A. Qodiriy nomidagi jdpi tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘M 1- kurs magistranti Doniyorova Shahnozaning Hujayra va gen injineriyasi fanidan tayyorlagan taqdimoti
A.Qodiriy nomidagi JDPI Tabiiy fanlar yo‘nalishi BO‘M 1- kurs magistranti Doniyorova Shahnozaning Hujayra va gen injineriyasi fanidan tayyorlagan taqdimoti
1.Vitaminlar haqida umumiy tushuncha.
2. Vitaminlarning olinishi va qo‘llanilishi
3. Antibiotiklar
Reja: VITAMINLAR Vitaminlar-har xil kimyoviy tuzilishga ega bo’lgan, biologik faol moddalar bo’lib, ular tirik organizmning hayot faoliyatini ta’minlashda muhim rol o’ynaydilar. Vitaminlarning biologik faolligi shu bilan belgilanadiki, ularning ba’zilari faol guruhlar (kofermentlar) sifatida fermentlarning katalitik markazi tarkibiga kiradi. Bu moddalar yetishmasligi oqibatida fermentlar faolligi pasayadi, natijada belgilangan fermentlar ishtirokida kechadigan biokimyoviy jarayonlar pasayadi yoki butunlay yo’qoladi.Ma’lumki, inson va hayvon organizmlari vitaminlar sintez qilish qobiliyatiga ega emas, lekin o’simliklar qulay sharoitda o’zining vitaminga bo’lgan ehtiyojini to’liq qoplash xususiyatiga ega (vitamin B12 dan tashqari) Mikroorganizmlar ham zarur bo’lgan vitaminlarning ko’pchiligini o’zlari sintez qilish qobiliyatiga egadirlar. Shulardan ko’rinib turibdiki, o’simlik va mikroorganizmlarning ishlab chiqargan mahsulotlari inson va hayvonlar uchun vitaminlar manbai hisoblanadi.
Mikrobiologiya sanoatida ikki xil ozuqa vitamin preparatlari ishlab chiqariladi. Tarkibida B2 vitamini bo’lgan-riboflavin ozuqasi va tarkibida B12 vitamini bo’lgan KMB-12 preparati. Vitaminlar organik birikmalar bo’lib, ularning ahamiyati tirik organizmlar hayot kechirishlari uchun beqiyosdir. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi vitaminlarning miqdori juda kam bo’lganligi (100 gramm ozuqa mahsulotlari tarkibida bor-yo’g’I 10-100 mg uchraydi, xolos.) hamda ularning tez parchalanib ketishlarini e’tiborga olib, ularga vaqti-vaqti bilan vitaminlar qo’shib turish tavsiya etiladi. Shuning uchun ham vitaminlarni sanoat sharoitida ishlab chiqarish allaqachonlar yo’lga qo’yilgan. Shuni ham ta’kidlab o’tish lozimki, vitaminlar ishlab chiqarishning an’anaviy usullari katta hajmdagi mahsulotlarni qayta ishlashga yoki kimyoviy yo’llarga asoslangan bo’lib, iqtisodiy kam rentabellik soha hisoblanadi. O’tgan asrning 4-choragidan boshlab vitaminlar ishlab chiqarishni rentable sohasiga, ya’ni mikrobiologik sintez yo’li orqali tayyorlashga e’tibor bilan qaralmoqda.