A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki



Download 6,84 Mb.
bet41/150
Sana01.06.2022
Hajmi6,84 Mb.
#626029
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   150
Bog'liq
2 5188671791828047660

Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki.

2016 yilda Sh.M.Mirziyoevning mamlakat Prezidenti etib saylanishi, Prezident to­monidan «xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak» prinsipini e’lon kilinishi, davlat boshqaruvi va xizmatini fuqaro­lik jamiyati talablariga mos holga keltirish uchun “O‘zbekistonda ma’muriy islohotlar konsepsiyasi”ni qabul qilinishi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurishning yangi bosqichini boshlab berdi. So‘nggi uch yil ichida NNTlar soni sezilarli o‘sgan. 2017 yil 8 700 ta, 2018 yilda 9 235 ta, 2019 yilning 1 aprel xolatiga 9964 NNT faoliyat ko‘rsatmoqda21. 2019 yil 1 oktabr holatiga esa 10462 ta NNT ro‘yxatdan o‘tkazilgan.


2017 yilda “Nuroniy” jamg‘armasi, Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va to­morqa yer egalari kengashi, Savdo-sanoat palatasi, o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoli­yatini muvofikdashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi kabi nodavlat notijorat tashki­lotlari faoliyatini takomillashtirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan alohida farmon va qarorlar qabul qilinishi ham NNTlarning huquqiy asoslari yanada mustahkamlanganidan dalolat beradi.
Mamlakatimizda OAV samaradorligi va mustaqilligini, islohotlarning ochiq-oshkoraligini ta’minlash, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida keng ko‘lamli ishlar izchil amalga oshirilayotgani hamda bu ijtimoiy-siyosiy hayotni demokratlashtirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Bunga mustaqil OAVni tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoit yaratish, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ularning ishtirokini kengaytirishga qaratilgan tizimli hamda bosqichma-bosqich ishlar ham yordam bermoqda. Bu borada “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”, “Jurnalistlik faoliyatni himoya qilish to‘g‘risida”, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi. Davlatimiz rahbarining 2011 yil 30 dekabrda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish to‘g‘risida”gi qarori sohani yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, o‘z tarkibida yuzdan ortiq elektron ommaviy axborot vositasini birlashtirgan Nodavlat elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi jurnalistlar, nodavlat OAV, jumladan elektron media-tuzilmalarni tizimli asosda qo‘llab-quvvatlamoqda. 2009-2012 yillarda Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan o‘tkazilayotgan grant tanlovlarida ishtirok etayotgan OAVlar soni to‘rt barobarga ko‘paydi. Bu davrda OAVni rivojlantirish va faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan grant mablag‘lari hajmi ham 25 baravardan oshdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktabrdagi qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtiriladigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini jamoatchilik tomonidan muhokama qilish natijalari Adliya vazirligiga (huquqiy ekspertiza uchun) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (ko‘rib chiqish uchun) kiritiladi, bunda, qoida tariqasida, kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqish natijalari ko‘rsatilishi majburiyligi belgilangan
Fuqarolik jamiyatining NNT lardan iborat tayanch institutlari yurtdoshlarimizning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilishda, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishishda muhim rol o‘ynamoqda. Bu ko‘p sonli NNTning aksariyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda tuzilgan. Ularni moliyaviy rag‘batlantirish bilan shug‘ullanayotgan yagona Fond, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi esa poytaxtimizda faoliyat yuritadi.
2018 yil 1 iyundan boshlab Prezidentimiz ilgari surgan tashabbus asosida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan NNTning tadbirlarini kelishish tartibi, rejalashtirilayotgan tadbirlar haqida xabardor qilish bilan almashtiriladi. Bu esa, NNTni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini, ularning faoliyati tartibini belgilovchi qonunchilik normalarida ortiqcha byurokratik talablar olib tashlanishini anglatadi.
Endi muayyan NNT o‘zi o‘tkazadigan tadbirni tegishli davlat organi bilan “kelishishi”ning o‘ziyoq ko‘pincha turli to‘rachilik va sansolarlik holatlarini keltirib chiqarayotgani sir emas. Bundan buyon esa o‘sha NNT o‘zini ro‘yxatdan o‘tkazgan davlat organini qanday tadbir uyushtirayotgani haqida xabardor qilishi kifoyadir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil va kelgusi 5 yilda rivojlantirish bo‘yicha, ustuvor yo‘nalish va vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlab, 2020 yil 25 yanvarda Parlamentga Murojaatnomasida, “nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bugungi kunda aholini o‘ylantirayotgan muammolarga davlat idoralari e’tiborini qaratib, o‘zlarining asoslangan takliflarini berib borishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. Buning uchun mamlakat va hududlar darajasida nodavlat notijorat tashkilotlari bilan ijtimoiy sheriklikni keng yo‘lga qo‘yib, grantlar va ijtimoiy buyurtmalarni ko‘paytirishimiz kerak. Vazirlik va idoralar ham bir chetda tomoshabin bo‘lib o‘tirmasdan, bunday ijtimoiy hamkorlik ishlarini kengaytirishi lozim. Shuning uchun Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining faoliyatini takomillashtirish darkor.”22, deb ta’kidlagan edilar
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradigan organ sifatida rasman e’tirof etilgan. Diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi soddalashtirildi, ro‘yxatdan o‘tkazishda to‘lanadigan davlat boji 5 martaga kamaytirilgan. NNTlarga xorijiy grant mablag‘lari mazkur tashkilotlarning istalgan bank muassasalarida ochilgan maxsus hisobvaraqlariga kelib tushishiga ruxsat berilgan. Nodavlat notijorat tashkilotlari sohasida barcha qonun va qonun osti hujjatlarni birlashtiruvchi Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi kodeks loyihasi ishlab chiqilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi tashkil etilib, uning faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha nizom ishlab chiqilmoqda.


