Umurtqali hayvonlar tuzilishining umumiy xarakteristikasi
Gavdasining shakli xilma - xil. Suvda yashaydigan tuban umurtqa-lilarning gavdasi bosh, tana va dum qismlarga bo`linadi. Bularda toq orqа, dum va dum osti hamda juft ko`krak va qorinli suzgich qanotlari bor. Quruqlikda yashovshi umurtqali hayvonlarning gavdasida yana bo’yin qismi xosil bo`ladi, toq suzgich qanotlari bo`lmaydi, juft suzgich qanotlari o`rniga besh barmoqli tipda tuzilgan oyoklari paydo bo`ladi.
Teri qoplagichlari. Teri funksiya jixatidan muxum organdir. Chunki teri gavdani ximoya qilishda, termoregulyasiya, ayirish va sezuv prosesslarida ishtirok etadi. Teri tashqi epidermis va ichki shin teri qavatlaridan tashkil topgan. Epidermis ko`p qavatli epiteliydan tuzilgan. Xayoti suv muxiti bilan bog’lik bo`lgan to`garak og`izlilar baliqlar va amfibiyalarning lichinkalari epidermisida shilimshik modda ajratadigan bezlar bo`ladi. Shilimshik moddalar bu hayvonlarning suvda xarakatini yengillashtiradi. Quruqda yashovshi umurtqali hayvonlarda epidermisining tashqi qavati shoxlanadi. Bularning terilarining yo`zlarida har xil shox xosilalar, tangacha, qalqoncha, pat jun va boshqalar xosil bo`ladi. Shin teri qattiq tolali biriktiruvshi to’qimadan tuzilgan. Bu tuqimada tog`ay va suyak tangachalar qoplovshi suyaklar joylashadi.
Skeleti. Umurtqali hayvonlarning skeleti o’k skeletiga, bosh skeletiga va oyok skeletlariga bo`linadi.
O’q skeleti umurtqalarning embrionlarida xordadan iborat. Xorda segmentlarga bo’linmaydi. Xordani va markaziy nerv sistemasini biriktiruvshi to’qima pardasi tashqaridan o`rab turadi. Bu parda skeletogen parda xisoblanadi. Parda xisobidan tog`ay yoki suyakdan tuzilgan umurtqalar taraqqiy etadi. Minogalarning umurtqalari murtak xolda bo`lib, umurtqa pog’onasi bo’limlarga bo’linmaydi. Baliqlarning umurtqa pog’onasi ikkita bo’limga – qovurg’ali tana va qovurg’asiz dum bo’limlariga bo`linadi. Quruqda yashovshi umurtqali hayvonlarning umurtqa pog’onasi besh bo’limga: bo’yin, ko`krak, bel, dumg’oza va dum umurtqalariga bo`linadi. Bunda ko`krak bo’limining qovurg’alari tush bilan qo`shilib, ko`krak kafasini xosil qiladi. Umurtqa pog’onasi bir tomondan butun gavdaga tayanch bo`ladi, ikkinshi tomondan orqа miya va ichki organlar uchun saqlovshi g’ilov bo`lib xizmat qiladi.
Bosh skeleti miya qutisi va bet yoki visseral bo’limlardan iborat. Miya qutisi bosh miya va sezuv organlarini mexanik ta’sirotlardan ximoya qiladi.
Visseral skelet to`garak og`izlilarda tog`ay panjaralardan tuzilgan bo’lsa, baliqlarda visseral yoydan: 1) jag` yoyi 2) til osti yoyi 3) jabra yoylaridan tuzilgan. Quruqda yashovshi umurtqali hayvonlarning jag` yoyining ustki qismi eshitish suyagiga, ostki qismi yana jabra yoylarning qoldig’i til osti apparatiga aylanadi. To`garak og`izlilardan tashqari hamma umurtqalilarda juft oyoklar va ularning kamar skeleti bo`ladi. Baliqlarda juft suzgich qanotlari skeleti bo’lsa, quruqda yashovchi hayvonlarda besh barmoqli oyok skeleti bo`ladi.
Nerv sistemasi. Umurtqali hayvonlarning nerv sistemasi 1) bosh va orqа miyadan tashkil topgan markaziy nerv sistemasiga 2) bosh va orqа miyadan chiqqan nervlardan tuzilgan periferik nerv sistemasiga hamda 3) umurtqalar yoyi bo`ylab yotgan vegetativ nerv sistemasiga bo`linadi.
Bosh miya embrional taraqqiyotining ilk davrida nerv nayining oldingi bo’limda uchta pufaksha ko’rinishida bo`ladi. Keyinchalik birinchi pufakchadan oldingi va oraliq miyalar, ikkinchi miya pufagidan o’rta miya, uchinchisidan miyacha xosil bo`ladi. Miyachaning tagida uzunshok miya joylashadi. Bosh miyadan hammasi bo`lib 10-12 juft bosh miya chiqadi.
Orqа miya umrbod nay shaklida bo`ladi. Uning ichki qismi kulrang tashqi qismi esa oq miya moddalaridan tashkil topgan. Orqа miyada metamer bo`lib undan orqа miya nervlari chiqadi. Ular ikki ildiz bilan boshlanadi, sezuvshi orqа va xarakatlantiruvshi - qorin. Bu ildizlar orqа miyadan chiqqandan keyin o`zaro qo`shilib, orqа miya nervlarini xosil qiladi.
Umurtqali hayvonlarning periferik nerv sistemasi bosh miya va orqа miya nervlarining murakkab sistemasi xisoblanadi va bu nervlar gavdaning turli organlariga boradi.
Vegetativ nerv sistemasi hayvonning ichki organlarining ichini, yurakning urishini, Ichakning qisqarishini, bezlarning sekresiyasini idora qiladi.
Sezish organlari xilma - xil bo`lib, murakkab tuzilgan. Teri sezuv organlari mexanik ta’sirlarni qabul qilib oladigan nerv uchlaridan iborat bo`lib, bular teri yo`zlarida hamda ichak va boshqa organlarning shilimshik pardalari yo`zasiga tarqalgan.
Yon chiziq organlari faqat birlamshi suvda yashovshi umurtqali hayvonlarga xos. To`garak og`izlilar va amfibiyalarda bu organlar teri yuzasida joylashadi. Baliqlarda esa uzunasiga qator ketgan chiziqlar ko’rinishida gavdaning ikki yon tomonida o’rnashadi. Yon chiziq organlari tufayli hayvon suvning oqish tezligini va yunalishini o`z gavdasining xarakatini sezadi.
Eshituv organi xamisha juft bo`lib, muvozanat organi vazifasini bajaradi. To`garak og`izlilarda va baliqlarda u faqat ichki quloqdan iborat bo`ladi. Ichki quloq oval xaltachasidan va pastki to`garak xaltachadan iborat. Oval xaltachalar to`garak og`izlilardan tashqari hamma umurtqali hayvonlarda uchta yarim doira kanallar chiqadi. To`garak xaltachadan yuqoriga qarab uchi berk endolimfatik kanal chiqadi.
Amfibiyalardan boshlab o’rta quloq xosil bo`ladi. Uning ichida o`zangi suyagi, sut emizuvchilarda yana tashqi quloq paydo bo`ladi.
Ko`ruv organi bir juft ko`z soqqasidan iborat. Buning oldingi qismida shox parda joylashadi. Ko`z soqqasining ichida ko`z gavxari joylashadi. Ko`z soqqasining devori tomirli, pigmentli va tur pardadan tuzilgan.
Xid bilish organi to`garak og`izlilardan tashqari hamma umurtqalilarda juft bo`ladi. Bu organ tuban umurtqalilarda ikkita xid bilish xaltachasidan iborat va burun teshiklari orqаli tashqi burun teshiklari orqаli muxit bilangina tutashmay, ichki burun teshiklari yoki xonalar orqаli og`iz bo’shlig’i va nafas yo’li bilan ham tutashadi.
Xazm organlari nay shaklida bo`lib, quyidagi bo’limlardan iborat, 1) Og`iz bo’shlig’i, 2) xalqum - baliqlarda xalqumga jabra yoriqlari ochilsa, Quruqlikda yashovshi umurtqalilarda xalqumga xiqildoq yorig’i joylashadi, 3) qizilo`ngach, 4) oshqozon, 5) Ichak- ingichka, yug’on va to’g’ri ichak, 6) orqа chiqaruv teshigi yoki kloaka. Xazm qilish bezlariga jigar, oshqozon osti bezi va boshqalar kiradi.
Nafas olish organlari. To`garak og`izlilar, baliqlar va amfibiyalarning lichinkalarining nafas olish organlari jabra bo’lsa, qolgan umurtqalilarning nafas olish organi bo`lib o’pka xizmat qiladi. Ba’zilarda teri ham nafas olishda ishtirok etadi.Qon aylanish sistemasi tutash bo`lib, u yurak, yurakdan turli organlarga qonni olib boruvshi arterial tomirlar, qonni yurakka olib keluvshi venoz tomirlar va kapilyarlardan tashkil topgan. Umurtqalilarning qoni rangsiz, yopishqoq plazmadan va unda osilgan qizil hamda oq qontanachalaridan iborat, jabra bilan nafas oluvchi umurtqalilarda faqat bitta qon aylanish doirasi bo`ladi, ya’ni yurak qorinlchasidan venoz qonjabralarga boradi, u yerdan qon kislorod bilan to’yinadi keyin arterial qontomirlari bilan butun tanaga tarqaladi. Tanada venoz qontomirlari bilan kelib yurak bo’lmasiga quyiladi. Bu hayvonlarning yuragi ikki kamerali yurak bo’lmasidan va yurak qorinchasidan iborat. Quruqda yashovshi umurtqali hayvonlarda o’pka bilan nafas olganligi sababli ikkita qonaylanish doirasi yo`zaga keladi. Bularning yuragida ikkita yurak bo’lmasi bo`ladi. Kichiq qonaylanish doirasi yurak qorinchasidan venoz qon o’pka arteriyasi bilan o’pkaga va o’pkadan arterial qon va o’pka venasi bilan chap yurak bo’lmasiga quyiladi. Katta qon aylanish doirasi yurakdan kislorodga to’yingan arterial qon aortalar orqаli butun tanaga tarqatiladi. Gavdaning karbonat angidridga to’yingan venoz qon kardinal (baliqlar) va kavak venalar bilan kelib yurak bo’lmasiga quyiladi.
Ayirish organlari bo`lib maxsus organ - buyrak xizmat qiladi. Umurtqali hayvonlarning buyragi evolyusiya natijasida uch davrni boshidan kechiradi. 1) Bosh buyrak – pronefroz, 2) Tana buyrak – mezonefros, 3) Chanoq buyrak - metanefros. Buyrakdan siydik yo’li chiqadi, bu o`z navbatida kloakaga yoki siydik - tanosil yo’liga ochiladi.
Jinsiy organlari odatda jinsiy bezlardan iborat bo`ladi va bir juftdan joylashadi.
Urg’ochilik jinsiy bezlari - tuxumdon donador bo`ladi. Juft tuxum yo’llarining uchi voronka shaklida gavda bo’shlig’iga ochiladi. Yretilgan tuxumlar tuxumdon devorini yorib chiqib, gavda bo’shlg’iga tushadi, u yerdan tuxum yo’li voronkasiga o`tadi.
Erkaklik jinsiy bezlari – urug’don silliq yuzali jism shaklida bo`ladi. Ularning chiqarish yo’llari ham bir juft naydan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |