A n t ik d a V r fa L sa fa si


Pifagorchilarning fazo doktrinasiga qarshi dalillar



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/115
Sana30.06.2022
Hajmi7,84 Mb.
#719147
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   115
Bog'liq
Falsafa tarixi.Antik davr falsafasi. SharipovM.

Pifagorchilarning fazo doktrinasiga qarshi dalillar
Parm enid bo ‘shliq yoki fazo m avjudligini inkor etgan va Zenon 
ustozining pozitsiyasini m ustahkam lashga harakat qilib, qarama-qarshi
106


tom on dalillarini puchga chiqarish darajasigacha olib kelgan. Bir lahzaga 
ichida turli obyektlar bor fazo m avjudligini ko‘z oldim izga keltiraylik. 
A gar u b o ‘shliq, hech nim a bo ‘lsa, u holda unda hech qanday obyektning 
bo ‘lishi m um kin emas. A gar u qandaydir moddiy narsa bo‘lsa, unda 
uning o ‘zi fazoda joylashgan bo ‘lishi kerak, bu fazo esa boshqa fazoda 
joylashgan b o ‘lishi va bu holat cheksiz davom etishi kerak. Lekin bu 
puch gap. Shunday qilib, obyektlar fazoda ham, b o ‘shliqda ham 
boMmaydi va Parm enid b o ‘shliq m avjudligini inkor etganda haqdir.
Harakatga oid dalillar
Zenonning harakatga oid aporiyalari 
m ashhurdir. Zenonning 
quyidagilarni isbotlashga urinishini esga olish lozim: m avjudligini 
Parm enid inkor etgan harakat pifagorchilar k o ‘plik nazariyasi nuqtai 
nazaridan olinib qaralganda ham, birdek m um kin emas.
1. Faraz qilaylik, siz stadionni yoki yugurish y o ‘lakchasini kesib 
o ‘tmoqchisiz. Buni qilish uchun pifagorchilar faraziga m uvofiq cheksiz 
sonli nuqtalam i bosib o ‘tishingiz lozim. Boz ustiga, agar siz stadionning 
qaram a-qarshi tom oniga yetib borm oqchi b o ‘lsangiz, uni cheklangan 
vaqt davom ida am alga oshirishingiz zarur. Lekin siz cheksiz sonli 
nuqtalarni, boshqa s o ‘z bilan aytganda, cheksiz m asofani vaqtning 
cheklangan kesm asida bosib o ‘ta olmaysiz. Stadionni kesib o ‘ta 
olm asligingiz haqidagi xulosa o ‘z-o ‘zidan kelib chiqadi. Bundan 
tashqari, hech bir obyekt hech qanday m asofani bosib o ‘ta olmaydi 
(chunki u shu singari m uam m oga to ‘qnash keladi) va demak, hech 
qanday harakat m avjud emas.
2. 
Faraz 
qilaylik, 
Axill 
va 
toshbaqa 
yugurish 
b o ‘yicha 
m usobaqalashm oqchi. Axill sportchi b o ‘lgani uchun toshbaqani oldinga 
o ‘tkazadi. A xill harakatining boshlanish jo y ig a yetguncha toshbaqa 
boshqa nuqtaga k o ‘chgan b o ‘ladi, Axill bu nuqtaga ham yetganda 
toshbaqa yana ozgina m asofaga b o 'lsa-d a siljiydi. Shunday qilib, Axill 
doimo toshbaqaga yaqinlasha boradi, biroq unga tenglasha olm aydi - v a 
agar chiziq cheksiz sonli nuqtalardan tashkil topgan, deb faraz qilsak, 
Axill hech qachon toshbaqani quvib yeta olmaydi, chunki, bunday holda 
Axill cheksiz m asofani bosib o ‘tishiga to ‘g‘ri keladi. A gar pifagorchilar 
farazini qabul qilsak, Axill hech qachon toshboqani quvib yeta olmaydi; 
va, garchi ular harakat m avjudligini e ’tiro f etishsada, ularning o ‘z 
doktrinasi bunday emasligini nam oyish etadi. Zero, undan kelib 
chiqadigan xulosa shundan iboratki, sekin yuruvchi. chaqqon qanday 
tezkor bo" Isa, u ham shunday tezkordir.
107


3. Uchib borayotgan o ‘qni ko‘z oldim izga keltiraylik. Pifagorchilar 
nazariyasi bo‘yicha, o ‘q fazoda m a’lum bir holatga ega bo ‘lishi kerak. 
Biroq, fazoda muayyan holatga ega b o ‘lish degani sukunatda qolishni 
bildiradi. Bundan uchayotgan o ‘q o ‘z joyida turibdi degan xulosa 
chiqadi, bu esa puch gapdir.
4. Aristotel xabar berganidek, Zenonning to ‘rtinchi dalilini, ser 
Devid Ross so‘zlariga k o ‘ra, “tushunish ju d a qiyin, qisman buning 
sababi A ristotelning noaniq bayon qilishi bilan bog‘liq b o ‘lsa, qisman 
bitikni turlicha talqin qilish m um kinligidadir” . Stadionda yoki yugurish 
y o ‘lakchasida turishgan uch guruh sportchilarni k o ‘z oldimizga 
keltiraylik. Guruhlardan biri harakatda emas, qolgan ikkitasi bir-biriga 
qarshi birdek tezlikda harakatlanm oqda.
M uayyan holatni egallashi uchun В guruhinig dastlabki sportchilari 
A guruhining to ‘rtta sportchisi yonidan yugurib o ‘tib ketishdi, bu paytda 
S guruhining birinchi sportchilvari В guruhining barcha sportchilari 
yonidan yugurib o ‘tishdi. A gar bir uzunlik birligini bosib o ‘tish uchun 
bir vaqt birligi talab etiladigan b o ‘lsa, u nda quyidagi chizmadagi holatga 
erishish uchun В guruhining birinchi sportchilari uchun С guruhi 
sportchilariga ketadigan vaqtning roppa-rosa yarmi kerak bo ‘ladi. 
B oshqa tom ondan olganda, В guruhining birinchi sportchilari С 
guruhining barcha sportchilari yonidan o ‘tgani singari, bu guruhning 
birinchi birinchi sportchilari В guruhi sportchilari yonidan o ‘tib ketishdi. 
Demak, ular bunday harakatni vaqtning bir xil kesmasida am alga 
oshirishi zarur edi. Biz vaqtning butun holati uning yarm iga teng degan 
puch xulosaga keldik.
A
1
2
3
4
5
6
7
8
В
8
7
6
5
4
3
I
t
1
С
1
2
3
4
5
6
7
8
Zenonning bu dalillarini qanday talqin qilish kerak? Buni chiziq 
nuqtalardan, vaqt esa alohida lahzalardan tashkil topadi, degan xato 
m ulohazaga asoslangan oddiy sofistika yoki intellektual o ‘yin deb 
o ‘ylasak, xato qilgan bo‘lamiz. Ehtimol, chiziq va vaqt diskret emas, 
uzluksiz ekanligini k o ‘rsatib, boshqotirmani yechish m um kindir, lekin 
Zenon ulam i uzluksiz deb hisoblagan emas. Aksincha, u chiziq va vaqt — 
diskretdir, degan m ulohazadan kelib chiqadigan xulosaning puch 
ekanligini isbotlashga intilgan. Parm enidning shogirdi sifatida Zenon 
harakatning illyuziya ekanligi, uning b o ‘lishi mumkin em asligiga
108


ishongan. Uning keltirgan dalillarining maqsadi, hatto k o ‘plik farazi 
nuqtai nazaridan ham , harakatning bo ‘lishi m um kin em asligini isbotlash 
b o ‘lgan, uning m avjudligi to ‘g ‘risidagi taxm in ziddiyatli va puch 
xulosalarga olib kelishiga ishongan. Zenon pozitsiyasi quyidagidan 
iborat: “Reallik - bu to id irilg a n lik , yaxlit m assa va harakat unda 
mum kin emas. Bizning opponentlarim iz harakat m avjudligini e ’tiro f 
etadilar va uni k o ‘plik farazi orqali tushunrtirishga harakat qiladilvar. 
Men bu gipotezaning harakatni tushuntirishga qodir emasligini, uning 
puchligini k o ‘rsatm oqchim an” . Shunday qilib, Zenon opponentlari 
nazariyasini puch deb hisoblaydi va uning dialektikasining real natijasi 
Parm enid monizmini qaror toptirish emas (u hal etib b o ‘lmaydigan 
ziddiyatlarga to ‘la), balki uzluksiz m iqdor konsepsiyasini qabul qilish 
zarurligini nam oyish etishdan iborat.
Shunday qilib, eleychilar k o ‘plikni va harakatni rad etdilar. Faqat bir 
prinsip bor — moddiy va harakatsiz borliq. Albatta, ular bizning harakat 
va k o ‘plikni idrok etishim izni inkor qilmaganlar, lekin biz his etadigan 
narsa - so f k o ‘rinish. Haqiqiy borliq hissiyot bilan emas, fikrlash bilan 
anglanadi, tafakkur esa k o ‘plik ham, harakat ham, o ‘zgarish ham b o ‘lishi 
m um kin em asligini aytadi.
Shunday qilib ilk grek faylasuflari singari, eleyliklar olamning 
yagona prinsipini topishga urindilar. Biroq, biz qabul qiladigan olam — 
k o ‘plik, turli-tum anlik olamidir. Ana shuning uchun ham asosiy vazifa 
yagona prinsipni k o ‘plik bilan m uvofiqlashtirishdan iborat, boshqacha 
aytganda, Yagonalik v a K o‘plik m uam m osini hal etishdan iborat. 
Geraklit m azkur m asalani turli-tum anlik Birligi, Tafovutdagi aynanlik 
doktrinasi orqali har ikkala elem entga yetarlicha baho berish bilan hal 
etishga urindi. Pifagorchilar Yagonalikni ustuvor deb hisobladilar. 
Eleychilar esa, aksincha, Yagonalikni k o ‘plik, turli-tum anlikdan afzal 
k o ‘rd ilar127.

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish