A n t ik d a V r fa L sa fa si



Download 7,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/115
Sana30.06.2022
Hajmi7,84 Mb.
#719147
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   115
Bog'liq
Falsafa tarixi.Antik davr falsafasi. SharipovM.

Oliy insoniy baxt — inson
tabiatiga mos hayot kechirish.
Lekin inson haqiqiy tabiatni unga 
avvaldan berib q o ‘yilgan (tabiat tom onidan) imkoniyatlar, xususiyatlam i 
rivojlantirish asosida yaratadi.
237 Copleston F. H istory o f philosophy. V o l.l. -N e w Y ork-L ondon-T oronto-Sydney-
A uckland, 2003. P.428-437.
241


Baxtli hayot - bu fazilatli hayot, ana shuning uchun ham inson 
fozillikka intilishi kerak. Fozillik — to ‘g ‘ri turm ush kechirish san ’ati. 
Stoiklar fikricha, barcha tirik jon lar uchun dastlabki his-tuyg‘u - o ‘z- 
o ‘zini saqlash, o ‘zini sevish, qadrlash. B unda faqat ayrim kishining o ‘z- 
o ‘zini emas, butun jinsni, urug‘ni saqlash nazarda tutiladi.
Y etuklik davrida tabiat bilan kelishuv aql bilan kelishuv darajasiga 
o ‘sib o ‘tadi. Haqiqiy n e’m at - oliy m aqsadim iz uchun biror narsa bera 
oladigan narsadir. Uning teskarisi - haqiqiy yovuzlikdir.
Axloqiy nuqtai nazardan qaraganda, 
axloqqa befarq bo ‘Igan barcha
munosabatlar, holatlar, kechinmalar n e ’mat ham, yovuzlik ham emas.
Rohatlanish, sog‘Iiq, kuch, boylik, qadr-qim m at - haqiqiy n e ’m atlar 
emas; xuddi shuningdek, azob-uqubat, kasallik, kambag allik, quv g‘inlik
- haqiqiy yovuzlik emas. B u narsalardan yaxshilikka ham , yom onlikka 
ham foydalanish mumkin. B ulam ing foydali yoki zararli bo ‘lishi ularga 
inson munosabati bilan bog‘liq.
Fozillik - to ‘g ‘ri amal qilayotgan aqlning yuqori darajasi. Insonning 
boshiga tushadigan kulfatlar, illatlam ing m anbai - affektlardir.
Stoiklar 
fikricha, 
yaxshi 
fazilatlar 
quyidagilardan 
iborat: 
m ulohazakorlik, m ardlik, o ‘zini tuta bilish, adolatlilik. Ushbu fazilatlar 
yo barchasi birga m avjud b o ‘ladi, yoki ulardan hech biri m avjud 
b o ‘lmaydi: ulardan biriga ega boTgan kishi ularning barchasiga ham ega 
b o ‘ladi. 
Zenon 
barcha 
yaxshi 
fazilatlarning 
sarchashm asini 
m ulohazakorlikda deb bilsa, K leanf - uni o ‘rtachalik, m o ‘tadillikda deb 
hisoblaydi. 
Ayrim
m asalalar 
b o ‘yicha 
qarashlaridagi 
farqlarga 
qaram asdan, stoiklar yaxshi fazilatlar aynan bir tabiatga ega b o ig a n
hosilalar sifatida cham barchas bog‘liq v a shu sababli ulardan birining 
m avjudligi qolgan barchasining m avjudligini ham belgilab beradi, degan 
fikrni yoqlaydilar. Xuddi shuningdek, ular bitta nuqson bor joyda qolgan 
barcha nuqsonlar ham m avjud b o ‘ladi, degan fikrga qat’iy ishonganlar.
Shunday qilib, insondagi asosiy narsa — bu xarakter (inson tabiati); 
aslida esa, o ‘z burchini bajarish kabi yaxshi fazilatlarga ega b o ‘lish 
(burch atam asini chamasi Zenon o ‘ylab topgan) asl m a’noda faqatgina 
donishm andlarga xosdir. Donishm and ehtiroslardan xoli va o ‘zining 
qadrini his qilish tufayli hech kimning, hattoki Zevsning ham ,o‘zidan 
ustun ekanligini his qilmaydi. B undan tashqari, u o ‘z hayotining egasi va 
o ‘zini o ‘ldirish huquqiga ham ega.
A gar barcha yaxshi, ezgu fazilatlar o ‘zaro cham barchas bogTiq 
bo‘lsa va ulardan birining m avjudligi qolganlarining ham mavjud 
ekanligini anglatsa, u holda ulam ing barchasi teng qiym atli ekanligini
242


taxm in qilish qiyin emas. Inson yo jam iki ezgu fazilatlarga ega va 
nuqson ham da kam chiliklardan xoli, yoki u faqat illatlarga ega. 
X risippga k o ‘ra, m a’naviy takom illashish y o ‘lini toTiq bosib o ‘tmagan 
inson to ‘laqonli holda jam iki ezgu fazilatlarga ega b o ‘la olmaydi, y a’ni u 
haqiqiy baxtni yaratuvchi ezgu fazilatlarni o 'z id a m ujassam lashtirm aydi.
Bundan kelib chiqadigan fikr shundan iboratki, faqat ayrim 
kishilargina ezgu xislatlarga ega b o ‘la oladilar va ular bunga 
hayotlarining oxirida erisha oladilar. Inson butun hayoti davomida, yoki 
uning qandaydir qism ida gunohlarga ko'm ilib yashaydi. Va, hatto, u 
ezgu 
fazilatlarga 
ega 
bo'Isa 
ham, 
bu 
hodisa 
faqat 
uning 
keksayganidagina sodir b o ‘ladi. Biroq ushbu qat’iy m a’naviy idealizm 
faqatgina nisabatan erta ijod qilgan stoik m utafakkirlarga xos b o ‘lgan, 
nisbatan kechroq ijod qilgan stoiklar m a’naviy taraqqiyotga ishonganlar 
va odam lam i ezgu fazilatlar y o ‘lini tanlashga va shu yo 'ldan yurishga 
d a’vat qilganlar. Hech bir inson donishm andlikning talablariga javob 
bermasligini tan olgani holda, ular dunyoni: axmoqlar, ezgu fazilatlar va 
donishm andlik yo ‘lida turganlarga ajratganlar.
Stoiklar etikasining o ‘ziga xos xususiyati ularning ehtiroslar 
nazariyasida o ‘z ifodasini topgan. Stoiklar ehtiroslarni to ‘rt turga: 
q ayg‘u, q o ‘rquv, hirs v a lazzatlanishga ajratganlar. Ularning barchsasi 
irratsional va tabiiylikka qaram a-qarshidir. Shu sababli m uammo ularni 
kuchsizlantirish va boshqarishda emas, balki ulardan xalos b o 'lish va 
sovuqqonlik, 
vazm inlikka erishishdan 
iborat. 
Ehtiroslardan 
hech 
bo'lm aganda, ular odat tusiga kirganda xalos b o iis h zarur. Shu sababli 
stoiklar etikasi amalda, asosan, m a’naviy erkinlikka erishish ham da o ‘z 
hayotiga egalik qilish maqsadida ehtiroslar bilan kurashishni anglatadi. 
Lekin, ayrim stoiklar donishm and inson ham ayrim qo‘shim cha ratsional 
hissiyotlar - m asalan, lazzatlanish hissiyotlarini his qilishi ham m um kin 
ekanligini 
e ’tiborga 
olgan 
holda 
ushbu 
q at’iy 
qarashlardan 
uzoqlashganlar.
Aytish kerakki, stoiklar etikasining ushbu tom oni, y a’ni aynan 
jam iki tashqi narsalardan to ‘liq ozod bo ‘lishga erishishga intilish 
kiniklarning merosidir, biroq bu m asalaning kiniklar bilan umuman 
bog‘liq bo'lm agan boshqa tomoni ham mavjud, bu — kosm opolitizm . H ar 
bir inson o ‘z tabiatiga k o ‘ra, ijtimoiy m avjudot va ong bizning jam iyatda 
yashashim iz zarur ekanligini anglatib turadi. Ong barcha odam larga xos, 
demak, har bir inson uchun yagona qonun va yagona Vatan mavjud. 
Insoniyatni o ‘zaro bir-biri bilan dushm anlik qiluvchi davlatlarga ajratish 
bem a’nilik. Donishm and qaysidir bir davlatning fuqarosi hisoblanm aydi,
243


u Dunyo fuqarosidir. B undan kelib chiqadiki, biz barcha insonlarga 
nisbatan ezgu niyatli b o ‘Iishimiz zarur, chunki hattoki qullar ham o ‘z 
huquqlariga ega va hattoki dushm anlar ham bizning m arham atim iz va 
kechirishim izga loyiqdirlar. Tor ijtimoiy qarashlar chegarasidan bu kabi 
chiqish, albatta, stoiklar tizim ining m onizm i (dunyoning negizi bitta -
ruh yoki m ateriya - deb biluvchi falsafiy ta ’limot)dan kelib chiqqan, 
biroq ularning ushbu kosm opolitik qarashlari asosida o ‘z jon ini 
saqlashga intilish yoki o ‘z-o‘zini sevishning fundamental roli yotadi. 
Birinchi navbatda, albatta, o ‘z jonini saqlash instinkti insonning o ‘z- 
o ‘zini sevishi k o ‘rinishida nam oyon boMadi. Biroq, u ushbu sevgi 
sarhadlaridan chetga chiqib ketadi va insonning o ‘ziga tegishli boMgan 
jam iki narsalarni - oila, do ‘stlari, vatandoshlari, va, nihoyat, jam iki 
insoniyatni qamrab oladi.
Albatta, insonda barcha boshqa hodisalardan yaqin boMgani - o ‘z 
jonini saqlash tuy g‘usi kuchli darajada nam oyon boMadi va uning uchun 
katta aham iyatga ega boMmagan narsalarga nisbatan u kam ayib boradi; 
shu sababli, ushbu etik nuqtai nazardan, har bir individum ning vazifasi- 
o ‘z m uhabbatini insonga shaxsan tegishli boMmagan narsalarga nisbatan 
ham kengaytirishdan iborat. B oshqa so ‘zlar bilan aytganda, biz 
odam lam i o ‘zim izdan kam boMmagan darajada sevganim izda yoki 
bizning sevgim iz o ‘z shaxsiyatim iz bilan bogMiq boMgan barcha narsalar, 
hattoki jam iki insoniyatni ham qam rab olganda ham da barcha jabhalarda 
bir xil kuchga ega boMgan holda nam oyon boMganida m a’naviy idealga 
erisham iz238.
Stoitsizm tahlili unda bilish, ayniqsa m antiq m asalalari, shuningdek, 
ontologiya m uam m olarining ustuvor boMganligini k o ‘rsatadi. Bunda 
Geraklit, ayniqsa Aristotel dialektikasi, xususan, uning m ateriya va shakl 
to ‘g ‘risidagi qarashlarining ta ’siri kuchli boMgani kuzatiladi.

Download 7,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish