A n t ik d a V r fa L sa fa si



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/115
Sana30.06.2022
Hajmi7,84 Mb.
#719147
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   115
Bog'liq
Falsafa tarixi.Antik davr falsafasi. SharipovM.

Etikada.
fatalizm yoki zam riyat tufayli erk (ozodlik) prinsipini 
asoslar ekan, fizikada uni tasdiqlovchi asosni - zaruriyat tufayli to ‘g ‘ri 
chiziqli harakatda bo‘lgan atom larning o g ‘ishi prinsipini ishlab chiqadi. 
Atom larning og‘ishini Epikur ularning to ‘qnashishini asoslash uchun 
kiritadi. Atom larning og ‘ishi o ‘z-o ‘zidan, spontan tarzda sodir b o ‘ladi, 
deb ta ’kidlaydi.
Etikada bu prinsip iroda erkinligi sifatida talqin qilinadi. Bu 
prinsipga asoslanib, Epikur o ‘z kosm ologiyasini quradi. Uningcha, 
borliqni hosil qiluvchi olamlar cheksiz, chunki ulami tashkil etuvchi 
atom larning ham son-sanog‘i y o ‘q. B archa olam lar (dunyolar) vaqti kelib 
turli xil tezlikda parchalanib ketadi va qayta hosil b o ‘ladi. B undan jon 
ham istisno emas. U ham nozik zarrachalardan tashkil topgan jism , bu
Ш


zarrchalar butun tana bo'ylab tarqalgan va sham olga ju d a ham o ‘xshaydi; 
tana o ‘lishi bilan, jo n ham halok bo‘ladi.
Epikur tabiatni o ‘rganishning ishonchli metodini analogiya deb 
biladi. Bu metod predm et to ‘g ‘risida bir emas, bir nechta, k o ‘p xil 
tushuntirish ehtim oli borligini k o ‘rsatadi.
M urakkab hodisalarga bir xil izoh berish mum kin emas. Epikur 
bunday hodisalarga bitta, yagona talqin berish olom onning boshini 
qotirishni xohlaganlarga yarashadi, deydi.
Epikur etikasi asosida quyidagi fikr yotadi: inson uchun birinchi va 
tu g ‘m a n e ’mat, baxtli hayotning boshi va oxiri - rohatlanish. 
Rohatlanishni u salbiy belgi - azoblanishning y o ‘qligi deb tushunadi. 
“Rohatlanish, lazzat olish deganda biz buzuq niyat bilan am alga 
oshiriladigan am allam i tushunm aym iz. 
Shuningdek, 
faqat hissiy 
lazzatlanishni ham nazarda tutmaymiz. B unda biz tana azobi va jonning 
bezovta 
b o ‘1ishidan 
xalos 
bo‘lishni 
tusbunam iz”222. 
Epikur 
rohatlanishning ikkita turini farqlaydi: 1) tinchlik, osoyishtalik rohati -
tananing azob uqubatdan forig'ligi, 2) harakat rohati.
Shuningdek, es-hushni yig ‘ish, aql bilan ish k o ‘rishni ham Epikur 
buyuk fazilat deb biladi. B archa yaxshi fazilatlar aql bilan ish k o ‘rish 
natijasidir: aql bilan ish k o ‘rm ay, axloqli va adolatli b o ‘lmay, yaxshi 
yashash 
mum kin 
emas: 
“A ql-farosatdan 
m ahrum
holda 
baxtli 
yashagandan, aql-farosat bilan badbaxt b o ‘Igan a ’loroqdir”223.
M ana shundan kelib chiqib, Epikur rohatlanish turlarining tasnifini 
beradi: u xohishlam i tabiiy va quruq (bo‘sh) turlarga b o ‘ladi. 0 ‘z 
navbatida, tabiiylam i tabiiy va zaruriy ham da tabiiy, lekin zaruriy emas 
bo‘lgan turlarga ajratadi.
Epikur jonning, qalbning azoblanishini tananing azoblanishidan 
yom onroq deb biladi. U ning etikasining asosini individualizm tashkil 
etadi. Epikum ing asosiy talabi: “Bilinmasdan у ash a”. Bu talabning 
bajarilishi jonning osoyishta yashashini anglatadi. Ayni paytda, Epikur 
do ‘stlikni ham rad etmaydi, uni xavfsizlikni ta ’minlovchi omil deb 
izohlaydi.
B undan k o ‘rinib turibdiki, Epikur etik dunyoqarashi utilitarizmdan 
iborat. Bunga uning adolatning kelishuv, shartnom a asosida paydo 
b o ‘lishi nazariyasi ham mos keladi: “Tabiatan kelib chiqadigan adolat -
bu foydali narsa to ‘g ‘risidagi kelishuv b o ‘!ib, bundan k o ‘zlanadigan
222 А нтология м ировой ф илософ ии. Т. 1, 4.1. С .357.
223 H aqiqat m anzaralari. 100 m um toz fay lasu f / T aqdirlar, hikm atlar, aforizm lar. 

Y angi asr avlodi. 2013. B .124.
210


asosiv 
m aqsad 
— odam larning 
bir-biriga 
yom onlik 
qilmasligi,
224

ycimonlikka chidash berishidir” " . Kelishuv, shartnom a natijasi b o ‘lmish 
adolat o ‘z rnazm un-m ohiyatiga ko ‘ra, odam lar hayotining o ‘ziga xosligi, 
shaxsiy m anfaatlari bilan taqozolanadi.
Epikur tilning paydo bo‘lishi to ‘g ‘risida gapirib, dastlabki paytda 
kelishuv prinsipining mavjudligi kerak emas, faqat taraqqiyotning yuqori 
bosqichlaridagina unga ehtiyoj paydo boMadi, deb aytadi.
Epikum i dialektika ham, m antiq ham qiziqtirmagan. M antiqdagi 
uning e’tiborini tortgan yagona muammo, haqiqat mezoni bilan bog‘liq 
m asala b o ‘lgan. Dialektika esa, faqatgina u fizikaga xizm at qilganligi 
sababligina uni qiziqtirgan, fizika esa, faqtagina etikaga xizm at qilganligi 
tufayli uning e ’tiboriga sazovor b o ‘lgan. Shu sababli Epikur barcha ilmiy 
izlanishlam i rad qilgan holda va m atematikani hayot bilan bog‘liq 
b o ‘lmaganligi sababli befoyda fan deb e’lon qilgani holda etikaga 
stoiklarga nisbatan k o ‘proq e ’tibor qaratgan (M etrodor shunday deb 
aytgan: “Gom er asarlaridan bir qatorini ham o ‘qim aganing va Gektor 
kim - troyalik yoki grek b o ’lganligini bilm aganing uchun qayg‘urishning 
hojati y o ‘q” ). Epikur tom onidan m atem atikaning qabul qilinm aganlining 
sabablaridan 
biri, 
uning 
hissiy 
tajriba 
bilimlari 
bilan 
m ustahkam lanm asligidir: real hayotda geometrik nuqtalar, chiziqlar va 
yuzalar mavjud emas. Hissiy bilim lar qanday b o ‘lmasin, bilim larning 
asosidir. Agar inson o ‘z hissiyotlariga ishonmasa, u holda o ‘zi yolg ‘on 
deb hisoblagan fikrlam i qiyoslab ko ‘rish uchun m ezon b o ‘lmaydi.
Epikurning m antig‘i yoki kanonikasi bilim larning m e’yorlarini, 
qonunlarini ham da haqiqat m ezonlarini o ‘rganadi. H aqiqatning asosiy 
m ezoni idrok, qabul qilish hisoblanadi, chunki bu holatda biz 
nim aningdir m avjudligiga guvoh boMamiz. U obyektlam ing obrazlari his 
qilish organlariga kirib borganida mavjud bo‘ladi va bu holat doimo 
haqiqiy b o ‘ladi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, “idrok” tushunchasi ostida 
epikurchilar doimo obrazli tasavvurlarni nazarda tutganlar, aniqrog‘i, uni 
obrazlarni qabul qilishda hosil bo'ladigan tasavvurlar deb tushunishgan. 
Ushbu obrazlar uzluksiz oqim b o ‘lib, aynan bir obyektdan kelib tursa va 
bizning his qilish organlarim izga kirib borsa, biz ushbu so ‘zni tor 
m a’nosida qabul qilamiz; biroq alohida obrazlar tana teshiklari orqali 
kirib kelsa, ular aralashib ketadi va fantastik m anzara ham da k o ‘rinishlar, 
m asalan, kentavr obrazi yuzaga kelishi mumkin. H ar ikki holatda ham 
biz “tasavvur”ga ega bo'iam iz va tasavvurlam ing har ikkisi ham
224 Атттология м ировой философии. T .l. 4 .1 . С .358.
211


obyektiv m anbalar asosida paydo bo'lganligi sababli, ular haqiqiy 
hisoblanadi. U holda qanday qilib xatoliklar yuzaga keladi, degan savol 
tu g ‘iladi. U nga javob: faqatgina m ulohazalar tufayli. Masalan, agar biz 
aniq o ‘xshashlik mavjud b o ‘lmasa-da, obraz aniq tashqi obyektga mos 
keladi, degan xulosaga kelsak, yoki shu kabi fikr yuritsak, biz xato 
qilgan b o ‘lam iz (Qiyinchilik, albatta obraz tashqi obyektga mosm i yoki 
y o ‘qmi, va ushbu m uvofiqlik to ‘!iqmi yoki qism anm i ekanligini qanday 
aniqlash m umkinligidan iborat b o ‘ladi; biroq bu m asalada epikurchilar 
bizga yordam berm aydilar). Shunday qilib, birinchi m ezon - Qabul 
qilish. Ikkinchi mezon -- bu epikurchilar fikriga k o ‘ra, oddiygina xotirada 
“saqlab qolish”ni aks ettiruvchi tushunchadir. B izda obyekt, masalan, 
inson haqidagi ta sa w u r hosil bo‘lganidan so ‘ng, “ inson” so ‘ziga ducli 
kelganda 
bizning 
xotiram izda 
m uayyan 
inson 
yoki 
uning 
um um lashtirilgan obrazi vujudga keladi. Tushunchalar doimo haqiqiy 
b o ‘ladi. Faqatgina fikrlar yoki m ulohazalar yolg‘on b o ‘lishi mumkin. 
A gar fikr yoki m ulohaza kelajakda sodir b o ‘lishi mum kin b o ‘lgan 
hodisalar bilan bog‘liq bo ‘lsa, ulam i tajriba tasdiqiashi m um kin, agar u 
bizning qabul qilish tajribam izga b o ‘ysunm aydigan yashirin obyekt 
bo ‘lsa (m asalan, atomlar), u holda ular hech b o ‘lm aganda tajribaga 
qarshi b o ‘lm asliklari lozim. Biroq yana bir, uchinchi m ezon, y a'ni aynan 
bizning xulqim izni belgilab beruvchi hissiyotlar ham mavjud. Shunday 
qilib, lazzatlanish hissi biz afzal bilgan narsalam ing mezoni, o g ‘riq hissi 
esa, biz qochishim iz lozim b o ‘lgan narsalar mezonidir. Aynan shundan 
kelib chiqqan holda E pikur “haqiqatning m ezonlari Qabul qilish, 
Tushunchalar va Flissiyotlardan iborat”, degan xulosaga kelgan225.
Rim da eram izdan avvalgi II asrdayoq tarqaldi. Eram izdan avvalgi I 
asrda esa N eapol chekkalarida Sidon va Filodem maktablari paydo 
b o ‘ldi. Filodem (110-139) Sidonlik Zenon shogirdi b o ‘lib, uni 
“Epikurchilar faxri” deb atashgan. Eramizdan avvalgi 80-yillarda 
Filodem ltaliyaga keladi va Pizonga qarashli jo y d a Rim Epikur 
m aktabini tashkil etadi. Bu m aktab bilan buyuk Rim shoirlari Vergiliy va 
G oratsiylar yaqin aloqada b o iish g an . Bu yerda Filodem m antiq, falsafa, 
estetika, adabiy tanqidga oid k o ‘p asarlar yozgan.
R im da respublikachilar muassasalari inqirozga yuz tutgan bir 
paytda, epikurizm m aktabi m adaniyat va m a'rifat m arkazi vazifani 
o ‘tagan edi. Lekin Vezuviy vulqoni otilganda, bu yerda kutubxonadagi 
barcha kitoblar yonib, kulga aylangan, shu jum ladan, Filodem ning
225 C opleston F. H istory o f philosophy. V ol.1-9. -N e w Y ork-L ondon-Toronto-Sydney-
A uckland, 2003.P.405-407.


induksiyaga oid risolasi ham yonib ketgan. Bu risoJada stoiklarning 
induksiya faqat aprior ishonchli asoslarga tayangandagina, to ‘g ‘ri xulosa 
beradi, degan fikrini to ‘g ‘ri tanqid qiladi, analogiyaning mohiyatini 
tushuntirishga 
urinadi. 
Filodem ,har 
qanday 
xulosalash 
asosida 
o'xshashlik bo‘yicha xulosa chiqarish yotadi, xulosalash faqat induksiya 
tayanadigan 
faktlar 
va 
kuzatishlarga 
zid 
keluvchi 
holatlar 
boim agand agin a to ‘g ‘ri natija beradi, degan fikrni asoslaydi.

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish