A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari



Download 6,84 Mb.
bet8/150
Sana01.06.2022
Hajmi6,84 Mb.
#626029
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   150
Bog'liq
2 5188671791828047660

4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston tarixini xolisona tatqiq etishga, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan boy merosni asrab-avaylash va o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi. Ziyoratgohlar va tarixiy obidalarni qaytadan tiklash, u joylarda obodonlashtirish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Bu sohada olib borilayotgan ishlarga so‘ngi yillarda ham katta e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yil 30 iyunda “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Qarorga asosan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tuzildi. Jamoatchilik kengashi quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilandi:
O‘zbekistonning eng yangi tarixini zamonaviy nazariy-metodologik, fanlararo yondashuvlarga, tarixiylik va xolislik tamoyillariga asoslangan holda tizimli o‘rganishni tashkil etish, O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha dolzarb muammolarni ishlab chiqish, shuningdek, buyuk tarixiy-madaniy merosga ega bo‘lgan va jahon sivilizatsiyasining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan o‘zbek xalqining tarixiy o‘tmishi va bugungi kuniga baho berishda bir yoqlama yondashuvlarga, aqidaparastlikka yo‘l qo‘ymaslik ishlarini muvofiqlashtirish;
demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning «o‘zbek modeli» mohiyati va mazmunini, jamiyatda barqarorlikni, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni saqlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni, hozirgi dunyoda O‘zbekistonning roli va o‘rnini chuqur o‘rganish va yaqqol ochib berish;
ilmiy, o‘quv, o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini tayyorlash va chop etish ishlarini muvofiqlashtirish, ularda O‘zbekistonning eng yangi tarixini umumjahon va mintaqaviy jarayonlar bilan, shuningdek, hozirgi O‘zbekiston hududida shakllangan xalqlar va davlatlar sivilizatsiyasining tarixiy-madaniy merosi bilan uzviy bog‘liq holda ko‘rib chiqishni ta’minlash; O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha ilmiy, o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlar, o‘quv dasturlari monitoringini olib borish, ushbu sohada ilmiy-tadqiqot, o‘quv-metodik ishlarning sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va joriy etish;
fuqarolarda tarixiy xotira, milliy o‘zlikni anglash, yuksak ma’naviyat, xalqning tarixiy an’analari, madaniy merosiga hurmat, mamlakatimiz mustaqillikka erishganligining buyuk tarixiy ahamiyatini anglash kabi fazilatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali oshirib borishga ko‘maklashish;
O‘zbekiston tarixi bo‘yicha zamonaviy chet el ilmiy va o‘quv adabiyotlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish, hozirgi O‘zbekistonning tarixiy o‘tmishi, sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi, mamlakatda olib borilayotgan demokratik islohotlar to‘g‘risidagi xolis axborotni keng xalqaro jamoatchilikka yetkazish.
Belgilangan vazifalarni ijorisini ta’minlash maqsadida keyingi yillarida olimlar tomonidan “Buyuk va muqaddas, mustaqil diyor”, “O‘zbekistonning eng yangi tarixi: nazariy-metodologik asoslari, o‘rganish tajribasi, manba va uslublar”, “O‘zbekiston yoshlari ijtimoiy-madaniy islohotlar jarayonida”, “O‘zbekistonning eng yangi tarixidan lavhalar”, “Farg‘ona vodiysi shaharlarida iqtisodiy transformatsiya jarayonlari (1991-1996 yillar)” kabi qator to‘plam va monografiyalarning nashr etilishi O‘zbekistonning eng yangi tarixiga oid amalga oshirilgan qator ilmiy-tadqiqot loyihalar natijasi, deyish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev tomonida xalq manfaatlarini o‘ylab olib borilayotgan siyosatida tarix faniga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Hamma o‘z tarixini ulug‘laydi. Lekin bizning mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qaerda yo‘q. Bu merosni chuqur o‘rganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza bilishimiz kerak. Bu markazga kelgan odam tariximiz haqida to‘la tasavvurga ega bo‘lishi, katta ma’naviyat olib ketishi zarur, - deb ta’kidlaydi davlat rahbari Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi qurilish ishlari bilan tanishish chog‘ida.
“Axsikent tarixini ilmiy asoslangan holda chuqur o‘rganish, ajdodlarimizning asl o‘tmishi haqida ma’lumotlarni to‘plash va yosh avlodga singdirish bo‘yicha tizimli ishlarni olib borish kerak. Axsikent – buyuk tariximiz ko‘zgusi. Bobolarimiz yashagan, qahramonlik ko‘rsatgan bu manzilda tariximizni tiklash uchun juda katta manba, o‘tmish dalillari bor. Biz shu paytgacha faqat mashhur shaharlarimiz tarixini o‘rgandik, bunday joylarga e’tibor qilmadik. Ma’naviyatimizni yuksaltirmoqchi bo‘lsak, yoshlarimizni ota-bobolarimizning asl merosidan bahramand etib ulg‘aytirishimiz, xalqimizga yetkazishimiz kerak” – deb ta’kidladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2019 yil 28 fevral kuni Namangan viloyatining Axsikent tumaniga tashrif chog‘ida. Davlat rahbari Axsikent – ochiq osmon ostidagi muzeyning tashkil qilinishi haqida ko‘rsatmalar berdi.
Shu o‘rinda Axsikent yodgorligi tarixiga bir nazar tashlash o‘rinli deb o‘ylaymiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning tashabbusi bilan Namangan viloyatining Axsikent tumanida joylashgan Axsikent yodgorligi xududida 2018 yilning ikkinchi yarmidan “Ochiq osmon ostida muzey” tashkil qilish ishlari boshlab yuborilgan bo‘lib, 2019 yil fevral oyining oxirlarida jahon standartlari darajasidagi muzey tashkil etildi. Bu shahriston ichida joylashgan 8 ta ob’ekt bo‘lib, ular turar joy, ishlab chiqarish, yer osti suvi yo‘llari, vodoprovod va 1,5 ming yillik madaniy qatlamlarni o‘z ichiga olgan majmuadan iboratdir. Axsikent – Farg‘ona vodiysidagi eng katta arxeologik yodgorlik hisoblanadi. Ushbu qadimiy shahar miloddan avvalgi III-II asrlarda barpo etilgan bo‘lib, 5,5 metrli mudofaa devorlar bilan o‘ralgan va maydoni 50 gektardan ziyodroq joyni egallagan 1621 yilgi zilzilada vayronaga aylangan. Xitoy tarixshunoslarining manbalarida Farg‘ona shahri nomini xitoychaga tarjima qilib “Yuan”, vodiy nomini esa “Da Yuan” (Katta Farg‘ona) deb, tilga olinadi. Shahar topografik nuqtai nazardan 3 qismdan iborat bo‘lgan: ark, ichki va tashqi shahar. Miloddan avvalgi 128-127 yillarda iqtidorli xitoy diplomati Chjan syan Farg‘ona davlatida bo‘lib, yurtni podsho, 2 ta maslahatchisi va oqsoqollar kengashi (parlament) yordamida boshqaradi – deb yozadi. Uning Xitoy imperatoriga yo‘llagan maktubida Farg‘onaning uzumi, undan tayyorlangan ajoyib ichimligi va samoviy tulporlari xaqida batafsil ma’lumot berilgan. Ushbu shahar qadimgi Farg‘ona davlatining poytaxti, siyosiy, madaniy, iqtisodiy markazi hamda Buyuk ipak yo‘lining asosiy kentlaridan biri bo‘lgan. Yer osti suv inshootining mavjudligi va shahar mudofaa uchun qulay geografik hududda joylashgani Axsikent shaharsozligidagi o‘ziga xos jihatlar hisoblanadi. Bu yerda o‘z davrida shishasozlik, kulolchilik, temirchilik, qurolsozlik kabi hunarmandlik turlari rivojlangan. Qo‘rg‘on VII-X va XV asrning ikkinchi yarmida Farg‘ona davlatining poytaxti vazifasini o‘tagan. Shahar Ark, ichki va tashqi shahardan iborat bo‘lgan. Arxeologlar tomonidan temirchilar ustaxonasi, X-XIII asrlarga oid hammom qoldiqlari, askarlar xonalari, jome’ masjidi, mudofaa devorlari, yer osti irrigatsiya tarmoqlari, hunarmandlar mahallasi, hukmdor qarorgohi – Ark qazib o‘rganilgan. Prezidentimiz topshirig‘i asosida 2017 yil oktabrdan Axsikent tarixiy yodgorligini asrab-avaylash va tadqiq etish, uning haqqoniy tarixini yaratish bo‘yicha ishlar boshlandi. “Axsikent” arxeologiya merosi ob’ektini muhofaza qilish va tadqiq etish direksiyasi” davlat unitar korxonasi tashkil etildi. Qisqa vaqt mobaynida Axsikentni turizm manziliga aylantirish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Mazkur yodgorlik Namangan viloyatining sayyohlik salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois uni asrab-avaylash, sayyohlarni jalb etishda undan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yurtimiz va xorijdagi sayyohlik ko‘rgazmalarida Axsikent shahri haqida ham taqdimotlar o‘tkazilmoqda. Buning samarasida mahalliy va xorijiy sayyohlar o‘rtasida tarixiy yodgorlikka qiziqish ortib bormoqda. Hozirga qadar Belgiya, Avstriya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Eron, Pokiston, Hindiston kabi davlatlardan sayyohlar tashrif buyurdi. Qadamjoni tadqiq etish, uning jozibadorligini va sayyohlar oqimini oshirish maqsadida maxsus konsepsiya ishlab chiqilgan. Axsikentning qadimiy dovrug‘ini tiklash maqsadida ramziy darvoza o‘rnatiladi. Bobur va Umarshayx Mirzoning Kamoliddin Behzod tomonidan ishlangan asl suratlari nusxalari asosida ularning haykali bunyod etiladi. Shuningdek, bu yerda muzey ishga tushiriladi. Sayyohlar uchun Sirdaryo bo‘ylab qayiqlarda sayr qilish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, tuyada ko‘hna shaharni tomosha qilish yo‘lga qo‘yiladi. Qisqacha aytganda, Axsikent sayyohlik manziliga aylanishi uchun barcha sharoitlar, zarur infratuzilma yaratiladi, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari quriladi. Shavkat Mirziyoev majmuada qadimiy tariximizni tarannum etuvchi festival o‘tkazish, Namangan davlat universitetida arxeologiya ta’lim yo‘nalishlarini ochish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Tarixni tarixiy ob’ektlarda o‘qitish, maktab va universitetdagi amaliy mashg‘ulotlar va darslarnig ayrimlarini shu yerda o‘tish zarurligini ta’kidladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2019 yil 19 mart kungi videoselektorda, yoshlar kelajagida muhim ahamiyat kasb etuvchi beshta tashabbusni ilgari surib, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Xususan, buyuk mutafakkirlarimizning badiiy, adabiy, tarixiy, diniy va ilmiy merosini o‘rganish, ularning jahon tamadduni taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasini targ‘ib etish yoshlarning dunyoqarashining o‘sishiga, ilm-fanga qiziqishini oshishiga xizmat qiladigan muhim vazifalardan biridir. Innovatsion taraqqiyot yo‘lini tanlagan davlatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar davrida hali o‘rganilmagan, uzoq vaqtlar davomida aholi qo‘lida saqlangan qo‘lyozmalarni tadqiq etish alohida ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi PQ-2995-son qaroriga asosan Innovatsion rivojlanish vazirligi aholida saqlanayotgan noyob qo‘lyozma, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlarni Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xarid qilib, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondiga taqdim etmoqda.
– Jamg‘arma tomonidan 2018 yilda 117 turdagi 158,1 mln. so‘mlik noyob hujjatlar Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Fondiga o‘tkazildi. Joriy 2019 yilda esa 161 turdagi jami 417,6 mln. so‘mlik noyob qo‘lyozma va tarixiy manbalar xarid qilindi hamda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Fondiga taqdim etildi.
Xarid qilingan manbalarning turi, fan sohasiga ko‘ra tarix, adabiyot, tabobat, islom qonunshunosligi, aqida, tafsir va boshqa turli mavzularga tegishli bo‘lgan kitoblar, shuningdek xonlarning buyruqlari, qozilarning yuridik hujjatlarining original nusxalar ham mavjud.
Tarixni bilish va uni o‘rganish, ota-bobolarimizdan qolgan boy merosni asrab-avaylash, yoshlarda milliy g‘ururni, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga bo‘lgan e’tibor Prezident Sh.Mirziyoevning 2019 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham o‘z aksini topgan. “Oldimizga qo‘ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai bo‘ladigan milliy g‘oyani rivojlantirishimiz zarur. Xususan, milliy o‘zligimizni anglash, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz lozim. O‘tmishga berilgan baho albatta xolisona, eng muhimi, turli mafkuraviy qarashlardan xoli bo‘lishi zarur. Afsuski, yurtimiz tarixini o‘rganishda o‘tgan davrda arxeologik tadqiqotlar yetarli darajada olib borilmadi. Shuning uchun Fanlar akademiyasining Arxeologiya va San’atshunoslik institutlari faoliyatini, oliy o‘quv yurtlari va muzeylardagi arxeologik izlanishlarni chet ellik hamkorlar bilan birga tashkil etish zarur. Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz-avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratishimiz kerak.
Shu maqsadda, O‘zbekiston Milliy teleradio kompaniyasi tarkibida “O‘zbekiston tarixi” kanalini tashkil etib, ilmiy jamoatchilik, ijodkor ziyolilarimiz bilan birgalikda uning dasturlarini puxta shakllantirish kerak. Mamlakatimiz muzeylarida saqlanayotgan tarixiy eksponatlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish, har bir muzeyning katalogini yaratish lozim”. Murojaatnomada belgilangan vazifalarni amalga oshirish natijasida 2019 yilning sentabr oyidan boshlab O‘zbekiston tarixi telekanali o‘z faoliyatini boshladi. Telekanalda Vatan tarixini o‘rgatuvchi turli xil ko‘rsatuvlar efirga o‘zatilmoqda.
XX asrda insoniyat ikkta jahon urushini ishtirokchisi va guvohi bo‘ldi. 2-jahon urushida erilishgan g‘alabada bizning ota-bobolarimizning xissasi katta bo‘lgan. Bu borada davlat rahbari tashabbusi bilan ajdodlarimizning g‘alabaga qo‘shgan hissasini abadiylashtirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat rahbari tomonidan 2020 yil Oliy Majlisga yo‘llangan Murojaatnomada quyidagilarni ta’kidladi. “Bizning mard, yengilmas va olijanob xalqimiz buyuk G‘alabani ta’minlashga beqiyos hissa qo‘shgani bilan barchamiz haqli ravishda faxrlanamiz. Bu qonli urushda jami 1,5 milliondan ziyod O‘zbekiston farzandlari tinchlik va ozodlik uchun mardona jang qilgani, ularning har uch nafaridan biri o‘z yaqinlari bag‘riga qaytmagani, el-yurtimizning front ortida ko‘rsatgan jasoratini xalqimiz hech qachon unutmaydi. Urush yillarida xalqimiz ko‘rsatgan haqiqiy jasorat va matonatni kino, teatr san’ati, badiiy-publitsistik asarlar, ilmiy tadqiqotlar orqali ko‘rsatish, aholi, ayniqsa, yoshlarimizga ta’sirchan tarzda yetkazish bo‘yicha katta ishlar olib borilmoqda. Xususan, Toshkent shahrining Olmazor tumanida muhtasham “G‘alaba bog‘i” bunyod etilmoqda”.
Albatta, O‘zbekiston tarixi fanini xolis o‘rganish va tadqiq etish orqali yoshlarni vatanparvarlik ro‘hida tarbiyalashdagi o‘rni va rol beqiyos. Bu esa yurtimiz tarixchi olimlari zimmasiga yanada kattaroq ma’suliyat yuklaydi. Shu bilan birga yozlarimiz ham O‘zbekiston tarixini chuqur o‘qib-o‘rganishlari lozim.

Download 6,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish