61
“Mishka” (maydalangan danakli) va boshqalar kiradi.
G„ovak shokolad desertli shokolad massasidan tayyorlanadi, u
havosiz asbobdan qoliplarga qo„yiladi va tez sovutiladi. G„ovak
shokoladning katakdorligi oddiy shokoladnikidan qalinroq bo„lib, u ancha
yumshoq va juda xushta‟m bo„ladi. Bunday shokolad turiga: “Slava”,
“Konyok-gorbunyok”, “Raketa” va boshqalar kiradi.
Kakao kukuni kakao dukkagidan ishlab chiqariladi. Har xil
qo„shilmalardan tozalangan kakao dukkagi qovuriladi, maydalab yorma
qilinadi, po„sti ajratiladi va kakao-massaga aylantiriladi, keyin undan
kakao yog„ining bir qismini chiqarib olish uchun presslanadi. Hosil
bo„lgan kakao kunjarasi quritilgandan keyin maydalab kukunga
aylantiriladi. Kakao kukuni ishlov berilgan va ishlov berilmagan turlarga
bo„linadi. Ishqorlar (ovqatga ishlatiladigan soda, uglerod ammoniysi) bilan
ishlov berilgan, qaynoq suvga solinganda tezda cho„kindi hosil
qilmaydigan, turg„un kakao kukuni ishlov berilgan kakao-kukun deyiladi.
Ishlov berilmagan kukunga yuqoridagidek ishlov berilmaydi. “Prima”,
“Zolotoy yarlo„k” kakaolari, ishlov berilmagan kakao-kukuni navlariga
kiradi, “Ekstra”, “Nasha marka” lar esa ishlov berilgan kukunlardir.
Kakao kukuni oldindan (qadoqlab) yasab qo„yilgan va sig„imi
ko„pi
bilan 250
g bo„lgan tunuka bankalarga, kartondan yasalgan qutichalar va
yupqa
kartondan yasalgan pachkalarga, sig„imi
100
g qog„oz
xaltachalarga,
sig„imi
5
kg tunuka va faner yashiklar, quyma qog„oz
va faner
bochkachalarga, 35
kg sig„imli
taxta yoki
faner yashiklarga joylanadi.
Shokolad mahsulotlari va kakao kukuni quruq, toza, shamollatib
turiladigan, ombor zararkunandalari hamda begona hidlardan holi
xonalarda saqlanadi. Shokolad solingan yashiklar stellajlarga taxlanib,
devordan kamida 0,7
m uzoqlikka quyilishi kerak. Shokoladni vodoprovod
va kanalizatsiya trubalari, isitish batareyalari, pechka hamda mo„rilarga
joyda saqlash mumkin emas. shokoladni quyosh nuri ta‟siridan saqlash
kerak, chunki quyosh nurida u eriydi yoki o„ziga xos yaltiroqligini
yo„qotadi. shokolad va kakao-kukun saqlanadigan xonaning harorati
keskin suratda past-baland bo„lib turmaydigan va 18°C dan oshmaydigan,
havosining nisbiy namligi ko„pi bilan 75% bo„lishi kerak.
62
Belgilangan garantiyali saqlash muddati quyidagicha: oddiy va
qo„shimchasiz desertli shokoladniki olti oy, zar qog„ozga o„ralgan
qo„shimchalisiniki - uch oy; nachinkali shokoladniki - uch oy; tunuka
bankali kakao kukuniniki bir yil, karton quticha va pachkalisiniki - olti oy,
qog„oz
xaltachaga solinganiniki - uch oy, yashik va kichik bochkalarga
solinganiniki - uch oy.
Do'stlaringiz bilan baham: