boqish va boshqalar. Qayd qilingan bu ishlarning ta`siri sug’orib ekin ekiladigai erlarda ayniqsa
kuchli bo`lib, bir tomondan, tuproqning tabiiy holati tez o`zgarsa, ikkinchi tomondan, uning
unumdorligi optib boradi va tuproqning holati yaxshilanadi.
Yer sharida, shu jumladan O`zbekistonda sanoatni rivojlanishi, ko`plab yangi qazilma
konlarpning qidirib topilishi yangi shaxta va kar’erlarini qurishni talab etadi. Bular o`z
navbatida, qishloq xo`jaligi tasarrufidagi erlar maydonining qisqarib, tuproq holatining
yomonlashib borishiga sabab bo`lmoqda. Inson o`zining xo`jalik faoliyatida landshaft "oynasi"
hisoblangan tuproq qoplamiga salbiy ta`sir etib, uning unumdorligini kamaytirib, turli
hududlarda hosildor erlarni kamayib ketishiga sababchi bo`ldi. Insonpyat tarixi davomida 2 mlrd.
gektardan ortiq unumdor tuproqli yerlar yaroqsiz holga keltirildi. Har yili sayyoramizda sho`r
bosish, cho`lga aylanish, emirilish oqibatida 5-7 mln. gektar er maydoni kamaymoqda.
Inson tuproq koplamiga ijobiy va salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Inson o`zi
foydalanadigan tuproqning hosildorligini oshirishi, erlarni meliorativ holatini yaxshilash
mumkin. Inson yana yangi shaharlar va sanoat tarmoqlarini qurib, atrof-muhitni ifloslashishi,
agrotexnikadan noto`g’ri foydalanib va dehqonchilikni noto`g’ri yuritishi, oson yuviladigan va
emiriladigan erlarni shudgor qilish, yonbag’irlarni noto`g’ri haydash, sug’oruv me`yorlariga
amal qilmaslik, bir joyda bir xil ekinni muttasil ekish, joylarda chorva mollarini xaddan tashqari
ko`p boqish va boshqalar natijasida tuproqni ishdan chikarishi mumkin. Hozirgi fan-texnika
rivojlangan davrda unumli tuproqlar maydonining kamayishi uning tiklanishidan minglab marta
tezroq amalga oshmoqda.
Hozir Yer sharida eroziyaga uchragan, qayta sho`rlangan va botqoqlashgan, qum bosgan,
sanoat va kar’erlardan chiqarib tashlangan chiqindilar bilan qoplangan va boshqa erlar maydoni
4,5-5 mln.kv.km. erni ishg’ol qiladi. Shaharlarning ayniqsa tez o`sishi bilan qishloq xo`jaligiga
yarokli erlar maydoni qisqarib bormoqda. Hozir Yer sharida sutkasiga jon boshiga 27 t. ortiq
mineral xom ashyo qazib olinadi va undan umumiy hajmining 2 foizi miqdorida ruda ajratib
olinadi, qolgan qismi (98%) chiqindi tariqasida atrofidagi qishloq xo`jaligi uchun yarokli erlarga
tashlanadi. Ochiq kar’er usulida ko`mir va boshqa qazilmalar kazib olish natijasida katta
maydondagi erlar buziladi. Kar’yer-chiqindilar hisobiga qishloq xo`jaligi oborotidagi erlarni
qisqarishi O`zbekistonda, ayniqsa Angren va Olmaliq tog’-kon sanoati rayonlarida ham sodir
bo`lmoqda. X.Vahobovning ma`lumoti bo`yicha (2000 yil): tog’-kon sanoati foydali
qazilmalarni olishda yiliga 60-70 mln. tonna chiqindini 10000 gektar erga yotqizadi va natijada
hududlarda o`ziga xos texnogen landshaftlar hosil bo`ladi. SHu sababli o`sha kar’erlar ishg’ol
qilgan erlarni tezlik bilan rekul’tivatsiya qilish, ya`ni qayta o`zlashtirish lozim. Buning uchun
o`simliklar ekib qishloq xo`jaligi oborotiga kiritish mumkin. SHunday qilib, kar’er erlar
chorvachilikda, o`rmonchilikda, ekin ekishda, park xo`jaligida foydalanish maqsadida qayta
o`zlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: