A n t ik d a V r fa L sa fa si



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/115
Sana30.06.2022
Hajmi7,84 Mb.
#719147
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   115
Bog'liq
Falsafa tarixi.Antik davr falsafasi. SharipovM.

eng umumiylik
sferasiga olib chiqadi. Lekin bu eng 
um um iylik hah zaruriylik emas. B unda “dialektika”ning maqsadi 
ta ’riflash yoki rad etishdan iborat.
A ristotelning ta ’kidlashicha, savolga javob berayotgan kishidan 
fikrni tasdiqlash yoki inkor etishni talab qilish isbotlovchining emas, 
sinayotganning ishidir. “Zero, sinash san’ati m uayyan turdagi dialektika
202 А ристотель. Соч. в 4-х тт. Т.2. -М .: "М ы с л ь” , 1978. С .277.
201 Shu asar: B .3 5 I.
204 Shu asar: B.556.
1*9


bo‘lib, u biladigan kishiga emas, balki bilmaydigan, lekin o ‘zini 
biladigan qilib k o ‘rsatuvchiga qaratilgan. A na shuning uchun ham kim
haqiqatda (barcha narsa uchun) umumiyni tadqiq etayotgan bo'Isa, u 
dialektikdir; buni k o ‘rinish uchun qilayotgan kishi esa - sofist. Eristik va 
sofistik xulosa chiqarish - bu, birinchidan, sinash san’ati sifatida 
dialektika shug‘ullanayotgan m asalaga nisbatan olib qaralganda, qalbaki 
xulosa chiqarishdan iborat, hatto u chin b o ‘lsa ham shunday, chunki u 
sabab to ‘g ‘risidagi fikrda aldab q o 'y ad i” ’° \ Aristotel fikricha. “Bahsni 
yaxshi 
k o ‘radiganlar 
ham, 
sofistlar 
ham 
bir 
xil 
dalillardan 
foydalanishadi, lekin turli m aqsadlarda. B itta dalil ham eristik, ham
sofistik bo‘ladi, lekin bitta narsa uchun emas: eristikada - qalbaki 
g ‘alaba uchun, sofistikada qalbaki donishm andlik uchun. Am alda 
sofistika haqiqiy donishm andlik emas, qalbaki donishmandlikdir. 
Eristikning dialektikka m unosabatini m a’lum bir m a’noda chizmani xato 
bajarganning geom etrga m unosabatiga o ‘xshatsa b o 'lad i”206.
Yuqoridagilardan 
m a’lum 
boMadiki, 
Aristotel 
“dialektika”ni 
universal bilish metodi sifatida talqin qilar ekan, ayni paytda, uning 
mantiqiy m azm uniga, mantiqiy tavsifiga k o ‘proq e ’tibor qaratadi.
Axloqiy qarashlari.
Axloq m asalalariga oid muhim savollarni 
q o ‘yib, ularni tadqiq etgan m utafakkirlardan biri ham Aristoteldir. U 
m azkur savollarni k o ‘proq etika doirasida m uhokam a qilgan va unga 
uchta asarini: “N ikom ax etikasi” (otasi N ikom axga bag‘ishlangan) 
“Evdem etikasi” (d o ‘sti va shogirdi Evdem yozm alari asosida tuzilgan), 
“K atta etika” (yuqoridagi ikkita asardan olingan parchalardan tashkil 
topgan) bag‘ishlagan.
A ristotelning axloqiy faoliyat va axloqiy jasoratlar to ‘g ‘risidagi 
m asalalam i q o ‘yishi, shu jum ladan, axloq kategoriyalarini tadqiq etishi 
falsafiy yondashish asosiga qurilgan: u olam va unda insonning 
faoliyatini qamrab oladi.
Birinchi 
m uallim fikricha, 
axloq 
masalasini tadqiq etishga 
kirishishdan avval quyidagi savollarni qo ‘yib, ularga javob topish kerak: 
1) baxt-saodat nim a? 2) inson baxt-saodatga erishishga qodirmi yoki 
y o ‘qmi? 3) baxt-saodatga erishish uchun qaysi y o ‘ldan borish kerak? 4) 
inson eng buyuk m aqsad baxt-saodat ekanligini tushunib yetadim i207? 
M azkur savollar hozirda ham o ‘zining ilmiy qim m atini y o ‘qotgan emas.
205 А ристотель. Соч. в 4-х тт. Т.2. -М .: :‘М ы сль”, 1978. С .554-555.
206 S hu asar: В.555.
207 Q adim gi v a 0 ‘rta asr G ‘arbiy Y e vropa falsafasi. —Т.: 2003. В .102.
190


Ularga javob qidirar ekan, Aristotel axloqiy fazilatlar va ulam i aks 
ettiruvchi kategoriyalarga m urojaat qiladi. Uning fikricha, barcha 
fanlardagi kabi axloqda ham biror narsaning mohiyatini bilmay turib, uni 
hosil qilishni tushunib b o ‘lmaydi. Ana shuning uchun ham, fazilat 
nim aligini birinchilar qatorida Pifagor tahlil qilgan, am m o u m asalaga 
n o to ‘g ‘ri 
yondashgan. 
X ususan, 
Pifagor 
fazilatlam i 
raqam larga 
tenglashtirgan, ularni o ‘z-o ‘ziga k o ‘paytirilgan raqam deb hisoblagan.
Aristotel Sokrat fikrlariga ham q o ‘shilmaydi, chunki u fazilatlam i 
bilim larga tenglashtirgan, aslida, bu ham to ‘g ‘ri emas. C hunki barcha 
bilim lar fikr-m ulohaza bilan b o g ‘liqdir; fikr-m ulohaza esa inson ruhining 
fikr yurituvchi qism ida vujudga keladi. Sokrat ruhning aqliy quvvatdan 
boshqa quvvatlarini, jum ladan, ehtiros va fe ’l-atvorni y o ‘qqa chiqaradi: 
uning kamchiligi ana shundadir.
Platon, Aristotel fikricha, ruh quvvatlarini aqliy va noaqliy deb
ikkiga b o ‘ladi va bu bilan m asalaga to ‘g ‘ri yondashadi. Shuningdek, u 
ruhning ikkala qisrniga xos fazilatlam i ham aytib o'tadi, tavsiflaydi. 
Lekin, shundan so‘ng yanglishadi: fazilatni o'zining oliy n e’m at haqidagi 
ta ’limoti bilan bog‘lab, n o to ‘g ‘ri xulosaga keladi, xususan, oliy n e ’matni 
fazilatlarga bog‘liq emas, deb tushuntiradi.
Aristotel fikricha, axloqiy fazilatlam i m uhokam a etishda shunga 
e ’tibor berish kerakki, har qanday ilm da va hunarda qandaydir m aqsad 
b o ‘ladi; aynan ana shu m aqsad n e’m at hosil qilishni ko ‘zda tutadi. 
Barcha 
fazilatlar, 
n e ’m atlar 
uchun 
umumiy 
bo‘lgan, 
ulami 
birlashtiradigan umumiy asos, m aqsad — oliy n e ’m at m avjud208. 
M ukammal m aqsad baxt-saodatdir. Lekin “baxt-saodat ju d a ko'p, turli- 
tum an n e’m atlardan tashkil topadi”209. Ana shu n e’m atlarga, fazilatlarga 
erishishga intilib yashash baxt-saodatga eltadi. M ana shu fikrlarga 
tayanib, Aristotel quyidagi xulosaga keladi: 

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish