Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati - o’qituvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari-hajmi, kuchi, ko’chuvchanligi, idora qili olishi, safarbarligi kabilarning taraqqiy etgan bo’lishi muhimdir.
Diqqatni ayni bir vaqtda taqsimlash qobiliyati o’qituvchilik uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Qobiliyatli, tajribali o’qituvchi materialni bayon qilish mazmuni va shaklini, o’z fikrini (yoki o’quvchining fikrini) diqqat bilan kuzatadi, ayni vaqtda barcha o’quvchilarni ko’rib turadi, toliqish, e’tiborsizlik, tushunmaslik alomatlarini hushyorlik bilan kuzatib boradi, intizomsizlik hollarini e’tibordan qochirmaydi, nihoyat o’z xatti-harakatlarini ham kuzatib boradi. Tajribasiz o’qituvchi ko’pincha materialni bayon qilishga berilib ketib, o’quvchilarni e’tibordan chetda qoldiradi; bordiyu o’quvchilarini diqqat bilan kuzatishga harakat qilsa, fikrini jamlay olmaydi.
O’qituvchi yuqorida ko’rsatilgan qobiliyatlardan tashqarii bir qancha ijobiy sifatlarga - aniq maqsadni ko’zlash, qat’iylik, mehnatsevarlik, kamtarlik kabi sifatlarga ham ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |