29
Ш.BOB.Nafas olish mexanizmi va hayotiy jarayonlar bog’liqligini o’qitishda
Lokal darajadagi pedagogik texnologiyalar
3.1 Insert lokal darajadagi pedagogik texnologiya
Biologiyani о‘qitishda lokal darajadagi pedagogik texnologiyalardan “Keys”,
“Insert”, “Klaster”,
Venn diagrammasi
, “Aqliy hujum”, “Kichik guruhlarda
ishlash”, “Atamalar zanjiri”, “Atamalar varag‘i”, tezkor о‘yinlar va о‘yin
mashqlarning turli shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Dastur mazmunidagi faqat faktik materiallarni о‘rganish nazarda tutilgan
mavzularda insertdan foydalanish tavsiya etiladi.
Insert – lokal darajadagi pedagogik texnologiya bо‘lib, о‘quvchilar tomonidan
о‘quv materialidagi asosiy g‘oya va faktik materiallarni anglashiga zamin yaratish
maqsadida qо‘llaniladi.
О‘quvchilarni insert yordamida ishlash kо‘nikmalarini rivojlantirish uchun ularga
о‘rganiladigan о‘quv materiallari va maxsus jadval tarqatiladi. О‘quvchilar har bir
abzatsni о‘rganib chiqib, maxsus jadvalga muayyan simvollar yordamida belgilash
tavsiya etiladi.
Agar abzatsda berilgan ma’lumot shu kungacha о‘zlashtirgan bilimlariga mos
kelsa, “Bilaman” – V, agar ma’lumotlar tushunarli va yangi bо‘lsa, u holda
“Ma’qullayman” +, agar ma’lumotlar о‘quvchilar о‘zlashtirgan bilimlariga mos
kelmasa, u holda “О‘rganish lozim”-, о‘quvchilar о‘quv materiallarini
о‘zlashtirishda qiyinchilik his etsa, u holda “Tushunmadim” -? belgisini qо‘yadi.
Insertda foydalaniladigan maxsus jadval
30
Abzatslar №
“Bilaman” – V “Ma’qullayman”
+
“О‘rganish
lozim”-
“Tushunmadim”
-?
1.
2.
3.
4 va h.k.
Ta’lim-tarbiya jarayonida Insertdan foydalanishda quyidagi talablarga amal
qilinishi:
•
О‘quvchilar kichik guruhga ajaratiladi, lekin insert vositasida dastlab har bir
о‘quvchi yakka tartibda ishlaydi va jadvalni tо‘ldirishi, guruh a’zolari
belgilangan muddatda ishlashni yakunlaganlaridan sо‘ng, fikrlarini
taqqoslashi;
•
О‘quv bahsi orqali kichik guruh a’zolarining jadvaldagi belgilarining bir xil
bо‘lishini ta’minlash, ya’ni jadvaldagi keyingi ikki ustuni bо‘yicha
bir
xillikka erishish
;
•
О‘qituvchi о‘quv materiali asosida tuzilgan savol-topshiriqlari va kichik
guruh a’zolarining jadvaldagi belgilari asosida о‘quv bahsini tashkil etishi
lozim.
31
Insert bilan ishlashning afzallik tomoni avval kichik guruh a’zolari о‘rtasida, sо‘ng
kichik guruhlar bilan о‘zaro о‘quv bahsi о‘tkazilishi, bahsda о‘quvchilar
tomonidan yо‘l qо‘yilgan kamchiliklarni tо‘ldirish, bilimidagi bо‘shliqlarni
tо‘ldirish yuzasidan о‘qituvchi tomonidan berilgan axborot ta’lim samaradorligiga
xizmat qiladi.
Insertdan foydalanilgan о‘qituvchining pedagogik faoliyatidagi axborot manbai
funksiyasi bir muncha kamayib, о‘quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish va
nazorat funksiyalari ortadi. Shu sababli, о‘qituvchi bu masalalarni puxta
rejalashtirishi va amalga oshirishi lozim.
32
Do'stlaringiz bilan baham: |