A n V a r c h o r iy e V


  Qarmatlik harakati IX asr oxirida Janubiy Iroqda vujudga kelgan. XI asrning



Download 20,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/392
Sana21.06.2022
Hajmi20,64 Mb.
#688876
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   392
Bog'liq
Anvar Choriyev. Inson falsafasi (1-kitob)


Qarmatlik harakati IX asr oxirida Janubiy Iroqda vujudga kelgan. XI asrning
oxiri XII asrning boshlarida yo‘qolib ketgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


koniyatlariga suyanib talqin qilishga qarshi chiqqan bo‘lsalar, 
Abu Abdullo M uham m ad ibn-Idris ash-Shofi’iy (767—820-y.) 
asoschisi bo'lgan shofl’ya maktabi tarafdorlari Qur’oni Karim 
qoidalarini, Hadisi Sharif talablarini an ’anaviy axloq norm a- 
lari bilan bog‘lashga harakat qildilar. Abu Hanifa a n -N u ’mon 
asos solgan hanafl’ya maktabi tarafdorlari esa, aksincha, Qur’oni 
Karim qoidalari, Hadisi Sharif talablarini tushuntirish, sharh- 
lash, ya’ni tafsir qilish, ushbu m asalalar yuzasidan erkin 
fikr-mulohaza yuritish m umkin, degan g'oyani olg‘a sura bosh- 
ladilar.
Bahs-munozaralarning avj olib borishi bilan sunniylik diniy- 
falsafiy ta ’limotida biri ikkinchisiga zid bo'lgan qutblar vujudga 
keldi. Chunonchi, sunniylik ta ’limotining klassik an’analari, ya’ni 
uning g'oyaviy-nazariy asosi bo'lgan Qur’oni Karim qoidalari, 
Hadisi Sharif talablari yuzasidan erkin fikr-mulohaza yuritishni 
taqiqlovchilar, o'sha qutblanishning bir qutbida, sunniylik qoi­
dalari yuzasidan erkin fikr-munozara yuritishni istovchilar ik­
kinchi qutbida to'plana boshladilar. Alqissa, bahs-m unozaralar 
natijasi o'laroq VIII asrning oxiri IX asming boshlarida sunniy­
lik tarkibida yana ikki ta ’limot — mutakallimlik va m u’taziliylik 
vujudga keldi.
Mutakallimlar «Qur’on» aqidalari qanday yozilgan bo'lsa, 
uni sira o'zgartirmasdan, turlicha sharxlamasdan tushunish va 
tushuntirish lozim, deydi. Zero, u Ollohning kalomi ekan, 
bandalar uni o'zgartirishga haqlari yo'q. Qur’oni Karim talab­
larini so'zsiz, muhokamasiz bajarish lozim. Chunki odam lar 
Xudo xohlagan narsani xohlashlari darkor, ularda erkin istak 
yo'q, degan fikr-mulohazalarini bayon qilib, inson erkinligini 
inkor etadilar.
Mutakallimlar odam ning olamni bilish borasidagi imkoni­
yatlarini ham tan olmadilar. Olamni bilishda inson sezgilari 
asosiy ahamiyatga ega ekanligini nazar-pisand qilmadilar. Olam 
va odam to'g'risida hissiy bilishda ehtimollik, tavakkalchilikning 
rolini bo'rttirib ko'rsatdilar. Qur’oni Karimda nimani m a’qullash 
lozim deyilsa, o'shani m a’qullash, m a’qullamaslik zarur deyil- 
gan bo'lsa, o'shani rad etish darkor. Olam bilan odam o'rtasidagi
www.ziyouz.com kutubxonasi


o‘zaro aloqadorlik jarayonini faqat Q ur’oni Karim yoki Hadisi 
Sharifdan olingan u yoki bu qoida yordamida asoslash kerak. 
Bundan tashqari, tasdiq yoki uslublar yordamida chiqadigan 
hukm yoki xulosani inkor qildilar.
Mutakallimlik alohida ta ’limot sifatida shakllanib borishi b i­
lan sunniylik va uning g‘oyaviy-nazariy asosi Qur’oni Karim 
qoidalari, Hadisi Sharif yo‘l-yo‘riqlarini aql-idrokka mos qilib 
talqin etish, tafakkur imkoniyatlariga suyanib ish yuritish, is­
lom dinining mazmun-mohiyatini yanada tiniqroq tasaw ur etish 
ehtiyojini oshirib yubordi. 
0
‘z navbatida bunday ulkan ehtiyoj 
xalifalik hududida yashovchi fuqarolar turmush tarzini islomdan 
oldingi dinlar (zardushtiylik, moniylik, mazdakiylik) ta ’siridan 
xoli qilish bilan bog'liq edi. Shuningdek, bunday ehtiyojning 
ortib borishi VII asr oxiri, VIII asrning boshlarida ilk islomda 
shakllangan turli oqimlar: havorijiylar, qadariylar, jaboriylar, 
murji’iylarning o ‘zaro munozaralari ta ’siridan ozod qilish bilan 
ham aloqador edi. Xuddi shu tarixiy zaruriyat Kalom ilmini 
shakllantirishga turtki bo‘ldi.
Kalom («Ilm ul-kalom) — o 'rta asr musulmon falsafasida 
Q ur’oni Karim suralari, oyatlari, Hadisi Sharif talablari yuza­
sidan erkin fikr-mulohaza yuritish malakasi, o'sha qoidalarni 
tafsirlash, tavsiflash san’ati, shuningdek, islom dinida obro'- 
e ’tibor topgan shaxslar, xususan, Muhammad payg'ambar va 
uning sahobalariga taqlid qilish madaniyati sifatida vujudga keldi. 
Asta-sekin islom dinining ilmiy-nazariy asoslarini har tom on­
lama tahlil qilish, Qur’oni Karim aqidalari, Hadisi Sharif ta ­
lablarini musulmonlar turmush tarziga singdirish usullari va us- 
Iublarining bir butun sistemasi, musulmon e ’tiqodining shakl- 
lanish jarayonini o'rganuvchi ilm sifatida shakllandi va rivojlanib 
bordi.
Kalom ilmining shakllanishida imom A’zam Abu Hanifa an- 
N u ’mon as-Sobit al-Kufiyning (699—767-yillar) xizmatlari be- 
qiyosdir. Shuningdek, kalom ilmi rivojiga Movarounnahr olim­
lari Abu al-H asan al-Ash’ariy asos solgan ash’ariya va Abu 
Mansur al-M oturidiy yaratgan moturidiya maktablari munosib 
hissa qo'shdilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Al-Ash’ariy
1
o'z qarashlarini bayon etishda sunniylik tarkibi­
dagi shofi’ya va malakai’ya mazhablari qoidalariga asoslangan 
bo‘lsa, al-M oturidiy o ‘z fikr-mulohazalarini bayon qilishda Abu 
Hanifa an-N u’mon asos solgan hanafi’ya mazhabiga tayandi. Ka- 
lomning ikki yirik maktabi: ash’ariya ham, moturidiya ham sun­
niylikning dastlabi mazhablari qoidalariga asoslangani uchun ham 
ushbu ta ’limotlar orasida umumiylik va o'xshashliklar mavjud. 
Awalo shuni ta ’kidlash joizki, ushbu maktablaming asoschilari 
al-Ash’ariy va al-M oturidiy bir davrda tarix sahnasiga kirib kel- 
dilar. Ikkala maktab asoschilari bir g‘oyaviy muxolifga, ya’ni 
m u’taziliylarga qarshi kurash olib bordilar. Shuningdek, al- 
Ash’ariy, aw al m u’taziliylik tarafdori bo'lgan bo'lsa, keyinroq 
ibn Hanbal asos solgan sunniylikdagi hanbaliylar tomoniga 
o'tishga intildi. Al-Moturidiy esa hanafiylaming ishonchli namo- 
yandasi sifatida shakllandi. Umrining oxirigacha ushbu diniy- 
falsafiy oqim tarafdori bo'lib qoldi.
Al-Moturidiy yaratgan moturidiya ta ’lim oti1, inson e ’tiqodida 
sodir bo'layotgan o'zgarishlam i tahlil qilganda nafaqat «Qur’on» 
aqidalariga, aql-idrok, m antiq dalillariga, balki naql, ya’ni ibrat 
va tajriba ma’lumotlariga ham asoslanmog'i darkor, degan g'oyani 
ilgari suradi.
Al-M oturidiy Q ur’oni Karim aqidalari va Hadisi Sharif 
normalari yuzasidan bir-birlari bilan uzluksiz munozara, bahs 
yuritayotgan turli oqim lar tarafdorlariga murojaat qilib, o'zining

Download 20,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish