Saflanish va qayta saflanishlar.
Joydan-joyga ko’chish.
Orani ochish va yaqinlashtirish)
S af mashqlarini qo’llanishdagi asosiy tushunchalar ko’rsatilgan. Ular zalning o’ng chegara tomoniga nisbatan
Xaf shug’ullanuvchilarning birgalikda harakatlanish uchun belgilangan qoidaga ko’ra joylanishi.Mashg’ulotda safni o’qituvchi va studentldr (gruppa starostasi, o’quv bo’linmalarining boshliqlari va navbatchilar) odatda, tovush yoki belgilangan signal bilan beriladigan bevosita komanda va topshiriqlar orqali boshqaradilar saf shug’ullanuvchilarning qatorda bir-biridan kaft kengligidagi (tirsaklar o’rtasi) oralig’ida yoki kolonnalarda bir-biridan oldinga uzatilgan qo’l kengligidagi masofada joy-lanishidan iborat safdir ochiq saf shug’ullanuvchilarning qatorda bir qadam
oraliqda yoki o’qituvchi belgilagan oraliqda joylanishidan iborat safdir
4-ilova
Saflanish va qayta saflanish
Saflanish — shug’ullanuvchilarning o’qituvchi kom-andasidan u yeki (boshlang’ich) safni qabul qilish uchun harakatdir.
Mashg’ulot oldidan gruppa qoida bo’yicha bir qator bo’lib, ayrim hollarda esa ikki qatorda saflanadi.
Saflanish uchun: «V odnu (dve, tri) Sherengu STANOVIS!» komandasi beriladi. Komanda berilishi bilan starosta yoki nav-batchi front (old) tomonga qara.b «SMIRNO!» holatida turadi. Gruppa uning chap tomonida saflanadi.
Mashg’ulotga hozirlik to’g’risida raport berishdyan OLDIn starosta (navbatchi) gruppani tekislaydi, uni sanatib chiqadi, keyin: «SMIRNO!», «Ravneniye 'napra-BOu,' «Nals-VO'», «Na SEREDINU!»— komanda-sini bsradi.
Starosta (navbatchi) o’qituvchiga 2—3 qadam yeTmasdan (saf yurishi bilan) to’xtaydi va raport beradi: Urtoq o’qituvchi!— fakultetining kurs gruppasi mashg’ulot o’tish uchun saflandi. Ro’yxat bo’yicha kishi, safda kishi.
Starosta (navbatchi) Keyin eng qisqa yo’l bilan o’kituvchi turgan tekislikka borib, safga yuz tomen turadp. Uqituvchi sa lomlashib, gruppa javob qaytargandan keyin starosta (pavbatchi) o’qituvchining «VOLNO!» komandasini takrorlaydi va safning o’ng qanotiga turadi.
Kolonnaga saflanish — «V kolonnu po odnomu (dva, tri va ho-kazo) STANOVIS!»-komandasiga binoan bajariladi. Gruppa o’qituvchining orqasida saflanadi.
Farmoyish bo’yicha qator, kolonna, doyra va hokazo bo’lib saflanish. Masalan: «Vstante v krug!>, «Vstante v dve sherengi!».
Bir qatordan ikki qatorga qayta saflanish.
Dastlab «birinchi» va «ikkinchiga» sanab chiqilgandan keyin, «V dve sherengi — STROYSYa!», komandasi beriladi, bu koman-daga ko’ra ikkinchi raqamdagilar chap oyoqni bir qadam orqaga qo’ya-dilar (hisob «bir»), o’ng oyoqni juftlamasdan bir qadam o’ngga qo’yadilar (hisob «ikki») va birinchi turganiing orqasiga o’tgan holda chap oyoqni juftlaydilar (hisob—«uch»).
Bir qatordan uch qatorga qayta saflanish. Dastlab sanab chiqilgandan keyin quyidagi Komanda beriladi: «V tri sherengi STROYSYa!» Bu komandaga ko’ra ikkinchi raqamdagilar joyida turadilar, birinchi raqamdagilar o’ng oyoq bilan bir qadam orqa-ga, chap oyoqni juftlamasdaqturib bir qadamni yonga qo’yadilar va o’ng oyoqni juftlab, ikkiichi raqamdagilarii orqasiga o’tadilar. , Uchinchi raqamdagilar chap oyoq bilan bir qadam oldinga, o’ng oyoqni juftlamasdan yonga qadamlaydilar va chap oyoqni juftlab, ikkinchi raqamdagilarning oldiga o’tib turadilar. Avvalgidek saflanish uchun quyidagi komanda beriladi: «V odnu sherengu STROYSYa!» Qayta saflanish saflanishga teskari tartibda o’tkaziladi.
Qatordan «qirra bo’lib» qayta saflanish. Gruppada. dastlabki sanoq o’tkazilgandan keyin farmoyish beriladi («6—3 joyida», «6—4—2-joyda» va hokazo), so’ng quyidagi komanda beriladi: «po raschyotu Shagom MARSh!» Shugullanuvchilar sanoq bo’yicha zarur bo’lgan odimni tashlab, so’ng oyoqlarini juftlaydilar. Uqituvchn birinchi qator to’xtagunga qadar sanab turadi. Sanoq 6—3—joyida deb sanalganda 7 gacha; 9—6—3—joyida deb sanalgaida 10 ga-cha olib boriladi.
Kanta saflash uchun quyidagi komanda 'beriladi: «Na svoi mesta sh-agom MARSh!», Safdan chiqqanlarning" hammasi orHaga burilib, o’z joylariga qaytadilar, joylariga yetgach, yana orqaga buriladilar.
Uqituvchi safga oxirgi kishi turib, orqaga burilgunga qadar («raz» «dva» deb) sanab turadi (38-rayem).
Qatorni bo’linmalarning qanotini aylanib o’tib kolonnaga qayta saflash. Dastlab uchtadan, to’rttadan va hokazo deb sanal-gandan keyin, quyidagi komanda beriladi: «Otdeleniyami v kolon-, nu po 3—4 va hokazo, levoye (pravoye) plecho v pered shagom-MARSh!»
Bu komandaga ko’ra sanab chiqilgan bo’linmalar front bo’ylab tekislikni saqlagan holda kolonna hosil bo’lgunga qadar qanoat bilan oldinga yuradilar. Ikkinchi komanda: «Gruppa — STOY!» Yana qayta saflanish uchun quyidagi komandalar beriladi:
«Kru-GOM!»
«Otdeleniyami v odnu sherengu. pravoye (levoye) plecho vpered, shagom MARSh!»
«Gruppa — STOY!». .
So’nggi komanda shug’ullanuvchilar qatordagi o’z joylariga yetgan v akt da beriladi.
Vir kolonnadan uch «qirra bo’lib» qayta saflanish. Uchtagacha sanab chiqilgandai keyin quyidagi komanda beriladi: «perviye nomera dva (tri, chetire va hokazo) shaga vpravo, treti nomera dva (tri chetire va hokazo) shaga vlevo shagom — MARSh!» Yana av-valgi holatga qayta saflapish uchun quyidagi komanda beriladi: «Na svoi mesta, shagom MARSh!» Qayta saflanishi juftlama gradam bilan bajariladi (38-rasm).
Yurib ketayotganda bir kolonnadan ikki, uch va hokazo kolonna-larga burilib, qayta saflanish. Gruppa chapga aylanib yurib* keta-yotganida quyidagicha komanda beriladi: «V kolonnu po dva (tri, chetire va hokazo) nalevo — Marsh!» (qoida bo’yicha, komanda gruppa zal yoki maydonning yuqori yoxud pastki tarafida bo’lgan chog’ida beriladi). Birinchi ikki kishi (uch, to’rt va hokazo) burilgandan keyin, navbatdagilar o’z safining oxiridagi kishining komandasi bilan, birinchilar burilgan joydan buriladilar. Keiinchalik orani yana qayta ochib o’tirmaslik uchun shu yernyng o’zida interval va distansiya to’g’risida ko’rsatma berish mumkin (39-rayem).
Yana avvalgicha saflanish uchun quyidagi komaidalar beriladi:
«Napra —VO!»
«V kolonnu po odnomu napravo (nalevo) v obxod shagom MARSh!»
Urgatayotgan paytda bir necha shug’ullanuvchini olib, taalluqli komandalar beriladigan joylarda to’xtatib, qayta saflanishni ko’rsatish maqsadga muvofiqdir.
Bir kolonnadan ikki kolonnaga saf tortish
5-ilova
Do'stlaringiz bilan baham: |