A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Download 1,83 Mb.
bet167/234
Sana26.01.2022
Hajmi1,83 Mb.
#411210
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   234
Bog'liq
Jamoat inshoatlar tarix majmua 4 kurs 2019

BUXORO ARKI - Buxorodagi qadimgi shaharsozlik yodgorligi. Dastlab mil. av. 1-a.da qurilgan. SHaharning qad. qal’asi. Arablar istilosiga qadar arkda shahar hokimlari - buxorxudotlar yashagan. Somoiiylar davrida (9— 10-a.lar) qayta qurilib devor va burjlar bilan mustahkamlangan. Qoraxoniylar davrida (11—12-a.lar) va mo‘g‘ullar bosqinchiligi vaqtida (13-a.) ark bir necha bor vayron qilingan. Hoz. qiyofasi asosan SHayboniylar sulolasi davri (16-a.)da shakllangan.

Balandligi 20 m cha bo‘lgan tepalik ustiga qurilgan arkning mayd. 4 ga, tarhi ko‘pburchakli. Turli davrlarda devorlari tosh, pishiq va xom g‘isht, paxsalar bilan mustahkamlangan. O‘pirilib tushgan joylari dastlab xom g‘ishtdan, keyin pishiq g‘ishtdan ta’mir etilgan. Ko‘tarila boruvchi yo‘l orqali g‘arbdagi ulkan darvozadan (16-a.) ichkariga kiriladi (sharq tomonida ham ilgari darvoza bo‘lgan). Darvozaxona peshtoqining ikki yon tomonidagi «guldasta» va ular oralig‘idagi 3 qavatli bino yaxshi saqlangan. Ark ichkarisiga olib kiradigan uzun dalon-yo‘lakning chap devorida 12 va o‘ng devorida 13 taxmontokcha qilingan. CHap tomonidagi tokchalarning ba’zilarida obxonaga kiriladi-gan eshiklar bor. Guldasta (burj)lar tagida zax va dim erto‘lalar bo‘lgan. Dalonning o‘ng tomonidagi o‘rta tokchasida afsonaviy qahramon Siyovush ruhiga Navro‘z bayramida chiroqlar yoqilgan. Amir sayisxona (otxona)siga ham shu erdagi zinadan kirilgan. Dalondan chiqaverishda to‘pchi boshi (saroy qo‘riqchilari boshlig‘i)ning mahkamasi, shu erdagi ayvon tagida erto‘la bo‘lgan (bu binolar buzilib ketgan). Undan sal narida (g‘arbiy devor burchagida) peshayvonli jome masjid (saroy masjidi) qurilgan (18-a. oxiri). Masjid derazalari panjarali, devorlarining ichki tomonidagi naqshlar orasiga Qur’on oyatlari bitilgan. Peshayvon shipi murakkab girihdar bilan bezatilgan.

Arkning shim.-g‘arbiy burchagida to‘pchi boshin.ing uyi va ta’mir ishlari ustidan nazorat qiluvchi kishi turadigan xona bo‘lgan. Masjidning sharq tomonida oshxona, orqa tarafida zarb-xona (oltin, kumush va chaqa tangalar zarb qilinadigan joy) bor. Zarbxona-ning shim.-sharqida zargarxona, jan.-da devonbegining mahkamasi va qushbegiga qarashli binolar bo‘lgan (ba’-zilari hozir ham bor). Jome masjiddan boshlangan tor yo‘lak qushbegi hovlisi orqali chorsuga tutashgan. CHor-suning chap tomonida tosh yotqizilgan katta hovli - ko‘rinishxona o‘rnashgan. Unda elchilar qabul qilingan va amir-larning taxtga o‘tirish marosimlari o‘tkazilgan. Hovliga kiraverishda nakshli peshtoqbo‘lgan (1605). Hovlining 3 to-moni ayvon b-n o‘ralgan. Oldingi pe-shayvonda ikki qator naqshli ustunlar bo‘lib, ularning tepasi kalla mu-qarnaslar b-n bezatilgan. Nurota marmaridan qilingan taxt shu ayvondagi taxtiravon tagida turgan. Hovlining jan. tomonida «Rahimxon mehmonxonasi» va qorixona qurilgan (18-a.). Bu binolar tagida erto‘lalar bo‘lib, ular-da xazina sakdangan. B. a.ning shim.-sharqidagi Buxoro zindoni mang‘itlar saltanati davrida qurilgan.

Arkning g‘arb tomonidagi hovlida mirzalar va boshqa xizmatchilar uchun ikki qavatli binolar qurilgan. Sal narida - salomxona, undan sharq tomonda mehmonxonalar, amir hamda oliy mansabdorlarga qarashli boshqa binolar joylashgan (miyon hovli). Jan.da hammom, hammomning sharq tomonidagi kichkina masjid hozirgacha saklangan. Arkning markazida o‘rda (amir xotinlari turadigan uylar), shim.da qushbegi xotinlari turadigan uylar, hammomning sharqida amir haramidagi qizlarning uylari, sharqida zodagonlar yashaydigan uylar bor. SHim.-sharqiy burchakda CHilduxtaron masjidi va Battol G‘oziy mozori bo‘lgan. Arkning sharqiy devori bo‘ylab g‘ulombachcha (soqchilar ka-zarmasi), jan.-sharqiy burchagida dorixona (o‘q-dorilar ombori) joylashgan (arkning g‘arbiy devoriga taqalgan binolarning bir qismigina sakdangan). Arkdagi qariyb 80 foiz imorat saqlanmagan. Arkning markazida (poydevor qoldiklari va xarobalari orasida) er tagidan o‘tgan mo‘rilar ark ichiga qarab ketgan katta sopol quvurlar ko‘rinib turadi. Bular oqova suv quvurlarining qoldiqlari. Arkning g‘arbiy devoridan boshqa hamma devorlari, burchaklardagi minoralar buzilib ketgan. Buxoro arki darvozasi oldidagi Registon maydonida ko‘pgina imoratlar bo‘lgan. Uning g‘arbiy devoriga qaragan peshayvonga zambaraklar qo‘yilgan. Ark darvozasining chap tomonida lashkar-boshi mehmonxonasi, shim.da esa qurol-yarog‘lar tuzatiladigan ustaxona va aslahaxona (qo‘rxona) bo‘lgan.

Buxoro arkining shim.-sharqidagi «CHilduxtaron» maqbarasi, jan.-g‘arbda «Battol G‘oziy xonaqohi», xos hammom qoldiqlari saklangan. 1990 yilda arxeologlar tomonidan olib borilgan qazish ishlari natijasida Amir mehmonxonasi hisoblangan xonaqoh va uning atrofidagi hujralarning poydevorlari, hovli ichkarisidagi supa, toshnov, tazar, sandal va yaxxonalar ochildi. Hammom tuzilish jihatdan murakkabligi [er osti tazarlari umumiy bir tar-moqqa bo‘ysundirilganligi, shahar tashqarisidagi zahkashga qadar cho‘zilganligi, to‘rt tomonidagi gulax (o‘txona)lari doimiy ravishda bir xil issiqlik berib turishi, yaxxonada muzni to kech kuzgacha saqlay bilishganligi] aniqlandi.

Buxoroning 2500 yilligi munosabati bilan ark ichkarisidagi taxt joylash-gan hovli ta’mirlanib, o‘z holiga keltirildi. Ark devorlari yangilandi. «Go‘riyon» darvozasi qayta tiklandi va boshqa obodonlashtirish ishlari olib borildi. Er sathidan 2,5—3 m chuqurlikda gumbazsimon er osti yo‘li borligi aniqlandi. Arkda Buxoro davlat me’moriy-badiiy muzey-qo‘riqxonasi joylashgan.


12-MAVZU. QORAQALPOQISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATLARIDAGI MUQADDAS QADAMJO VA ZIYORATGOHLAR TARIXI


Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish