inson shaxsi vujudga kela boshlaganligidan dalolat beradi. Mash
hur nemis faylasufi ushbu muammoning yechimiga oid to'la va
aniq fikr bayon qilmagan bo'lsada, o'zini o'zi anglash —
shaxs shakllanish jarayonining eng muhim elementi ekanligini
ta ’kidlaganligi, ushbu muammoni kun tartibiga qo'yganligining
o'zi katta ahamiyatga molikdir.
Ikkinchisi: «Shaxs» degan tushunchani ishlatgan vaqtda nimani
inobatga olmoq zarur? Ushbu tushuncha insonning yaxlitligini,
yoki uning m a’lum bir muhim tomonini ifodalaydimi? «Shaxs»
deganda inson borlig'ining tabiiy asoslari haqida gapirish kerakmi?
degan savollardir. Ushbu savollarga javob beigan Kant,
shaxs
deganda, eng awalo, inson borlig'ining tabiiy asoslari haqida fikr
yuritmoq darkor, deb qaradi. Bunday mulohazalami «Antropologi-
ya» asarining «Shaxsning xarakteri» bo'limida ko'rishimiz mumkin.
Kant inson strukturasini tabiiy va ijtimoiy tomonlarga bo'lib
o'rganishni taklif etadi. U antropotsentrizm prinsi plariga qarshi
chiqish, insonga ta ’rif berganda uch muhim elementga alohida
e ’tibor berish zarur ekanligini ta ’kidladi: «1. Tirik mavjudot
sifatida insonda hayvoniy alomatlam ing borligi. 2. Tirik va aqlli
mavjudot sifatida unda insoniylik alomatlarining borligi. 3.
Aqlli
mavjudot va shuning bilan birga unda fikr-mulohazalarni singdirish
imkoniyati mavjud bo'lgan shaxs alomatlari borligi»1.
Inson shaxsini ifodalovchi turli alom atlam i har tomonlama
tahlil qilgan Kant uning faoliyatidagi axloqiy cheklashlaming
o 'm i, bunday cheklashlaming turli qonunlarda ifodalanishi, ushbu
qonunlam ing jamiyat a ’zolari kundalik faoliyatida o'z ifodasini
topishiga alohida e ’tibor berdi.
Inson turli nomaqbul ishlar,
hatto ba’zan jinoiy ishlar ham qilib qo'yishi mumkin ekan
ligini Kant rad etmadi. Axloqiy qoidalarga rioya qilmaslik oqi-
batida turli to'qnashuvlar vujudga kelishi mumkin ekanligini ham
tan oldi. Shuning bilan birga Kant inson axloqsizligini qattiq
qoraladi. Kishilardan axloqiy norma va jamiyat oldidagi mas’uliyat,
burchlarini bajarish zarur ekanligini talab qildi. Uning inson
konsepsiyasida axloqiy poklik jamiyat a’zolari faoliyatining asosiy
mezonidir. Lekin Kant axloqiy yetuklikda turli cheklashlar, m an
qilishlami absolutlashtirdi. Buning natijasida
inson faoliyati real
shart-sharoitlar ta ’siri ostida emas, balki individual ongga alo-
qador bo'lgan axloqiy talablar, qoidalar ta ’sirida sodir bo'ladi.
Kant insonning o'zini o ‘zi bilish borasidagi faoliyatini qadrlaydi.
O'zini o'zi bilish jarayonining inson faoliyati doirasiga kiritilishi
Kantning falsafaga qo'shgan eng muhim hissalaridan biri edi. U
birinchi marta bilish murakkab jarayon ekanligini tushuntirib, ush
bu jarayonning o'ziga xos qonuniyatlari bor ekanligini isbotlab
berdi. Birinchi marta bilinishi zarur bo'lgan
substansiyaning ifodasi
va strukturasini emas, biluvchini, ya’ni bilishga intilayotgan sub-
yektning o'zini o'zi bilishda hal qiluvchi omil ekanligini dalillab
berdi. Bunday holatni uning «Sof aqlni tanqid», «Prolegomenlar»,
«Muhokama qobiliyatini tanqid» asarlarida ko'rish mumkin.
Inson o'zini o'zi bilishda bilim hal qiluvchi ahamiyatga ega
ekanligini isbotladi. Kant inson bilimlarini ikki tuiga: tajribadan
hosil bo'lgan bilimlar (apasteriori); tajribagacha mavjud bo'lgan
yoki unga bog'liq boim agan bilimlar (apriori)ga bo'ldi.
Bilimlar-
ning ichki strukturasini chuqur tahlil qilib, bilimlar ikki: empirik
va transendental darajalarda namoyon bo'ladi, deb tushuntirdi.
Empirik bilimlar inson individual xususiyatlariga bog'liq bo'lsa,
transendental bilimlar insonning umumiy holatiga, uning kelib
chiqishiga, u yashayotgan muhitga bog'liq bo'ladi, deb hisoblaydi.
Kantning tushuntirishicha, nazariy falsafaning asosiy vazifasi
— tabiat, jamiyat, insonni
bilishdan iboratgina emas, balki
insonning olamni bilish borasidagi intellektual faoliyati qonun
larini aniqlash, o'sha qonunlar chegarasini belgilab berishdan
iboratdir. U o'z falsafasini transsendental falsafa, o'zi yaratgan
metodni esa tanqidiy metod, deb atadi.
XVII asr ratsionaliz-
mining dogmatik m etodidan Kant yaratgan tanqidiy analiz
metodining asosiy farqi shundaki, bu metod, eng aw alo, in
son faoliyatini, uning turli qobiliyatlari, malakalarini o'rganishga
qaratilganligidir.
Shunday qilib, buyuk nemis faylasufi Kant inson
faoliyatini o'rganishning metodologik asoslarini yaratdi.
Nemis klassik falsafasining yirik vakillaridan biri Fixte Ioga-
ni G otlibning1 inson to'g'risidagi fikr-mulohazalari boshqalarni-
kidan keskin farq qiladi. Fixte falsafasining o'ziga xos xususi-
Download
Do'stlaringiz bilan baham: