Shodmalik bobo ziyoratgohi. Quraysh qishloq fuqarolar yig'ini hududidagi ziyoratgoh. Xalq orasida “Shodmalik ota” nomi bilan tanilgan Shayx Shoabdumalik bobo mashhur shayx Xoja Ahmad Yassaviyning birinchi muridi bo'lgan hazrat Mansur otaning farzandlari bo'lib, Zangiboboning amakilari bo'lgan. Yu.Buryakov “Toshkent oblastining arxeologik yodgorliklari”da mazkur ziyoratgohni Ohangaron daryosining o'ng qirg'og'ida joylashgan ikki xonali erosti sag'anasi, hovuzli chorbog' va keyingi vaqtlarda qurilgan turli-tuman imoratlardan iborat kompleks ekanligi haqida yozgan.
Shuningdek, Professor Mixail Evgenevich Massonning guvohlik berishicha, Shoabdumalik boboning qabrlari saqlanayotgan sag'anada juda ko'p qo'lyozma va kitoblar bo'lib, ular avvaliga tekshiruvchilar tomonidan olib ketilgan va bu qo'lyozmalar hozir Sank Peterburgdagi Sharq qo'lyozmalari fondida saqlanadi. Masssonning guvohlik berishicha, bu qo'lyozmalarning aksariyati Shayx boboning dastxatlari bilan yozilgan noyob asarlar bo'lib, ularning ko'plari ilohiyot sirlari, tush ta'birlari, taqdir yo'nalishlari, ma'rifat talqini, qur'on tafsirlari va boshqa sohalarga bog'ishlangan o'ttizdan ortiq qo'lyozmalar bo'lgan. Ziyoratgohda shayx Shoabdumalik boboning qabrida eng oxirgi marta piskentlik mashhur muftiy Xo'jaxon hojining o'g'li Nazirxon shayxlik qilgan. U 1930 yilda Piskentga ketib qolgan. Shundan so'ng shayx Shoabdumalik boboning qabrlari sag'anasi yil sayin xarobalashib borgan.
Sag'ana sharq me'morchiligining ajoyib namunasi bo'lib, er ostida ko'milgan, uning asosi 27x28,5 metrni tashkil etgan. Er osti qal'asining bu qadar noyob shaklda juda katta san'atkorona did bilan ishlanishining o'ziyoq Shayx Shoabdumalik boboning buyukligidan dalolat beradi. Bino shiftlari sopoldan ishlangan, sharqona naqshlar bilan bezatilgan. Sag'ananing uzunligi esa 1,87 metrni tashkil qiladi, unda hozir ham Shayx boboning suyaklari saqlanadi. Bu erda yana bir qancha kishilarning suyaklar solingan kichik sopol tobutlari bo'lib, nazarimizda ular Shayx Shoambdumalik bobodan so'ng rihlat etgan qarindosh urug'lariga tegishli bo'lsa kerak. Keyinroq bu maqbaradan bir necha oltin va dirhamlar ham topilganini akademiq N.I.Veselovskiy 1936 yilda Sank Peterburgda nashr etilgan “Minaret sheyxa Shoabdumalik baba” nomli asarida qayd etadi. Shuningdek, N.I.Veselovskiy shayx Shoabdumalik boboning “Axloqi tarbiyai sag'ir” nomli asari ham bo'lib, u asosan oilada bola tarbiyasi, ona-bola, ota-bola, aka-singil tarbiyalari va muammolariga bag'ishlanganligini qayd etgan. suyaklar solingan kichik sopol tobutlari bo'lib, nazarimizda ular Shayx Shoambdumalik bobodan so'ng rihlat etgan qarindosh urug'lariga tegishli bo'lsa kerak. Keyinroq bu maqbaradan bir necha oltin va dirhamlar ham topilganini akademiq N.I.Veselovskiy 1936 yilda Sank Peterburgda nashr etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |