A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya fakulteti



Download 2,24 Mb.
bet68/268
Sana16.01.2022
Hajmi2,24 Mb.
#374919
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   268
Bog'liq
Pedagogika O'UM

Tarbiya shaxsning rivojlanishini ta’minlashi uchun boladagi rivojlanishning mohiyatini tushunish, bilish faoliyatining o’zgarish sabablarini aniqlash zarur. Tarbiya haqiqatan rivojlantiruvchi omil bo’lmog’i uchun tarbiya jamiyatning tarbiya oldiga qo’ygan talablarini, shaxsning o’ziga xos xususiyatlarini bilishi zarur. Pedagogika fani shaxs rivojlanishida tarbiyaning yеtakchiligini e’tirof etish bilan birga ularning o’zaro bir-biriga ta’sirini tan oladi.

Shaxsning rivojlanib kamol topishi, hayotning hamma bosqichlarida bir xil bo’lmay, balki yosh xususiyatlari va hayot tajribalariga qarab har xil bo’ladi. Tarbiya jarayonida o’sayotgan avlodning yosh va o’ziga xos xususiyatlarini bilish va hisobga olish juda zarur. Ma’lumki, bir xil yoshdagi bolalarning, o’quvchi-talabalarning har birining o’ziga xos xususiyatlari mavjud.

Insonning kamol topish jarayonini faqat irsiyat, ijtimoiy muhit va ta’lim tarbiyaga bog’lab o’rganish, talqin qilish ham haqiqatga unchalik to’g’ri kelmaydi. Chunki ijtimoiy taraqiyotda shaxsning o’zi ham faol ishtirok etadi.

Aytish mumkinki, ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya-shaxsning o’zi faol ishtirok etgandagina uning tug’ma layoqatini uyg’otadi, iste’dod, qobiliyatlarini o’stira oladi. Agar kishi o’z ishini sevsa, uning shu sohadagi iste’dodi tezroq va kuchliroq ro’yobga chiqa boshlaydi. Shunday hollar ham uchraydiki, ba’zan kishi bir soha bilan qiziqadiyu, uning qobiliyati boshqa sohada ro’yobga chiqadi. Bunday hodisalar ko’proq hali kishining qobiliyatlari to’la ro’yobga chiqmagan va shakllanib bo’lmagan hollarda yuz berishi mumkin.

Qobiliyat va iste’dodning ro’yobga chiqishida insonning muayyan faoliyatga qiziqib qarashi bilan bir qatorda uning o’z ustida ishlashi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Iste’dodli kishilar o’z iste’dodlari-iqtidor kuchini to’la ro’yobga chiqarish uchun o’z ustilarida tinmay ishlashlari, mehnat qilishlari shart. Masalan, mashhur yunon notig’i-nutq ustasi Demosfenning (eramizdan oldingi IV asr) omma orasidagi dastlabki nutqlari muvafaqiyatsizlikka uchragan, uni hatto mashara qilishgan. Demosfen duduq, ovozi xasta, qisqa-qisqa nafas oladigan kishi edi. U doimo bir yеlkasini uchirib turar edi. Lekin u aktyor Satirning maslahati bilan o’z nutqini takomillashtirishga kirishadi. Demosfen o’z kamchiliklarini bartaraf etish uchun irodalilik va qat’iyatlilik ko’rsatadi: u og’ziga mayda toshlar va sopol parchalarini solib so’zlarni talaffuz qilishni mashq qildi, dengiz bo’yida to’lqinlar shovqinida nutq so’zladi, qoyalarga chiqib baland ovoz bilan she’rlar o’qidi, oyna oldida turib yuz harakatlarini bir maromga keltirdi. Uy shiftiga qilichni osib qo’ydi, u odati bo’yicha yеlkasini har uchirganda qilich sanchilardi. Demosfen haftalab uydan chiqmay notiqlikni o’rgandi. Uydan chiqmaslik uchun sochining yarmini qirdirib tashladi. Bunga o’xshash misollarni ko’plab keltirish mumkin. Masalan, Alisher Navoiy, Ibn Sinolarning qunt bilan kitob mutolaa qilganlari, A.V.Suvorov, Amir Temurlarning harbiy san’atni egallash borasidagi mehnatlari fikrimizning dalilidir.

Hayotda shunday hollar ham uchraydiki, ayrim kishilarda bolalik va maktabda o’qigan yillarida qulay muhit bo’lishiga qaramay tug’ma iste’dod va qobiliyat nishonalari ko’rinmaydi. Biroq, keyinchalik qunt va mustaqil ishlash, g’ayrat va qat’iyatlilik natijasida ular katta qobiliyat egalari sifatida maydonga chiqishadi.

Mashhur kishilar hayoti shuni ko’rsatadiki, ularning ijodiy faoliyatlaridagi asosiy narsa uzluksiz ishlay bilish, oylab, yillab, o’n yillab o’z oldilariga qo’yilgan maqsad uchun intilish, kurashish, unga yеtish yo’llarini hormay izlashdir.

Har bir inson to’kis hayotga to’la imkonlar bilan yaratilgan. Ammo har bir kishi o’ziga xos o’quv, qobiliyat va imkoniyatlarga ega. Demak, kishi o’zining shaxsiy hayot yo’lini topa olsa, shu vaqtda uning hayoti jo’shqin, faoliyati ijodkor, mehnati unumli, foydasi mo’l bo’ladi. Kishi aslida haqiqiy baxtiyorlikka mehnat jarayonida erishadi. Bu vaqtda unga g’oyibona ruhiy madad beriladi, moddiy-ma’naviy yaratuvchanlik, yangi g’oyaviy fikrlar uni amaliy-ijodiy yo’llarga chorlay boshlaydi. Shuning uchun ota-ona, oila a’zolari, bog’cha, maktab, ta’lim-tarbiya muassasalari har bir bolani uquvi, qiziqishi, qobiliyatiga asosan kasb egallashiga mas’uldirlar.

Talabalar-yoshlarga insonlarning nodir va betakrorligini, dunyoviy, diniy ilmlarni uyg’unligini tushuntirib berish zarurdir. Shundagina yoshlar ayrim g’ayridiniy oqimlar aslida noto’g’ri ekanligini ongli tushunadilar. Har bir kishi azaliy yaxshi taqdir bilan yaratilgan.

Agar kishi o’z hayot yo’lini topa olsa, uning ongi mustaqil rivojlanib borib ong osti yo’nalishiga tusha olsa xuddi to’lqinlarning mos kelishi kabi insonda ma’naviy ruhiy mutanosiblik sodir bo’lib, u mukammal kamolot yo’liga kiradi.







Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish