O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi-O‘zbekiston Respublikasi hududi 447,8 ming km. kv. ni tashkil etadi. Mazkur hududda 12 viloyat, 174 tuman, jumladan, 19 shahar tumanlari, 124 shahar, 97 ta shaharcha, 1214 qishloq, 101 ovul mavjud. Viloyatlarga bo‘ysunuvchi shaharlar soni 50 ta, 65 shahar tumanlarga bo‘ysunadi. Qoraqalpog‘iston respublikasiga bo‘ysunuvchi shaharlar soni 8 ta.
Denonsatsiya-biror bir xalqaro shartnoma yoki davlatlararo kelishuvdan bir tomonlama voz kechish yoki uni mamlakat hududida bekor qilish.
Deputat-davlat hokimiyati vakillik organlarida ish olib boruvchi xalq vakili. U saylov yo‘li bilan saylanib, xalqdan tegishli organlarda ish olib borish uchun vakolat oladi. Deputat ma’lum muddatga saylanadi. Respublikamizda Oliy Majlis va mahalliy kengashlarga deputatlar saylanadilar. Ular besh yil muddatga saylanadilar. Oliy Majlis deputatligiga 25 yoshga, mahaliy kengash deputatligiga 23 yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarolari saylanadilar. Deputatlikka nomzodlar siyosiy partiyalar, vakillik hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan ko‘rsatiladilar.
Jamiyat-odamlarning uyushgan ehtiyojlarini qondirilishini ta’minlovchi, ixtiloflarni bartaraf qiluvchi, madaniyatni saqlab rivojlantiruvchi, madaniyat majmuasi va uning qismlari asosida tashkil topgan ijtimoiy hayot shakllarining sintezi, turli ijtimoiy guruhlarni, tabaqalarni, shaxslarni, oilalarning bir-biriga zid manfaatlarini birlashtiruvchi, ularning munosabatlarini belgilovchi, ijtimoiy munosabatlarning umumiy shaklini yaratuvchi, turli tashkilot va muassalalarning yig‘indisi.
Jamoat birlashmalari-O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasiga binoan, qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, fahriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari. Jamoat birlashmalari haqidagi konstitutsiyaviy qoidalar O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 15 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi qonunda rivojlantirilib, uning 1-moddasida Jamoat birlashmalari deb, o‘z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning hohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilmaga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |