AVLIYO QIRQQIZ. Avliyo Qirqqizning qabri Xiva shahrining Ichon qal’asining Muhammad Aminxon madrasasining orqa tamonida Zohir Eshon pirning maqbarasi yaqinida joylashgan. Rivoyatlarga qaraganda XIII asrlarda mo‘g‘ullar Xorazmga yurish qilganida Xiva qal’asini ishg‘ol qilishgan va xon qarorgohiga kirib, u erdagi xonning qizlari va ularning xizmatkorlari jami qirq qizni begunoh qatl qilganlar. Xaloyiq qizlarning jasadlarini bir joyga dafn qilganlar va bu begunoh “hur” qizlarni qabrlari ustida katta gumbaz va xonaqo bunyod qilib, ularga e’tiqod qilishgan.
Mayitlik Xiva xonlari ham Avliyo Qirqqiz qabrlarini obod qilishib, ularni atrofida qorixonalar, ziyoratchilar uchun maxsus xonalar qurdirib, vaqf erlar ajratganlar. Bu qabr o‘rni xozirda ham saqlanib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |