1. Qoraqalpoqiston respublikasidagi muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar.
Qoraqalpog‘iston hududida antik, o‘rta asr va yangi davrlarga oid me’morlik yodgorliklari mavjud. Me’morlik va tarixiy yodgorliklardan 237 tasi ro‘yxatga olingan, ulardan 145 tasi arxeologiya, 25 me’morlik va 67 tasi monumental yodgorliklardir. Beruniy tumanidagi Sulton Uvays Bobo (11-14-a. lar), Kechirmas Bobo (17-19-a.lar); To‘rtko‘l tumanidagi Qalandardag‘ (18-19-a.lar), Norinjon Bobo (12-14-a.lar) majmualari, Xo‘jayli tumanidagi Mazlumxon Sulu va Mizdahqon (11 — 19-a.lar); Qo‘ng‘irot tumanidagi Beleuli (12—14-a.lar), Davut Ota maqbarasi; Mo‘ynoq tumanidagi Hakim Ota maqbarasi va qabristoni, Ellikqal’a tumanidagi Ayozqal’a-1 va Ayozqal’a-2 (3—8-a.lar), Tuproqqal’a (3-a.) eng muhim yodgorliklardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |