A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


O‘zbekiston hududidagi tabiiy davolash ishlarining o‘ziga xos xususiyatlari



Download 1,83 Mb.
bet32/234
Sana26.01.2022
Hajmi1,83 Mb.
#411210
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   234
Bog'liq
Jamoat inshoatlar tarix majmua 4 kurs 2019

2.O‘zbekiston hududidagi tabiiy davolash ishlarining o‘ziga xos xususiyatlari.

«Garmoba» forscha so'z bo'lib, "issiq suv" ma'nosini bildiradi. O’tmishda O'rta Osiyo va O'rta Sharq mamlakatlarida tabiiy chashmalar qoshida qurilgan inshootlar ana shunday nom bilan atalgan. Tabiiy muolajalarga, jumladan, shifobaxsh buloqlarda odamlar qadimdan ixlos qo'yib kelishgan. Gippokrat va Aristotel ham bardam bo'lish va uzoq umr ko'rishning asosiy sharti issiqlik va suvdan foydalanishdir, deb ta'kidlagan. Qadimgi hindlar, yunonlar va skiflar mineral suv va shifobaxsh balchiq bilan davolash usulidan, ya'ni balneodavodan keng foydalanishgan.

Qadim zamonlarda hatto ibodatxonar ham mineral va chashma qurilgan. Bu yerga ibodatga kelgan odamlar bir yo'ia balneodavo olishib ham olishib sog'ayib ketishgan. Tarixiy manbalarda yozilishicha, Fargona vodiysining o'lroq ahjlisi uzoq o'tmishda bu yerdagi Hazrati Ayub (hozirgi jalobobod) mineral buloqlarining borligini bilgan va ulardan

li foydalangan.

Dushanbe shahridan 52 km shimolda Gushori qishlog'i yaqinida joylashgan shifobaxsh buloqlar tarkibida qimmatbaho radiaktiv moddajar borligi aniqlanib, ular qoshida keyinchalik Xo’ja Obigarm suv shifoxonasi tashkil etilgan. Dastlab bu yerda ukktagina issiq havza bo'lib, kelgan bemorlar ularga tushib, shifo topib ketishgan. Hozirgi vaqtda Obigarm kurorti ancha kengayib bu erda o'nlab zamonaviy shifobaxsh hovuzlar va balneodavolar qurilgan.

Ba’zida bunday shifobaxsh garmobalar o'tmishda o'ta katta o’lchamlarga ham ega bo'lib, hatto o'ziga xos me'moriy komplers (majrnua)lani ham tashkil qilgan. Shunday garmobalaming biri IX asrda kichik Osiyoning Darauliy yohasi (Turkieaning sharqiy qismida) qurilgan bo'lib, unda issiq va oqib turuvchi chashma suvlari ustiga bir necha yirik gumbazli binolar ishlangan. Har bir binoda bir yo'la 1000 kishi cho'milgan, binolar soni 7 ta bo'lgan. Garmoba hovuzlarining chuqurligi odam ko’kragigacha yetgan. Ortiqcha suv garmoba hovuzlaridan chiqib oqib turban. Ushbu garmobalar kompleksiga hozirgi mezonlar bilan qaralsa ular yaxshigina bir suv shifoxonasi yoki balneodavoni tashkil etganligini tushunish qiyin emas.

Tarixchi Mu'niddin Isfizariy temuriy Sulton Husayn Boyqaroning (1438-1506) Hirot shahri yaqinida Gerirad daryosi vohasidagi bunyodkorlik ishlari haqida shunday yozadi: "U erdagi tog’ etagi'da, Ob qishlog'I yonida issiq chashma bo'lib, u yaqin va uzoq mavzelaidagi turli dardlarga chalingan ko'p odamlarni

qiziqtirgan. Sulton Husayndan Oldingi hukmdor Abu Said Mirzo (1455-1469) bu chashma qoshida katta mustahkam qurdirgan edi. Biroq, Sulton Husayn bu binoni qaytadan kengroq va balandroq qilib, atroflariga gulzor va bog'lar qurib, uni necha bor kengaytirdi". Ko'rinib turibdiki, bu garmoba binosi ham juda salobatli me'moriy inshoot ko'rinishida, xalq shifobaxsh muassasasi tarzida qurilib tashkil topgan. Xuroson xalqining undan XIX asrning boshlarigacha foydalanib keiganligi haqida tarix guvohlik beradi.

Ana shunday xalq shifoxonalari (garmobalar) o'tmishda O’zbekiston hududida ham ko'p qurilgan. Bu jihatdan, ayniqsa, Farg’ona vodiysi mashhurdir. Qaynarbuloq, Sho'rsu, Changara, Chimyon, Chortoq va Xojaobod kabi shifobaxsh chashmalar qoshida mahalliy aholi qadimdan boshlab garmobalai;, qurib kelgan. Bunday garmobalar bazida shaharlarda ham bino etilgan. Tojikistondagi Obigarrn, Farg'onadagi Chorftq va Chimyon, Qirgistondagi Jalolobod shaharlarining suv shifoxonalari shular jumlasidandir. Hozirgi vaqtda bu shaharlardagi dastlabki garmobalar zamonaviylashib va kengayib yirik kurortlarga aylantirilgan.

O'rta Osiyo xalqi so'ngi o'rta.asrlarda va hatto bizga yaqin davrlarda ham tabiiy chashma buloqlar qoshida jo'ngina garmobalar qurishib ulardan unumli foydalanib kelganlar. Masalan, Tojikistonning Voxan vohasi Isjikashim tumanidagi Panjob daryosi bo'yida, tog' etagida joylashgan issiq chashma qoshiga shu erlik aholi XX asrning 70-yillarida o'ziga xos garmob qurishgan. Garmoba binosi uncha katta bo'lmay o'zining

cho’zinchoq frontal kompozitsiyasi bilan tog' relefiga o'ta mos tushgan. Bino mahalliy toshdan ishlanib tarhda to'g'ri uchbirchakli simmetrik shaklga ega. Garmoba bir-biriga o’xshash ikkita erkak va ayollar bo'limidan tuzilib, har bir bo'lim echinish va issiq basseynli cho'milish xonalaridan iborat. Basseynlar chuqurligi odam ko'kragj balandligiga yaqin keladi. Bo’limlarda binoning bir-biriga qarama-qarshi yonidan kiradi/ cho’milish xonalari tarhda 3,5x4,2 metr boiib, bir-biriga yondosh joylashtiligan. Bu esa tashqi devorlar sathining kamayishi hisobiga xonaiardagi issiqlik darajasini saqlash imkonini beradi. Binoning orqa tomoniga yordamchi xona ishlanib, u cho'milish xonalari basseynida foydalanilgan suvni tashqariga chiqarib yuborish vazifasini o'tagan. Gaimobaning sal yuqorisidan asfalt yo'l o'tgan bo'lib, u binoni yaqin qishloqlar biIan bog'lagan.

Binoning me'moriy hajmiy yechimi devorlar va tomning kirgan va chiqqan pastu-baland joylaridagi yorug' va soyalar kontrasti evaziga hamda tog' toshidan ishlangan bino devorlarining atrof-muhitga hamohangligi bilan ajralib turadi. Cho’bo'milish basseynlari xonalarini shamollatish garmoba ustiga o’matilgan truba orqali amalga oshiriladi.



Tojikistonning Ayniy tumanida tog'liq Urmetan qishlog'idagi Langar daryosi havzasiga yaqin joyda shifobaxsh chashma bo'lib, XX asrning 50-yillarida mahalliy xalq issiq suvdan foydalanish maqsadida bu yerdagi tog' etagiga garmoba qurishgan. Bino yaxlit ayvonga birikkan uchta tekis tomli yuvinish xonalaridan iborat bo'lib, sementli qorishmada mahalliy tog' toshidan qurilgan.

Cho'miiish xonalariga ayvon orqali kiriladi. Bu xonaiarning orqasida 2,1 metr balandlikda issiq chashmaga ulangan quvur joylashgan bo'lib, undan oqayotgan shifobaxsh issiq suv cho'miiish xonalariga tarqaladi. Cho'milish xonalarining balandligi 3,6 rnetr bo'lib, sathi o'rtacha 18-20 kv.m.ni tasbkil qiladi. Bino tarzini shakllantirgan to'rt ustunli ayvon balandligi ham 3,6 metr. Har bir yuvinish xonasining poliga issiq suv oqib tushayotgan joyda chuqurligi tizza bo'yiga teng cho'milisn hovuzchalari ishlangan. Tashqi ko'rinishdan ayvonli binoni etkazuvchi tosh devorli garmoba atrofidagi tog' landshafti va nohit bilan hamohang bog'langan. Ayvon darpardalar bilan bo’linib yeshinish va cho'milib chiqilgach, dam olish vazifasini bajargan.

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish