3.Maktab va madrasalar, ularda o‘tiladigan fanlar tavsifi.
"Maktab" deb ataluvchi ta’lim shakli dastlab VII-VIII asrlarda arab mamlakatlarida paydo bo'lgan. Dastlab maktablar masjidlar qoshida shakllangan. VIII-IX asrlarda ular O'rta Osiyoda ham keng tarqalgan.
Maktablar bolalarga boshlang'ich ta'lim berishga asoslanib, ularda yoshlar asosan o'qish va yozishni, husnixatni o'rganganlar. O’qish va yozishni bilgan yoshlar Qur'onni, nomozni va turkiy tildagi be'riy asarlarni yod olganlar. Maktablarda ta'Iimning asosiy shakli bo'lib, bolalar odatda 5-7 yoshdan o'qiy bosh lagan. Bolalarning necha yoshgacha maktabda o'qish zarurligi ularning iqtidoriga qarab belgilangan.
Aksariyat maktablar mahallalarning jamoat markazlari guruhlarda joylashib, guzar masjidlari, madrasalar va boshqa vazifadagi jamoat binolari tarkibiga kirgan. Ayrim hoillarda maktablar uchun alohida joylashgan binolar qurilgan. Islomiy an'analarga ko'ra, qiz va o'g'il bolalar ajratib o'qitilgan: qizlar odatda muallimaning uyida, o'g'il bolalar esa maktabda o'qishgan. Boy xonadoniarning farzandlari; odatda o'z uylarida o'qituvchi yollanib o'qitilgan.
Jamoat binolari tarkibiga kirgan maktablar uchun xonalar tanlashda O'rta Osiyoning issiq iqlim sharoiti e'tiborga olingan. Masalan, Samarqand viloyatining Uxum qishlog'idagi maktabda
rquv xonalar uchun qishloq masjidiga yondosh joylashgan ayvonli xonalar va ochiq ayvonlar tanlangan. Arxitektura doktori L.Y.Mankovskayaning ma'lurn qilishicha, uxorodagi mahallalardan birining masjidi qoshida qurilgan maktab 2 qavatli bo’lib, uning birinchi qavatida qishda, ikkinchi qavatidagi boloxonada esa yoz faslida dars o'tilgan.
Alohida binoda qurilgan maktablar odatda yog'och sinchli, ustunli-to'sinli qurilmalar yordamida yoki pishiq g'ishtdan peshtoqli-gumbazli shakllarda ishlangan. Buxorodagi Chashma-Ayub mahallasida ana shunday alohida binoga ega gumbazli katta maktab bo'lib, u tarhda 29x30 metr, o'rtada joylashgan katta gumbazli zali esa 10,5x10,5 metrga teng bo'lgan. Maktab tarkibida o'qituvchilar xonasi yoki jamoatxona vazifasini bajargan katta zaldan tashqari dahliz, bir necha darsxonalar, ayvonlar va ravoq tomli hujralar bo'lgan. Binoning rejaviy yechimi asimmetrik kompozisiyada ishlangan. Biroq, o'rta asrlarda alohida bino tarzida qurilgan maktablar soni deyarli ko'p bo'lmagan. Maktablarning asosiy qismi boshqa jamoat (guzar, mahkama, madrasa) yoki ibodat (masjid, xonaqoh) binolari bilan birgalikda qurilgan. Arxitektura doktori T.A.Hidoyatovning aniqlashicha, bunday maktablarning me'moriy-rejaviy yechimlarida xonalar soni, tarkibi va ularning funksional bog'lanishida muqim tartiblar kuzatilmaydi. Biroq, maktablarni qurishda me'morlar O'rta Osiyoning noqulay issiq va quruq iqlim sharoitini e'tiborga olib xonalarni baland qilish, deraza yuzalarini kamaytirish va bino tarkibiga yozgi ochiq ayvonlar kiritishga harakat qilganlar.
XVI-XVII asrlarda Balx shahri Shayboniylarning yirik siyosiy markaziga aylanib, shaharda 200 ming aholi istiqomat qilgan va ularga 900 ta maktab to'g'ri kelgan.
Tarixchi olim K.Kattayevning "Samarqand madrasalari va ilmu-fan rivoji" kitobida ko'rsatilishicha, 1864-1868 yillarda Samarqand shahri mahallalarida madrasalar qatorida bir nechta maktablar ham qurilgan. Abulxayrboy, So'fi Roziq, Shohskashon, Toshkandiy, Qozi Abdurasul kabi mahalla maktablari shular jumlasiga kirgan.
1876 yilgacha Turkistonda 300 ga yaqin madrasa, 7 mingga maktablar faoliyat ko'rsatgan, deb yozadi tarixchi olim Sh.G’afforov. Uning ta'kidlashicha bu davrlarda ayrim manbaiarnmg qayd qilganidek Turkiston aholisining 2 foizigina savodli, qolganlari savodsiz bo'lgan degan fikrlar butkul noo'rindir. Sh.G'afforov tarix fanlari doktori P.G.Kimning tadqiqotlariga asoslanib 1897 yildagi Turkiston aholisi, bu o'Ikadagi maklablar va ulardagi o'quvchilar soni, ularning aholi umumiy soniga nisbati va aholining savodxonligini o'sha davr Rossiya va Belorussiya ahjlisining ana shunday ko'rsatkichlariga asoslanib, bu mamlakatlar aholisining savodxonligi haqida aniq tasavvur beradigan quyidagi jadvalni tuzgan:
Mamlakatlar
|
Aholisining soni
|
Maktablar soni
|
O'quvchilar soni
|
Aholining
Limumiy
soniga
nisbati
|
Aholining savodxonligi
|
Rossiya
|
126.368.800
|
33.401
|
2.318.100
|
1,8%
|
21%
|
Belorussiya
|
6.492.857
|
2.263
|
125.418
|
1,9%
|
24.7%
|
Turkiston
|
3,792.774
|
6.027
|
64.015
|
1,7%
|
19,55%
|
Albatta, bu ma'lumotlarni ham so'nggi dalillar deb qaramaslik deb yozadi Sh.G'afforov.
Sharq olimlari va mutafakkiriari nafaqat ilmu-fanni o'rganish va rivojlantirish, balki ta'lim-tarbiva tizimi va usliblarinu takomllashtirish bobida ham ish oiib borganlar. Jumladan, Ibn Sino Sharq olimlari ichida birinchilardan bo'lib tarbiya uslublarining mukammal tizimini yozib qoldirgan va ularning mohiyatini tishuntirib bergan. Uning bir nechta asarlari shu masalaga bag’ishlangan. Masalan, "Tadbir ul- manzil" risolasining bir bobi qanday qilib ma'lumotli qilish haqidadir. "Tib qonunlairi"ning to'itta bobi bolalar sog'Iigi va jismoniy tarbiyasi muammolariga bag'ishlangan. "Ash-Shifo" asarida ham bolalar tarbitasiga oid turli usullar to'g'risida maxstis boblar mavjud.
Ibn Sinoning flkricha, bolaga o'z vaqtida xat-savod, eng kerakli hunarlarni o'rgatish va uni san'at asoslari bilan tanishtira borisli zarurdir.
X asr oxiri - XX asr boshlarida ayrim ziyoli kishilar xususiy – maktablar ochib, ularda daromadli oilalarning farzandlarini o'zlari joshlaydilar. Bunday ziyolilar "maktabdor" deb atalib, ular bolalarga o'qish va husnixatni o'rgatishdan tashqari og'zaki hisobni ham o'rgatganlar. Maktabdorning savodli xotinlari esa "otinoyi" deb atalib, ular o'z uylarida davlatmand kishilarning qizlarini o'qitgan.
Bu davrga kelib qizlar ham o'g'il bolalar kabi boshlang'ich maktablarda o'qiy boshlagan. Biroq, ular uchun alohida «qizlar maktabi» - belgilangan. Bunday maktabdagi o'quvchilar soni 10-20 tagacha bo'lgan. Ularga bir muallim dars bergan, katta yoshdagi bolalardan biri guruh boshlig'i, xalfa esa o'qituvchining yordamchisi vazifasini bajargan.
Maktabning dasturida Qur'oni karim oyatlari, hadislarni yodlash, shariat asoslarini o'rgatish, arab yozuvi bilan tanishish, abjad usulidagi hisobdan xabardor bo'lish (shuning uchun boshlang'ich bosqich talabalari abjadxon deb ham tilga olinadi), odob-axloq mavzusidagi pandnoma, she'riy asarlarni o'qish va yodlash nazarda tutilgan.
Tarixchi A.Abdurasulovning yozishicha, XX asr boshida (1909 y.) Xiva shahrida jami 1500 ta maktab bo'lib, ularda 45 ming bola tahsil olgan. Xivada qizlar o'g'il bolalar bilan qo'shib o'qitilgan. Bu davrda Farg'ona viloyatida ham anchagina o'quv maskanlari bo'lib, bularning soni 2316 ta maktabni tashkil qilgan. Ulardan 1749 tasi o'g'il bolalarga, 567 tasi esa qiz bolalarga mo'ljallangan. Ularda 24690 ta o'g'il bola va 6559 ta qiz bolalar ta'lim olgan. Bu davrdagi ta'lim tizimi O'rta Osiyoda asosan uchta yo'nalishda olib borilgan. Birinchisi, eski maktab va madrasalar, ikkinchisi, rus-tuzem maktablari, uchinchisi, yangi usul-jadid maktablari.
O'zbekistonda Chor Rossiyasi hukmronligiga qadar tashkil etilgan va o'rta asrlar ta'lim an'analariga asoslangan maktablar "eski maktablar" deb atalgan bo'lsa, rus-tuzem maktabi (ruscha tuzemes-mahalliy odam degani) Turkistonda mahalliy aholi bolalari uchun ochilgan boshlang'ich ta'lim rus maktablari bo'lgan. Bu maktablarni Chor Rossiyasi hukumati mahalliy hukmdorlar bilan yaxshi aloqa bog’lash va savdo-sotiq ishlarini avj oldirish maqsadida tashkil etgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |