A n t ik d a V r fa L sa fa si


falsafa tarixi fan sifatida mavjud. Uning



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/115
Sana30.06.2022
Hajmi7,84 Mb.
#719147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Bog'liq
Falsafa tarixi.Antik davr falsafasi. SharipovM.

falsafa tarixi fan sifatida mavjud. Uning
predmetini falsafiy fikrning paydo bo‘lishi, turli o ‘zaro bog‘langan
falsafiy 
ta’limolar, 
konsepsiyalarda 
uning 
fundamental
muammolari, asosiy tushunchalari va prinsiplarining shakllanishi va
mazmunan boyib borishi, falsafiy-tarixiy jarayonning qanday
yo‘nalishlarda taraqqiy etishi, bu taraqqiyot tendensiyalarining
obyektiv qonunlarga bo‘ysunishi va nimalarda ifodalanishini
o ‘rganish tashkil etadi.
Falsafiy sistemalar plyuralizmi, xususan, falsafa tarixida bir vaqtda 
bir-biridan farq qiladigan, ba’zan biri ikkinchisini istisno qiladigan 
o ‘zaro zid oqimlar, yo‘nalishlar, ta’limotlar, konsepsiyalar, metodologik 
yondashuvlar mavjudligi, ularning falsafiy fikr rivojida ortib borishi uni 
keltirib chiqaruvchi sabablami aniqlashni talab qiladi. Falsafiy qarashlar 
xilma-xilligini belgilovchi ana shunday omillardan biri - bilimlar 
taraqqiyoti, shu jumladan, falsafiy bilimlar rivojidagi differensiatsiya va
22 Б огом олов А.С., О й зерм анн Т.И. “О сновы теории истори ко-ф илософ ского 
п роц есса” .- М .: Н аука, 1983. С.210.
23 O 's h a asar: Б .213.
24 O'sha asar: Б.213.
16


integratsiya jaravonlaridan iborat bo1 lib, u qonuniy xarakterga ega. 
Falsafiy bilimlar differensiatsiyasi
(tarmoqlashuvi) deganda, muayyan 
boshlang'ich 
asos, 
konseptual 
birlik 
doirasida tafovut qiluvchi 
ta’limotlarning vujudga kelishi 
tushuniladi25. 
Bu falsafiy-tarixiy 
jarayonda turli darajada amalga oshishi mumkin. Masalan, falsafiy 
dunyoqarashning boshlang‘ich punkti yoki masalasi: inson - olam 
munosabati masalasi muhokamasi negizida ontologiya — borliq falsafasi, 
grioseologiya - bilish falsafasi, ijtimoiy falsafa, falsafiy antropologiya, 
qadriyatlar falsafasi va boshqalar shakllanadi. Yoki, aytaylik, Qadimgi 
grek 
naturfalsafasining 
olamning 
yaxlit 
ontologik-kosmologik 
manzarasini yaratish uchun borliq substansiyasi-birlamchi materiyani 
aniqlashga qaratilgan urinishlari davomida bir qancha yondashuvlar va 
mos ta’limotlar paydo boMdi; xususan, Fales suvni, Anaksimen havoni, 
Geraklit olovni, Levkipp va Demokritlar atomlami substansiya deb 
asoslaganlari 
holda o‘z ta’limotlarini yaratdilar. Differensiatsiya 
natijasida hosil bo'lgan ta’limotlarning boshlang‘ich asos, asosiy 
prinsiplar bo‘yicha umumiyligi, aynanligi saqlanib qoladi; tafovutlari 
j u ’ziy xarakterga ega, ular o ‘rtasida qarama-qarshiliklar yo‘q.
Falsafiy bilimlar integratsiyasi
(qo‘shiluvi) deganda, muayyan 
fundamental muammo muhokamasi negizida vujudga keladigan turdosh 
qarashlar, ta’limotlar qo"shilishi, umumlashtirilishining yangi nazariy 
sistemaning shakllanishiga olib kelishi tushuniladi. Masalan, yuqorida 
qayd etib o‘tilgan va boshqa shu turdagi ta ’limotlar, o‘z navbatida, 
qo‘shilib, sintezlanib, Qadimgi Yunonistonda mifologiya, din, dastlabki 
ilmiy tasavvurlami o‘z ichiga olgan bilimlar umumiy massividan ilk 
falsafiy yo‘nalish - naturfalsafaning ajralib chiqib, alohida ilm sohasi 
sifatida mavjud bo‘lishiga olib keldi.
Shuningdek, falsafa tarixida 
“falsafiy bilimlar divergensiyasi”
tushunchasi ham ishlatiladi. A.S.Bogomolov va T.I.Oyzermannlar uni 
quyidagicha ta’riflaydilar: “Divergensiya, differensiatsiyadan farqli 
o ‘laroq, aw algi ta’limot prinsiplaridan kam deganda bittasini inkor 
qilishni taqozo etadi. Lekin bu inkor barcha asosiy prinsiplari raddiyasi 
bo‘lmaganligi sababli, turdosh qarashlar qarama-qarshiliklari bir 
tomonlama, yetarlicha rivojlanmagan bo‘ladi”26. Masalan, Demokrit 
atomlaming massaga egaligini aytmaydi, Epikur esa, aksincha, ulaming
25 
Богом олов А .С ., О й зерм анн Т.Н. '“О сновы теории истори ко-ф илософ ского 
п роц есса” . —М .: Н аука, 1983. С .217.
2"
O 's h a asar. C .2 I9 .
17


massasi mavjudligini asoslaydi. Lekin bu ularning prinsipial jihatdan 
butunlay qarama-qarshiligini bildirmaydi, u ju z ’iy xarakterga ega.
Tarixan o‘sib, rivojlanib borar ekan, falsafiy bilimlar divergensiyasi 
jarayoni zaruriy larzda 

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish