A n V a r c h o r iy e V


Камю А. Избранное. М., 1990, 18-bet



Download 20,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet353/392
Sana21.06.2022
Hajmi20,64 Mb.
#688876
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   392
Bog'liq
Anvar Choriyev. Inson falsafasi (1-kitob)

1 Камю А. Избранное. М., 1990, 18-bet.
2 0 ‘sha joyda.
www.ziyouz.com kutubxonasi


moiy fikrlash taraqqiyotiga sezilarli ta’sir o'tkazdi. Aniqroq qilib 
aytganimizda, ekzistentsializm falsafasidagi fikr-mulohazalar ba’zi 
mamlakatlaming ommaviy-ijtimoiy harakatlar dasturlaridan mu- 
nosib o'rin oldi. Shu g'oyalar ta ’siri ostida jahonning bir qator 
mamlakatlarida inson huquqlarini himoya qilish, qurollanish poy- 
gasiga chek qo'yish, jahonni termoyadro urushlari halokatidan saqlab 
qolish, ekologik, eneigetik, demografik fojialaming sodir bo'lishiga 
yo'l qo'ymaslik kabi umumbashariy ahamiyatga ega bo'lgan dastur- 
lar ishlab chiqildi.
Xo'sh, ekzistensializm falsafasi olg'a surgan asosiy konsep- 
tual g'oyalar nimalardan iborat? Ulardan biri — inson borlig'ini 
o'rganish orqali olam borlig'ini bilish g'oyasidir. Boshqacha ayt­
ganimizda, ekzistensializm falsafasi olamning haqiqiy manzara- 
sini bilmoq uchun, eng aw alo, inson borlig'ini bilmoq darkor, 
degan g'oyani olg'a suradi. Bunday g'oyani birinchilardan bo'lib 
nemis ekzistensializmining asoschisi M artin Xaydegger «Borliq 
va zamon» (1927-y.) asarida olg'a surgan edi.
M artin Xaydeggeming tushuntirishicha, ekzistensialistik on- 
tologiyaning birinchi asosi — inson borlig'idir. Borliqning, in­
son shaklining o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, u nafaqat 
borliqning boshqa ko'rinishlarini, balki o'zini o'zi bilishga ham 
qodir. Shuningdek, inson borliqning boshqa shakllari bilan turli 
munosabatlar o'rnatish xususiyatiga ega. Shuning uchun bunday 
borliq, ya’ni ekzistensiya ontologiyaning fundamenti bo'lmog'i 
darkor.
Inson borlig'ini bunday tahlil qilish, turgan gapki, ma’lum 
asosga ega bo'ladi. Chunonchi, olamda mavjud bo'lgan tirik mavju- 
dotlam ing birontasi fikrlash madaniyatiga ega emas, yoki ular­
dan birontasi olam to'g'risida u yoki bu fikrni bayon qila ol­
maydi. Insondan boshqa tirik mavjudot olamda o'zi egallab tu r­
gan o 'm i haqida aniq tasawurga ega emas.
M artin Xaydeggeming borliq to'g'risidagi ekzistensialistik 
ta ’limotiga asoslanib Karl Yaspers yangi variantdagi ontologik 
ta ’limot yaratdi. Nemis ekzistensialistlari M.Xaydegger va K. 
Yasperslaming inson borlig'i to'g'risidagi qarashlarini fransuz 
faylasufi J.P.Sartr o'zining «Borliq va hech nima» asarida yangi 
dalillar bilan boyitdi. Lekin inson ekzistensiyasi haqida Sartr va 
Xaydegger qarashlari o'rtasida ayrim tafovutlar ham bor edi. 
Xususan, Sartr inson borlig'i haqida fikr yuritganda asosiy
www.ziyouz.com kutubxonasi


e ’tiborni individual tanlovga, kishi mas’uliyatiga, har bir shaxs- 
ning o'ziga xos «Men»ini topishga harakat qildi. Shuningdek, 
Sartr inson ekzistensiyasi haqida gapirganda, inson borlig‘i 
borliqning boshqa shakllari bilan aloqador ekanligini hamisha 
nazarda tutadi. Xaydegger esa butun e’tibori bilan inson borlig'ini 
o'rganish orqali olam borlig'ining mohiyatini ochib berishga 
urinadi.
M.Xaydegger, J.P.Sartrlam ing fikriga ko'ra, inson ekzisten- 
siyasining mohiyatini bilish yordamida uning nimalarga qodir 
ekanligini bilib olish mumkin. Xuddi shu vosita yordamida in- 
soniyatni boshi uzra xavf solib turgan turli dahshatlardan, ay­
niqsa, o'z «borlig'ini unutish» fojiasidan eson-omon saqlab qolish 
mumkin. O 'z borlig'ini unutgan kimsalar tabiat boyliklaridan 
foydalana turib, inson va tabiat bir butun, yaxlit ekanligini 
unutib qo'ydilar. Boshqa birovlar esa inson borlig'i — eng oliy 
darajadagi umuminsoniy qadriyat ekanligini unutib, undan faqat 
vosita, omil sifatida foydalanishga urinadilar.
Yuqoridagi fikr-m ulohazalardan ko'rinib turibdiki, inson 
borlig'ining mohiyatini bilish hoziigi zamon insonshunosligining 
eng dolzarb muammolaridan biridir. Ayniqsa, ilmiy-texnika taraq­
qiyoti jadallashib borayotgan hozirgi sharoitda insonning tashvish- 
lari va quvonchlari haqida, erishilgan sivilizatsiya natijalarini saqlab 
qolish, atrof-muhit musaffoligini ta ’minlash kabi masalalar inson 
borlig'ida vujudga kelgan muammolar ko'p ekanligidan dalolat 
beradi.
Zero, ekzistensialistlar ta ’kidlashganidek, falsafa o'zining bu­
tun e ’tiborini inson borlig'ini har tom onlam a o'rganishga qarat- 
gandagina, xususan, olamni o'rganishni insonni o'rganishdan 
boshlagandagina chinakam hayotiy realizm yo'lidan boradi, chi­
nakam gumanizm pozitsiyasida turadi.
Inson o'z borlig'ini bilishdan olam borlig'ini bilish tom on 
bora turib, olamga yangicha mazmun ato qiladi. Olam bilan birga 
qo'shilib harakat qiladi. Ekzistensializm tarafdorlari klassik falsafa 
tom onidan «insonga xos emas» deb hisoblangan borliqning bar­
cha ko'rinishlarini hozirgi zamon falsafasi insonparvarlashtirmog'i 
darkor, deb tushuntiradi.
XX 
asr ekzistensializmi inson borlig'ining o'ziga xos xususi­
yatlarini tushuntirib berishga harakat qildi. Jum ladan, Sartr 
o'zining «Ekzistensializm — bu gumanizm» asarida ta ’kidlashicha,
www.ziyouz.com kutubxonasi


insonning boshqa tirik mavjudotlardan farqi shundaki, u ish 
qilmoqchi, xususan, bironta asbob yasamoqchi bo'lsa, unga 
qilmoqchi bo'lgan yumushini, yasamoqchi bo'lgan asbobni oldin- 
dan tasaw ur qiladi, ya’ni tasawuridan o'sha asbobni keltirib 
chiqaradi. Shuning uchun ham, bu yerda mohiyat — asbob yoki 
narsaning mavjud bo‘lishi uchun o'tm ish vazifasini bajaradi. 
Insonning o'zida esa ushbu jarayon mutlaqo boshqacha kechadi. 
C hunonchi, inson bolasi tug'ilibdi, demak, u mavjud. Lekin 
o'sha tirik mavjudot inson darajasiga ko'tarilishi uchun insonga 
xos insoniylikning mohiyatini o'zida mujassamlashtirmog'i darkor. 
Bu yerda mavjudlik mohiyat uchun o'tm ish vazifasini bajaradi.
Ekzistensializm falsafasining tushuntirishicha, insonning o'ziga 
xos xususiyatlaridan biri, u o'zini o'zi yasaydi, mavjud bo'la 
turib, o'z mohiyatini bunyod etadi. Ekzistensializmning birinchi 
qoidasi shundan iborat. Shu qoidadan, inson tabiati u yaral- 
gunga qadar mavjud bo'lmaydi va individning o'zidan boshqa 
hech qanday tashqi kuch uni insonga aylantirish qudratiga ega 
emas, kabi xulosalar kelib chiqadi. M abodo, individ inson 
darajasiga ko'tarilganda uning ongi va faoliyatida jiddiy nuqsonlar 
mavjud ekan, buning uchun, eng aw alo, o'sha kishining o'zi 
aybdor. Bunday g'oyani olg'a surish bilan ekzistensial falsafa 
insonning shakllanishida uning o'zi mas’ul ekanligiga e’tiborni 
qaratadi. Insonning boshiga qanday balo-qazo yog'ilsa, buning 
uchun, eng aw alo, uning o'zi aybdor ekanligini ta ’kidlaydi.
Inson borlig'ining eng muhim xususiyatlaridan biri — u o'zida 
mavjud bo'lgan fikrlash qobiliyati, xatti-harakati, his-tuyg'ularini 
tekshirib ko'ra oladi. Hatto, nafaqat borliqni qanday bo'lsa shun- 
dayligicha gavdalantirish malakasiga, balki o'sha tasaw um i turli 
savol-javoblar yordamida tekshirib ko'rish qobiliyatiga ham ega 
bo'ladi. Chunki inson kundalik faoliyatida nafaqat olam to'g'risida, 
balki o'zi to'g'risida ham yangi-yangi m a’lumotlami to'plab bo­
radi.
Inson o 'z navbatida, xuddi risolalarda orzu qilinganidek, 
ya’ni «loyiha»dagidek yashashga intiladi. Lekin ushbu «loyiha» 
amalga oshishi ham, oshmasligi ham mumkin. Chunki individda 
insoniylikning shakllanish jarayoni turli-tum an ziddiyatlar bilan 
to 'la bo'ladi. Ushbu jarayon insonning butun umri davomida 
davom etadi. Sartming tushuntirishicha, insonning individual 
«loyiha»sida mavjud bo'lm agan fazilatlar uning kundalik amaliy
www.ziyouz.com kutubxonasi


faoliyatida ham namoyon bo'lmaydi. Xususan, inson umrida bi- 
ron kishini yaxshi k o 'rm ag an b o 'lsa , b iro n kishi bilan 
do'stlashishga moyilligi, intilishi bo'lmasa, demak, uning indi­
vidual «loyiha»sida bunday tuyg'ular yo'q va bo'lgan emas.
Ekzistensial falsafaga ko'ra insonning m a’naviy olamidagi eng 
asosiy tuyg'u — erkinlikdir. Bunday tuyg'u har bir individda 
mavjud bo'ladi. Lekin ushbu tuyg'uning inson uchun qanchalik 
kafolatlanganligini hisoblab chiqish amri-mahol. Inson — erkin, 
uning o'zi — erkinlik, deb ta ’kidlagan edi Sartr. Individning 
erkin bo'lishi, unga bo'lgan e ’tiborning ortib borishi, o 'z nav­
batida, uning kulfatidir. Shuning uchun shaxs muammosi — 
inson shaxsiy xarakteristikasi, individual xususiyatlarini tahlil 
qilish — XX asr ekzistensializmining eng sevimli mavzularidan 
biridir. Ushbu mavzuga o'z muxlislarining e’tiborini yanada oshir- 
moq uchun ekzistensialistlar turli badiiy lavhalar, obrazlar, 
to'qim alar, adabiy asarlar kolliziyalarida, falsafiy asarlardagi 
abstrakt kontekstlarda hayotni har tom onlam a tahlil qiladilar.
Ekzistensializm falsafasi inson faoliyatida ratsional momentning 
ahamiyati beqiyos ekanligiga diqqatni qaratdi. Xususan, inson 
faoliyatida turli konfliktlar sodir bo'lganda aql-zakovat hukmiga 
quloq solish, aql kuchi bilan har qanday murakkab vaziyatdan 
chiqish uchun yechim topish — inson amaliy faoliyatining 
muhim sharti ekanligini ta’kidladi. Ekzistensializm falsafasi namo- 
yandalarining aytishicha, bu yerda gap «hamma narsani biladi- 
gan» olim haqida borayotgani yo'q, balki oddiy kishilar haqida 
borayotir. Xuddi o'sha oddiy insonlarning «hushyor hisob-kito- 
blari» har qanday og'ir vaziyatda ham insonni balo-qazolardan, 
turli fojia va dahshatlardan eson-om on saqlab qoladi. Eng og'ir 
damlarda ham o'zi bilan o'zi maslahatlashishga imkon yaratadi, 
tavakkal qilib ish yuritishga yo'l bermaydi. Ya’ni o 'z ekzisten- 
siyasini topgan kishi konfliktga, dahshatga qarshilik ko'rsatish, 
uni matonat bilan yengishga jasorat, kuch-quw at topadi.
Fransuz ekzistensialistlari ikkinchi jahon urushi yillarida vu­
judga kelgan «Qarshilik ko'rsatish» antifashistik harakatida ishtirok 
etgan matonatli faoliyatni xuddi shunday fikr-mulohazalar qarichi 
bilan tahlil qildilar. «Qarshilik ko'rsatish» harakati qatnashchilari 
butun Yevropa fashizm dahshatlari alangasi ichida qolgan bir 
paytda o'zlari bilan o'zlari maslahatlashdilar, o'z qalblari sadosiga 
o'zlari quloq soldilar. Insoniyat boshiga ko'z ko'rib, quloq eshit-
www.ziyouz.com kutubxonasi


magan dahshat, qo'rquv olib kelgan fashizmdek baloga qarshi 
mardonavor kurash olib bordilar. «Qarshilik ko'rsatish» harakati­
ning ishtirokchilari fashizmdek dahshatga bir o'zlarining kuch- 
lari yetmasligini bilar edilar. Lekin fashizmga qarshi turgan an ­
tifashistik harakatning ertam i-kechm i butun dunyoga yoyilishiga 
qattiq ishonar va g'alabani ham katta umid bilan kutar edilar. 
Shunday qilib, inson har qanday murakkab vaziyatda ham o 'z 
erki, o'zining o'zligi, «Men»i (o'z ekzistensiyasi) uchun kura- 
shish imkoniyatiga ega bo'ladi.
XX 
asr ekzistensializmi olg'a surgan eng muhim konseptual 
g'oyalardan yana biri — inson olamdagi tirik mavjudotlar ichida 
o 'ta noyob ekanligi haqidagi g'oyadir.
Ekzistensializm falsafasi insonning o'ta noyob mavjudot ekan­
ligini isbotlovchi bir qator yangi ontologik dalillar keltiradi. 
Chunonchi, inson hamisha o'zidan boshqalarga o'xshamaydigan 
qiliqlarni, holatlarni qidiradi, boshqalarga o'xsham aydigan 
«Men»ini topishga intiladi. Klassik falsafa ham har bir kishining 
o'ziga xos individual qiyofasini aniqlashga uringan edi. Lekin 
klassik falsafa XX asr ekzistensialistlari tushuntirganidek, o'sha 
«Men»ning haqiqiy qiyofasini «Men» bo'lmagan narsalar orqali 
aniqlashga harakat qildi. Ayniqsa, «Men»ning mohiyatini inson- 
dan tashqarida unga qarshi turgan «Men emas»dan izladi. «Men 
emas» insonga xos bo'lm agan qiliqlar, odatlar, inson borlig'iga 
dushm an bo'lgan begonalashuvning ramzi edi. Alber Kamyu 
«Men emas»ni mustahkam, befarq, xavfli devorga o'xshatdi. 
Chunki «Men»da «Men emas»dan qo'rquv yashaydi. Shunday 
b o'lishiga qaram asdan, inson yashashi uchun o 'zin i o 'z i 
yaratmog'i darkor. Ekzistensial falsafaning individga mo'ljallangan 
dasturi asosida «Men emas»da (ya’ni insondan tashqarida) bo'lgan 
o'zgarishlardan qo'rqish, o 'z navbatida, unga qarshi kurashish 
lozimligi haqidagi fikr yotadi.
Odam ni «Men»ga dushm an bo'lgan reallik sifatida talqin qi­
lish XX asr ekzistensialistlari asarlaridan keng o 'rin oldi. Xu­
susan, M.Xaydegger inson borlig'ini — borliqning boshqa shak­
llari bilan birga mavjud bo'lishini tahlil qilish uchun «ekzisten­
sial» tushunchasidan foydalanish lozim, deb hisoblaydi va ne- 
mischa «Man» (noaniq shaklning almashishi) so'zi bilan ifoda­
laydi. Ushbu «Man»ni «yaqinlashtirish», «tenglashtirish» tushun­
chalari yordamida tushuntirib beradi. Shunday m a’noda ekzisten-
www.ziyouz.com kutubxonasi


sial falsafa hanuzgacha standartlash tendensiyasining dushmani 
bo‘lib qolmoqda. Bunday tendensiya XX asrda ommaviy tus oldi 
hamda moddiy va m a’naviy ishlab chiqarishning turli sohalarida 
namoyon bo'ldi.
Sobiq Ittifoq olimlarining asarlarida «Man» — kapitalistik tur­
mush tarziga xos tushuncha, deb qoralandi. Xaydegger esa ushbu 
tushunchaga abstrakt tarixiy taraqqiyotdan tashqarida turgan m a’no 
baxsh etdi, deb tanqid qilindi. Xaydegger o'zining ekzistensia­
listik prinsi plarini oqlash maqsadida bunday usuldan foydalangan 
edi. Chunki inson borlig'ining o'ziga xos xususiyatlaridan biri bir- 
biriga yaqinlashish, tenglashish zaruriyatining mavjud bo'lishidir. 
Xaydegger xuddi o'sha «Man» tushunchasi yordamida inson 
borlig'idagi mavjud ziddiyatlami tahlil qilishga urinadi.
Martin Xaydeggeming ta ’kidlashicha, inson o'z borlig'idagi 
ziddiyatli tom onlam i birdaniga ilg'ab olavermaydi. Chunki inson 
biri ikkinchisidan o'rganadi, biri ikkinchisiga o'rgatadi. Ana shun­
day o'zaro m uloqotlar jarayonida har bir kishi o 'z «Men»ini 
bilib oladi va uni takomillashtirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bir 
ibora bilan aytganda, inson o'zgalar bilan aloqada bo'lish jara­
yonida nafaqat umumiylik tom on yaqinlashadi, balki o'z shaxsi, 
o'z borlig'ining individual, takrorlanmas xususiyatlarini aniqlab 
va mustahkamlab boradi.
Ekzistensializm falsafasi insonning kundalik hayoti, turm ush 
tarzi o'ta murakkab jarayon ekanligiga e’tiborini qaratadi va undagi 
umumiylikni aniqlashga harakat qiladi. Ya’ni ushbu jarayonni 
o'rganish «o'rtachalik» yoki «shaxsiy noaniqlik» degani emas. 
Kishilaming umumiy boyligiga nafaqat standartlar, stereotiplar, 
shablonlar, balki «o'rtachalik»dan yuqori turuvchi holatlar — 
originallik, ijodiylik, noyoblik ham kiradi. Odamlarning kundalik 
aloqalarini «o'rtachalik» nuqtayi nazaridan tahlil qilish yoki 
ushbu aloqalarni o 'rta hoi deb hisoblash — insonning o'zaro 
munosabatlarini soddalashtirishdan boshqa narsa emas.
XX 
asr faylasuflari «o'rtachalik», «ommaviyUk»ning shablon 
va standartlari kundalik turm ushda hukm ron bo'lib olganligini 
chuqur his eta boshladilar. Turmushning barcha jabhalarining 
«ommaviylashuvi»dan xavfsiragan ayrim faylasuflar F.Nitsshe kabi 
elitar ideallami himoya qila boshladilar. Ayrim faylasuflar esa 
turmush va madaniyat «ommaviylashuvi»ni unda mavjud bo'lgan 
real ziddiyatlar orqali tahlil qilmoqchi bo'ldilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Antiklassik va noklassik falsafaning XIX asr oxiri XX asr 
boshlaridagi namoyandalari ham, XX asming o'rtalarida ijod 
qilgan faylasuflar ham olg'a surgan g'oyalar markazida inson­
ning begonalashuvi muammosini tahlil qilish yotadi.
M a’lumki, XIX asrda jahonning bir qator mamlakatlarida 
ijtimoiy inqiroz tufayli odamlar jamiyatdan, hatto kishilar o'zlari 
o'zlaridan begonalasha boshladilar. S. Kyerkegor aytganidek, ka- 
pitalistik jamiyat shaxs bilan jamiyat o'rtasidagi ziddiyatlami 
bartaraf eta olmadi. Aksincha, bu ziddiyat keskinlashib, shaxs 
nivelirovkasi jarayoni kuchayib ketdi. Oqibatda, shaxs tuban- 
lashdi va xudbinlashdi.
Insonning jamiyatdan begonalashuvi jarayonini K. Marks ham 
h a r to m o n lam a o 'rg an g an edi. Afsuski, ekzistensialistlar 
o'zlarining begonalashuv jarayonini o'rganishga bag'ishlangan 
tadqiqotlarida K.Marks fikr-mulohazalarini chetlab o'tdilar.
K.Marks o'zi yaratgan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya nazariya- 
siga tayanib, XIX asr kapitalizm sharoitida insonning jamiyat­
dan begonalashuvi jarayonini tahlil qildi. U begonalashuv jara­
yonini ko'proq ijtimoiy munosabatlaming iqtisodiy negizi aso­
sida tadqiq etdi. Ekzistensialistlar esa K.Marksdan farqli o'laroq, 
insonning jamiyatdan begonalashuv jarayonini o'rganganda na­
faqat kapitalizm, balki turli ijtimoiy tuzum lar sharoitida shaxs 
bilan jamiyat orasidagi ziddiyatlami ham hisobga oldilar. Ayniq­
sa, inson aql-farosati, kayfiyati, m a’naviyatidagi begonalashuv 
va uni vujudga keltirgan tabiiy-ijtimoiy ildizlarni aniqlash zarur 
ekanligini ta ’kidladilar. Ekzistensialist faylasuflarining fikriga ko'ra,
XX asr sharoitida insonning jam iyatdan begonalashuvi ortib 
borayotganligining asosiy sababi — dahshat, vahima, qo'rquvdir. 
Bu tuyg'ulamng ortib borishi XX asr kishisi turm ush tarzining 
eng muhim xususiyatlaridan biridir1.
Qo'rquv, dahshat, vahima insoniyat boshiga qora quzg'undek 
yopirilib kelayotgan bir paytda, ekzistensialistlar fikriga ko'ra, 
falsafaning m a’nosi va mazmuni nafaqat begonalashuv jarayoni­
ni o'rganishdan, uni m a’qullashdan iborat bo'lib qolmog'i, balki 
qo'rquv, dahshat, vahimadan aqldan ozayotgan insonga yordam 
qo'lini cho'zm og'i darkor.
Ekzistensializm falsafasining tushuntirishicha, hozirgi zamon
www.ziyouz.com kutubxonasi


inson turm ush tarzining barcha tom onlari o ‘ta ratsionalizatsiya- 
lashib borayotganligi bilan o‘tmishdan mutlaqo farq qiladi. Xuddi 
shu holat, shaxsning jamiyatdan begonalashib borishiga sabab 
bo'lmoqda. XX asr ekzistensialistlari ta ’kidlaganlaridek, hozirgi 
zamon texnikasining yutuqlari, iqtisodiy imkoniyatlari, ommaviy 
kommunikatsiya vositalari, ommaviy madaniyat o ‘choqlari be­
gonalashuv jarayonining ta ’sir doirasini kengaytirmoqda. Ayniq­
sa, kishilaming texnikadan begonalashuvi ortib borayotir. Ular 
texnikani ilohiylashtirishga qarshi chiqib, ilmiy-texnika progressi- 
ning jadallashuvi insonni «mashinalar funksiyalarini» bajaruvchi 
mexanizmga aylantirib qo‘yayotganligini ta ’kidlamoqdalar. Ana 
shunday sharoitda insonni begonalashuvdan xalos qiladigan qudrat
— uning individual erkinligini mustahkamlash, axloqiy kamo- 
lotini takomillashtirish zarur ekanligini qayta-qayta takrorlamoq- 
dalar1.
Begonalashuv jarayonini to'laroq tasaw ur etmoq uchun ekzis- 
tensial falsafa tadqiqotchilarining fikriga ko‘ra «begonalashuv» va 
«o‘z o‘zidan begonalashuv» tushunchalarini farqiga bormoq darkor. 
Amerikalik faylasuf Richard Shaxt «Begonalashuv» (1972-y.) ki­
tobida ta ’kidlaganidek, «begonalashuv» tushunchasini shaxsning 
manfaati jam iyat manfaatiga mos tushmay qolganda ishlatmoq 
darkor. Uning fikriga ko‘ra «begonalashuv» tushunchasi individ- 
ning boshqalardan ajrala boshlaganligini ifodalaydi. Begonalashuv 
individning individualligining ifodasi emas. Richard Shaxtning 
fikriga asosan, «o‘z o ‘zidan begonalashuv» esa individning madani- 
yatdan, xulq-atvor normalaridan, siyosiy tuzum dan, m ehnat- 
dan, jam iyatdan uzoqlashishini ifodalaydi. Muallifning tushun­
tirishicha, «begonalashuv fenomeni» haqida gapirganda umumiylik 
nuqtayi nazaridan gapirish o‘rinli bo'ladi.
Amerikalik ekzistensialist faylasuf U olter Kaufmanning fikri­
ga muvofiq «begonalashuv»ni, «kasallik» yoki «himmat» deb 
emas, balki inson mavjudligining eng um um iy tavsifi, deb 
tushunmoq darkor. Chunki begonalashuv nafaqat buijuaziya huk­
mronlik qilayotgan jamiyatda, balki har qanday jam iyat uchun 
ham taalluqli bo'lgan holatdir. Uning tushuntirishicha, bego­
nalashuv o'sish, rivojlanish jarayonining ajralmas qismidir. In ­
son mustaqil shaxs darajasiga ko'tarilm og'i uchun, eng aw alo,

Download 20,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish