Ma’ruza mazmuni: Xorazm vohasi qadim zamonlardan buyon o‘zining muqaddas maskanlari, avliyo – anbiyolari, qadamjolari bilan mashhur bo‘lib kelgan. Ayniqsa, VIII asrda Xorazmga Islom madaniyatini kirib kelishi bilan ulug‘ allomalar, karomatli avliyolar, muqaddas Pirlarga e’tiqod kuchayadi. Ular olamdan o‘tgach esa ularni qabrlari obod qilinadi. Bu ishda xonlar, beklar, o‘ziga to‘q kishilar faoliyat ko‘rsatadilar. SHu bois Xorazm diyorini ulug‘ avliyolar yaratgan maskan, “Ming gumbazli” zamin deya ulug‘lanadi. Zero, bu maskanda “Jorulloh” (Ollohning ko‘shnisi) degan ulug‘ nisbaga erishgan, arab gramatikasini asoschisi az – Zamaxshariy, ulug‘ allomalar tarbiyalab “Valiytarosh” (Valiylar yaratuvchi) nisbasiga erishgan, Qubroviya tariqatini yaratgan Najmiddin Kubro, Juvonimardlik tariqatini asoschilaridan biri, buyuk Pahlavon Mahmud, Muhammad Rasulullohni jandasin kiyishga sazovor bo‘lgan buyuk SHayx Sulton Uvays Qaroniy hazratlari shu maskanda qo‘nim topganlar.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |