A n t ik d a V r fa L sa fa si



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/115
Sana30.06.2022
Hajmi7,84 Mb.
#719147
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   115
Bog'liq
Falsafa tarixi.Antik davr falsafasi. SharipovM.

Sokrat falsafasi
Platonning aytishiga qaraganda, Sokrat eram izdan avvalgi 299-yilda 
vafot etgan, bu paytda faylasu f 70 yoki undan sal kattaroq yoshda 
bo'lg an , dem ak u eram izdan avvalgi 470-yil atrogfida tug‘ilgan. Otasini 
tosh o ‘ym akori b o ‘lgan deyishadi. Sokrat o ‘ziga to ‘q oilada tu g ‘ilgan, 
chunki u arm iyada goplit (o g ‘ir qurolli piyoda askari) bo‘lib xizm at 
qilgan, harbiy qurollam ing to ‘la kom plektini olish uchun yaxshigina 
m erosga ega b o ‘lishi kerak edi. Sokrat hayotining birinchi qismi 
A finaning gullab-yashnagan davriga to ‘g ‘ri kelgan. Yoshligidan boshlab 
butun hayoti davom ida Sokrat unga nim anidir qilishni ta ’qiqlaydigan 
yoki niinadandir ogohlantiradigan sirli “ovozni” eshitib turgan va buni 
unga belgi beradigan deym on (dem on) deb atagan. “B azm ”da Platon 
Sokratning uzoq vaqt dunyodan “uzilib”, m ushohadaga berilishi 
to ‘g ‘risida gapiradi. Professor Teylor Sokratning bu holatini ekstaz yoki 
trans deb ataydi.
Sokrat o ‘ttiz yoshga qarab ketganda u ioniyaliklar kosm ologiyasidan 
hafsalasi pir b o ‘lib, insonni o ‘rganishga kirishadi. U o ‘zini qiynagan 
savolga javobni bexosdan A naksagorning, tabiat qonunlarining va 
olamdagi tartibotning birlam chi sababi Aqldir, degan fikridan topadi. 
Bundan 
quvonib 
ketgan 
Sokrat 
qanday 
qilib 
Aql 
borliqdagi 
tartiblanganlikni yaratganligini bilish um idida Anaksagor ta ’limotini 
o ‘rganishga kirishadi. Lekin u A naksagorning Aql tushunchasini 
uyurmali harakatni tushuntirish uchun kiritganini bilgach, unga 
m unosabati 
o ‘zgaradi 
va 
turli 
qarashlar 
va 
ixtiloflar 
tufayli 
naturfalsafaning boshi berk k o ‘chaga kirib qolganini payqaydi; undan 
yuz o ‘girib, boshqa tadqiqot predm etiga murojaat qiladi.156
156 C opleslon F. Flistory o f philosophy. V o l.l. - N e w Y ork-L ondon-Toronto-Sydney-
A uckland, 2003. P.96-97.
134


Sokratning falsafiy t a ’limoti.
Sokrat faoliyatining yetuk davrida 
falsafa shu davrgacha shug‘ullanib kelgan m asalalam i, xususan, 
boshlang‘ich asos, ularning soni va tabiati, olam strukturasining paydo 
bo ‘ lishi va m avjudligi va shu kabilarni rad etadi. Sokrat fikricha, bu 
m asalalam i yechishda vujudga keladigan ziddiyatlar ularni bilib 
b o ‘lmaslikni tasdiqlaydi.
Falsafa, Sokrat fikricha, tabiat to ‘g ‘risida aqliy m ushohada yuritish 
bilan cheklanmaydi, u qanday yashash zarurligi to‘g ‘risidagi ta’limotdan 
iborat. N e ’m atga intilish insonlarga xos tu g ‘ma xislat, ana shuning uchun 
faylasufning asosiy vazifasi suhbatdoshini axloqiy n e’m at v a haqiqiy 
qadriyatni aniq tushunish va “joriy qilishga” yetaklab keltirishdan 
iborat157. Uning hayot san’at bo'lgani, san ’atni takom illashtirish uchun 
esa uni bilish zarurligi sababli fundamental falsafiy muammolarni 
m uhokam a qilishdan avval bilim ning mohiyati m asalasini hal etish zarur. 
Bilim, m ohiyatiga k o ‘ra, qator predm etlardagi 
umumiym
(umumiy 
belgilarini) k o ‘ra bilish demakdir. Y anayam aniqrog‘i, bilim predmet 
haqidagi tushuncha b o ‘lib, uning mazmunini aniqlashga ta ’riflash orqali 
erishiladi.
Tushunchalarni aniqlash, y a ’ni, ta’riflash uchun Sokrat foydalangan 
m etod dialektika yoki dialektik metod deb nom olgan.
D ialektika - Sokrat falsafasining buyuk yutug‘idir. Sokrat falsafa 
muallimi sifatida shogirdlariga o ‘z fikrlarini faqat o g ‘zaki tarzda -
suhbat yoki bahs shaklida, maxsus m etod (dialektika) asosida o'tgan.
Sokrat, bir tom ondan, sofistikaga xos om maviy o ‘qitish, savol 
m ohiyatini tushunib yetish uchun bahs, suhbat shakllaridan foydalanish
skeptitsizmning ba’zi usullarini qo'llash zarurligini uqtirgan, ayni 
paytda, ulardan yom on m aqsadda foydalanishni qoralagan.
Sokrat faoliyati to ‘g‘risida K senofont va ayniqsa, Platon dialoglari- 
dan qimmatli m a’lum otlam i olamiz. Sokrat nutqlari va suhbatlarining 
asosiy predmeti etika masalalari: qanday yashash kerak, isbot va 
raddiyani qanday am alga oshirish kerak, degan savollardan iborat. 
Sokratning 
maqsadi 
dialoglar 
vositasida 
m uhokam a 
etilayotgan 
m asalalar b o ‘yicha fikr bildiruvchi shogirdlarini faylasuf qilib tayyorlash 
b o ‘lgan.
Sokrat 
m etodining 
shakllanishi 
uning 
etika 
kategoriyalarini 
ta ’riflash, ulam ing mohiyatini aniqlash bilan bog‘liqdir. Predmetni 
dialektik tarzda tadqiq etish, Sokrat fikricha, avvalam bor, uni aks 
ettiruvchi tushunchani ta ’riflashdan iborat. “Lixes”da - qahram onlik
157 1 li.cp Адо.Что такое античная философия? / Перевод е франц. В.П.Гайдамака.
—М.: Издательство гуманитарной литературы, 1999. С .50.
135


haqidagi dialogda (Platon dialogi) dialektika tushunchani ta'riflash 
k o ‘rinishiga 
ega 
b o ‘ladi, 
masalan, 
qahram onlik 
tushunchasini 
ta’riflashda aynan ana shunday holat kuzatiladi. Sokrat ta ’kidicha, 
qahram onlik fozillikning xususiy k o ‘rinishi, shuning uchun ham
“qahram onlikni” ta ’riflashdan avval fozillikni ta ’riflash zarur bo‘ladi. 
0 ‘z navbatida, qahram onlikni ta'riflashda uning barcha xususiy 
k o ‘rinishlarini hisobga olish, ular uchun um um iy b o ‘lganini ifoda etish 
kerak.
Demak, Sokrat dialektikasi tafovut qiladigan narsalarda um um iyni, 
k o ‘plikda 
yakkani, 
m ohiyatni 
uning 
k o ‘rinishlarida 
aniqlash, 
o ‘m atishdan iborat.
Sokrat biror narsa to ‘g ‘risida m uhokam a yuritishda uning qaram a -
qarshisidan, uni istisno qiluvchi fikrdan kelib chiqish zarur deb 
hisoblaydi.
Sokratning m uhim yutuqlaridan yana biri bilish jaravonida analiz va 
sintezning tutgan o ‘m ini tushunishga yaqinlab borganidir (bu vazifani 
keyinchalik Platon va A ristotellar hal etishgan).
Yaxlitni fikran ko'plikka ajratishni (analizni) Sokrat yaxshi 
tushuntiradi. Lekin u k o ‘plikni yakkalikka keltirish (sintez) to ‘g ‘risida 
kam o ‘ylagan. Bu haqida Aristotel yozadk “Sokrat xizm atlarini ikkita 
narsada: induktiv m ulohaza yuritish va tushunchalam i hosil qilishda deb 
aytishi m um kin” 158.
Sokrat ilgari surgan muhim tezislardan biri: “Haqiqatga erishish 
uchun ziddiyatlar darvozasidan o ‘tish kerak” . Lekin uning dialektikasida 
bu jarayon m uhokam adan ziddiyatni siqib chiqarish, ziddiyatni inkor 
etish tarzida talqin etiladi.
Inson o ‘zining joniga bo ‘ysungani uchun, Sokrat bilishning asosiy 
vazifasini o ‘z-o ‘zini bilishda deb hisoblaydi. Uning, “o ‘z-o ‘zingni bil”, 
degan m ashhur tezisi ana shundan kelib chiqadi.
Shuni alohida ta ’kidlash zarurki, Sokratning bilishni tushunchalam i 
ta ’riflashdan iborat deb tushunishi, etika kategoriyalarini induktiv y o ‘l 
bilan tushuntirishi m antiq ilmi rivojida m uhim aham iyatga ega b o ‘lgan.
Sokrat fikricha, inson faoliyati m ardlik, n e ’m at va ulardan kelib 
chiqadigan m aqsad tushunchalari bilan belgilanadi. U barcha yomon 
xatti-harakatni jaholatda, donolikni bilimda. deb hisobiagan.
A ristotelning ta ’kidlashicha, fan Sokratdan uning ikki yangiligi: 
“induktiv argum entlar va universal tushunchalam i kiritishi” uchun 
qazdor. B uning m a’nosini, F.K oplston fikricha, quyidagi m ulohazalar
158 Антология мировой философии. T .l, M .l. С.327-328.
136


ochib beradi: “Sokratda universaliylar yoki tushunchalar buyumlardan 
alohida tazda m avjud 
emas; tadqiqotchisi 
unga alohida holda 
mavjudlikni baxsh etib, G ‘oya deb nom berdi” 154. Keling, yaxshisi, 
Sokratning falsafa rivojiga qo ‘shgan ulushi mohiyatini davrim izning ana 
shu taniqli falsafa tarixchisi talqinida tushunishga urinib ktvraylik.
Shunday 
qilib, 
Sokrat 
o ‘z 
oldiga 
universal 
tushunchalam i 
ta ’riflashni, y a’ni u yoki bu g ‘oyani aniq m a’noli so ‘z shaklida ifodaiash 
vazifasini qo'ydi. Sofistlar barcha tushunchalar nisbiy, universal 
haqiqatlar y o ‘q, deyishgan bo ‘lsa, Sokrat esa, aksincha, universal 
tushunchalar m avjud v a o‘zgarishga uchram aydilar: xususiy narsalar bir- 
biridan farq qilishi mumkin, lekin tushunchalar qanday b o ‘lsa, 
shundayligicha qoladi, deb ta ’kidlaydi. Bu g ‘oyani quyidagi m isolda 
tushuntirsa b o ‘ladi. Aristotel insonni “aqlga ega hay von” sifatida 
ta ’riflaydi. Barcha odam lar o ‘z qobiliyatlari bilan ajralib turishadi: 
b a ’zilari kattaroq intellekt, boshqalari - kichikroq intellektga ega. B ir xil 
odam lar o ‘z hayotida aqlga tayanib ish qilsalar, boshqalari o ‘ylab 
o ‘tirm asdan, instinktga yoki im pulsga b o ’ysunadilar. B a’zi odam lar 
umuman aqlni ishlatm aydilar — bu yo uxlayotgani uchun, yo “aqli 
pastligi” uchun. Lekin, shunga qaram asdan, “aqlga ega hayvonlar” -
bunda aqldan erkin foydalana olishi yoki organik defektga chalinishi 
m uhim emas — insonlar hisoblanadi: ularda insonlik belgisi gavdalangan 
b o ‘lib, uni o ‘zgartirib bo'lm aydi, u barcha odam larga nisbatan o ‘z 
kukchini saqlab qoladi. Agar odam - “aqlga ega hayvon” b o ‘lsa, “aqlga 
ega hayvon” - bu inson. Biz bu jo y d a umumiy va xususiy 
tushunchalam ing aniq m aqomi yoki 
obyektiv referentini ham da 
tushunchalam ing doimiy xarakterini m uhokam a eta olm aym iz. B a’zi 
m utafakkirlar universal tushunchalam i so f subyektiv hodisa deb 
hisoblashadi, lekin agar ular real faktlarga tayanm aganda, biz ularni 
qanday shakllantirishim izni, qanday keltirib chiqarishim izni tasavvur 
etishimiz qiyin. K eyinchalik universaliylam ing obyektiv referensiyasi va 
m etafizik maqomi m asalasiga qaytamiz: hozircha universal tushunchalar 
yoki ta ’riflar qanday dir doimiy va o'zgarm as bo‘lib, shu xususiy atlari 
tufayli turli xil ju z ’iyliklar orasida alohida ajralib turishini ta ’kidlash 
bilan cheklanib turam iz. A xir odam lar d a fa ta n y o ‘qolib qolsa ham, 
insonning “aqlga ega hayvon” sifatidagi ta ’rifl saqlanib qoladi-ku. Yana 
biz “so f oltindan” tashkil topgan oltin bo‘lagi to ‘g ‘risida m azkur 
bo‘lakda gavdalangan etalon yoki universal m ezon borligini nazarda
15> Copleston F. H istory o f philosophy. V o l.l. -N e w Y ork-L ondon-T oronto-S ydney-
A uckland, 2003. P. 101.
137


tutgan holda gapirishim iz mumkin. Xuddi shunday, chiroylilik etaloniga 
b a’zi buyum lam ing yaqin, boshqalarining - uzoqroq turishini nazarda 
tutib, bir xil buyum lar k o ‘proq chiroyli, boshqalari kamroq chiroyli 
deyishim iz mumkin. B unda etalon tajribam izdagi chiroyli predm etlarga 
o ‘xshab o ‘zgarm asdan qoladi, doim iy boMgani holda, barcha konkret 
chiroyli predm etlarni o ‘ziga “b o ‘ysundiradi”. Albatta, biz etalon 
mohiyati to ‘risida bilam iz deganim izda, xatolashishim iz mumkin, lekin 
ko‘proq chiroyli va kam roq chiroyli obyektlar bor deb aytganim izda, 
shunday etalon m avjudligini nazarda tutamiz.
Yana bir misolni keltiraylik. M atem atikiar chiziq, aylana va boshqa 
narsalar to ‘g ‘risida gapirishadi v a bu tushunchalar ta ’riflarini berishadi. 
Biroq bizning tajribam izda na idea! chiziq, na ideal aylana bor - mavjud 
chiziqlar v a aylanalar yaxshi holda faqat ularga yaqinlashishdan iborat.
Shunday qilib, bizning kundalik tajribam izdagi nom ukam m al, 
o ’zgaruvchan obyektlar bilan universal tushunchalar yoki ta ’riflar 
orasida kontrast mavjud. Shuning uchun ham Sokrat universal 
tushunchalarga katta aham iyat berganligini tushunish oson. Hayotning 
axloqiy tarafiga diqqatini jam lagan holda, u tushunchalam ing sofistlar 
relyativistik konsepsiyalari dengizi to ‘fonida mustahkam turishini yaxshi 
tushungan. Sofistlar relyativistik axloqiga m uvofiq, adolat haqidagi 
tushunchalar, masalan, shahardan shaharga, jam iyatdan jam iyatga 
o ‘zgarib turadi: biz adolat m ana bu, ana shu, va bu ta ’rif barcha davlatlar 
uchun haqiqat, deb ayta olm aym iz; A finada adolat bir xilda, Frakiyada 
butunlay boshqacha. Lekin biz barcha kishilar uchun um um iy baholash 
etaloniga egam im z va undan kelib chiqib, nafaqat ayrim kishilarning 
xatti-harakatining adolatli ekani to ‘g ‘risida hukm chiqarishim iz, balki 
turli 
davlatlarning 
axloq 
kodekslarining 
adolatning 
um um iy 
tushunchasiga mos yoki mos emasligi to ‘g ‘risida m ulohaza bildirishim iz 
mumkin.
Aristotel Sokratni “induktiv argum entlar” ixtirochisi deb hisoblash 
mum kin, deya ta ’kidlaydi. Biroq, “universal tushunchalam i” Sokrat 
ularning m etafizik m aqom ini aniqlash m aqsadida tadqiq etgan deyish 
xato b o ‘ladi; Sokrat qarashlarini Aristotel m antiqiy term inlarda 
ifodalagan, lekin bundan Sokrat induksiya nazariyasini mantiq nuqtai 
nazaridan ishlab chiqqan degan xulosa kelib chiqmaydi.
Sokrat m etodining mohiyati nimada? U “dialektika” yoki suhbat 
shakliga ega. Sokrat birorta kishi bilan muayyan mavzuda, masalan, 
botirlik (jasurlik) haqida suhbatlashar ekan, uning fikrini savollar berish 
orqali bilishga urinadi, m isollar bilan tushuntirishni talab qiladi.
138


Suhbatdoshi 
yangi 
fikr 
bildirishi 
yoki 
mavjud 
ta ’rifni 
m ukam m allashtirib, barchani qanoatlantiradigan universal tushunchani 
shakllantirilishiga qadar yoki hech qanday natijaga erisha olmagasligi 
m a’lum b o ‘lguncha suhbat davom etgan.
Demak, Sokrat dialektikasining m ohiyati noadekvat ta'rifdan 
adekvat ta ’rifga yoki konkret m isollam i qarab chiqishdan universal 
tushunchani shakllantirishga o ‘tishdan iborat. M asalan, suhbatlardan 
birida adolatsizlik tabiati m uhokam a qilinadi. Uning misollari keltiriladi: 
aldash, 
zarar yetkazish. 
qulga aylantirish 
va boshqalar. 
Yana 
ta ’kidlanadiki, 
bunday 
harakatlar 
faqat 
do‘stlarga 
nisbatan 
qilingandagina adolatsizlik deb hisoblanadi. Sbunda Sokrat bunday misol 
keltiradi: faraz qilaylik, um idsizlanib, o ‘zini o ‘ldirm oqchi b o ’lganning 
qilichini d o ‘sti o ‘g ‘irlaydi. Buni adolatsizlik deb ayta olam izm i? Y o‘q, 
ayta olmaymiz. Kasai o ‘g ‘lini tuzatadigan dorini o ‘g ‘liga aldab 
ichirishga m ajbur qilgan otaning qiimishi ham adolatsizlik bo'lm aydi. 
Shunday qilib, faqat do ‘stiga ziyon yetkaziladigan harakatnigina 
adolatsizlik deb aytish m um kinligi m a’lum boMadi.
Bunday 
dialektika, 
albatta, 
Sokrat jaholatda ayblagan yoki 
m anm anligiga sezilarli zarba bergan kishilarni ranjitgan, ular ustimizdan 
kulayapti deb qabul qilishgan. Sokrat atrofida y ig ‘ilgan yoshlam i 
m utafakkirning “qariyalam i burchakka siqib q o ‘ya olishi” qoyil 
qoldirgan. Sokrat o ‘z metodini nafaqat onasining kasbiga qiyos qilib 
“doyalik san ’ati” deb atagan, balki bu bilan boshqalarga to ‘g ‘ri harakat 
qilish uchun zarur haqiqatga m ustaqil ravishda erishishga intilishiga 
yordam berish uchun ham shunday qilgan. Shuning uchun Sokratning 
tushunchalar ta ’rifiga katta ahamiyat berganligini tushunish qiyin emas. 
Bu pedantizm emas, balki nim aning chin, nim aning xato ekanligini aniq 
bilish insonga o ‘z hayotini rostakam iga boshqarishga yordam berishiga 
chin dildan ishonishidir. Sokrat chin g‘oyalam ing aniq ifodalar tarzida 
shakllanishini m avhum m ushohada yuritish m aqsadida emas, balki 
kundalik turm ushda ulardan foydalanish uchun xohlagan. Uning etika 
bilan qiziqishi m ana shundandir.
Sokratning qiziqishlari etika sferasida yotishini aytib o‘tgan edik. 
Aristotel hech ham ikkilanmasdan “Sokrat axloqiy m uam m olar bilan 
sh u g ‘ullangan”, degan edi. A ristotelning yana bir gapi bor: “Sokrat 
fozillik 
nima 
ekanligini 
o ‘rgandi 
va 
birinchi 
b o 'lib
universal 
tushunchalar m asalasini q o ‘ydi” . A ristotelning bu m ulohazasi, shubhasiz, 
Sokratning K senofont yaratgan obraziga tayanadi.
139


Aristofarming “B ulut” kom ediyasida yaratgan Sokrat obrazi bizni 
g ‘ulg‘ulaga solmasligi kerak. Sokrat keksa faylasuflardan ta ’lim olgan va 
A naksagor ta ’limoti 
ta ’sirida boMgan. 
“B ulut”da unga sofistlik 
belgilarining to ‘nkalishi shundan bo‘lsa kerakki, u boshqa sofistlar 
singari diqqat-e’tiborini subyektga, boshqacha aytganda, 
insonga 
qaratdi160.

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish