A.NAVOIY VA BOBUR IZIDAN
Ilmiy izlanuvchi: ADTI talabasi F.Hamidova
Ilmiy rahbar: G.M.Minavarova
Annotatsiya: Maqolada Alisher Navoiy va Zahiriddin Boburning ijogi va ularning xozirgi kundagi yoshlar hayotidagi ahamiyati haqida so'z boradi.
Аннотация : В статье рассматривается творчество и важность в молодежном жизни Алишера Навои и Захириддина Бобура.
Annotation : The article discusses the work of Alisher Navoi and Zahiriddin Bobur and their importance in the lives of today's youth.
Biz yoshlar bolaligimizdan vatanparvarlik ruhi bilan tarbiyalanar ekanmiz. Hayotimiz davomida bizga doimo Mir Alisher Navoiy va Xazrat Z.Bobur ijodidan na'munalar bizni o'z domiga tortib borardi.Hayotning eng nozik javxalarida ham ularning asarlaridan o'rnak olishdan hech ikkilanmaymiz. Biz ularning asarlari har qanday yoshda ham mamnuniyat bilan sevib mutolaa qilamiz.
Ochmaygʻay erdi jamoling olam aro koshki,
Solmagʻay erdi bari olamgʻa gʻavgʻo koshki
A.Navoiy
Navoiyning ideal hukmdor haqidagi orzulari Bobur faoliyatida muayyan darajada aks etgan. Bobur oʻzi tuzgan “Buyuk imperiya”da islohotlar oʻtkazgan va mafkurasini mustahkamlagan. Buning nazariy asoslarini yaratish maqsadida diniy‑falsafiy asarlar, harb ishiga oid kitoblar yozgan. “Mubayyin” va qator risolalari bunga dalildir.Bobur Navoiyning “oliy uslub”iga taqlid qilmagan, u oddiy turkona uslubda asarlar bitgan. Navoiy oʻz asarlarida zamonaning juda muhim ijtimoiy va falsafiy masalalarini koʻtargan. Navoiy va Bobur ijodi bir davrda turli usullar mavjud boʻlishining yorqin namunasidir. “Boburnoma” juda sodda, ravon til bilan yozilgan. Bu fikrni Bobur sheʼriyati xususida ham aytish mumkin.Bobur oʻziga ustoz deb bilgan Navoiy ijodini chuqur ixlos bilan oʻrgangan, koʻpgina gʻazallarini yod olgan.
Yangi O'zbekistonning yosh o'g'il qizlari ham bu ikki buyuk mutafakkir shoirlarning asarlaridan xabardor bo'lishligi, yoshlarda komil inson fazilatlarining shakllanishida muhim rol o'ynaydi. Ayniqsa Z. Bobur ijodidagi mardlik, vatanparvarlik bugungi kunda yosh yigit-qizlar ma'naviyatiga juda zarur deb hisoblayman. Navoiyning " Farxod va Shirin" asari ham bugungi kunda Farxod obrazida yigitlarga xos mardlik va to'g'ri so'zlikning yorqin namunasidir. Bu ikki buyuk insonlarning bir vaqt oralig'ida bir tilda ijod qilganliklari biz o'zbek xalqiga o'zgacha g'urur baxsh etadi desam aslo mubolag'a bo'lmaydi.
Zero, gurkirab rivojlanayotgan O'zbekistonimizning kelajagi qanday yorqin bo'lsa, o'tmishi ham juda go'zal bo'lgan.
Aytib o'tish joizki turkiy tilda ijod qilgan bu ikki mutafakkir Z.M. Bobur va Alisher Navoiy faqatgina buyuk asarlar bitish bilan shug'ullanibgina qolmay davlat va siyosat ishlarini ham mukamallik bilan ado etganlar.
Bizning intellektual davrga kelib Z.Bobur ham, Mir Alisher Navoiy ham unutilganicha yoq. Ularning ijodiy durdonalari dunyoning deyarli barcha tillariga tarjima qilingan, asarlari elektron tarzda ham yaratilgan bo'lib yoshlarni ularning ijodidan baxramand bo'lishlari uchun har tomonlama qulayliklar yaratilgan.
Farangis Hamidova ADTI talabasi
Andijonni nega tashlab kettingiz Bobur
Yurtdoshingiz har safar sizni eslasa
Cheksiz savol tirnab yurak so'zlasa
Bog'larda ko'p gullar yuzlarin ochsa
Andijonni nega tashlab ketdingiz Bobur
Ko'ringki Andijon go'zal bir shaxar
Har ko'cha, har bir joy sizni eslatar
Keksalar duoga qo'llarin ochar
Andijonni nega tashlab ketdingiz Bobur
O'z yurtdan uzoqda yashash osonmas
Bag'rikeng yurtini hecham qizg'onmas
Uzoqdan yurtga boqib yashash kerakmas
Andijonni nega tashlab ketdingiz Bobur.
Do'stlaringiz bilan baham: |