1 Бодалев А.А. Восприятие и понимание человека человеком. М., 1982;
Фролов И.Т. Перспективы человека. М., 1983; Коган JI.H. Человек и его
судьба. М., 1988 va boshqalar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
um ri bosqichlarining (bolalik, o'sm irlik, yoshlik, yetuklik,
keksalik) o'ziga xos biologik xususiyatlaridir. M asalan, xotin-
qizlaming bola tug'ish davri o 'rtach a 15—49 yoshga to 'g 'ri ke
ladi. Xuddi shuningdek, inson degan biologik mavjudot qaysi
yoshda gapirishni boshlaydi? Qaysi yoshda uylanadi yoki tur-
mushga chiqadi? Qaysi yoshda jinsiy aloqa qilishni boshlaydi?
Ushbu savollarga bo'lgan javoblar ham insonning boshqa b i
ologik mavjudotlardan tub farq etuvchi xususiyatlari mavjud
ekanligini isbotlaydi.
Insondagi biologik xususiyatlar turg'un yoki o'zgarib turishi
mumkin ekanligini unutmaslik lozim. Inson irqi turg'un biologik
xususiyat bo'lsa, insondagi fiziologik xususiyatlar o'zgarib turuv-
chidir. Ya’ni, inson irqi uzoq vaqtlardan buyon o'zgarmasdan,
barqarorligicha turgan bo'lsa, uning gavda tuzilishi esa zamonlar
almashishi bilan, u yashayotgan tabiiy muhitning o'zgarishi
bilan o'zgarib turgan. Bu esa inson irsiy (genetik) xususiyatla-
rining o'zgarib borishiga ham sabab bo'lgan.
Insonning biologik xususiyatlari haqida gapirganda, uning har
bir vakilining, ya’ni har bir kishining o'ziga xos takrorlanmas,
ota yoki onasi tufayli vujudga kelgan genetik xususiyatlarga ega
bo'lishini ham unutmaslik darkor. Ushbu nodir betakrorlik tabi
iy va ijtimoiy omillar yordamida kuchaytirilishi yoki so'ndirilishi
ehtimoldan xoli emas. Inson zotida hali foydalanilmagan cheksiz
imkoniyatlar, qobiliyatlar va talantlar mavjud ekanligini tan
olish insondagi tabiiylik bilan ijtimoiylik orasidagi dialektik alo-
qadorlikni o'rganish jarayonining eng m uhim prinsiplaridan
biridir.
Insondagi tabiiylik bilan ijtimoiylik orasidagi o'zaro dialektik
aloqadorlik mexanizmini o'rganish jarayonida har bir kishining
o'ziga xos xususiyatlari mavjud ekanligini tan olmaslik, am a-
liyotda qobiliyatli, talantli, iqtidorli kishilarni kamsitishga, ular
ni jamiyatning oddiy ijroclji «murvatchalariga» aylantirib qo'ydi.
Qobiliyatli, talantli kishilarni qobiliyatsiz, loqayd kishilar bilan
tenglashtirish ijtimoiy adolat norm a va prinsi plariga zid ekan
ligini ham unutmaslik zarur.
Inson tabiiy va ijtimoiy, boshqacha aytganimizda, bir vaqtning
o'zida ham ijtimoiy, ham organik olamga taalluqli ekanligi uning
www.ziyouz.com kutubxonasi
mohiyatini tushunib olishda bir qator muammolarni keltirib
chiqaradi. Ushbu m uammolar orasida quyidagi ikki muammo
haqida to'xtalib o ‘tmoqchimiz.
Aristotel insonning mohiyatida hayvoniy (biologik) va siyosiy
(ijtimoiy) boshlang'ich asos borligini inobatga olib, uni «siyo
siy hayvon», degan editj^ Miinozara, bahslarga sabab bo‘lgan
mulohaza shundan iboratki, o ‘sha ikki boshlang'ich asosning
qay biri inson faoliyati, his-tuyg‘ularini belgilashda asosiy rol
o'ynaydi? Insonda tabiiylik (biologik) va ijtimoiylikning o'zaro
aloqadorligi qanday sodir bo'ladi?
Yuqorida biz inson bolasining har biri o'ziga xos takrorlan-
mas xususiyatlaiga ega ekanligi haqida to'xtalib o'tgan edik. Qizig'i
shundaki, biz kishilarni ba’zi biologik belgilariga qarab (masa
lan, yoshi, jinsi) m a’lum guruhlarga birlashtiramiz, boshqa bi-
rovlarini esa ijtimoiy belgilariga (masalan, kasbi, mutaxassisligi,
ish staji va boshqalar) qarab, yana allakimlami insondagi tabi
iylik (biologik) va ijtimoiylik orasidagi aloqadorlikka qarab ma’lum
tabaqalarga birlashtiramiz. Shunday ekan, o'sha belgilarga qarab
tabaqalashtirilgan guruhlaming (masalan, xotin-qizlar) biologik
o'ziga xosligi jamiyat faoliyati uchun ahamiyatga egami?
Ushbu muammolar atrofida faylasuflar va boshqa insonshu-
nos olimlar orasida uzoq vaqtlardan buyon munozaralar davom
etmoqda. Muammolar yechimiga bag'ishlangan turli konsepsiyalar,
ilmiy yo'nalishlar vujudga kelmoqda. Chunonchi, ba’zi birovlar
kishilaming irqiy belgilariga qarab insoniy fazilatlarini baho-
lashni taklif etayotirlar. Ayrim irqlarning insoniy fazilatlari yu
qori, ayrimlamiki esa past, chunonchi «oliy» va «past» tabaqali
irqlar bo'ladi, degan fikr-mulohazalarni bayon etmoqdalar. XX
asrda, hatto o'tgan asming boshlarida ham, «oq irq» jahonda
mavjud bo'lgan barcha irqlarning buyugidir, degan uydirmalar
tarqatilganligi fikrimiz dalilidir. Turgan gapki, jahon ilmiy ja-
moatchiligi bunday g'ayri ilmiy fikr-mulohazalarni, irqchilik
g'oyalarini antigumanistik qarash sifatida qattiq qoraladi. Uning
ijodkorlarini reaksionlikda aybladi.
Haqiqatdan, yer yuzida yashayotgan turli irqlarga mansub
insonlam ing ongi va faoliyatidagi turli ziddiyatlar, keskin tafo-
vutlar mavjudligi faqat uning irqi bilan bog'liq emas. Nemis
www.ziyouz.com kutubxonasi
biolog olim i E.G ekkel (C h .D arv in ta ’lim otining m ashhur
targ‘ibotchisi) 1904-yilda ta ’kidlaganidek, turli irqqa mansub
odam lar aqliy qobiliyatlari, madaniy saviyalarida katta farq
bo'lishiga qaramasdan bunday tafovutdan ulaming hayotdagi qadr-
qimmatlarini mutlaqo boshqacha baholash lozim, degan m a’no
kelib chiqmasligi zarur. Insonni hayvondan yuksaklikka ko‘targan
narsa — bu madaniyatdir. Odamlarni madaniyatga chorlovchi
qudrat esa aql-idrokdir.
Shuningdek, erkaklar bilan xotin-qizlar o'rtasidagi biologik
farqning ijtimoiy munosabatlarga ta ’siri ham turlicha izohlandi.
C h u n o n ch i, erkaklar jam iy at hayotida aksariyat h o llard a
ulug'landi, xotin-qizlam i kamsitish holatlari avj olib, ikki jinsni
bir-biriga qaram a-qarshi qo'yish vujudga keldi. Ikki jins orasi
dagi farq ijtimoiy munosabatlarda ham o 'z ifodasini topa bosh
ladi. Natijada, erkaklar «oliy», «yuqori» tabaqa, xotin-qizlar
esa «quyi» tabaqa vakili, deb qarash asrlar osha davom etaver-
di. Turgan gapki, bunday tengsizlik xotin-qizlarning erkaklar
bilan tenglikka erishish uchun kurashining avj olishiga sabab
bo'ldi. X otin-qizlam ing erkaklar bilan tenglik uchun kurashi
100—150 yil oldin boshlandi, xolos. Ilm -fan rivojlanib borayot
gan hozirgi sharoitda xotin-qizlam ing ijtimoiy hayotdagi ishti-
roki yildan-yilga oshib borayotgan bo'lsada, hali bu borada
yechim ini kutib yotgan dolzarb m uam m olar ko'p. Jahon ja-
moatchiligi ongiga jinslar orasidagi farq «yuqori» yoki «quyi»
jinsni birini-ikkinchisiga qaram a-qarshi qo'yish bilan emas, balki
ular orasidagi aloqadorlik, bir-biriga ko'maklashish, ham korlik
qilish — inson tabiatidagi turli-tum anlilikning m anbai ekanligi
singdirib borildi.
vMsondagi tabiiylik va ijtimoiylikning o'zaro aloqadorligi ular
orasidagi munosabatlami aniqlashda ham turli yondashuvlar, turli
qarashlar mavjud. Birinchi qutbdagi olimlar inson mohiyatini
haddan tashqari biologiyalashtirsalar, ikkinchi qutbga mansub
qarash tarafdorlari uni sotsiologiyalashtiradilar. Biologiyalashti-
ruvchilar yoki naturalistlar, insonning inson bo'lib kamol topi-
shida uning ongi va faoliyati manbaini biologik om illardan
qidiradilar, inson kamolotida biologik omillaming rolini bo'rttirib
ko'rsatadilar. Sotsiologiyalashtiruvchilar esa inson tabiatini,
www.ziyouz.com kutubxonasi
uning mohiyatini ijtimoiy munosabatlardan, ijtimoiy m uhitdan
izlaydilar, insonning inson bo'lib shakllanishida ijtimoiy m uhit
hal qiluvchi ahamiyatga ega, deb tushunadilar.^
Insonning mohiyatini biologiyalashtiruvchi konsepsiyaga irq-
chilikni ulug‘lovchi rasizm, sotsial-darvinizm oqimlarini misol
qilib ko'rsatish m um kin1. Rasizmning reaksion mohiyati haqida
biz yuqorida to ‘xtalib o‘tdik. Shuningdek, ushbu konsepsiyani
sotsial-darvinizm oqimi tarafdorlari ham shod-u xursandlik b i
lan qo'llab-quw atlaganlar. M a’lumki, angliyalik m ashhur iqti-
sodchi, o‘ta dindor T.M altus (1766—1834-y.) ijtimoiy hayot
yakka kishining yashashi uchun kurash maydoni vazifasini b a
jaradi, bunday murakkab kurashga moslasha bilgan kishigina
ba’zi yutuqlami qo'lga kirita oladi, degan fikrni olg'a surgan
edi. Maltusdagi yashash uchun kurash g'oyasini C h.D arvin
(1809— 1882-y.) o'zining tabiiy tanlanish va evolyutsion taraq
qiyot haqidagi t a ’limoti uchun asos qilib oldi. C h.D arvin
ta ’limotidagi yashash uchun kurash g'oyasi sotsial darvinizm
tarafdorlari tom onidan jamiyatga tadbiq etildi. Jam iyatda turli
sinflar orasidagi kurashda oliy sinf vakillari hayotda yuqori
pozitsiyani egallab turishlari lozim. Chunki yuqori sinf vakil
lari aqliy qobiliyatlari boshqalarnikidan ustun, degan xulosa
lar chiqardilar. Boshqacha aytganimizda, Charlz Darvinning
biologik ta ’limoti sotsial darvinizm tarafdorlari tom onidan tabiiy
fanlarning keyingi yutuqlari asosida boyitildi, yashash uchun
kurash g'oyasi faqat tabiatga taalluqli emas, balki jamiyat hayoti
uchun ham bu qonunga bo'ysunish lozim, degan g'ayriilmiy
fikr-m ulohazalarini olg'a sura boshladilar.
Amerikalik zoolog olim E.O.Uilson inson bosib o'tgan tari
xiy taraqqiyot yo'lini boshqa sayyorada yashovchi zoolog ko'zi
bilan o'rganilsa, inson mohiyatini to 'la bilsa bo'ladi, buning
uchun, boshqa sayyoralardan turib yerdagi hayvonlar katalogini
tuzish darkor, deb tushuntiradi. Ana shunday nuqtayi nazar
bilan, ya’ni boshqa sayyorada yashovchi zoolog ko'zi bilan bi-
ologiyaga nazar solsak, barcha gum anitar va ijtimoiy fanlar
Do'stlaringiz bilan baham: |