A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


– 2017 yillarni qamrab olgan uchinchi bosqichda



Download 6,84 Mb.
bet6/150
Sana01.06.2022
Hajmi6,84 Mb.
#626029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150
Bog'liq
2 5188671791828047660

2000 – 2017 yillarni qamrab olgan uchinchi bosqichda mamlakatda faol demokratik yangilanish va modernizatsiyalash jarayonlari kuzatildi. Ushbu bosqichning asosiy vazifasi qilib, o‘tish davrining ob’ektiv ehtiyoji hamda milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga qaratilgan kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga boqichma-bosqich o‘tish vazifasi qo‘yildi. Natijada, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari chuqurlashdi, inson haq-huquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil sud tizimi mustahkamlandi, fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi, fuqarolarning iqtisodiy va siyosiy faolligi ortib bordi.
2017 yildan boshlab yangi, to‘rtinchi bosqichga qadam qo‘ydik. Ushbu bosqich demokratik islohotlar va mamlakatni modernizatsiyalash jarayonini yanada chuqurlashtirish bosqichi hisoblanadi.
O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan olib borilayotgan izchil islohotlar, qabul qilingan Xarakatlar strategiyasi va boshqa davlat dasturlarini amalga oshirish borasida olib borilayotgan chuqur islohotlar natijalarini o‘rganishga qaratilgan. Ushbu bosqich davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, xalq davlat uchun emas, davlat idoralari xalq uchun xizmat qilishi kerak tamoyilining ilgari surilishi, xalq bilan muloqot tizimini yo‘lga qo‘yilishi, sud-huquq tizimi, axborotlashtirish sohasini isloh etish, so‘z erkinligini ta’minlash, saylov qonunchiligini takomillashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirishga va demokratik bozor islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi.
Mustaqillik yillarida tarixiy voqealarni o‘rganish qanday ilmiy-nazariy metodologik asoslarga tayanishining ahamiyati juda katta. Sho‘rolar hokimiyati davrida tarixni o‘qitish va o‘rganish ishlari marksistik metodologiyaga bo‘ysundirilgan edi. Har qanday voqeani yoritishga komfirqa mafkuraviyligi, partiyaviylik, sinfiylik nuqtai nazaridan yondoshildi. Oqibatda ko‘pgina tarixiy voqea-hodisalar soxtalashtirildi, o‘tmish qoralandi, ma’naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz haqoratlandi. Bu borada mamlakatda hukmron bo‘lgan totalitar tuzumning salbiy roli katta bo‘ldi. Tarix totalitar tuzum xizmatkoriga, targ‘ibotchi va himoyachisiga aylantirilgan edi.
Kishilik jamiyatining tarixiy voqea, hodisalarni o‘rganishning muhim nazariy-metodologik asoslaridan biri jamiyat taraqqiyoti qonunlarini ochib beruvchi dialektik metoddir. Inson hayoti, jamiyat taraqqiyoti dialektik jarayondir. Dialektika olam yagona va yaxlit, unda sodir bo‘ladigan hodisalar, voqealar umumiy va o‘zaro bog‘lanishda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo‘ladi, deb ta’lim beradi. Dialektik metodologiya har qanday mamlakat tarixini jahon xalqlari tarixi bilan bog‘liq holda o‘rganishni taqozo etadi. Negaki har bir xalq, davlat tarixda milliylik, o‘ziga xos betakror xususiyatlari bilan birga jahon tarixi, butun insoniyat taraqqiyoti bilan umumiy bog‘lanishdadir. Shundan kelib chiqib O‘zbekistonning eng yangi tarixini dunyoda sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarga bog‘lab o‘rganish muhim ahamiyatga ega.
“Ma’naviyatini tiklashi, tug‘ilib o‘sgan yurtida o‘zini boshqalardan kam sezmay boshini baland ko‘tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak. Tarixiy xotirasi bor inson irodali inson. Kim bo‘lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday insonlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni xushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi”. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.Karimovning bu so‘zlari komil insonni tarbiyalashda Vatan tarixini xolisona va haqqoniy o‘rganish naqadar muhim ekanligining dalilidir.
Darhaqiqat, tarix xotirasi inson taraqqiyotiga kuchli ta’sir o‘tkazadi, milliy g‘oyaning shakllanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Milliy ong, milliy tafakkur xalq tarixi, uning rivojlanish bosqichlarini nechog‘li o‘rganish, undan saboq chiqarish bilan bog‘liq. Ulug‘ allomalar aytganidek, tarix insonni istiqbolga da’vat etadi, ulkan yaratuvchilikni rag‘batlantiradi. Zotan, uning ulug‘ murabbiylik, tarbiyachilik, yo‘naltiruvchilik qudrati ham xuddi ana shunda.
Har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalashda O‘zbekiston tarixi, xususan uning eng yangi davrinining o‘rni kattadir. Bugungi kunda xalqning, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish borasidagi ishlar davlatning oldida turgan muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ma’naviyat, ma’naviy barkamollik shundaygina kishi ruhiga kirib qolmaydi. Unga har kuni va har soatda tinmay mehnat qilish orqali yetishish mumkin. Bu xayrli ishda O‘zbekiston tarixining mustaqillik davrini o‘rganishning ham o‘rni beqiyosdir. Milliy qadriyat, ma’naviyat, madaniyat umumbashariy qadriyat, ma’naviyat va madaniyatining sarchashmasidir. Ana shu sarchashma ma’lum makonda, ya’ni Vatanda vujudga keladi. Shunday ekan, milliy qadriyat va madaniyat bevosita vatanparvarlik bilan uzviy aloqadorlikdadir.

Turkiston xalqlari tarixi insoniyatning eng olijanob orzu-umidlari, ezgu niyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan ana shunday vatanparvarlik his-tuyg‘ulari bilan to‘lib-toshgan, desak mubolag‘a bo‘lmas. To‘maris, Spitamen, Muqanna, Temurmalik, Jaloliddin Manguberdi, Sohibqiron Amir Temur, Zahiriddin Bobur, Munavvar Qori, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Qo‘chqor Turdiev, Sobir Rahimov... yana qancha dovyurak qalblar...”


Mustaqillik bergan ne’matlardan biri sifatida, Amir Temur asos solgan buyuk davlat tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan mavzuni o‘tishning o‘zi vatanparvarlik tarbiyasi uchun haqiqiy ma’nodagi ibratdir. Biz bugun ushbu ajdodimiz hayoti va faoliyatiga ta’lluqli ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatlariga egamiz. Istiqlol tufayli, Amir Temur shaxsiga nisbatan munosabat o‘zgarib, Buyuk Sohibqironga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalar o‘tkazilmoqda, u kishining shaxsiga xolisona baho berilmoqda.

Download 6,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish