Epidemiyalarni oldini olish uchun turli tadbirlar rejasi tuzib chiqiladi va shu reja asosida quyidagi ishlar olib boriladi:
Tugilgan paytidan boshlab reja asosida turli kasalliklarga qarshi taqvimiy emlanish o'tkaziladi.
Kasalliklar tarqalgan vaqtida sanitariya-gigienik holatlarga e'tibor berib boriladi, (yuqori nafas yo'llarini yuqumli kasalliklardan himoya qiluvchi niqoblar taqish, xonalarni o'z vaqtida tozalab, shamollatib turish).
Dezinfektsiya, deratizatsiya va dezinsektsiya chora-tadbirlari olib boriladi.
Epifitotiya va epizootiyalarni oldini olish maqsadida profilaktik
tadbirlarni o'z vaqtida o'tkazish zarur:
- Hayvonlarni ma'lum reja bo'yicha tibbiy ko'rikdan o'tkazish va emlash, o'simliklarni kasallanishiga qarshi dorilardan foydalanish, o'simlik zararkunandalarining ko'payishiga yo'l qo'ymaslik kerak, shuningdek meva boglarida olma qurti, shira, qalqandorlarga qarshi kurashish uchun kuzda va erta bahorda daraxtlarning qurigan po' stloq-lari, shohlari qirqilib shakl beriladi. qator oralarga ishlov berish, bego-na o'tlar va o'simlik qoldiqlaridan tozalanadi va boshqa chora-tadbirlar o'tkaziladi.
Er silkinish ofatidan muhofaza qilishning bir usuli bu oldindan seysmoaktiv zonalarni belgilash xisoblanadi. Bunda insonlar uchun, xalq xo'jaligi uchun xavfli bo'lgan 7-8 balldan yuqori er silkinishi mumkin bo'lgan joylarni belgilab karta tuziladi. Mana shunday seysmoaktiv zonalarda turli muxofaza omillari ko'rilib, inshoatlarni qurish, ta'mirlash va ba'zi xavfli ishlab chiqarish tarmoqlarini (ximiya zavodlari, AESlar va shunga o'xshash korxonalar) hatto to'xtatish ishlari amalga oshiriladi.
Shunday ishlar, ya'ni O'zbekistonning seysmoaktiv zonalari kartasi 1997-yilgacha amal qilib keldi va hozirda bu karta turli xil xususiyatlarni xisobga olgan holda yangidan tuzildi.
O'zbekiston Respublikasi territoriyasida er silkinish mumkin bo'lgan zonalar kuyidagilarga bo'linadi:
Qoraqalpog'iston Respublikasi - 6 ballgacha;
Xorazm va Samarqand viloyatlarida - 7 ballgacha;
Toshkent, Qarshi, Buxoro, Termez, Namangan, Farg'ona shahar-larida - 8 ballgacha;
Andijon viloyatida - 9 ballgacha.
Shuning uchun har bir korxona raxbari er silkinishi oqibatlarini kamaytirishning asosiy tadbirlarini bilishi zarur. Bular quyidagilardan iborat:
. Hududning seysmik kartasi, unda zilzila bo'lish ehtimoli bor joylar va uning kuchi ko'rsatiladi;
. Zilzilaga bardosh beradigan uylar va sanoat inshoatlarini qurish;
V). Zilzila bo'lgan xolda aholi o'zini kanday tutishi va hatti-harakatlar haqida tushuntirish;
G). Seysmik stantsiyalarda uzluksiz navbatchilikni tashkil qilish va olib borish;
. Zilzilalar haqida aniq xabar va aloqa sistemasini tashkil qilish;
. Qutkaruv, kuch va vositalarni tayyor holga keltirib qo'yish;
J). Aholini xavfsizligini ta'minlashga doir va o'z vaqtida evakuatsiya qilish tadbirlarini ishlab chiqish;
Z). Moddiy texnik ta'minot (plakatlar, oziq-ovqat, dori-darmon) zahiralani
tashkil qilish;
. Zilzila xaqida xabar beruvchi belgilarni aholiga tushuntirish va o'z vaqtida qo'llash.
Zamonaviy fan er silkinishlarini qaerda va qanday kuch bilan sodir bo'lishini aytib bera oladi, ammo uning aniq kunini va soatini hozirgacha
ayta olmaydi.
Er silkinish hususida habar beradigan belgilar kuyidagilardan iborat:
Er osti suvlarining fizik-ximiyaviy tarkibining o'zgarishi (labo- ratoriyada aniqlanadi);
Qushlar va uy hayvonlarining bezovtalanishi, gaz hidining ke-lishi, xavoda chaqmoq chaqishi va yorug'lik paydo bo'lishi;
- Bir-biriga yaqin, lekin tegmayotgan elektr simlaridan uchqun chiqishi, uylarning ichki devorlarida zangori shu'lalar paydo bo'lishi va lyuministsent lampalarining o'z-o'zidan yonishi.
Mana shu belgilarni bilgan har bir fuqaro yoki zilzila xaqida xabar eshitganda, tez, xovliqmasdan, sarosimasiz va ishonchli xarakat qilishi kerak. Zilzila xaqida oldindan xabar berilsa, uyni tashlab chiqishdan avval, gaz va boshqa isitgich asboblarini uchirish, bolalar va qariyalarga yordam berish, zarur buyumlarni, oziq-ovqat, dori-darmonlarni va hujjatlarni olib kuchaga chiqishlari kerak. Agar zilzila kutilmaganda boshlanib qolsa, u xolda deraza va eshik oraliqlariga yoki kutaruvchi va ustunlar tagiga turib olish kerak. Dastlabki zarba tinishi bilan zudlik bilan tashqariga chiqish kerak. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, ko'p qavatli binolarning eng nozik, ishonchsiz joylari zinapoya va lift shaxtalaridir. Shuning uchun zilzila boshlangan paytda zinapoyalardan yugurish tavsiya etilmaydi va liftlardan foydalanish taqiqlanadi.
Korxona va muassasalarda zilzila paytida ish to'xtatiladi. Elektr toki, suv, gaz va bug'lar tuxtatilib, muxofazasiz qismlardagi ishchi va xizmatchilar oldindan belgilab qo'yilgan joyga to'planadilar, boshqalar esa xavfsiz joylarda bo'ladilar.
Zilzila vaqtida uyda bo'lmagan fuqarolar uyga shoshmasligi, balki o'sha joy rahbarlarining ko'rsatmalarini diqqat bilan kutib unga rioya qilgan holda harakat qilishlari kerak. Zilzila vaqtida jamoat transportining to'la to'xtatilishini kutib oldin bolalarni, nogiron va qariyalarni tushirish kerak. Yurib ketayotganda sakrab tushib qolish yaramaydi, zilzila vaqtida jabrlanganlarga asosan yordamni fuqarolar muhofazasi qismlari beradi, lekin zarur bo'lgan xollarda aholi ham yordam berishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |