Xojai Surx ota ziyoratgohi. Telov qishloq fuqarolar yig'ini Ovjazsoy qishlog'ida, “Chilqori” jome' masjidi hududida joylashgan. Surx ata qabri yonida chillaxona saqlanib qolgan. U kishi o'sha chillaxonada zikr qilgan. Ziyoratga kelganlar hojatlarini so'rab qabr yonidagi silliq toshga o'tirishadi. Aytishlaricha Amir Temur bu joyni bir yil makon tutgan ekan.
Payg'ambar ota ziyoratgohi. Susam qishloq fuqarolar yig'ini hududidagi ziyoratgoh hozirgi kunda obodonlashtirilgan. U kishining shaxsiyati to'g'risida hozirgacha biror narsa ma'lum emas. Faqatgina xalq og'zaki rivoyatlari mavjud. Aytishlaricha qadimda bu hududa Qusam shahri bo'lib, uni podshoh Sulukti Dodiyona boshqargan. Xudo Dodiyonaga o'zini tanitish uchun Jirjis payg'ambarni yuborgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |