1 Камю А. Избранное. М., 1990, 18-bet.
2 0 ‘sha joyda.
moiy fikrlash taraqqiyotiga sezilarli ta’sir o'tkazdi. Aniqroq qilib
aytganimizda, ekzistentsializm falsafasidagi fikr-mulohazalar ba’zi
mamlakatlaming ommaviy-ijtimoiy harakatlar dasturlaridan mu-
nosib o'rin oldi. Shu g'oyalar ta ’siri ostida jahonning bir qator
mamlakatlarida inson huquqlarini himoya qilish, qurollanish poy-
gasiga chek qo'yish, jahonni termoyadro urushlari halokatidan saqlab
qolish, ekologik, eneigetik, demografik fojialaming sodir bo'lishiga
yo'l qo'ymaslik kabi umumbashariy ahamiyatga ega bo'lgan dastur-
lar ishlab chiqildi.
Xo'sh, ekzistensializm falsafasi olg'a surgan asosiy konsep-
tual g'oyalar nimalardan iborat? Ulardan biri — inson borlig'ini
o'rganish orqali olam borlig'ini bilish g'oyasidir. Boshqacha ayt
ganimizda, ekzistensializm falsafasi olamning haqiqiy manzara-
sini bilmoq uchun, eng aw alo, inson borlig'ini bilmoq darkor,
degan g'oyani olg'a suradi. Bunday g'oyani birinchilardan bo'lib
nemis ekzistensializmining asoschisi M artin Xaydegger «Borliq
va zamon» (1927-y.) asarida olg'a surgan edi.
M artin Xaydeggeming tushuntirishicha, ekzistensialistik on-
tologiyaning birinchi asosi — inson borlig'idir. Borliqning, in
son shaklining o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, u nafaqat
borliqning boshqa ko'rinishlarini, balki o'zini o'zi bilishga ham
qodir. Shuningdek, inson borliqning boshqa shakllari bilan turli
munosabatlar o'rnatish xususiyatiga ega. Shuning uchun bunday
borliq, ya’ni ekzistensiya ontologiyaning fundamenti bo'lmog'i
darkor.
Inson borlig'ini bunday tahlil qilish, turgan gapki, ma’lum
asosga ega bo'ladi. Chunonchi, olamda mavjud bo'lgan tirik mavju-
dotlam ing birontasi fikrlash madaniyatiga ega emas, yoki ular
dan birontasi olam to'g'risida u yoki bu fikrni bayon qila ol
maydi. Insondan boshqa tirik mavjudot olamda o'zi egallab tu r
gan o 'm i haqida aniq tasawurga ega emas.
M artin Xaydeggeming borliq to'g'risidagi ekzistensialistik
ta ’limotiga asoslanib Karl Yaspers yangi variantdagi ontologik
ta ’limot yaratdi. Nemis ekzistensialistlari M.Xaydegger va K.
Yasperslaming inson borlig'i to'g'risidagi qarashlarini fransuz
faylasufi J.P.Sartr o'zining «Borliq va hech nima» asarida yangi
dalillar bilan boyitdi. Lekin inson ekzistensiyasi haqida Sartr va
Xaydegger qarashlari o'rtasida ayrim tafovutlar ham bor edi.
Xususan, Sartr inson borlig'i haqida fikr yuritganda asosiy
e ’tiborni individual tanlovga, kishi mas’uliyatiga, har bir shaxs-
ning o'ziga xos «Men»ini topishga harakat qildi. Shuningdek,
Sartr inson ekzistensiyasi haqida gapirganda, inson borlig‘i
borliqning boshqa shakllari bilan aloqador ekanligini hamisha
nazarda tutadi. Xaydegger esa butun e’tibori bilan inson borlig'ini
o'rganish orqali olam borlig'ining mohiyatini ochib berishga
urinadi.
M.Xaydegger, J.P.Sartrlam ing fikriga ko'ra, inson ekzisten-
siyasining mohiyatini bilish yordamida uning nimalarga qodir
ekanligini bilib olish mumkin. Xuddi shu vosita yordamida in-
soniyatni boshi uzra xavf solib turgan turli dahshatlardan, ay
niqsa, o'z «borlig'ini unutish» fojiasidan eson-omon saqlab qolish
mumkin. O 'z borlig'ini unutgan kimsalar tabiat boyliklaridan
foydalana turib, inson va tabiat bir butun, yaxlit ekanligini
unutib qo'ydilar. Boshqa birovlar esa inson borlig'i — eng oliy
darajadagi umuminsoniy qadriyat ekanligini unutib, undan faqat
vosita, omil sifatida foydalanishga urinadilar.
Yuqoridagi fikr-m ulohazalardan ko'rinib turibdiki, inson
borlig'ining mohiyatini bilish hoziigi zamon insonshunosligining
eng dolzarb muammolaridan biridir. Ayniqsa, ilmiy-texnika taraq
qiyoti jadallashib borayotgan hozirgi sharoitda insonning tashvish-
lari va quvonchlari haqida, erishilgan sivilizatsiya natijalarini saqlab
qolish, atrof-muhit musaffoligini ta ’minlash kabi masalalar inson
borlig'ida vujudga kelgan muammolar ko'p ekanligidan dalolat
beradi.
Zero, ekzistensialistlar ta ’kidlashganidek, falsafa o'zining bu
tun e ’tiborini inson borlig'ini har tom onlam a o'rganishga qarat-
gandagina, xususan, olamni o'rganishni insonni o'rganishdan
boshlagandagina chinakam hayotiy realizm yo'lidan boradi, chi
nakam gumanizm pozitsiyasida turadi.
Inson o'z borlig'ini bilishdan olam borlig'ini bilish tom on
bora turib, olamga yangicha mazmun ato qiladi. Olam bilan birga
qo'shilib harakat qiladi. Ekzistensializm tarafdorlari klassik falsafa
tom onidan «insonga xos emas» deb hisoblangan borliqning bar
cha ko'rinishlarini hozirgi zamon falsafasi insonparvarlashtirmog'i
darkor, deb tushuntiradi.
XX
asr ekzistensializmi inson borlig'ining o'ziga xos xususi
yatlarini tushuntirib berishga harakat qildi. Jum ladan, Sartr
o'zining «Ekzistensializm — bu gumanizm» asarida ta ’kidlashicha,
insonning boshqa tirik mavjudotlardan farqi shundaki, u ish
qilmoqchi, xususan, bironta asbob yasamoqchi bo'lsa, unga
qilmoqchi bo'lgan yumushini, yasamoqchi bo'lgan asbobni oldin-
dan tasaw ur qiladi, ya’ni tasawuridan o'sha asbobni keltirib
chiqaradi. Shuning uchun ham, bu yerda mohiyat — asbob yoki
narsaning mavjud bo‘lishi uchun o'tm ish vazifasini bajaradi.
Insonning o'zida esa ushbu jarayon mutlaqo boshqacha kechadi.
C hunonchi, inson bolasi tug'ilibdi, demak, u mavjud. Lekin
o'sha tirik mavjudot inson darajasiga ko'tarilishi uchun insonga
xos insoniylikning mohiyatini o'zida mujassamlashtirmog'i darkor.
Bu yerda mavjudlik mohiyat uchun o'tm ish vazifasini bajaradi.
Ekzistensializm falsafasining tushuntirishicha, insonning o'ziga
xos xususiyatlaridan biri, u o'zini o'zi yasaydi, mavjud bo'la
turib, o'z mohiyatini bunyod etadi. Ekzistensializmning birinchi
qoidasi shundan iborat. Shu qoidadan, inson tabiati u yaral-
gunga qadar mavjud bo'lmaydi va individning o'zidan boshqa
hech qanday tashqi kuch uni insonga aylantirish qudratiga ega
emas, kabi xulosalar kelib chiqadi. M abodo, individ inson
darajasiga ko'tarilganda uning ongi va faoliyatida jiddiy nuqsonlar
mavjud ekan, buning uchun, eng aw alo, o'sha kishining o'zi
aybdor. Bunday g'oyani olg'a surish bilan ekzistensial falsafa
insonning shakllanishida uning o'zi mas’ul ekanligiga e’tiborni
qaratadi. Insonning boshiga qanday balo-qazo yog'ilsa, buning
uchun, eng aw alo, uning o'zi aybdor ekanligini ta ’kidlaydi.
Inson borlig'ining eng muhim xususiyatlaridan biri — u o'zida
mavjud bo'lgan fikrlash qobiliyati, xatti-harakati, his-tuyg'ularini
tekshirib ko'ra oladi. Hatto, nafaqat borliqni qanday bo'lsa shun-
dayligicha gavdalantirish malakasiga, balki o'sha tasaw um i turli
savol-javoblar yordamida tekshirib ko'rish qobiliyatiga ham ega
bo'ladi. Chunki inson kundalik faoliyatida nafaqat olam to'g'risida,
balki o'zi to'g'risida ham yangi-yangi m a’lumotlami to'plab bo
radi.
Inson o 'z navbatida, xuddi risolalarda orzu qilinganidek,
ya’ni «loyiha»dagidek yashashga intiladi. Lekin ushbu «loyiha»
amalga oshishi ham, oshmasligi ham mumkin. Chunki individda
insoniylikning shakllanish jarayoni turli-tum an ziddiyatlar bilan
to 'la bo'ladi. Ushbu jarayon insonning butun umri davomida
davom etadi. Sartming tushuntirishicha, insonning individual
«loyiha»sida mavjud bo'lm agan fazilatlar uning kundalik amaliy
faoliyatida ham namoyon bo'lmaydi. Xususan, inson umrida bi-
ron kishini yaxshi k o 'rm ag an b o 'lsa , b iro n kishi bilan
do'stlashishga moyilligi, intilishi bo'lmasa, demak, uning indi
vidual «loyiha»sida bunday tuyg'ular yo'q va bo'lgan emas.
Ekzistensial falsafaga ko'ra insonning m a’naviy olamidagi eng
asosiy tuyg'u — erkinlikdir. Bunday tuyg'u har bir individda
mavjud bo'ladi. Lekin ushbu tuyg'uning inson uchun qanchalik
kafolatlanganligini hisoblab chiqish amri-mahol. Inson — erkin,
uning o'zi — erkinlik, deb ta ’kidlagan edi Sartr. Individning
erkin bo'lishi, unga bo'lgan e ’tiborning ortib borishi, o 'z nav
batida, uning kulfatidir. Shuning uchun shaxs muammosi —
inson shaxsiy xarakteristikasi, individual xususiyatlarini tahlil
qilish — XX asr ekzistensializmining eng sevimli mavzularidan
biridir. Ushbu mavzuga o'z muxlislarining e’tiborini yanada oshir-
moq uchun ekzistensialistlar turli badiiy lavhalar, obrazlar,
to'qim alar, adabiy asarlar kolliziyalarida, falsafiy asarlardagi
abstrakt kontekstlarda hayotni har tom onlam a tahlil qiladilar.
Ekzistensializm falsafasi inson faoliyatida ratsional momentning
ahamiyati beqiyos ekanligiga diqqatni qaratdi. Xususan, inson
faoliyatida turli konfliktlar sodir bo'lganda aql-zakovat hukmiga
quloq solish, aql kuchi bilan har qanday murakkab vaziyatdan
chiqish uchun yechim topish — inson amaliy faoliyatining
muhim sharti ekanligini ta’kidladi. Ekzistensializm falsafasi namo-
yandalarining aytishicha, bu yerda gap «hamma narsani biladi-
gan» olim haqida borayotgani yo'q, balki oddiy kishilar haqida
borayotir. Xuddi o'sha oddiy insonlarning «hushyor hisob-kito-
blari» har qanday og'ir vaziyatda ham insonni balo-qazolardan,
turli fojia va dahshatlardan eson-om on saqlab qoladi. Eng og'ir
damlarda ham o'zi bilan o'zi maslahatlashishga imkon yaratadi,
tavakkal qilib ish yuritishga yo'l bermaydi. Ya’ni o 'z ekzisten-
siyasini topgan kishi konfliktga, dahshatga qarshilik ko'rsatish,
uni matonat bilan yengishga jasorat, kuch-quw at topadi.
Fransuz ekzistensialistlari ikkinchi jahon urushi yillarida vu
judga kelgan «Qarshilik ko'rsatish» antifashistik harakatida ishtirok
etgan matonatli faoliyatni xuddi shunday fikr-mulohazalar qarichi
bilan tahlil qildilar. «Qarshilik ko'rsatish» harakati qatnashchilari
butun Yevropa fashizm dahshatlari alangasi ichida qolgan bir
paytda o'zlari bilan o'zlari maslahatlashdilar, o'z qalblari sadosiga
o'zlari quloq soldilar. Insoniyat boshiga ko'z ko'rib, quloq eshit-
magan dahshat, qo'rquv olib kelgan fashizmdek baloga qarshi
mardonavor kurash olib bordilar. «Qarshilik ko'rsatish» harakati
ning ishtirokchilari fashizmdek dahshatga bir o'zlarining kuch-
lari yetmasligini bilar edilar. Lekin fashizmga qarshi turgan an
tifashistik harakatning ertam i-kechm i butun dunyoga yoyilishiga
qattiq ishonar va g'alabani ham katta umid bilan kutar edilar.
Shunday qilib, inson har qanday murakkab vaziyatda ham o 'z
erki, o'zining o'zligi, «Men»i (o'z ekzistensiyasi) uchun kura-
shish imkoniyatiga ega bo'ladi.
XX
asr ekzistensializmi olg'a surgan eng muhim konseptual
g'oyalardan yana biri — inson olamdagi tirik mavjudotlar ichida
o 'ta noyob ekanligi haqidagi g'oyadir.
Ekzistensializm falsafasi insonning o'ta noyob mavjudot ekan
ligini isbotlovchi bir qator yangi ontologik dalillar keltiradi.
Chunonchi, inson hamisha o'zidan boshqalarga o'xshamaydigan
qiliqlarni, holatlarni qidiradi, boshqalarga o'xsham aydigan
«Men»ini topishga intiladi. Klassik falsafa ham har bir kishining
o'ziga xos individual qiyofasini aniqlashga uringan edi. Lekin
klassik falsafa XX asr ekzistensialistlari tushuntirganidek, o'sha
«Men»ning haqiqiy qiyofasini «Men» bo'lmagan narsalar orqali
aniqlashga harakat qildi. Ayniqsa, «Men»ning mohiyatini inson-
dan tashqarida unga qarshi turgan «Men emas»dan izladi. «Men
emas» insonga xos bo'lm agan qiliqlar, odatlar, inson borlig'iga
dushm an bo'lgan begonalashuvning ramzi edi. Alber Kamyu
«Men emas»ni mustahkam, befarq, xavfli devorga o'xshatdi.
Chunki «Men»da «Men emas»dan qo'rquv yashaydi. Shunday
b o'lishiga qaram asdan, inson yashashi uchun o 'zin i o 'z i
yaratmog'i darkor. Ekzistensial falsafaning individga mo'ljallangan
dasturi asosida «Men emas»da (ya’ni insondan tashqarida) bo'lgan
o'zgarishlardan qo'rqish, o 'z navbatida, unga qarshi kurashish
lozimligi haqidagi fikr yotadi.
Odam ni «Men»ga dushm an bo'lgan reallik sifatida talqin qi
lish XX asr ekzistensialistlari asarlaridan keng o 'rin oldi. Xu
susan, M.Xaydegger inson borlig'ini — borliqning boshqa shak
llari bilan birga mavjud bo'lishini tahlil qilish uchun «ekzisten
sial» tushunchasidan foydalanish lozim, deb hisoblaydi va ne-
mischa «Man» (noaniq shaklning almashishi) so'zi bilan ifoda
laydi. Ushbu «Man»ni «yaqinlashtirish», «tenglashtirish» tushun
chalari yordamida tushuntirib beradi. Shunday m a’noda ekzisten-
sial falsafa hanuzgacha standartlash tendensiyasining dushmani
bo‘lib qolmoqda. Bunday tendensiya XX asrda ommaviy tus oldi
hamda moddiy va m a’naviy ishlab chiqarishning turli sohalarida
namoyon bo'ldi.
Sobiq Ittifoq olimlarining asarlarida «Man» — kapitalistik tur
mush tarziga xos tushuncha, deb qoralandi. Xaydegger esa ushbu
tushunchaga abstrakt tarixiy taraqqiyotdan tashqarida turgan m a’no
baxsh etdi, deb tanqid qilindi. Xaydegger o'zining ekzistensia
listik prinsi plarini oqlash maqsadida bunday usuldan foydalangan
edi. Chunki inson borlig'ining o'ziga xos xususiyatlaridan biri bir-
biriga yaqinlashish, tenglashish zaruriyatining mavjud bo'lishidir.
Xaydegger xuddi o'sha «Man» tushunchasi yordamida inson
borlig'idagi mavjud ziddiyatlami tahlil qilishga urinadi.
Martin Xaydeggeming ta ’kidlashicha, inson o'z borlig'idagi
ziddiyatli tom onlam i birdaniga ilg'ab olavermaydi. Chunki inson
biri ikkinchisidan o'rganadi, biri ikkinchisiga o'rgatadi. Ana shun
day o'zaro m uloqotlar jarayonida har bir kishi o 'z «Men»ini
bilib oladi va uni takomillashtirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bir
ibora bilan aytganda, inson o'zgalar bilan aloqada bo'lish jara
yonida nafaqat umumiylik tom on yaqinlashadi, balki o'z shaxsi,
o'z borlig'ining individual, takrorlanmas xususiyatlarini aniqlab
va mustahkamlab boradi.
Ekzistensializm falsafasi insonning kundalik hayoti, turm ush
tarzi o'ta murakkab jarayon ekanligiga e’tiborini qaratadi va undagi
umumiylikni aniqlashga harakat qiladi. Ya’ni ushbu jarayonni
o'rganish «o'rtachalik» yoki «shaxsiy noaniqlik» degani emas.
Kishilaming umumiy boyligiga nafaqat standartlar, stereotiplar,
shablonlar, balki «o'rtachalik»dan yuqori turuvchi holatlar —
originallik, ijodiylik, noyoblik ham kiradi. Odamlarning kundalik
aloqalarini «o'rtachalik» nuqtayi nazaridan tahlil qilish yoki
ushbu aloqalarni o 'rta hoi deb hisoblash — insonning o'zaro
munosabatlarini soddalashtirishdan boshqa narsa emas.
XX
asr faylasuflari «o'rtachalik», «ommaviyUk»ning shablon
va standartlari kundalik turm ushda hukm ron bo'lib olganligini
chuqur his eta boshladilar. Turmushning barcha jabhalarining
«ommaviylashuvi»dan xavfsiragan ayrim faylasuflar F.Nitsshe kabi
elitar ideallami himoya qila boshladilar. Ayrim faylasuflar esa
turmush va madaniyat «ommaviylashuvi»ni unda mavjud bo'lgan
real ziddiyatlar orqali tahlil qilmoqchi bo'ldilar.
Antiklassik va noklassik falsafaning XIX asr oxiri XX asr
boshlaridagi namoyandalari ham, XX asming o'rtalarida ijod
qilgan faylasuflar ham olg'a surgan g'oyalar markazida inson
ning begonalashuvi muammosini tahlil qilish yotadi.
M a’lumki, XIX asrda jahonning bir qator mamlakatlarida
ijtimoiy inqiroz tufayli odamlar jamiyatdan, hatto kishilar o'zlari
o'zlaridan begonalasha boshladilar. S. Kyerkegor aytganidek, ka-
pitalistik jamiyat shaxs bilan jamiyat o'rtasidagi ziddiyatlami
bartaraf eta olmadi. Aksincha, bu ziddiyat keskinlashib, shaxs
nivelirovkasi jarayoni kuchayib ketdi. Oqibatda, shaxs tuban-
lashdi va xudbinlashdi.
Insonning jamiyatdan begonalashuvi jarayonini K. Marks ham
h a r to m o n lam a o 'rg an g an edi. Afsuski, ekzistensialistlar
o'zlarining begonalashuv jarayonini o'rganishga bag'ishlangan
tadqiqotlarida K.Marks fikr-mulohazalarini chetlab o'tdilar.
K.Marks o'zi yaratgan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya nazariya-
siga tayanib, XIX asr kapitalizm sharoitida insonning jamiyat
dan begonalashuvi jarayonini tahlil qildi. U begonalashuv jara
yonini ko'proq ijtimoiy munosabatlaming iqtisodiy negizi aso
sida tadqiq etdi. Ekzistensialistlar esa K.Marksdan farqli o'laroq,
insonning jamiyatdan begonalashuv jarayonini o'rganganda na
faqat kapitalizm, balki turli ijtimoiy tuzum lar sharoitida shaxs
bilan jamiyat orasidagi ziddiyatlami ham hisobga oldilar. Ayniq
sa, inson aql-farosati, kayfiyati, m a’naviyatidagi begonalashuv
va uni vujudga keltirgan tabiiy-ijtimoiy ildizlarni aniqlash zarur
ekanligini ta ’kidladilar. Ekzistensialist faylasuflarining fikriga ko'ra,
XX asr sharoitida insonning jam iyatdan begonalashuvi ortib
borayotganligining asosiy sababi — dahshat, vahima, qo'rquvdir.
Bu tuyg'ulam ng ortib borishi XX asr kishisi turm ush tarzining
eng muhim xususiyatlaridan biridir1.
Qo'rquv, dahshat, vahima insoniyat boshiga qora quzg'undek
yopirilib kelayotgan bir paytda, ekzistensialistlar fikriga ko'ra,
falsafaning m a’nosi va mazmuni nafaqat begonalashuv jarayoni
ni o'rganishdan, uni m a’qullashdan iborat bo'lib qolmog'i, balki
qo'rquv, dahshat, vahimadan aqldan ozayotgan insonga yordam
qo'lini cho'zm og'i darkor.
Ekzistensializm falsafasining tushuntirishicha, hozirgi zamon
inson turm ush tarzining barcha tom onlari o ‘ta ratsionalizatsiya-
lashib borayotganligi bilan o‘tmishdan mutlaqo farq qiladi. Xuddi
shu holat, shaxsning jamiyatdan begonalashib borishiga sabab
bo'lmoqda. XX asr ekzistensialistlari ta ’kidlaganlaridek, hozirgi
zamon texnikasining yutuqlari, iqtisodiy imkoniyatlari, ommaviy
kommunikatsiya vositalari, ommaviy madaniyat o ‘choqlari be
gonalashuv jarayonining ta ’sir doirasini kengaytirmoqda. Ayniq
sa, kishilaming texnikadan begonalashuvi ortib borayotir. Ular
texnikani ilohiylashtirishga qarshi chiqib, ilmiy-texnika progressi-
ning jadallashuvi insonni «mashinalar funksiyalarini» bajaruvchi
mexanizmga aylantirib qo‘yayotganligini ta ’kidlamoqdalar. Ana
shunday sharoitda insonni begonalashuvdan xalos qiladigan qudrat
— uning individual erkinligini mustahkamlash, axloqiy kamo-
lotini takomillashtirish zarur ekanligini qayta-qayta takrorlamoq-
dalar1.
Begonalashuv jarayonini to'laroq tasaw ur etmoq uchun ekzis-
tensial falsafa tadqiqotchilarining fikriga ko‘ra «begonalashuv» va
«o‘z o‘zidan begonalashuv» tushunchalarini farqiga bormoq darkor.
Amerikalik faylasuf Richard Shaxt «Begonalashuv» (1972-y.) ki
tobida ta ’kidlaganidek, «begonalashuv» tushunchasini shaxsning
manfaati jam iyat manfaatiga mos tushmay qolganda ishlatmoq
darkor. Uning fikriga ko‘ra «begonalashuv» tushunchasi individ-
ning boshqalardan ajrala boshlaganligini ifodalaydi. Begonalashuv
individning individualligining ifodasi emas. Richard Shaxtning
fikriga asosan, «o‘z o ‘zidan begonalashuv» esa individning madani-
yatdan, xulq-atvor normalaridan, siyosiy tuzum dan, m ehnat-
dan, jam iyatdan uzoqlashishini ifodalaydi. Muallifning tushun
tirishicha, «begonalashuv fenomeni» haqida gapirganda umumiylik
nuqtayi nazaridan gapirish o‘rinli bo'ladi.
Amerikalik ekzistensialist faylasuf U olter Kaufmanning fikri
ga muvofiq «begonalashuv»ni, «kasallik» yoki «himmat» deb
emas, balki inson mavjudligining eng um um iy tavsifi, deb
tushunmoq darkor. Chunki begonalashuv nafaqat buijuaziya huk
mronlik qilayotgan jamiyatda, balki har qanday jam iyat uchun
ham taalluqli bo'lgan holatdir. Uning tushuntirishicha, bego
nalashuv o'sish, rivojlanish jarayonining ajralmas qismidir. In
son mustaqil shaxs darajasiga ko'tarilm og'i uchun, eng aw alo,
Download Do'stlaringiz bilan baham: |