A n V a r c h o r iy e V



Download 20,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet341/392
Sana21.06.2022
Hajmi20,64 Mb.
#688876
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   392
Bog'liq
Anvar Choriyev. Inson falsafasi (1-kitob)


Фейербах JI. Избранные философские произведения. В двух томах. Том
1. М., 1955, 190-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Feyerbax odamlarning baxtli-saodatli bo'lishlarini orzu qiladi. 
Uning e’tirof etishicha, odamlarning baxtli-saodatli bo'lishi ijti­
moiy muhit bilan bog'liq. Chunonchi, ijtimoiy muhit insonning 
baxt-saodatga erishishi uchun qulay shart-sharoit yaratishi yoki 
to'sqinlik qilishi mumkin. Odamlar baxtli-saodatli bo'lishlari uchun, 
jamiyatning barcha sohalarida ijtimoiy adolat prinsiplari hukm­
ronlik qilmog'i darkor. Baxt-saodat, eng awalo, insonning mod- 
diy-ma’naviy ehtiyojlarining qondirilishida namoyon bo'ladi. In ­
sonning baxt-saodatga erishishida uning irodasining mustahkamli- 
gi, prinsipialligi alohida e’tiborga molikdir. O'z navbatida, inson 
baxt-saodatga erishmog'i uchun boshqalar bilan birlashmog'i lozim, 
degan g'oyani ilgari suradi. Faylasufning ta ’kidlashicha, odam- 
laming baxt-saodatga intilishi, u yaratgan axloq ilmining asosini 
tashkil etadi.
Feyerbax jam iyatda ijtimoiy adolat prinsiplarini, kishilar 
o'rtasida tenglik, do'st-u birodarlikni qaror toptirishning yagona 
yo'li, yangi din — muhabbat dinini shakllantirishdir, deb biladi. 
Uning fikriga muvofiq, bunday din gumanistik axloq rolini 
bajarmog'i, fuqarolami bir-birlariga nisbatan mehr-oqibatli qilib 
tarbiyalamog'i lozim. Bu dinga ko'ra, «Inson insonga Xudo»ga 
aylanmog'i kerak. Kishilar tabiatida mavjud bo'lgan xudbinlik, 
hasad kabi g'ayrigumanistik illatlami bartaraf etm og'i zarur.
Feyerbaxning fikriga ko'ra, yangi dindagi muhabbat xudbin­
lik, hasadning o'zi emas, balki kishilarni undan ozod qiluvchi 
vositadir. M uhabbat — kishilarni xudbinlikdan, hasaddan quti- 
lishga undovchi, ulami yaxshilikka, ezgulikka da’vat etuvchi buyuk 
quroldir. Aniqroq qilib aytganda, Feyerbax yaratgan bu qurol — 
yaratish, bunyod etish qurolidir. Shuning uchun ham muhabbat 
dini jamiyat hayotining m uhim prinsipiga aylanmog'i darkor. 
Faylasufning muhabbat haqidagi fikr-mulohazalari o'zining sodda, 
oddiyligiga qaramasdan yangi gumanistik g'oyalami yaratish uchun 
asos yaratdi.
Feyerbaxning tushuntirishicha, antropologiya tufayli, inson 
dinning haqiqiy m azmunini bilib oladi. Uning fikriga muvofiq, 
inson tabiatida mavjud bo'lgan turli his-hayajonlar, kechinm a- 
lar, iztiroblar, chunonchi, quvonch va tashvish, muhabbat va 
loqaydlik, qo'rquv va jasorat mavjudligi uchun yuzaga keladi. 
Bunday m hiy kechinm alar bo'lm asa dinga ehtiyoj tug'ilm as edi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko'rinib turibdiki, klassik fal­
safa namoyandalari insonning inson darajasiga ko'tarilishida aql 
asosiy rol o'ynaydi, deb tushuntirdilar. Insondagi intellektual 
imkoniyatlami qadrladilar. Lekin inson tarixiy taraqqiyotning 
mahsuli ekanligini e ’tiborga olmadilar. Shunday bo'lishiga qara- 
masdan, klassik falsafa namoyandalari inson falsafasi taraqqiyo- 
tiga munosib hissa qo'shdilar. Chunonchi, nemis klassik falsafa­
sining namoyandalari: birinchidan, dialektika ta ’limotini har 
tomonlama rivojlantirdilar. Uni faqat «sof aqlni tanqid» qiluvchi 
vosita (Kant) emas, balki insonning eng nodir qobiliyati — 
bilishning yaxlit bir butun sistemasi, deb tushuntirdilar. Ik- 
kinchidan, dialektik fikrlash uslubini tarixiy taraqqiyot jarayo- 
niga tatbiq etib, ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini yaratishga urinib 
ko'rdilar. Uchinchidan, ijtimoiy taraqqiyot doimo harakatda 
bo'lgan jarayon ekanligi, ertam i-kechm i faylasuflar ijtimoiy 
taraqqiyot qonunlarini bilib olishlariga ishonch hosil qildilar. 
G umanistik g'oyalarni har tom onlam a ulug'ladilar. Insonni 
e ’zozlash falsafaning vositasi emas (Kant), balki asosiy maqsa- 
didir, uning universal predmetidir (Feyerbax), degan xulosaga 
keldilar.
XIX 
asrning ikkinchi yarmida Yevropada bir guruh fayla­
suflar klassik falsafa an’analarini qattiq tanqid qilgan bo'lsalar, 
ikkinchi guruh faylasuflar uning asosiy qoidalarini himoya qila 
boshiadilar. Boshqacha aytganimizda, Yevropa falsafiy tafakkuri- 
ning bir qutbida klassik falsafaning tanqidchilari, ikkinchi qut­
bida uning himoyachilari to'plana boshladilar. Shuning uchun 
ham XX asr falsafasining eng muhim xususiyati — antiklassik 
va noklassik falsafa paydo bo'lganligi bilan xarakterlanadi.
XIX 
asrning 40—50-yillarida neokantchilik, neogegelchilik
neotomizm, marksizm tarafdorlari klassik falsafa an ’analarini 
himoya qila boshladilar. Xususan, neokantchilik falsafasi asosiy 
qoidalarini shakllantirishda Marburg va Baden maktabi nam o­
yandalari fidoyilik qildilar. Marburg maktabining asoschilari: 
G .K ogen 
(1842—1918-y.), 
P .N a to rp
(1 8 5 4 -1 9 2 4 -y .),
E.Kassirerlar (1874— 1945-y.) Im m anuil Kantning transenden­
tal falsafasini rivojlantirishga harakat qildilar. Boshqacha aytga­
nimizda, bilishning transendental uslubini yaratishga, ilmiy bil­
ish jarayonini psixologizmdan xalos qilishga urindilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Marburg falsafa maktabi namoyandalari fikriga ko‘ra, inson 
ilmiy bilimlarining manbai bilinishi zarur bo'lgan subyekt, ya’ni 
inson ongining strukturasi emas, balki fanning mantiqiy struk- 
turasidir. Ko'rinib turibdiki, marburgliklaming ishontirishicha, 
bilish jarayoni ichki strukturasini o'rganishni bilish jarayonining 
o'zidan emas, balki bu jarayondan tashqarida turgan boshqa 
aloqalardan boshlash zarur. Bunday holatda bilish jarayoni sof 
bilish mantig'iga aylanib qoladi. Shuningdek, marburgliklar in­
son bilimlarini hosil qilish jarayonini aniq fanlaming mantiqiy 
asosiga tayanib o'rganish lozim, deb tushuntiradilar. M antiq inson 
bilimlarining haqiqatga muvofiqligini emas, balki to'g'riligini, 
vujudga kelish jarayonidagi umumiylik va zaruriylik qonuniyat- 
larini o'rganm og'i lozim, degan fikr-mulohazalarni o'rtaga tash- 
laydilar.
Neokantchilik g'oyalarini har tomonlama rivojlantirishda Baden 
falsafa maktabi namoyandalari: V.Vindelband (1848— 1915-y.), 
G.Rikkert (1863—1936-y.) munosib ulush qo'shdilar. O'zlarining 
butun sa’y-harakatlarini ilmiy bilish metodologiyasini yaratishga 
qaratdilar. Badenliklarning tushuntirishicha, tabiiy fanlar hodisa 
va voqealarning takrorlanib turadigan tom onlarini o'rganm og'i, 
bunda umumlashtirish, qonunlashtirish (rasmiylashtirish) uslub- 
lariga tayanm og'i, madaniyat haqidagi fanlar esa individuallash- 
tirish, tasvirlash uslublaridan foydalanishi zarur.
Baden falsafa maktabi namoyandalari, olamdagi eng noyob 
mavjudot — insonni o'rganishda, uning individual, o'ziga xos 
xususiyatlarini umuminsoniy qadriyatlar chig'irig'idan o'tkazib 
tahlil qilish zarurligini alohida ta’kidlaydilar. Insonning inson bo'lib 
shakllanish jarayonida umuminsoniy qadriyatlaming ahamiyati 
beqiyos ekanligini ta’kidlash bilan birga, G.Rikkert aytganidek, 
qadriyatlami baholash bilan qo'shib-qorib yuborib bo'lmaydi. 
Chunki baholash — bu aniqlangan dalillar chig'irig'idan tashqariga 
chiqa olmaydigan, subyektiv munosabatlardir. Qadriyatlar esa 
subyektga bog'liq bo'lmagan reallikdir. Ulaming har qaysisi o'zicha 
alohida harakat qiladi. Qadriyatlar aprior, transendental, umum 
ahamiyatga ega bo'ladi. G.Rekkert o'rinli ta ’kidlaganidek, qadri­
yatlar individuallikning ta ’rifi emas, balki shaxs individual ongi 
orqali ijtimoiy aloqalami vujudga keltimvchi, ijtimoiy ongning 
ideal shaklidir. Individual va ijtimoiy ong orasidagi o'zaro aloqa-
www.ziyouz.com kutubxonasi


dorlik tarix va madaniyat to'g'risidagi fanlarda o'z ifodasini topadi 
hamda qadriyatlami individuallashtirishning muhim sharti, deb 
hisoblanadi.
Kant asos solgan nazariy va amaliy aql o'rtasidagi farqqa 
tayanib, neokantchilar falsafa bilan fan o'rtasida chegara bor, 
deb o'ylaydilar. Ulaming fikriga muvofiq, fan nazariy fikr-mu- 
lo h azalarg a, h o d isalar va v o q ealar to 'g 'risid a g i em p irik
m a’lumotlarga asoslansa, falsafa turli normalami, qadriyatlami 
o'rganishi zarur.
Shuning uchun falsafa — aksiologiya, ya’ni qadriyatlar 
to'g'risidagi ta ’limot bo'lib, uning predmeti subyekt bilan qadriyat 
orasidagi aloqadorlikni o'rganishdan iborat bo'lmog'i lozim emish. 
Shunday qilib, neokantchilar inson o'zligini anglash taraqqiyo­
tida qadriyatlaming m a’lum ierarxiyasini aniqlab berishga intil- 
dilar. Falsafiy bilimlarning yangi tarm og'i, qadriyatlar haqidagi 
fan — aksiologiyaga asos soldilar.
Noklassik falsafa taraqqiyotiga diniy falsafa ham o 'z ta ’sirini 
o'tkazdi. Bunday holatni klassik falsafa an ’analarini himoya qilib 
chiqqan falsafiy oqim lardan biri — neotom izm da yaqqol 
ko'rishimiz mumkin.
Neotomizm — katolitsizmning tarmoqlaridan biri bo'lib, XIX 
asming 70-yillarida Vatikanning qarorlari ta ’sirida vujudga keldi. 
Uning asoschisi — Rim papasi Lev XIII dir. Neotomizm 
g'oyalarini jahonda targ'ibot va tashviqot qilishda XX asming 
m ashhur neotom istlari: J.M ariten (1882—1973-y.), E.Jilson 
(1884—1978-y.), G .M arsel ( 1 8 8 9 -1 9 7 3 -y .), P .T eyyar de 
Shardenlar (1881—1955-y.) jonbozlik qildilar.
Neotomizm o'rta asr tomizmidan tubdan farq qiladi. Unda 
Foma Akvinskiy qarashlaridagi asosiy g'oyalar nemis klassik fal­
safasining asoschilari Kant, Shelling, Gegel qarashlari bilan 
birlashtiriladi. Ana shunday nuqtayi nazar bilan fikr-mulohaza 
yuritgan neotomistlaming tushuntirishicha, insoniyat bosib o'tgan 
tarixiy taraqqiyot har bir kishining xatti-harakatiga bog'liq bo'lib, 
oldindan transendental kuchlar tom onidan belgilab beriladi.
N em is klassik falsafasi yutuqlariga suyangan neotom istlar 
din bilan fanni bog'lam oqchi bo'ladilar. N eotom istlam ing 
tushuntirishicha, din va fan hech qachon biri — ikkinchisiga 
zid kelmaydi, balki biri ikkinchisini to'ldiradi. D in ham, fan
www.ziyouz.com kutubxonasi


ham aslida odamlarni yagona maqsadga yetaklovchi ikki yo‘ldir. 
U lar yagona maqsad deganda Xudo tom on borishni nazarda 
tutadilar.
Neotomistlar fikriga muvofiq, inson aqliy bilishining manbai 
tafakkurdir. Olamdagi barcha mavjudotlar yaratuvchisi Xudo 
bo‘lganidek, inson tafakkurini ham Xudo yaratgan. Shuning 
uchun inson aql-zakovatining asosiy maqsadi — Olloh m arha- 
matini bilishga qaratilmog‘i darkor. Lekin insonning bilish bo­
rasidagi faoliyatining chegarasi bor. Inson ilmiy bilish yorda­
mida faqat tabiatda sodir bo'ladigan hodisalar, voqealar sir-u 
sifatlarini bilib olishi m um kin, afsuski, dinda bo'ladigan 
o'zgarishlaming sababini bila olmaydi. Chunki diniy aqidalar 
inson aqli imkoniyatlaridan ustun turadi, inson aql-zakovati 
yordamida Xudo borlig'ini bilib bo'lmaydi. Inson, yuqorida e’tirof 
etilganidek, faqat moddiy olamda sodir bo'ladigan o'zgarishlarni 
bilish orqali Olloh qudrati va ifodasini biladi.
N em is klassik falsafasining ra tsio n alistik , g u m an istik
an ’analariga suyangan neotomizm, XIX asming 70-yillarida olam 
bilan odam orasidagi o'zaro aloqadorlik muammolarini Xudo 
bo rlig 'i, uning karo m atlari, olijanob fazilatlari, xislatlari 
chig'irig'idan o'tkazib tahlil etgan bo'lsa, XX asiga kelib o'zining 
hayotdagi m o'ljallarini (orientatsiyasini) tubdan o'zgartirdi. 
Boshqacharoq aytganda, neotomizm ham diniy falsafaning boshqa 
yo'nalishlari kabi o'zining hayotdagi orientatsiyasini qayta ko'rib 
chiqdi. Targ'ibot va tashviqot markaziga inson va uning manfaat­
larini himoya qilishni maqsad qilib qo'ydi. Butun kuchini odam­
larni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbi- 
yalashga, jahonda tinchlikni barqaror qilishga safarbar etdi.
Klassik falsafa a n ’analarini himoya qilishda neogegelchilar: 
R.Kroner (1884—1974-y.), G.Lasson (1862-1932-y.), B.Kroche 
(1866—1952-y.), JJe n tile (1875-1944-y.), F.Bredli (1846-1924- 
y.), J.Roysa (1855—1916-y.), J.Val (1 8 8 8 -1974-y.), A.Kojev 
(1902—1968-y.). J.Ippolit (1907—1968-y.) «Gegel tom on orqaga 
qaytish» shiori ostida targ'ibot va tashviqot ishlarini olib bordilar. 
Klassik falsafa qoidalarini tanqidiy o'rganishda va uning gumanistik 
asoslarini har tomonlama rivojlantirishda nemis mutafakkirlari Karl 
Marks (1818—1883-y.) va Fridrix Engels (1820-1895-y.) fido- 
yilik qildilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Hozirgi zam on ilmiy-falsafiy adabiyotlarda Karl M arks va 
Fridrix Engelsning gumanistik qarashlari yuzasidan bir-biriga 
qaram a-qarshi fikrlar bayon qilinm oqda. Xususan, ayrim ta d ­
qiqotchilar Karl Marksning inson to ‘g‘risidagi ta ’lim otini ta n ­
qidiy tahlil qilsalar, ikkinchi guruh jam iyatshunoslar Karl 
Marks ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida inson muammosiga e ’tibor 
bermagan, 
0
‘zining butun diqqat-e’tiborini kapitalistik ishlab 
chiqarish usulining m ohiyatini ochib berishga qaratgan, de- 
yishmoqda. Uchinchilari esa Karl Marks falsafada inson m uam - 
mosini hal qilishda baholi qudrat o 'z hissasini q o ‘shdi, de- 
moqdalar.
Fikr va mulohazalarning turli-tum an bo'lishidan q a t’i nazar 
Karl M arksning inson to ‘g‘risidagi qarashlariga xolisona baho 
berish, inson to'g'risidagi fikr-mulohazalari qanday bo‘lsa shun- 
dayligicha, har qanday siyosiy bo'yoqlarsiz kelajak avlodlarga 
yetkazish, bugunning talablariga javob bermaydigan qoidalarini 
tanqid qilish va ijobiy tom onlarini saqlab qolish, undan ta n ­
qidiy foydalanish insonshunoslikning dolzarb vazifalaridan 
biridir.
Alohida ta ’kidlash zarurki, K.Marks falsafiy ta ’lim otining 
ayrim tanqidchilari uning qarashlarini soxtalashtirayotirlar. 
Marks qarashlaridagi gum anistik fikr-m ulohazalar m ohiyatini, 
undagi fuqarolam i har qanday zulm dan, zo ‘ravonlikdan ozod 
qilishga, insonni har tom onlam a erkin rivojlanishi uchun zarur 
b o ‘lgan shart-sharoitlarni yaratib berishga qaratilgan ijtim oiy 
yo'nalishni tushunib yetm ayotirlar yoki tushunishni istam a- 
yotirlar.
Inson to ‘g‘risidagi markscha konsepsiya ham jahon ijtimoiy 
taraqqiyotining rivojlanish darajasidan kelib chiqdi. C hu n on ­
chi, ijtimoiy m unosabatlardagi keskin o'zgarishlar insonning 
axloqiy degrodatsiyaga giriftor bo'lishi, uning ongi va faoli­
yatida begonalashuvning vujudga kelishi sabablarini har to ­
m onlam a tahlil qilish zaruriyati kundan-kunga ortib boraverdi. 
Qashshoqlik, om m aning har tom onlam a talanishi, odam larni 
ekspluatatsiya qilishning kuchayib ketishi, ijtimoiy antoganizm, 
depersonalizatsiya, antigum anizm ning o'sib borishi — bular- 
ning hammasi inson tabiati, uning ijtimoiy mohiyati to'g'risida 
avval mavjud bo'lgan nuqtayi nazarlarni qayta ko‘rib chiqish-
www.ziyouz.com kutubxonasi


ni taqoza etdi. Shunday qilib, inson m anfaati, ehtiyoji, in ­
tilishi bayram ona tantana emas, balki ijtimoiy hayotning real 
m anzarasi edi. Xuddi shu zaruriyat K. Marks uchun, inson 
ijtimoiy m anfaatini him oya qiladigan yangi konsepsiyani ish­
lab chiqishga turtki bo'ldi.
Marksdagi insonparvarlik g'oyalari tahlilini uning «1844-yil 
iqtisodiy-falsafiy qo‘lyozmalari»da ko'rish mumkin. Marksizm tari- 
xining tadqiqotchisi O.Komyuning1 ta ’kidlashicha, bu asarda in­
soniyat bosib o'tgan ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot yo'li, insonning 
tabiatga, jamiyatga bo'lgan munosabati masalalari aks etgan. Xuddi 
shuning uchun ham, ushbu asarni Marksning inson to'g'risidagi 
nazariy fikrlari debochasi desak bo'ladi. Shuningdek, O.Komyu 
«qo'lyozmada» bayon etilgan inson to'g'risidagi fikr-mulohaza- 
lami absolutlashtirib yubormaslik zarurligini ham eslatib o'tadi. 
Chunki qo'lyozmada «ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotining bayoni, hali 
Feyerbaxcha gumanistik nuqtayi nazardan bo'yab amalga oshi- 
rilgan edi»2.
K.Marksning «1844-yilning iqtisodiy-falsafiy qo'lyozmasi»ning 
tahlili shundan dalolat beradiki, uning inson to'g'risidagi fikr- 
mulohazalari, nafaqat falsafiy qarashlari sistemasida muhim 
ahamiyatga ega edi, balki butun ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarining 
mohiyati — yadrosini tashkil etadi. Uning keyingi yillarda shakl­
langan ijtimoiy-iqtisodiy fikrlari xuddi shu yadro atrofida markaz- 
lashdi.
K .M ark sn in g in so n to 'g 'r is id a g i fik rla rin i «F ey erb ax
to 'g 'risid ag i tezislar»dan3 bilib olish m um kin. O 'sh a tezis- 
la rn in g
b ir in c h is id a
« 1 8 4 4 -y iln in g
iq tis o d iy -f a ls a fiy
qo'lyozm asi»da inson to 'g 'risid a olg'a surilgan g 'o y alar dav­
om ettirilgan. C hunonchi, M arks insonning ongi bilan faoli­
yati orasida o 'z a ro aloqadorlik m uam m olarini o'rganishga 
alohida e ’tib o r berdi. U ning fikriga m uvofiq, tashqi olam ni 
in ’ikos oynasida idrok qilish emas, balki subyektni obyekt 
bilan o'zaro aloqadorligi, inson faoliyatining natijasidir. Inson 
faoliyati deganda, nafaqat olam ni hissiy idrok qilish yoki

Download 20,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish