A.Navoiy o`zbek adabiy tilining asoschilaridan biri - Tayyorladi: 201-RT guruhi talabasi
- Sadirova Malika
O`zbek adabiy tilining asoschisi A.Navoiy (1441-1501) - Alisher Navoiy (9-fevral 1441-yil — 3-yanvar 1501-yil) — ulugʻ oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi boʻlgan.[ Gʻarbda chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda „nizomi millati va din“ (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulugʻlanadi.
- Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozongan. Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Navoiy 1469-yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan.
- Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480-1500-yillar mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga „muqarrabi hazrati sultoniy“ („sulton hazratlarining eng yaqin kishisi“) degan unvonni beradi. Unga koʻra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.
- Alisher Navoiy tarjimai holi oʻz davrida Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan.
Alisher Navoiy serqirra ijodkor - O’zbek adabiy tilining rivojida XV asrning ikkinchi yarmi juda muhim davr hisoblanadi. Bu davrda Alisher Navoiy o'zining muborak ijodi bilan o'zbek adabiyotini yuksak darajaga ko’tarish bilan birga, o'zbek tilining taraqgiyotiga ham o'zining salmoqli hissasini qo'shdi. Navoiy o'z asarlarida, albatta «grammatika» yoki «fonetika» so'zini qo'llagan emas. Lekin tilning grammatik va fonetik qonunyatlarini yaxshi bilgan, ularni bir-birlaridan yaxshi farqlagan va o'ziga xos arabcha-forscha va turkcha- o’zbekcha atamalar bilan nomlangan: amr, harf, harakat, hamza, voze (voz-yasovchi yoki so'z yasovchi); tajnis va ihom - ko’p ma'noli so'z; alam-ism, ot; atmutakallim- sa'zlovchi; lafz, kalom, alfoz kabilar hagida 0’z davriga nisbatan juda muhim fikr va mulohazalar _bayon qilgan. Jumladan, Navoiy turkiy (o'zbek) tilining grammatik xususiyatlari hagida yetarli fikr bildirgan.
- Navoiy fors tilining qimmati va ahamiyatini kamsitmaydi. Ulug’ adib fors tilidan foydalanishda yuqori pog’onaga ko’tarilgan bo’lib, ushbu xususda Navoiy bilan bellasha oladigan kishi kam topilar edi. Bu ijodkorning «Foniy» taxallusi bilan yozgan asarlarida ham aniq ko’rinib turadi. Navoiy asarlari tili 15-asr o’zbek adabiy tilining yuksak namunasi bo’lib, til tarixini o’rganishda katta manba va boylikdir. Uzoq va mashaqqatli izlanishlar tufayli uning yana bir qimmatli asari borligi aniqlanganligi, bu asar tili lug’ati bo’lib, «Sab’atabxur» (Yetti dengiz) nomi ‘bilan mashhurligi, hozirgi vaqtda Turkiya olimi Ogah Sirri Lavand Alisher Navoiyning ana shu lug’ati ustida tadqiqot olib borayotganligi matbuotda xabar qilgan edi.
- Navoiy o’zbek tilida 100 ta fe'Ini yuzaga kelishi sabablarini ko’ rstadi va ularning tahlilini beradi. Bunday fe'llarning koplari fors tilida uchramasligini qayd etadi, u qator fellardagi sinonimlarni misol keltiradi. Navoiy asarlari tilini singormanimsiz shevalarga asoslangan deb qaraydi. E.D.Polivanov esa uning asarlari O’rta Osiyo tilida ekanligini qayd etadi
- O'zbek adabiy. 'tilining ‘asoschisi Alisher Navoiy-turkiy tilda go’zal nutq tuzishning bayroqdori sifatida o'zbek tili boyliklarini namoyon etuvchi mashhur asarlar yaratdi. Navoiyning sa'y-harakatlari tufayli XV asrda o'zbek tili olamga dong’i ketadigan adabiy asarlar-yaratishga qodir til ekanligini isbotladi. Alisher Navoiyning nutq madaniyati masalalariga bag’ishlangan fikrlariyyanada mukammalroq ifodalangan asari “Mahbub ul-qulub” dir. Chunki shoir bu asarida tilning ahamiyati, undan foydalanish, nutq so'zlovchi dilidagi fikrnito 'g’ri aks ettirish lozimligi haqida fikrlar bayon giladi.
- Navoiy til deganda nutqni ko zda tutgan. Til ya'ni so’z o'zining ko'p yaxshi fazilatlari bilan nutq uchun material ekanligini, nutqning qopolligi, magsadga muvofiq boImasligi so’zlovchiga zarut yetkazishini alohida ta’kidlab o’tadi.
- Navoiy kishining nutq qobiliyatini tug’ma ekanligini ta'kidlaydi. “Muhokamatul- lugatayn” asarida arab tili “kalomi ilohiy” deb ulug’lanadi, fors va turkiy tili solishtiriladi. Olim bu asarda ikki tilning lug’at boyligi, ishi, fonetik tarkibi, stilistikasi kabi xususiyatlarini chog’ishtirib, badiiy imkoniyatlari jihatidan turkiy tilning fors tilida qolishmasligini isbotlaydi.
-
-
Do'stlaringiz bilan baham: |