uchun ham Mazdak qarashlari keng mehnatkashlar ommasi
orasida tez yoyildi.
Eron va Turon xalqlarining islomga qadar bo‘lgan inson
to'g'risidagi falsafiy qarashlarini qadimgi Sug'd yozma yodgor-
liklaridan ham bilib olish mumkin1. Ana shunday madaniy yod-
gorliklardan biri «Qilmishlarimizning sabablari va oqibatlari» sutra-
sidir2. Buddizm ta’limoti ta’sirida vujudga kelgan ushbu asaming
yetakchi g'oyasi odamlarni yaxshilik, ezgulik tomon boshqarish,
ularni ma’naviy yetuk, imon-e’tiqodli qilib tarbiyalashdan ibo-
ratdir. Sug‘d sutrasida, ya’ni diniy-axloqiy pandnomasida
ta’kidlanishicha inson ma’naviyatining asosida din-u e’tiqodga sado-
qat yotmog'i darkor. Din-u e’tiqodga sadoqat inson hayotining
ma’nosini tashkil etmog'i lozim. Rahm-shafqat, saxovatpesha-
lik, jaholatni yaxshilik bilan yengish, muslih tabiatli bo'lishga
chorlash, tirik jonzotlarga ozor yetkazmaslik, miskin, beva-
bechoralaiga sidqidildan yordam berish, din va dindorlarga, bilimli
ziyolilarga izzat-ikrom, dinning turli belgilari, ramzlari, mu-
qaddas qadamjolariga, ibodatgohlariga va ularning turli qismla-
riga hurmat, muqaddas kitoblarga yuksak ixlos va e’tiqod va
boshqa ko'plab insoniy xislatlarni shakllantirish sutraning asosiy
mazmunini tashkil etadi.
«Qilmishlarimizning sabablari va oqibatlari»da inson taqdiri-
ning turli ko'rinishlari: «Birov shodu-xandon, birov xonavay-
ron, yana birov past, birovi baland, birov qul, birov farmon
etuvchi butkul, yana birov tuzalmas dardmand, boshqasi
sog'lom, sarbaland, birov ulkan, lekin hukm-u buyruqlarni
bajaruvchi mute, birov kichkina, lekin u hukmron, uning
Tarixchilarning guvohlik berishlaricha, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo,
Zarafshon daryosining yuqori qismidagi Panch viloyati qadimda Sug‘d mamlakati
deyilgan. Bu o‘lkalarda yashovchi xalqlami sug‘d deb atash eramizdan awalgi
XII-XI asrlardan boshlangan. Eramizning VIII—IX asrlariga kelib ular o‘zbek va
tojik xalqlari tarkibiga singib ketgan. Milodning V—VIII asrlarida sug‘dlar, Qang
davlati va Buyuk turk xoqonligi davrlarida nisbatan siyosiy mustaqillikka erishgan.
Ularning dastlab Kesh, keyinchalik Samarqand markaziy hokimiyati atrofida
birlashgan davlati bo‘lgan (Qarang: Qayumov A., Is’hoqov М., Otaxo‘jayev
A., Sodiqov Q. Qadimgi yozma yodgorliklar. Toshkent, 2000, 33—34-betIar).
2
Miloddan awalgi birinchi ming yillik davomida shakllangan oramiy yozuvi,
sug‘d yozuvini vujudga kelishi uchun asos bo‘lgan. Miloddan awalgi IV—III
asrlarda xorazmiy, parfiyoniy, baxtariy yozuvlari bilan bir qatorda sug‘d yozuvini
ham shakllanganligini inobatga olsak, «Qilmishlarimizning sabablari va oqibatlari»
sutrasi eramizdan awalgi IV—III asrlardan so‘ng bitilgan deyish mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |