A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


O‘zbekistonning jamoat inshoatlari tarixini o‘rganishning dolzarbligi



Download 1,83 Mb.
bet13/234
Sana26.01.2022
Hajmi1,83 Mb.
#411210
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   234
Bog'liq
Jamoat inshoatlar tarix majmua 4 kurs 2019

3. O‘zbekistonning jamoat inshoatlari tarixini o‘rganishning dolzarbligi.

Madaniyatimizning poydevori hisoblangan tarixiy merosimizni o’rganish faqat ilmiy jihatdan ahamiyat kasb etibgina qolmay, balki ajdodlarimiz yaratgan ma’naviy xazinadan bahramand bo’lishda, ijtimoiy –siyosiy va iqtisodiy muammolarni hal qilishda va insonning har tomonlama kamol topishda muhim omil hisoblanadi. Asrimizning ulug’ donishmandlaridan biri “O’tmishni bilmay turib, hozirgi zamonning chinakam ma’nosini va kalajask davrning maqsadlarini tushunish mumkin emas” degan ekan. Haqiqatdan ham tarix tajribasini o’rganish –davrimizning murakkab ijtimoiy –iqtisodiy hodisalarini chuqur idrok etish va tushunib yetishga, mustaqilligimiz va ravnaqimizni qadrlashga. Porloq istiqlol yo’lida yangi zo’rtaraqqiyot uchun katta rejalar belgilash va ularni amalgam oshirishga da’vat etadi. Nihoyatda boy rang –barang tariximizni idrok etish kishining bilim doirasini kengaytiribgina qolmay, shaxs ongining yuksak darajaga ko’tarilishiga ham imkoniyat yaratadi.

Bunday olijanob ishlarni bajarishda olimlarimiz kashf etgan yangiliklar, yaratgan ilmiy o’quv adabiyotlari va kitoblarning o’rni beqiyosdir.

Oliy o’quv yurtlarining talabalari, ayniqsa “Tarix”, “Arxeologiya” yo’nalishlarida ta’lim olayotgan bakalavr va magistrlar, shuningdek, O’zbekiston moddiy madaniyati tarixiga doir mavzularda tadqiqot olib borayotgan doktorantlar o’z ilmiy ishlari jarayonida O’zbekistonning o’tmishdagi jamoat binolari tarixigako’p maratalab murojaat etadilar, chunki tarix bunafaqat Vatan, mamlakat va davlatlar tarixi, balki shu mamlakat va davlatda oddiy xalq vakillari tomonidan bunyod etilgan, ularning hayoti, turmush tarsi va ijtimoiy ehtiyojlariga, mos tarzda yaratilgan, ularning hayoti, turmush tarsi va ijtimoiy ehtiyojlariga mos tarzda yaratilgan moddiy madaniyatimiz tarixi hamdir. Zero, yer yuzidagi yoshi ikki, uch ming yilga teng shaharlar ko'p. Qadimiy shaharlanmizning ma'naviy taraqqiyotidagi o'mi munosib baholanmoqda. Sunday xalqaro miqyosdagi e'tibor va e'tirofga arziydigan shaharlarjmiz esa benihoya ko'p. Samarqand, Buxoro, Termiz va Toshkent kabi qadimda Kesh va Nasaf deb atalib in Shahrisabz va Qarshi, Kosonsoy, Quva va boshqa o'nlab arimiz ham o'zining boy o'tmishi, ulug4 tarixi, me'moriy billan yiirtimizning shaharsozlik va davlatchilik tarixining nihoyatda qadimiyligidan dalolat beradi. Ana shunday ehtiyojlarni qondirishga mo'ljallangan, o'zida xalqimizning yaratuvchanlik madariiyatini aks ettirgan sohalardan biri bu jamoat binolari va inshootlarining tarixidir.

O’tmishda hozirgi O'zbekiston hududida quriigan jamoat binolarini bir, necha guruhga, jumiadan, diniy va ibodat yojlariga mo'ljallangan bino va inshootlarga, talim-tarbiya va Ilm-fan muassasalariga, savdo va bozor insnootlari hamda davolash, sog'lomlashtirish, shifobaxsh-gigiyenik funksiyalarga qaratilgan bino va inshootlar guruhlariga bo'lish mumkin.

Umuman olganda, o'tmishdagi bino va inshootlar haqida gap jamoat binolaridan tashqari torar joy binolari, aholmi ichimlik suvi bilan ta’minlash va ekinlami sug'orish inshootlari, ya’ni gidrotexnik inshootlar, shuningdek miihandislik inshootlari, ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda maqbara va minoralar ham borki, bular birgalikda juda katta kitob yoki tadqiqot uchun alcohida mayzu bo'lishi mumkin.

Biz ushbu. o'tmishda bobolarimiz bunyod etgan jamoat bitiolarining shakllahish va rivojlanish tarixini, ularning vazifalari, turlari, shahar tizimidagi , joylashish usuUarini o'rganish, xalq hayotida tutgan o'rni va roliga xolisona baho. berishkabi masalalarni o'z oldimizgamaqsadqilib qo'ydik.

Mustaqillik yillarida O'zbekistouning ottmishdagi ba'zi bir binolari va inshootlari tarixini o'lganishga doir ilmiy ishlar, kitoblar, risola va maqolalar nashr etildi. Jumladan, Xoji Ismatulloh Abdulloh o'zining "Markaziy Osiyoda Islom madaniyati" (Toshkent, 2005) nomli kitobida Markaziy Osiyoda bunyod etilgan islom obidalari haqida qisqacha ma'lumotnoma berib o'tgan. P.Sh.Zohidovning "Me’morlar san'ati" (Toshkent, 2004) kitobida ham O'rta Osiyoning o'tmishdagi me'moriy obidalari haqida ma'lumotlar mavjud.

B.Valixo'jaev respublikamizdagi mavjud oliy ta'lim tizimining tarixi ancha qadim zamonlarga borib taqalishini o'zining "Samarqandda oliy talim-madrasayi oliya-universitet tarixidan lavhalar" (Samarqand, 2003) monografiyasida ilk bo asoslab bergan. K.Kattaevning Samarqand madrasalari va Shohizinda maqbaralari majmuasi xususidagi izlanishlari ham katta ahamiyatga molikdir.

Sh.G'affarov esa Chor Rossiyasi istibdodi davrida Turkistondagi ta'lim-tarbiya tizimi tarixini (Samarqand, 2001) Yoritib bergan,

M.Mamadazimovnmg Ulug'bek va uning rasadxonasi liqidagi risolasida (Toshkent, 1994) alloma yaratgan nodir ilmiy rraskanga tavsif berilgan. A.O'ralqv va M.Xojixonovning «Temuriylar ma'naviyati va madaniyat" (Samarqand, 1996)

kitobida Temuriylar va Boburiylar davrida bunyod etilgan me'moriy obidalar, jamoat binolari va inshootlari haqida fikr yuritilgan. Mazkur qo'llanma mualliflari O'rta Osiyoning o’tmishdagi ta’lim-tarbiya va ilm-fan maskanlari haqidagi kitobini 2005 yilda chop ettirgan. Markaziy, Osiyoning o'rta asrlardagi davolash va shifobaxsh muassasalari me'morchiligi tarixiga A.O’O'ralovning 2003 yilda rus tilida nashr etgan monografiyasi to’liq bag'ishlangan.

Ko'rib turibmizki, yuqorida nomlari tilga olingan mualliflarning asarlarida O'rta Osiyo yoki O'zbekistondagi o’mishda bunyod etilgan bino va inshootlar, me'moriy obidalarnmg ayrim turlari yoki alohida guruhlari tahiil qilingan xolos.

O'zbekistorining o'tmishdagi jamoat binolari va inshootlarining barcha turlarini o'ziga qamrab olgan, ularning shakllanish va rivojlanish jarayonini aks ettirishga bag’ishlangan kitob yoki o'quv adabiyoti hozirgacha yaratilmagan. Buning ustiga o'tmishdagi ayrim jamoat binolari, masalan, diniy va ta'lim-tarbiyaviy muassasalar tarixi sobiq sho’ro hukumati davrida to'liq yoritib berilmagan.



Biz mazkur o’quv-uslubiy majmuani yozishda ushbu mavzu'ga doir so'ngi yillarda bajarilgan ilmiy tadqiqotlarga, tarixiy ilmiy manbalarga Respublikamizning mustaqillik yillarida bajarilgan olimlarimiz ishlariga asoslandik. Shuni takidlash zarurki, qo’llanmada mavzuga doir masalalarning ayrim qirralari ilk bor bayon etilmoqda. Masalan, O'zbekistonning davolash va shifobaxsh binolari tarixi ilk bor to'liq hajmda (shifoxonalar, dorixonalar, hammomlar, garmobalar va obzanlar misolida) yoritib berilgan. Savdo va bozor inshootlarining tarixini ham keng ko’lamda ochib berishga harakat qilingan. Majmuani tayyorlash jarayonida ko'plab tarixiy va me'morchilikka oid adabiyotlar, rasmiy hisobot va axborot manbalari tahlil qilindi.Qator muammolar, xulosalar ilmiy adabiyotga birinchi marta olib chiqldi. Tabiiyki, ushbu mavzuga biz boshdan-oyoq davogarmiz deyishga haqqimiz yo'q. Bu sohadagi izlanishlar hali davom ettirilmog'i zarur deb o'ylaymiz. Shuning uchun ham o'quv kursining mazmuni, tuzilishi, ilmiy xulosalari va umuman uni o'quv jarayonida yanada takomillashtirish bo’yicha bildiriladigan har qanday samimiy fikr va mulohazalarni qabul qilamiz.
4. Ziyoratgoxlarning ma’naviy, ruhiy va ijtimoiy-siyosiy vazifalari.

Mustaqillik sharoitida xalqimiz hayotidagi o‘tgan tarixan qisqa, mazmunan asrlarga teng bo‘lgan yillar turmush-tarzimizga ko‘plab yangiliklar olib kirmoqda. Buni kundalik siyosiy, ijtimoiy, huquqiy, madaniy-ma’naviy va ilmiy-texnikaviy sohalardagi o‘zgarishlar, yutuqlarda ko‘rishimiz mumkin. Bugun respublikamizda jahonda ishlab chiqarilgan ilmiy-texnika yutuqlaridan bahramand bo‘lmayotgan yoki uni o‘zining hayotiga kirishini istamagan kishi topilishi mushkul albatta.

Bugun biz dunyo tamadduni rivoj topgan, informatsion jarayonlar rivojlangan XXI asrda yashamoqdamiz, biz ham butun dunyo fuqorolari singari hayotimizga har qanday yangiliklar kiritishimiz mumkindir, lekin milliy ma’naviyat va qadriyatlarimiz o‘rniga emas. YUrtboshimiz ta’kidlagani kabi: “Hozirgi demokratik jamiyatning eng muhim voqeliklaridan biri ijtimoiy raqobatdir. Xalqimizning an’anaviy qadriyatlari u bilan uyg‘unlashtirilmog‘i kerak. Bozor tuzilmalari rivojlanib borgan sari bu raqobat ancha bema’ni tus olishi, ijtimoiy ziddiyatga aylanib ketishi mumkin. Bunday raqobatga ma’rifiy, ijodiy tus berishga, uni musobaqaga, bunyodkorlikka aylantirishga birinchi navbatda iqtisodiyot bilan bog‘liq bo‘lmagan, eng avvalo, madaniy-axloqiy mexanizmlar yordamida erishish mumkin. Bu mexanizmlar qayta tiklanayotgan milliy qadriyatlar bilan hozirgi zamon sivilizatsiyasi singdirayotgan yashash me’yorlarining umumlashmasidan iborat bo‘lmog‘i darkor”.

Haqiqatdan ham insoniyat tarixida bir ijtimoiy tuzumdan ikkinchi bir ijtimoiy tuzumga o‘tish jarayonida ancha yo‘qotishlar va qiyinchiliklarga duch kelinadi. Azal-azaldan xalq e’tiqod qilib kelgan, ixlos qilgan urf-odat va an’analar ulardagi ezgu g‘oyalar xalqni ana shu qiyinchiliklardan olib chiqishi va bu yo‘lda taskin berishi hech kimga sir emas.

Kishilik jamiyati paydo bo‘libdiki, inson kundalik faoliyatida rivojlanib, takomillashib boradigan muayyan e’tiqodni ifodalovchi g‘oyalarga tayanib ish ko‘radi. Odatda bu e’tiqod muayyan ijtimoiy ta’limotlar vositasida ifodalanadi. SHu ma’noda, ijtimoiy ta’limot bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan biror kishilik jamiyatini topishning imkoni yo‘q. Zero, kishilar asrlar davomida qaror topgan ma’naviy tajriba, dunyoqarash negizida shakllangan ma’lum mafkuraga tayanib, hayot kechirib kelishmoqda. Albatta mafkura shakllari orasida diniy mafkura kuchli, lekin dinda markaziy o‘rinni e’tiqod egallaydi. E’tiqodsiz na din, na uning shakli bo‘ladi.

Diniy e’tiqodni yuzaga kelishi va uning mavqeini tushirmasdan ushlab turish uchun zaruriy va asosiy muxitlardan biri diniy marosim bo‘lib, uning maqsadi asosiy g‘oyani ifodalashga qaratilgan bo‘ladi. Ziyorat qilish ham ana shunday diniy marosimlardan biri hisoblanadi. SHu o‘rinda ziyorat so‘zi va uning mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tish o‘rinli.

Ziyorat so‘ziga Islom ensiklopediyasida shunday ta’rif beriladi. Ziyorat (arabcha – biror erga yoki shaxs huzuriga borish) – muqaddas joylarga, mozor va qabristonlarga borib, muayyan rasm-rusmlarni bajarib kelish. Ziyorat marosimi odatda qabr tepasida Qur’onning ayrim suralari (ayniqsa Fotiha surasi)ni o‘qib, marhum haqqiga duo qilish, shuningdek xayr-ehson, sadaqa berish kabilardan iborat.

SHundan kelib chiqib ziyoratlar asosan muqaddas qadamjolarda, xalq tomonidan aziz tutilgan joylarda amalga oshiriladi. Mo‘‘tabar joylar (muqaddas qadamjolar)- dindorlar muqaddas deb hisoblagan va ziyorat qiladigan joylar. Bular – payg‘ambar, shayx, eshon, avliyolar nomlari bilan bog‘liq deb hisoblangan va ziyoratgohga aylanib ketgan maqbara, buloq, daraxt va tepaliklar, g‘or va boshqalardir.

Bizning hududimizdagi asosiy ziyoratgohlar avliyolar nomlari bilan bog‘liqdir. Xush avliyolar kimlar? Hazrati Sulton tarixi va Hazrati Bashir manoqibi kitobida aziz-avliyolar to‘g‘risida quyidagicha ta’rif beriladi: “Karomati avliyo haqdur, kishilarkim, Alloh uchun kechayu kunduz ibodat qiladilar, halol eb, halol ichadilar, halol kiyadilar va odatlariga vafo qiladilar, bevayu bechoralarga yordam qiladilar. Odamlarni to‘g‘rilikka chaqiradilar. Qo‘llari dunyo ishida bo‘lsa, dillari Allohda bo‘ladi. Bunday zotlarga Alloh Subxonahu va taolo valoyati tufayli bular o‘zlaridan necha-necha chaqirim uzoqdagi insonlarni ahvolini biladilar va ularga o‘z o‘rinlarida turgan holatlariga yordam qiladilar. G‘arq bo‘lishdan, olovda kuyishdan, bevaqt o‘limdan saqlashga harakat qiladilar. Alloh subxonahu va taoloning irodasi bilan yordam qilurlar. Mana zoti shariflarni avliyoulloh (avliyolar) derlar. Bular qiyomat kunida ham odamlardan ko‘ra Allohning nazdida hurmatli bo‘ladilar. Allohning hukmi bilan insonlarga ham yordam qiladilar” deyilgan.

Xalqimizda ziyoratgohlar to‘g‘risida qarashlar va ularga e’tiqod qilish juda qadim tarixga ega. O‘zbek xalq og‘zaki ijodida ziyoratgohlar bilan bog‘liq juda ham ko‘plab afsona va rivoyatlar mavjudligi azal-azaldan xalqimiz turmush tarzida, dunyoqarashida, bosqinchilarga qarshi kurashida, o‘z orzu-umidlariga etishishlari va yovuzlik bilan kurashishlari kabi ezgu g‘oyalarni o‘zida mujassamlashtirib haqiqiy xalqona urf-odatlarga aylangan.

So‘zimizni tasdig‘i sifatida ma’naviy merosimiz bo‘lgan Alpomish va Go‘ro‘g‘li dostonlaridagi mushkul vaziyatlardan chiqish, farzand ko‘rish uchun ziyorat qilish, ularda marosimlar o‘tkazish bilan bog‘liq qarashlar mavjudligini keltirib o‘tish mumkin.

Sohibqiron Amir Temur hayoti va faoliyatida ham ziyoratgohlar muqaddas qadamjolar bilan bog‘liq jihatlarini o‘zida aks ettiruvchi asarlar bunga yorqin misol bo‘la oladi. Sohibqiron to‘g‘risidagi rivoyatlarning birida Amir Temurning dunyoga kelishida uni omon qolishida muqaddas mozor bilan bog‘liq quyidagi voqea bayon etilgan. Unda aytilishicha, dunyoning etti podshohligidan Buxoroga elchilar kelib, Bayonqulixonga shu kechada tug‘ilajak ug‘il shu etti podshohlikni zabt etishini va buning oldini olish uchun bolani uldirmoq lozimligini aytgan. Bundan xabar topgan Teginabegim yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini olib, Buxoroni Fayzi osor mozoriga berkinadi. Mozorga kelgan elchilar xarchand berkinmasinlar, bolani ololmaydilar. Muborak qabr ichidan chiqqan qo‘l ularni mozorga yaqin keltirmagan ekan.

Amir Temur davlat boshqaruvida islom dini va shariat arkonlarini qattiq tutib unga amal qilgan. Mamlakat hududidagi ko‘plab aziz avliyolarni qabrlarini obod qilib ularni ziyoratgohlarga aylantirganligini biz tarixiy manbalarda uchratamiz. Jumladan, o‘zining o‘gitlarida “Avliyolar, din peshvolarining mozorlari va maqbaralariga vaqfdan mablag‘ ajratsinlar. U erlarni gilam, taom va chiroq bilan ta’minlasinlar” deb farmon chiqarganligi keltirilgan.

Bundan tashqari Sohibqiron Amir Temur qaysi yurtga borsa o‘sha elning bilimli, olim kishilarini e’zozlagan va hurmatlarini joyiga qo‘ygan va o‘sha joydagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qilgan. Ziyorat qilish odati Sohibqironning ezgu g‘oyasiga aylanganligini quyidagi hikoyatida ham ko‘rishimiz mumkin. “Aziz avliyolar, sahobalar maqbaralarini, qutlug‘ qadamjolarni ziyorat etmoqni ham farz, ham qarz bilur erdim. Qayda bo‘lmay, ziyoratgohlar oldida otdan tushib, tahorat olgach, yalang oyoq bilan borib, ziyoratni o‘rinlatdim.

Arkonu davlat, barcha mulozimlarim ham ziyoratgohlarni ana shunday tavof etmoqni odat bilishdi”.

Darhaqiqat, Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda: “…Har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odati va an’analarini hayotiy qadriyatlardan ayri hollarda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi”.



Ziyoratgoxlarning ma’naviy, ruxiy va ijtimoiy-siyosiy vazifalariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

  1. Insonning aralashuvisiz tabiiy sharoitda paydo bulgan ziyoratgoxlar (bulok-chashmalar, gorlar, shifobaxsh tuproklar, noyob daraxtzorlar) odamlarni tabiatni sevishga, uning guzal- liklaridan baxra olishga, estetik zavkni kuchaytirishga xizmat kiladi.

Ziyoratgoxlar (mozorlar, makbaralar, tabiiy ob’ektlar, me’moriy obidalar, tarixiy manzillar) real manfaatlarni asos kilgan ommaviy e’tikodni ifoda etuvchi mukaddas joylar sifatida uzok tarixiy jarayonlarda ma’naviy ozuka beruvchi omillar bulib, axolining maishiy turmushida uziga xos vazifalarni utab kelgan.

  1. Mozorlar uzok-yakindan ziyorat kilish uchun kelgan jamoat axli uchrashadigan, uzaro madaniy alokalar almashadigan nuktadir.

  2. Xalk turmush tarzida ziyorat zamirida umid kilish, engil tortish, darddan xalos bulish, ruxiy taskin topish, savob ishga

kul urish tushunchasi yotadi. "Ziyoratingiz kabul bulsin", degan iborada kishilarning ezgu ishlarini ragbatlantirish, ularga xayrixoxlik bildirish maksadlari, xayotdagi orzu-umidlarining ruyobga chikishini istash ifodalangan.

  1. Ziyoratgox yosh avlod ongida savobli ishlar kilib dunyodan utgan xosiyatli kishilarning sunggi manzili obod va aziz joyga aylanadi, degan tushunchaning mustaxkamlanishiga zamin yaratadi.

  2. Ziyoratgoxlar kishilarda bonqalarni e’zozlash tuygusini tarbiyalaydi. X,immatli odamlar issik-sovuk ob-xavo, kor, yomgir ta’sirida buzilib ketgan kabrlar urnini kayta ta’mirlab, to­pish ga oson kilib kuyishgan.

  3. Bir odamning uziga yakin marxum kabrini ziyorat kilib ketishi boshkalarga xam odatga aylanib borgan. Bora-bora ziyorat kilish mavsumiy yoki doimiy urf-odatga aylangan.


  4. Download 1,83 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish