A. Qodiriy nomidagi jdpi boshlang`ich ta`lim fakulteti 4-bosqich 405-guruh talabasi Soatova Hilolaning



Download 18,92 Kb.
Sana09.02.2022
Hajmi18,92 Kb.
#438586
Bog'liq
Soatova Hilola esse


A.Qodiriy nomidagi JDPI boshlang`ich ta`lim fakulteti 4-bosqich 405-guruh talabasi Soatova Hilolaning
Mening Institutim
Men Soatova Hilola 2018-yilning 6-avgust kuni A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat Pedagogika institutiga talabalikka qabul qilindim. Va 3- sentabrdan boshlab oliy ta’lim muassasasida ta’lim olishni boshladim. Institut 1974-yilning 26-iyulida tashkil topgan bo’lib, hozirgi kundagi rektori pedagogika fanlari nomzodi professor SH.S.SHARIPOVdir, ta’lim muassasasida o’zbek, qozoq, rus, ingliz tillarida darslar olib boriladi. Institutda 13ta fakultet, 35ta kafedra mavjud bo’lib, talabalar soni 27 bakalavriat yo’nalishi kunduzgi bo’limda 8000ming nafar , 11 ta bakalavriat yo’nalishi sirtqi bo’limda 3361 nafar , 18ta magistrant mavjud. Professor o’qituvchilar 650 nafarni tashkil etadi. Bu mening institutim hayoti haqida qisqacha ma’lumot hisoblanadi.
Men bu institutga ta’lim olishga kelib hayotdagi eng baxtli insonlar qatorida bo’ldim. 4 yillik umrim hayotimning eng unutilmas, eng go’zal davri bo’ldi desam adashmayman. Bu davrda men bir birida qiziq voqealar, eng yaxshi do’stlar, qadrdonlar, eng yaxshi ustozlarni uchratdim. Bu eng baxtli kunlar edi. Institutni tamomlar ekanman yana bir yil taxsil olishni juda ham istardim. Har bir narsaning ibtidosi bo’lgani kabi intixosi ham bo’lishi kerak deyishadi bu gap qanchalik to’g’ri ekanligini ana endi xis qilmoqdaman. Bu yerda uchratgan qadrdon insonlarimni umrim davomida unutmayman. Eng yaiqn dugonlarim ham ayni shu joyda topganman. Hozirgi kunlarda ped amaliyotni o’tash uchunketish kunlarimiz yaqin bo’lsa ham ular bilan xayrlashsishni aslo istamasdim. Ta’lim bergan o’qituvchilarim ichida eng sevimlisi hisoblangan Haydarov Dilshod aka. U insonning o’ziga aytolmasam ham lekin chin yurakdan minnatdorman. Chunki u inson menga yiqilsam ham yana qayta tura olish kerakligini, hsyot faqat ko’ngilsiz voqealardan iborat emasligini, nimagadir erisholmasang bu bilan hayot tugamasligini, har bir narsaga asabiylashmaslikni o’rgatdi. Domlamning har bir dars jarayoni menga o’zgacha zavq bera olgan. Pedagogik mahoratiga , qo’llaydigan metodlariga tan bermay iloji yo’q. eng asosiysi boshqa ustozlar kabi har bir narsaga asabini buzmaydi. O’z qadrini biladi. O’z fanini juda yaxshi va mukammal biladi. Har bir narsaga e’tiborli va talabalarga mexribon. Qabul jarayonidan boshlab to 4 yil taxsil olgunga qadar dilshod ustozimiz dars jarayonida ishtirok etdi. Bu menga hayotimdagi eng yaxshi ta’lim boldi desam adashmayman. Xullas ustozimni chin inson sifatida juda yaxshi ko’raman desam adashmayman. Va ustozimdan bir umr minnatdorman. Shu vaqtgacha hech qachon biror fandan qadzdorlik nima ekanligini bilmas edim. Lekin Dilshod akaning fanidan birinchi marta qarzdor bo’ldim. Va qayta topshirib qayta- qayta harakat qilish nima ekanligini bildim.
Yana bir sevimli o’qituvchim hisoblangan Siddiqova Shoxida opa hisoblanadi. Bu insonda men haqiqiy pedagoklikni ko’ra oldim. U inson uchun talabaga talabaday munosabatda bo’lish juda ham oson va qiziqarli. Darslari juda ajoyib tashkil etiladi va har bir talaba darsga bor vujudi bilan kirishib ketadi. Ma’ruzalar juda ajoyib o’tiladi. Insoniylik fazilatlari juda ko’pdir. Hayotdan turli xil voqealar aytib berishi insonni yangi his tuyg’ularni yaratishiga zamin hozirlaydi. Men bu inson bilan 4- bosqichda uchrashgan bo’lsam ham butun umrga arzigulik saboqlar oldim. U inson bizga kitobga muhabbat qo’yish, vaqt ajrata olishni o’rgatdi. Ustozimdan bir umr minnatdorman. Va saboqlarini hech qachon unutmayman. Agar rozi bo’lganlarida bir umr ustoz-shogirt bo’lib qolishni istardim.
Bu meni institutdan olgan eng yaxshi taasurotlarim hisoblanadi va meni unutilmas onlarimga guvoh bo’lgan insonlarimdir. Mendan keyingi bo’ladigan talabalarga maslahatim bu davrni bekrchilikka sarflamasdan bilim olishga chuqur bel bog’lab, sitqidildan oliy ta’limga mexr qo’yishlarini, yuqoridagi ustoz- murabbiylardan saboqlar olishlarini maslahat beraman.
Kelajakdagi rejalarimga keladigan bo’lsak, hozirgi kunda yanada bilimimni oshirish maqsadida oliy ta’limdan keyimgi ta’lim hisoblangan magistrlikka harakat boshlaganman. Nasib bo’lsa albatta o’qishni davom ettirib institutimiz ravnaqiga ulkan hissa qo’shaman. E’tiboringiz uchun raxmat.
Download 18,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish