.
Ko`rish organi hamma baliqlardagi singari yumaloq ko`z gavxaridan, yassi shox pardadan iborat bo`lib, o`zoqdan ko`rolmaydi. Ko`z kosasining orqа tomonida joylashgan uo’roqsimon o`simta, ko`z gavxarini siljitib turadi.
Eshituv organi faqat ichki quloqdan iborat va baliqlarning o`zaro kontaktida katta axamiyatga ega. Ko`pchilik baliqlar tishlari, suzgich qanotlarining ishqalanishi, havo pufaklari yordamida har xil ovozlar chiqaradi.
Yon chiziq organi teri ostida kanal xosil qiladi. Bu kanal tashqi muxit bilan, qator tangachalardan chiqqan teshikchalar bilan tutashadi. Kanal devorida nerv uchlari joylashadi. Yon chiziq organi suvning oqimi va bosimini aniqlaydi.
Ovqat xazm qilish organi. Og`iz bo`shlig`ida bir qancha konussimon tishlar bo`lib, bu tishlar jag` oralig’i, ustki jag`, tish va xatto tanglay, qanotsimon, dimog` hamda parasfenoid suyaklariga joylashgan. Tishlar og`izdagi ovqatni ushlab turish uchun xizmat qiladi. Tili yo`q. Og`iz- xalqum bo`shlig`idan ovqat qizilo`ngachga, qizilo`ngach esa oshqozonga ochiladi. Oshqozondan boshlangan ichak takomillashgan va uning ichida spiral klapani yo`q. Lekin uning o`rniga shu funksiyani bajaruvchi pilorik o`simtalar chiqadi. Ichak bo`g`ichiga taloq o`rnashgan. Katta jigarida o`t pufagi bor. Oshqozon osti bezi ichak bo`ylab tarqalgan.
Xavo pufakchasi qorinli bo`shlig’ining butun orqа qismini to’ldirib turadi. Uning ichi asosan azot hamda karbonat angidrid va kislorod gazlari bilan to`ldirilgan. Xavo pufakchasi gidrostatik vazifani bajaradi, ya’ni u kengayganda baliqning solishtirma og`irligi kamayadi, puchayganda esa ortadi.
Nafas olish organlari. Ola – buga balig’ida barchai suyakli baliqlar singari jabralaro to`siqlar bo`lmaydi, shu sababli jabra yaproqlari faqat jabra yoylariga birikadi. Jabra yoriqlarini tashqi tomondan jabra qopqog`i yopib turadi.
Nafas olish aktiv jabra qopqoqlarining xarakati va suvni jabra bo’shlig’iga yutish hamda undan tashqariga itarib chiqarayotgan og`izning xarakati tufayli yuzaga keladi.
Qonaylanish sistemasi. Yuragida arterial konus yo`q. Qorinli aortasining oldingi qismi kengayib, aorta sugonini xosil qiladi. Bu silliq muskuldan tuzilgan, shuning uchun ham u yurak singari mustaqil ravishda urib turolmaydi. Jabralar to’rt juft bo`lganligi sababli jabraga olib keluvchi arteriyalar ham to’rt juft bo`ladi. Venoz sistemasi uchun faqat chap kardinal venasi buyrak kopka sistemasini xosil qilishi xarakterlidir.
Ayirish organlari bir juft uzun lentasimon shakldagi tana mezonfretik buyraklardan tashkil topgan bo`lib, xavo pufakchasi ustida umurtqalarining yoni bo`ylab joylashadi. Buyraklarning ichki qirrasidan bir juft siydik yo’li - Vol’f kanali boshlanadi. Bu kanallar pastroqda o`zaro qo`shilib, siydik pufagiga quchiladigan bitta umumiy kanal xosil qiladi.
Urchish organlari. Erkagining juft urug’donlari ichida bo’shlig’i bo`ladi. Urug’donlarida maxsus teshiklar bilan siydik tanosil orqаli tashqariga ochiladigan umumiy chiqarish yo’li bo`ladi. Urg’ochisida aloxida chiqarish yo’li yo`q. Shunga ko’ra ularning tuxumdoni to’g’ridan - to’g’ri jinsiy teshikka oshadi. Shunday qilib, urg’ochilarida akuladagi singari tuxum yo’li vazifasini bajaruvchi Myuller kanali yo`q, erkaklarida esa urug’donlari buyrak bilan bog’lanmagan, Vol’f kanali faqat siydik yo’li vazifasini bajaradi.
Ikralari kichik, urug’lanishi odatda tashqi bo`ladi.
Skeleti. Umurtqa pog’onasi amfisel tipdagi umurtqalilardan tashkil topgan, tana va dum umurtqalariga bo`linadi. Umurtqalardan ustki va pastki yoylar chiqadi. Tana bo’limidagi umurtqalarning ustki yoylari qo`shilib, orqа miya kanalini xosil qiladi. Pastki yoylar ko`ndalang o`simtalarga qo’shiladi. Ko`ndalang o`simtalar pastki yoylardan xosil bo`ladi. Dum bo’limining pastki yoylari qo`shilib, qon tomirlari o`tadigan gemal kanal va gemal o`simta xosil qiladi.
Bosh skeleti o`z navbatida miya qutisi skeleti va visseral skeletlarga bo`linadi. Miya qutisining tog`ay xisobidan xosil bo`lgan almashuvchi suyaklari quyidagilar xisoblanadi: ensa qismida engsa teshigi atrofida toq ustki ensa juft yon ensa va toq asosiy ensa suyaklari rivojlanadi. Eshitish kapsulasini tashkil qiladigan quloq suyaklari bor, ular beshtadan bo`ladi. Ko`z kosasining devorini toq asosi ponasimon, juft qanotponasimon va ko`zponasimon suyaklar tashkil qiladi.
Xidlov kapsulasining o’rnida toq oraliq xidlov suyagi va juft yon xidlov suyaklari rivojlanadi.
Miya qutisining qoplovchi suyaklariga bosh miyani ustki tomonidan yopib turuvchi juft burun, peshona va tepa suyaklari va miya qutisi ostidan tutib turuvchi toq parasfenoid suyaklari kiradi. Parasfenoid suyagining oldida toq dimoq suyagi joylashadi.
Visseral skeletda yoy xosil qilgan suyaklardan tashqari jabra qopqog`i bo`ladi.
Jabra yoylari va til osti yoyi ham xuddi akulalardagidek qismlardan tashkil topgan lekin suyakka aylangan.
Jag` yoyining ustki qismi akuladagi tanglay- kvadrat tog`ayga gomolog bo`lgan birlamchi ustki jag`i bir juft tanglay suyagi bilan bir juft kvadrat suyakdan iborat, bu suyaklar sistemasi ustki jag` funksiyasini bajarmasdan miya qutisining ostini xosil qiladi. Ustki jag` rolini juft qoplovchi suyaklar- ustki jag` va jigar suyaklar bajaradi.
Pastki jag` teri xisobidan xosil bo`lgan va mekkel’ tog`ayini yopib turadigan katta tish suyagidan, burchak suyagidan va almashinuvchi quchilish suyaklaridan tashkil topgan.
Ko`krak suzgich qanotlarining skeletida bazaliylari bo`lmaydi va suyak to’g’ridan- to’g’ri kamar suyagiga birikadigan radialiy suyaklaridan shu’lalardan iborat. Ko`krak kamari juft qoplovchi korakoid va ko`krak suyaklaridan tashkil topgan. Birlamchi kamar xisoblangan bu suyaklarga ikkilamchi kamar suyagi almashinuvchi suyak kleytrum tegib turadi. Qorinli suzgich qanotlarining suyak skeleti faqat bir juft plastinkadan iborat. Bazaliy va radikaliy bo’limlari yo`qolib ketib, tashqi suyak shu’lalar bevosita chanoq plastinkalariga tegib turadi.
Suyakli baliqlarning sistemaga solish ancha qiyin, shu sababli hozirgi kunga kadar bu masalada olimlar o’rtasida umumiy fikr yo`q. A.G.Bannikov, N.A.Bobrinskiy va B.S.Matveevlarning «Zoologiya kursi» II tomida keltirilgan sistematikaga ko’ra suyakli baliqlar 3 ta kenja sinfga bo`linadi:
1.Shu’laqanotlilar
2.Shotka qanotlilar
3.Ikki xil nafas oluvchilar
1.Shu’la qanotli baliqlar kenja sinfi
Gavdasining shakli xilma- xil bo`lib, yer yuzining hamma suv xavzalarida tarqalgan.
Shu’la qanotlilar turtta katta turkumga bo`linadi: tog`ayli ganoidlar, suyakli ganoidlar, suyakdor baliqlar va ko`p qanotlilar.
1.Tog`ayli Ganoidlar katta turkumi
Bu katta turkum o`z ishiga faqat osetrsimonlar turkumini oladi. Tashqi ko`rinishiga kura osetrsimonbaliqlar akulalarga ancha uxshab ketadi. Boshining uchida kazgish bor, uning tagiga og`iz teshigi ko`ndalang bo`lib joylashadi. Dum so`zgich qanoti geteroserkal tipda. Juft so`zgich qanotlari tanaga nisbatan gorizontal joylashadi. Tangashalar o`ziga xos bo`lib, besh qator bo`lib joylashadi:Uk skeletining asosini biriktiruvshi tukima pardasi bilan uralgan xorda xamda ustki va ostki umurtqa yoylari tashkil qiladi. Miya qo`tisi asosan tog`aydan tashkil topgan, lekin uning qopqog`i bosh skeletining yon tomonlari va tagi koplovshi suyaklardan iborat. Ishagida spiral klapan, yuragida arterial konusi bor.Osetrsimonlarning turlari unsha ko`p emas, ularning xammasi Shimoliy yarim sharda yashaydi. Bu turkum ikkita oilani o`z ishiga oladi.
Osetrlar oilasiga Qora Kaspiy dengizlarida yashaydigan rus osetri va sevryuga, Peshora, Kalim daryolaridan to Shimoliy muz okean kirgoklarida belugasi va boshqalar. O’rta Osiyo daryolarida yashaydigan g’alati bilbuyinlar ham shu oilaga mansub.
Kurak burunlar oilasi uzun va uchi keng rostrumi, yalang’osh terisi bilan ajralib turadi. Bular Shimoliy Amerikada va Janubiy-Sharkiy Osiyoda tarqalgan.
Osetrsimon baliqlar ovlash uchun muxim axamiyatga ega bo`lib, juda kimmatbaxo go’sht va qora ikra beradi.
2.Suyakli ganoidlar katta turkumi
Bu katta turkumdan hozirgi vaqtda faqat ikkita vakil-kayman baliq yoki panserli shurtan baliq va loyqa baliq saqlanib qolgan. Bu baliqlarda ham osetrsimon baliqlardagi singari ichaklarida spiral klapan, yuraklarida arterial konus saqlangan, ustki ensa suyagi yo`q.
Kayman balig’i va loyqa baliq Shimoliy Amerikada yashaydi.
3.Suyakdor baliqlar katta turkumi
Suyakdor baliqlar ichida eng ko`p turlisi bo`lib, hozirgi zamon baliqlarini 90% ni tashkil etadi. Bular yer yuzidagi hamma suv xavzalarida tarqalgan. Tangachalari hamma vaqt suyakdan tuzilgan, dumi gomoserkal tipda, arterial konusi va spiral klapani yo`q.
Suyakdor baliqlar katta turkumi ko`p turkumlarga bo`linadi, quyida shulardan eng muhimlarini ko`rib chiqamiz.
A) Sel’dsimonlar turkumi
Bu turkumga eng primitiv suyakdor baliqlar kiradi, bularning bosh skeletining anchagina qismi toqaydan tuzilgan. Suzgich qanotlarining shu’lalari yumshoq va bug’imli bo’lishi xarakterlidir. Bu turkumga sel’dlar va lososlar oilalari kiradi.
Sel’dlar oilasiga 150 tacha tur baliqlar kiradi. Bular asosan dengiz va okeanlarda yashaydi, ba’zilari esa ko`payish uchun daryolarga kiradi.
Sel’dlar dunyoda tutilayotgan baliqlarning 37% ini tashkil qiladi. Bularning tipik vakili bo`lib Shimoliy va Uzoq Sharqdagi dengizlarda yashovshi shimol sel’di, Kaspiy dengizi va Volga hamda Ural daryolarida yashovshi kilkalar xisoblanadi.
Lososlar orqа va dum suzgich qanotlari orasida teridan iborat skeletsiz, yog suzgich qanotlari bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bu baliqlar qimmatbaxo go’sht va qizil ikra beradi. Lososlar Shimoliy yarim sharda tarqalgan bo`lib, dengizlarda yashaydi va ikra tashlash uchun daryolarga kiradi. Lososlarga Uzoq Sharq dengizlarida yashaydigan keta, gorbushka, nerka, kul va soylarda yashaydigan gulmoy va forel baliqlari kiradi.
B) Karpsimonlar turkumi
Karpsimon baliqlarning aksariyat ko`pchiligi chuchuk suvlarda yashaydi. Bu turkumga ikkita oila: karplar va laqqa baliqlar kiradi.
Karplarning og’zida tishlari bo`lmaydi. Bu oilaga ko’l va daryolarda yashaydigan plotva, Kaspiy-Volga xavzasida yashaydigan vobla leshsh, zog’ora baliqlar kiradi.
V) Ilon baliqlar turkumi
Gavdasi uzun ilonsimon bo`lib, qorinli va ba’zan esa ko`krak suzgich qanotlari bo`lmaydi, anal, dum va orqа toq suzgich qanotlari bir- biri bilan qo`shilib ketadi.
Ilon baliqlarning turlari ko`p bo`lmaydi, asosan subtropik va tropik zona suvlarida yashaydi. Rossiyaning Evropa qismida daryo ilon balig’i yashaydi. Bu baliqning qiziq tomoni shuki, u ikra tashlash uchun daryolardan dengizga o`tadi va dengizda urug’langan ikradan chiqqan lichinka xayotining uchinchi yilida baliqqa aylanib daryolarga kiradi.
G) Shurtansimonlar turkumi
Bu baliqlarni turlari kam bo`lib yirtqich xayot kechirish, o`tkir tishli jag`larining kuchli cho`zilganligi bilan xarakterlanadi. Bu turkumning tipik vakili shurtan baliqdir. Boshqa baliqlar, qushlarning jo’jalari va baqalar bilan ovqatlanadi. Baliqchilik rayonlarida sezilarli darajada zarar keltiradi. Daryo va kullarda yashaydi.
D) Olabug’asimonlar yoki okunsimonlar turkumi
Turlari juda ko`p- 6500 ga yaqin bo`lib, asosan dengizlarda va ba’zilari chuchuk suvlarda yashaydi.
Bu baliqlarning suzgich qanotlarida uchi o`tkir va bug’imlarga bo’linmagan shu’lalar bo`ladi, qorinli suzgich qanotlari ko`krak suzgich qanotlarining ostida yoki sal oldinrog’ida turadi.
Okunsimonlar turkumiga Qora va Kaspiy dengizlarida eng ko`p ovlanadigan sudak tipik vakil xisoblanadi. Skumbriya va buka baliqlar ham shu turkumga mansubdir.
E) Treskasimonlar turkumi
Bularning hamma suzgich qanotlari yumshoq va bug’imlarga bo’lingan shu’lalar bo’lishi, qorinli suzgich qanotlarining ko`krak qanotlaridan oldinda joylashganligi bilan xarakterlanadi. Treskasimonlarning juda ko`p turlari dengizlarda yashab, ko`p ovlanadi. Tipik vakillari treska, piksha va navagalar Barens dengizlarida ko`p tutiladi.
4.Ko`p qanotlilar katta turkumi
Ko`p qanotlilar turi ko`p bo’lmagan, lekin o`ziga xos chuchuk suv baliqlaridir. Terisi yirik, xarakatchan, rombsimon tangachalar bilan qoplangan. Orqа suzgich qanotlari bir neshta. Ko`krak suzgich qanotlarining asosiy pallasi bo`ladi. Shu’lalar pallaga o`rnashgan.
Xavo pufakchasi katta o`ng va kichik chap bo’limlardan iborat. Bu ikkala bo’lim ichak kanaliga umumiy kanal orqаli qo’shiladi va qo’shimcha nafas oluv organi vazifasini bajaradi.
Hozirgi vaqtdan ko`p qanotlilarning 10 ta turi bo`lib, Afrikaning tropik qismida tarqalgan.
II.Shotka qanotlilar kenja sinfi
Shotka qanotlilar qadimgi va deyarli qirilib ketgan o`ziga xos belgilarga ega bo`lgan baliqlar gruppasidir. Bu baliqlarning birinchi vakili 1938 yilda Xind okeanida, Afrikaning Janubiy-Sharqiy qirg’oqlaridan tutilgan. Bu katta baliqning bo’yi 150 sm, og’irligi 57 kg. bo`lgan. Bunga Latimeriya deb nom berilgan. Komar orollari atrofidan latimeriya 400-1000 m chuqurlikda va suvning temperaturasi +10+140S bo`lgan joyda yashaydi. Latimeriya yirtqich bo`lib og`izlarida o`tkir tishlari bor. Juft suzgich qanotlarida ko`p qanotlilardagidek tangachalar bilan qoplangan go’shtdor asosiy pallasi bo`ladi. Latimeriyada ichki burun teshigi yo`q. Lekin mezoziy erasida yashagan shotka qanotlilarda ichki burun teshigi- xonalari bo`lib, ular atmosfera xavosi bilan ham nafas olgan. Shotka qanotlilar shu bilan diqqatga sazovorki, bulardan suvda va quruqda yashovchilar kelib chiqqan.
III.Ikki xil nafas oluvchilar kenja sinfi.
Ikki xil nafas oluvchi baliqlar - qadimgi va o`ziga xos chuchuk suvda yashovchi baliqlar gruppasi bo`lib, tuzilishida primitiv belgilari bilan bir qatorda kislorodi kamaygan suv muxitlarida yashashga o`ta moslashgan belgilari borligi bilan xarakterlanadi. Masalan, skeletining asosiy qismi umrbod tog`ay xolatida qoladi. Xordasi yaxshi rivojlanmagan va ustki hamda pastki yoylar kurtagidan tashkil topgan. Bosh skeleti tog`aydan tashkil topgan bo`lib, faqat bir nechta qoplovchi suyaklari bo`ladi. Jag` oraliq va yuqori jag` suyaklari yo`q. Ichaklarida spiral klapan, yuraklarida arterial konus bor.Ikki xil nafas oluvchi baliqlar jabradan tashqari o’pkasi bilan ham nafas oladi. O’pka bilan nafas olish organi bo`lib qizilo`ngachning qorinli tomoniga ochiladigan bitta yoki ikkita pufakchalar xizmat qiladi. Ichki burun teshiklari –xonalari bor.
Jabralarga qon olib keluvchi arteriyalarning birinchi juftidan o’pka arteriyasi chiqadi, o’pkadan esa yurak bo’lmasining chap yarmiga qo’yiladigan o’pka venasi chiqadi. Yurak bo’lmasida yupqa parda bo`lib, uni o`ng va chap qismlarga bo`lib turadi. Bundan tashqari, venoz sistemasida keyingi juft kardinal vena bilan bir qatorda keyingi kovak vena ham bor.Siydik- tanosil sistemasi akulaning siydik- tanosil sistemasiga o’xshash.Ikki xil nafas oluvchi baliqlar suv ko`rib qolgan vaqtlarda o’pkasi yordamida nafas oladi, suv kelganda yana jabralari bilan nafas oladi.
Bu kenja sinfga bitta o’pkasi bo`lgan va Avstraliyada yashaydigan shoxtish yoki serapod, ikkita o’pkasi bo`lgan va Amazonka daryosida yashaydigan lepidosiren xamda ekvatorial Afrikada yashaydigan protopteruslar kiradi.

8-MA’RUZA



Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish