“Hozirgi zamon va koinot fizikasi” kursini o’qitishdan maqsad – talabalarda, bo’lajak fizika o’qituvchisiga zarur bo’lgan darajada fizika sohasidagi ilmiy yutuqlar to’g’risidagi bilimlar bilan tanishtirish, bu yutuqlar va tadqiqotlarni negizida yotgan model, muammo va prinsiplar, ularni yechish metod va vositalari haqida analitik, fenomenologik va amaliy bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - bo’lajak fizika o’qituvchisiga yadro va zarralar fizika kurslari bo’limlariga doir ahamiyati yuqori bo’lgan ilmiy mummolar va masalalar haqida bilimlar berish, fundamental ma’lumotlar berish, fanning falsafaviy masalalariga izoh berish, amaliy mashg’ulotlarida barcha mavzular bo’yicha diskussiyalar va aqliy hujumlar o’tkazish kabi vazifalarni o’rgatishdan iborat.
|