4. O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.
Qonun asosida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziѐevning joriy yil 2 fevraldagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatlar o‘z mazmun mohiyati, maqsadi bilan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashning yangi bosqichini boshlab berdi.
Prezidentimizning 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid davlat dasturida ham korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha tadbirlar belgilanganligi alohida qayd etildi.
Qonun normalarini haѐtga tatbiq etish maqsadida yuqorida ko‘rsatilgan Prezidentimiz qarori bilan 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturi, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.
Davlat dasturi 51 banddan iborat chora-tadbirlarni qamrab olgan. Unda korrupsiyaga bevosita ѐki bilvosita qarshi qaratilgan, uning tizimli sabablari va sharoitlarini oldini olishga yo‘naltirilgan 10 qonun, qator qonunosti hujjatlari, chora-tadbirlar rejalari loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilish, turkum targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ularning hududiy boshqarmalarida davlat va jamiyat haѐtining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Qonundan ko‘zlangan maqsad korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Hujjatda ―korrupsiya‖, ―korrupsion huquqbuzarlik‖, va ―manfaatlar mojarosi‖ kabi tushunchalarga izoh berilgan.
Qonun hujjatida korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy tamoyillari sifatida:
- qonuniylik;
- fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi;
- ochiqlik, shaffoflik va tizimlilik;
- davlat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro hamkorligi;
- korrupsiyadan ogohlantirish va javobgarlikning muqarrarligi bo‘yicha choralar ustuvorligi keltirib o‘tilgan.
Shu munosabat bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan ―Korrupsiyasiz ta’lim‖ deb nomlangan rangli, o‘quv ko‘rgazma nashr etilib, respublikamizdagi barcha ta’lim muassasalariga etkazildi. Jumladan, bizning viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ham mazkur ko‘rgazma bilan ta’minlandi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad:
- ѐsh avlodning huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
- davlat va jamiyat haѐtining barcha sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish;
- korrupsion huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ular oqibatlari va keltirib chiqargan sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsion huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun muqarrar jazolash tamoyilini tatbiq etishdan iboratdir.
Ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya masalalari Qonunning 16-, 17-, 18-moddalarida o‘z ifodasini topgan. Ta’kidlash joizki, huquqiy ong va huquqiy madaniyati yuksak bo‘lgan, huquqiy ta’lim va tarbiya jihatidan etuk bo‘lgan insonlar salbiy illat bo‘lmish korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydilar.
Bas, shunday ekan, o‘zimizga xulosa qilishimiz, farzandlarimizni halollik, poklik kabi eng yuksak ideallar ruhida tarbiyalashimiz, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishini bartaraf etish uchun birgalikda kurashishimiz bugunning eng dolzarb vazifasidir.
Davlatimiz tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. 2008 yilda BMTning 2003 yil 13 oktabrdagi «Korrupsiyaga qarshi» Konvensiyasini ratifikatsiya qilinishi va ushbu konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilishi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilinishi katta ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, 2010 yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasiga (2003 yil 10 sentabr) qo‘shildik. Bundan tashqari, so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan Budjet va Bojxona kodekslari (yangi tahrirda), «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi, «Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi, «Yelektron hukumat to‘g‘risida»gi, «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Bularning bari tom ma’noda davlatimiz tinchligini va xalq farovonligining huquqiy garovidir.
2017 yil 4 yanvar kuni Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tashabbusi bilan qabul qilingan ―Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Qonun keng jamoatchilik tomonidan katta quvonch bilan kutib olindi. Sababi, bundan oldin aynan Korrupsiya va unga qarshi kurash sohasidagi amaliy chora-tadbirlar mazmun-mohiyatini tubdan ѐritib beruvchi va davlat organlarining umumiy holatda vazifa va majburiyatlarini uzviy holatda belgilovchi normativ-xuquqiy hujjat mavjud emas edi. Qonun ijtimoiy-adolat ruhida tuzilgan bo‘lib, islohotlar samaradorligi va natijadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsataѐtgan omillarni o‘rganib, xalqaro amaliѐt bilan taqqoslash va uni odamlarimiz, ayniqsa, joylardagi tadbirkorlar, jamoatchilik tashkilotlari bilan keng muhokama qilish asosida ishlab chiqildi. Shuningdek, jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha barcha huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, davlat hokimiyati organlari qolaversa har bir fuqaro mas’ul ekanligini chuqur izohlaydi.
Ahamiyatli tomoni, Qonun barcha davlat organlari va jamoat birlashmalari o‘zaro baahamjihatlikda faoliyat yuritishi lozimligini, shaxslarni birlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalarining davlat idoralari bilan birgalikda ish olib borishi va huquqiy targ‘ibot samaradorligini kuchaytirishni taqazo etmoqda. Chunki faqat kuchli fuqarolik jamiyati barpo qilib va astoydil kurashibgina korrupsiyaning oldini olishga erishishimiz mumkinligi yana bir karra eslatildi.
Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish Qonunda alohida bob bilan belgilandi va mazkur illatga qarshi kurashish sohasida faqat ayrim davlat idoralari emas, balki har bir fuqaro faol ishtirok etishi lozimligi va o‘zini bu borada mas’ul ekanini his etib harakat qilishi darkorligi ko‘zda tutildi. Binobarin fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishi tartibga solingan. Unga ko‘ra, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda qatnashadi. Shuningdek, ular bu borada jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi, korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishi hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, Korrupsiya muammosiga qarshi kurashishda huquqiy savodxonlik, odamlarni halol mehnat qilishga undash, ѐshlarda o‘z bilimi, kuch-g‘ayrati va ijodiy qobiliyati bilan yuksak marralarga erishish hissini tarbiyalash, barcha bo‘g‘indagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlarida, fuqarolarda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlik madaniyatini shakllantirishning ahamiyati juda katta. Shu jihatdan ―Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida‖gi Qonun fuqarolar huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlashning qo‘shimcha huquqiy kafolatlarini yaratadi, jamiyatdagi siѐsiy-iqtisodiy va ijtimoiy tizim salohiyatini yuksaltirib eng muhimi, xalqimizning davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi.
Insonni qiyin ahvolga tushiradigan, ruhan ezadigan holatlar ichida eng og‘iri adolatsizlik hisoblanadi, deyish mumkin. Uning bir ildizi korrupsiya bilan bog‘liq bo‘lib, bu shaxsning o‘z mansab ѐki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini ѐxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishida ifodalanadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziѐev xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolat tuyg‘usini haѐtimizda yanada keng qaror toptirish birinchi darajali vazifa ekaniga alohida e’tibor qaratmoqda. Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlanmoqda.

Download 6,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish