A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Shifoxona va dorixonalarning vujudga kelishi va rivojlanish tarixi



Download 1,83 Mb.
bet33/234
Sana26.01.2022
Hajmi1,83 Mb.
#411210
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   234
Bog'liq
Jamoat inshoatlar tarix majmua 4 kurs 2019

3.Shifoxona va dorixonalarning vujudga kelishi va rivojlanish tarixi.

Tarixiy obidalar va madaniy merosimiz haqida ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar o’tkazib, ko’plab kitoblar yozilgan bo’lsada, jamoat binolari tarixining hali fanga noma’lum va atroflicha o’rganilmagan sohalari ham behisob. Shuni hisobga olib, 2000 yildan boshlab, O’zbekiston Respublukasi Fanlar Akademiyasining Tarix, Arxeologiya va O’zbekiston Respublukasi badiiy Akademiyasining San’atshunoslik institute va olimlar bilan birgalikda «O’zbek davlatchiligi tarixi» deb atalgan; so’nggi bronza davridan hozirgi zamongacha bo’lgan 3 ming yillik ulkan tarixiy davrni qamrab olunchi fundamental ilmiy adqiqotni yaratishga kirishildi. Ayniqsa, taniqli olim T.Shirinov O’zbekistonda ilk davlatlar «voha davlatchiligi», «shahar-davlatlar» Mesopatamiya, Misr, Xitoy, Mezoamerikadagi «Noma» davlatchiligi kabi bo’lgan degan go’yani ilgari surdi. Haqiqatdan, ham tarixiy tahlil shuni ko’rsatadiki, davlatchilik jamiyat da o’z ichli qoniniyatlari asosida paydo bo’ladi, rivojlanadi. Ya’ni davlat tizilmasi tashqaridan tahhor holda ko’chirilmaydi, ma’lum jamiyat bag’rida tig’iladi. O’zbek davlatchiligi taraqqiyoti ham bundan mustasno emas. Ana shunday jumboq sahifalardan biri davolash va shifobaxsh muassasalarning shakllanishi shaharlarda joylashishi, o’tmishda xakq orasida tutgan o’rni va roli, ularnung me’morchilik va qurilish tarixidir.

Jamoat binolarining bu xildagi namunalari qatoriga shifoxonalar, dorixonalar, hammomlar, garmobalar, shifobaxsh chashmalar hamda qator balnedavo muassasalari (bularga mineral suvlar, qum va balchiqlar yositasida davolaydigan muassasalar, obzanxonalar ham) kirgan.

Ma’lumki, o'tmishda (VIII asriardan bosblab) Sharq mamkatlarida, shuningdek, Xitoy, Hindiston, Misr, Iroq, Eron, Turkiya,

O'rta Osiyo va Kavkaz ortida tabobat ilmi ancha yaxshi rivojlanga va shu boisdan ham davolash niuassasalari xalq orasida e’tibor qozongan. Masalan, hozirgi O'zbekiston hududida X asrda tibbiy ilmlar ancha riivojlanib, XI asrda va keyinchalik Buxoro, Samarqand, Ko'hna Urganch, Toshkent kabi yirik sharlar o'z shifoxonalariga ega bo'lgan.



Sharq mamlakatlari xalqlari esa tabobatga oid turli xil tibbiy muassasalar va shiioxorialardan juda qadim zamonlardan boshlab foydalanib kelganlar.

Tarixchi I.To'xlievning yozishicha, Sharqiy Turkistoh va O'rta Osiyo xalqlarida islom dinigacha'(VII - VIII asrlarga qadar) keng tarqalgan budda ibodatxonalarida ilohiv bilimlar bilan birga gramatika, musiqa, yer, shamollar va yulduzlar harakatiga oid bilimlar ham o’qitilgan. Shunisi qiziqki,buddizm keng tarqalgan davrlarda Sharqiy Turkistonda katta yoshdagi erkaklarnung uchdan bir qismi savodxon bo'lgan. Sharqda qo’llanayotgan tibbiy yordam va xizmat turlari halio'rta. asr Evropasuga ma'lum emas edi. VIII asrdayoq Suriya va Misrda yirik shifoxonalar - bemoristonlar tashkil qilinib, ularda yotib davolanish imkoni bo'lgan.

Shifoxonalar quriiishiga hokimlar, mansabdorlar, tibbiyot arboblari bocshu qosh bo'iganlar. Sharqning buyuk siymolari ulug' tabiblar Abu Vakg-Roziy va Abu Ali ibn Sinolar ham o'z davrida Jamoa binoalari qurilishishiga jiddiy yondoshganlar. Ar-Roziy Bag’dodda, Ibn Sino esa Hamadonda, shifoxotialar qurdirgan. Mazlum xalqqa atab "Dorush-shifo'lar qurish, tibbiyot sohiblarini tayyorlash, tabobat xizmatini to'g'ri yo'lga qo'yish xayrli xizmatlar qatorlga kirib, el-yurt va hokimlar tomonidan qo'llab-quvvatlangan. "Islom sultonlari va ulug' hokimlar el sog'ligini yaxshilash uchun davlat homiyligi ostida dori-darmonlar va kimyoviyl malham moddalar yig'dilar. Bu ishga bilimdon tabiblami jalb etib qulay va yorug' shifoxonalar qurdilar'' - deb yozgan edi XIII asrning iste’dodli arboblaridan biri Rashididdin.

Eronriing taniqli ilmiy markazlaridan bo'lmish Ray, Isfaxon, Hamadon, Movarounnahrning Samarqand, Qo'qon va Urganch shaharlarida X- XI asriarda yirik shifoxonalar bo'lib, ularda xalq e’iborini qozongan tabiblar faoliyat ko'rsatganlar.

Bag'dod shahri o'rta asriarda Sharq tabobat ilmining yirik markazlaridan biri bo'lgan. Bu yerda X asrda beshta shifoxona qurilishi tashkil etilgan bo'lib, ularni o'z davrining mashhur tabibi Sinan Ibn Sabot boshqargan. Shifoxonalarning ikkitasi Dajla daryosi bo'yiga, manzarali ya xushhavo joylarga qurilgan. Mazkur davolash muassasalarida bosh tabib va tabiblardan tashqari sanitarlar, xizmatchilar, qoroyullar, xo'jalik ishlarini boshqaruvchilar, osoyishtalik va tartib saqlovchilar singari shtatlar, ham belgilangan.

Bag'dod shifoxqnalarini tashkil etganlar orasida shahar hokimi Adud ad-Daula ham bo'lgan. U o'zi qurdirgan shifoxonaga 24 ta yetuk tabibni yig'ib, ularga homiylik qilgan va o'z davrining mashur tabibi Abul Hasan ibn Gilmizni kasalxonaga bosh tabib etib tayinlagan.

Tabiblar, odatda, bir necha tillarni bilganlar. Bu ularga bemorlar bilan suhbatlashishda, tibbiyotdan lalabalarga dars berinshda qo'l kelgan. Bag'dod kasalxonalarida ko'z kasalliklarini davolash yaxshi yo'lga qo'yilgan. U yerda telbalar uchun ham maxsus shifoxona tashkil etilib, u shahardan bir oz chetroqda jovlashtirilgan.

Poytaxt Bag'doddan uzoqda joylashgan Shiroz, Isfaxon, Vosit kabi shaharlar ham o'z shifoxonalariga ega bo'lgan. U yerlarda tabiblik mahoratiga ega bo'lganligi haqidagi shahodatnomasi bor mutaxassislar ishlaganlar.

Qadimgi arboblaming shifoxonalar oldiga mashshoqlarni tez-ib kelib turish odati bo'lgan, chunki musiqa dardning oldini ga va charchoqni yo'qotishga yordam bergan.

Jamoat shifoxonalarini islom mamlakatlarida qurish butun asrlar davrida davom etib kelgan. Masalan, XIII asr o’rtalarida Xaleb shahrida (Suriya) jamoat kasalxbnasi mavjud bo’lib, XV asrda yana yangisi Arg'un al-Komiliy shifoxonasi qurilgan. Mazkur kasalxona bir necha hovlilan biriktiiruvchi katta bir bino (kompleks) ko'rinishida bo'lib, alohida hovlilar atrofida yotib va qatnab davolanuvchi bemorlar uchun maxsus xonalar, oshxonalar va boshqa yordamchi xonalar joylashgan Kasalxona binosi ziynatli, muqarnas, tupbarggul tarzidagi bezaklar, marmar va fayansdan ishlangan sadaf naqshlar bilan bezftilgan.

Islom mamlakatlaridagi shifoxonalar va tibbiy xizmat turlari Movaraunnahr va Xuroson shaharlariga ham xos bo'lgan. Hozirgi O'rta Osiyo respublikalari hududida - o'z davrining' ulug' allomalari (Beruniy, Amir Temur, Husayn Boyqaro, Alisher Navoiy, Ibn Sino) va qator hokimlar xalq orasida sog'liqni saqlash ishlari bilan shug'ullanib shifoxonalar qurdirgan.

Shifoxona va ulardagi tibbiy faoliyatturli xizmatlar evaziga uyishtirilgan vaqflar hisobidari amalga oshirilgan. Shenday vaqflaminlg birida "kasalxonani ta'sis etuvchi shaxs xonalarga e’tibor berish, kasalxonadagi bemorlami dori- darmonlar bolan ta'minlash, tabiblar, qon oluvchilar, xizmatchilar, oshpazlar, osoyishtalik va tartib saqlovctiilar va boshqalarga moyana beradi, kasallarga sut va ovqat, sog'ayishi va dam olishida zarur bo'lgan barcha ashyolami mol-mulk qilibvaqflarnung egalik huquqi va ixtiyoriga o’tlcazadi" deb yozilgan.

1046-1068 yillarda Samarqandda hokimlik qilgan Bug'raxon Ibrohim Timg’ochxonning vaqf hujjatlariga ko'ra 1066 yilning o’rtalaridaa shaharning Rivdod ko'chasidagi dahada kasalxona (dorulshafalja) joriy etiladi. O.G.Bolshakov kasalxona qurilgan joy haqida fikr yuritib, u hozirgi Registon maydoniga yaqin bo'lgan So'zangaron ko'chasi yo'nalishiga to'g'ri kelgan, deb taxmin qiladi. Uning fikricha, kasalxona bu yerdagi shahar dahalaridan birida joylashgan bo'lib, bir yondan masjid, boshqa tomondan daraxtlar, uy-joylar bilan chegaralangan bo'lgan.

Timg'oshxon vaqf hujjatiga ko'ra, shifoxona binosining hovlisi to'rt tomonli va ko'chaga qaragan bitta darvozasi bo'lgan. Demak, shifoxona rejasining tuzilishi to'rt tomoni berk ichki hoviili bino ko'rinishga ega bo'lgan. Bu esa kishini, o'z navbatida, Samarqand shifoxonasi o'zining me'moriy, rejaviy yeshimi bo'yicha o'sha davrda nafaqaj O'rta Osiyoda, ballki butun isiom sharqida keng tarqalgan madrasa binosining me'moriy tizilishiga yaqin bo'lgan deb xulosa qilishga chorlaydi. Madrasa, karvonsaroy, masjid binolariga xos ichki hovlili rejaviy yechim shifoxonaiarga ham juda mos kelgan, chunki bunday me'moriy tarh kasallarning palatalarini ichki hovliga qaratib joylashtirishga va turli tibbiy xizmat turlarini tashkil qilishga imkon tug'dirgan. Bundan tashqari, ichki hovlida kun davomida soya-salin va dam olishni tashkil qilishga qulay sharoit yaratilgan.

Samarqand, shifoxonasida malakali tabiblardan tashqari, kichik tibbiy xodimlar, qon oluychilar, oshpazlar, imomlar, hovliga qarovchiiar hamda go'rkoylar ishlagan. Demak, shu xizmatlarga mos ravishda turli xonalar, jumladan, kasallar uchun hujralardan tashqari, oshxona, maschit, dorixona, tabiblaming yigilishi uchun zallar va boshqa, yordamchi xonalar bo'lgan. Samarqand shifoxonasi qoshida yuqoridagi vaqfda ko]satilishicha, qatnab, davolanuvclu kasallar uchun kichik shifoxona ("nimak bemoriston"), ya'ni darmonxona ham tashkil qilingan. Shifoxona nizomida bu yerda nafaqat kasallar, balki nogironlar, majruhlar, qarovsiz qolgan qariyalar ham manzil topganlar, deb aytilgan. Samarqand shifoxonasining qanha vaqt faoliyat ko'rsatganligi noma’lum, ammo u XIII asrga Chingizxon bosqini davrida yakson qilingan ko'rinadi. Hozirgi davrda bu binodan, afsuski, nishona ham qolgan emas.

Samarqand shifoxonasi kabi davolash muassasasi Xorazmnung qadimiy poytaxti Ko'hna Urganchda ham bo'lgan. Mazkur shifoxona XI - XIII asrlarda faoliyat ko'rsatganligi tufayli O'rta Osiyolik ulug' tabib Abu Ali ibn Sinoriing ham ishlagani ehtimoldan xoli emas. Shifoxonada ichki kasalliklarni dori-darmonlar bilan davolash bo'limlaridan tashqari, boshqa bo’lilar ham bo'lgan bo'lishi mumkin. Chunki xorazmlik tabiblar bemorni davolashda turli usullardan: dori-darmonlar, muassaj, balnedavolar, parhez, "musiqaterapiya ya’ni kuy-qo’shiq va turli o'yin (raqs)lar kuchidan ham foydalanganlar. Shunisi qiziqarliki, ko'hna Urganch shifoxonasida mahalliy tabiblar bilan hamkorlikda suriyalik tabibiar ham ishtaganlar. Samarqand va ko'hna Urganch shifoxonalari hamda XI asr vaqf hujjatlariga asoslanib, O'rta Osiyoda bu davrga kelib jarmoat rasalxonalari barcha vazifa va ehtiyoj-talablar asosida, o'ziga xos tartibotga ega muassasa bo'Iib shakllangan, degan xulosaga kelishimiz mumkin. O'sha davriarda ham hozirgi shifoxonalardagidek "konsilium" usuliga amal qilinib, tabiblar bemoilarni davolashda yuqori malakali tabibiar bilan kengash o'tkazib turgan. Kasalxohalar tarkibida masjid, dorixona, tabiblarning yig'ilishi va maslahatiashishi uchun maxsus xonalar bo'lgan.

l.G. Soldatze o'zining Ibn Sino haqidagi tarixiy romanida ulug’ tabib davrida (X asr) Buxoroda ham kasalxona bo'lganligi haqida bilvosita xabar beradi. Bemorlarni uyidan tashqari, shahar kasalxonalarida ham davolagani, yoshligidanoq mahorati va bilimi bilan boshqa tabiblarni hayratda qoldirgani haqida yozadi.



Ma’lumki, bobokalonimiz buyuk mtitafakkif Alisher Navoiy ham tabobat namoyandalarini qo'llab-quvvatlab ularni o'z asarlarida vasf etgan, tabiblar, olimlar, me'morlar va san'atkorlarga homiylik qilgan, uning ko'rsatmasi va mablag'iga binoan Xuroson muzofotida xalq manfaati uchun ko'plab binolar qurilgan. Ular orasida shifoxonalar ham bo'lgan. Qurilgan va qurilayotgan binolarni shoirning o'zi tez-tez ko'zdan kechirib turgan.

Tarixchi Xondamirning ta'riflashicha, Alisher Navoiy Hirot atrofidagi Injil kanali bo'yida "Ixlosiya" madrasasi va unung yaqiniga "Xalosiya" xonaqosi, G'arb tomoniga esa 1481 yillarda "Shifoiya" shifoxonasi va "Safoiya" hammomini; qurdirgan. "Shifoiya" sog' lik manosini anglatsa, "Sofoiya" tozalikni bildirgan. -

"Sihifoiya" va "Safoiya"ning, ya'ni shifoxonaning hammom bilan yonma-yon qurilishida hammomda davolash tadbirlarini amalga oshirish, hatto ayrim kasalliklarni hammom yordamida aniqlash mumkinligi sabab bo'lgan. Shifoxonada bemorlar davolanishi bilan birga, hammomda cho'milish, terlash, uqalash (massaj) singari shifobaxsh-gigiyenik muolajalarni ham olganlar. Tabobat xizmatini tashkil qilishdagi bunday shifobaxsh-gigiyenik uyg'unlik boshqa Sharq mamlakatlarida ham ilgaridan qo’llanib kelingan, Shifoxonalarda tabiblar bemorlami davolash bilan birga talabalarga tib ilmidan dars berganlar. Shuning uchun bo'lsa kerak, taniqli adib Sadriddin Ayniy o'zining ilmiy asarida Nayoiyning "Shifoiya" sini "madrasa" deb ataydi.

Akademik Bartold esa uni "Bolnitsa" deb yozadi. Fikrimizcha, hozirgi tushuncha bilan aytganda Navoiy "Shifoiya" binosi o'sha davrdagi boshqa shifoxonalardan farq qilib, o'z mavqeyiga ko'ra tibbiyot klinikasi va ayni paytda dorilfunun "Madrasai-dorul shifo" vazifalarini bajargan bo'lsa ajab emas. Zero, Mir Alisherning inoyati bilan o'sha davrda mavlono Nizomiddin Abdulxay, mavlono Muhammad Muin, mavlono Darvishali, mavlono Abdulxay Tuniy singari mashhur tabiblar yetishib chiqqanki, ular tib ilmini rivojlantirishga katt hissa qo’shganlar.



Navoiy shifoxon yonoda Injil daryosi bo’yida ko’rkam va xushhavo bog’ tashkil etadi. "Shifoiya" ushu bog’ ichida joylashgan bo'lib, oldi Injil kanaliga qarab turgan. Shifoxona binosi ichki hovlili tarxt berk hajm-rejaviy tuzilishga ega bo'lib, Hirot shahrida tayyorlanadigan qizil g’ishtdan qurilgan bo'lgan. Shifoxona hovlisida hovuz ham bunyod etilib, unda baliqlar
saqlangan.

Navoiy davriga qadar ham Hirotda bir necha jamoat shifoxonalari bo'lib, ulardan ayrimlari qarovsiz holga tushib qoladi. Shulardan biri Temuriylar sulolasidagi Xuroson hukmdori Sulton Abu Saidning (1459-1469) katta xotini Milkat og'a tomonidan shahar ichkarisida qurilgan "Dorush-shifo" dir. Mazkur shifoxona Navoiyning himmati bilan qayta tiklanadi va obod holga keltiriladi. Hirothing yetuk tabibiaridan hisoblangan mavlono Darvishali Mir Alisherning iltifotiga ko'ra ushbu dorush-shifoning mudarrisi etib tayinlanadi va barcha muolaja ishlari ga topshiriladi. Sharqshunos olim M.E.Masson Hirot shifoxonalarining yana bin hukmdorlar xonadoniga, ya’ni Shohrux Mirzoning nabirasi Mirzo Alouddavlaga tegishli bo'lgan, degan fikrni bildirgan. Ko'rinib turibdiki, Hirotda Navoiy davrida va unga qadar ham mazlum xalq salomatligi yo’'lida xayrli ishlar amalga oshirilgan.

Malumki, O'rta Osiyo va Sharq xalqlarida yozda salqin, sersoya va zilol suvlarga boy joylardan xushhavo bog'lar tashkil qilish odat tusiga kirib qolgan. Bunday bog'lar o'tmishda, asosan, yirik yer-mulk egalari uchun xizmat qilgan. Ular ayrim bog'larda aslzodalarga xizmat ko'rsatuvchi maxsus shifoxonalar qurdirganlar. Masaian, Toshkent qal’asi tashqarisidagi Kaykavus chorborbog'ida (XVI asrda) imtiyozli zodagonlar va harbiylarga moljallangan shifoxona binosi bo’lgan. Shifoxona chorbog'ning qulay joyida joylashgan bo'lib, unga harbiy to'qnashuvlarda yarador bo'lgan shahzoda va sultonlar jang maydonidan keltirib turilgan. Chorbog'da davolanishdan tashqari, aslzodalar uchun adabiy munozaralar, bazm-ziyofatlar, hazil-mutoyibalar ham o'tkazib turilgan.

Samarqand, ko'hna Urganch, Marv, Hirot, G’azna, Toshkent shahridagi shifoxonalarga o'xshashf dayolash muassasasi Vuxoro shahrida ham bunyod etilgan. Shahaming Registon maydonida hozirgi ark darvozasining shimoliy-g'arbida 1682 yili Buxoro xoni Subhonqulixon farmoyishi bilan "Dorush-shifo" binosi quriladi. Bino uncha katta bo'lmay bir qavatli, ko'rinishidan an'anaviy madrasa binosiga o'xshash, ichki hovlili to'rt burchak ko'rinishidagi rejaga ega bo'lgan. Shifoxona bosh peshtoqi g'arbga qaratilib, uning yonidan Registon maydonini kesuvchi yo'I o'tgan. Ushbu muassasa vaqf hujjatlariga ko'ra davolash ishlaridan tashqari, yosh talabalarni tabobat ilmiga (ilohiyot va adab bilan birga qo'shib) o'qitishga mo'ljallangan. Shunisi qiziqki, shifoxonada Samarqand shifoxonasiga o'xshasi qatnab davolanuvchi bemorlar uchun alohida "ambulatoriya"dan tashqari, dorixona va tabobatga doir kitoblar saqlanuvchi kutubxona ham bo'lgan. Shifoxona binosi XX asrning 30-yillarida Registon maydonini kengaytirish munosabati bilan buzib tashlangan.



1912 yilda Xivada Dishan qal’aning shimoliy qismida maxsus shifoxona binosi qurilgan bo'lib, u hozir ham dastlabki vazifasini davom ettirib kelmoqda. Bino bir qavatli frontal kompozitsiyada ishlanib, uning tashqi me’moriy ko'rinishda rus uslubining ta’siri sezilib turadi. Shifoxonaning kirish qismida esa Xorazm uslubi ham mavjuddir.

Movarounnahr va Xurosonda shifoxonalar binosi o'tmishda, odatda, bir va ikki qavatli qilib qurilgan. Yuqorida nomlari tilga olingan O'rta Osiyo shifoxonalari esa, xususiyati, bir qavatli bo'lgan. Shifoxonalarni qurishda poydevor, devorlar, hatto gumbaz va ravoq tomlar ham mahalliy pishiq g'ishtlardan ishlangan. Bino oldidagi va ichki hovlidagi to'shovlar pishiq g'ishtlar yoki tabiiy toshtaxtalardan ishlangan.

O'rta Qsiyo shifoxonalarida kasallar yotadigan xonalar tashqi devorga yon tomoni bo'ylab joylashib, eshigi ichki hovliga qaratilgan. Yozning issiq kunlari hujralarda bemorlarga qulay mikroiqlim yaratish uchun me'morlar hujralarning enini bo'ylariga qaraganda ancha kichik ishlagan. Shunday bo'lsa-da, hujralarni yetarli yorug'lantirish va shamollatish uchun ularning enini bo'yiga nisbatan 1:2 qismdan oshirmaslikka harakat qilgan. Jumiadan, Buxoro shifoxonasida bu nisbat 1:1 enni tashkil qiladi.

Yuqori haroratli quyosh nurining ta'sifi O'rta Osiyoda derazalarni kichik qilishni taqozo etgan, shu boisdan palatalar eshik ustiga o’rnatilgan panjarali mo'jaz derazalardan yorug'lantirilgan. Ayrim hollarda bunday derazalar, eshik bilan birga ishlanib, yanada yaxlit jozibador qurilmani tashkil qilgan. Eshiklarning balandligi va eni xona vazifasiga mos kelgan. Shifoxona tabiblamtng umumiy yig'ilish va kengash o'tkazadigan jamoatxonasi o'z xizmat doirasiga ko'ra ancha baland, havodor va keng ishlangan. Hujra va xonalar ham gumbaz va ravoq tomlar biian yopilganligi tufayli baland va keng ko'rinish hosil qilgani: ularda bemorlar o'zlarini erkin his qilganlar. Shifoxonalarda davolanish yozin-qishin baravar kechgan ko'rinadi, negaki



tegishli vaqf hujjatlarining birida shifoxonada o'tin tayyorlovchi shtatlari bo'lganligi haqida yozilgan. Demak, bu o'tinlar shifoxona pechkaiarida yoqilgan bo'lsa ajab emas.

Shifoxonalar binpsining rejasi hovlili ko'rinishga ega bo'lgan ekan, buning sababi nimada degan savol tug'ilishi tabiiy. Jamoat shifoxonalaridagi hovlilar kasalliklarning turiga qarab alohida bo’limlar tashkil qilishga qulaylik tug'dirgan. Bu esa turli xil bemorlarni bir-biridan ajratib davoiash| imkonini bergan. O’tmishda shifoxonalai boshqa binolarga yaqih yoki uonma-uon joylashganligi sababli shahar ichida uiarga hozirdagidek alohida keng va bog' maydonlari ajratishga hammav vaqt; imkon bo’lmagan. Bu esa bemorlarning shifoxona hovlisida ochiq havoda dam olisjilari, shuningdek, ibodat qilishlari ishun qulay sharoit yaratishni, ya'ni ichki hovlilar taslikil qilislmi-taqozo qilgan.

Ayrim shifoxona hoylilari ziynatli naqshlar bilan bezatilib; obolasntirilgan, ishkomlar, manzarali daraxtlar, butalar, gulzortar; favvoralar bilan bezatilgan bo'lsa ajab emas. Shifoxonalardagi; ichki hoylilammg; ummuman, ular joylashgan maydonlaming obodonchiligi haqida hozircha kehgroq ma’lumotlarga ega bo'lmasak-da, yuqorida :bayon qilingan fikrimizni ba'zi yozma manbalar qisman bo’lsa-da tasdiqlaydi. Masalan, Suriyaning Xaleb shahrida XV asrda qurilgan shifoxona hovlilari bezaklarda g’oyat boy bo’lib mukarnaslar tupbarggullu ganchkor naqshlar, marmar va fayansdan ishlangan sadaf bezaklar bilan hashamlangan bo'lgan.




Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish