3 . 3 . K r a x m a l v a p a t o k a
Kartoshka va makkajo„xori kraxmali savdoga chiqariladi.
Kartoshka kraxmali kartoshkadan olinadi. Kartoshka oldin yuviladi va
qirg„ich mashinalarda qirib undan bo„tka tayyorlanadi. Ezilgan bo„tka
elakda chayqaladi. Kraxmalning mayda donachalari suv bilan elakdan
o„tadi va idishning tagiga cho„kadi; keyin kraxmal suvdan ajratib olinadi,
tsentrifugalarda qayta ishlanadi va quritiladi. Sifatiga qarab, kartoshka
kraxmali to„rt navga bo„linadi: ekstra, oliy, 1 va 2- navlar (keyingisi faqat
54
texnik maqsadlar uchun). Kraxmalni navlarga ajratishda rangi, yaltiroqligi,
sirtidagi qora nuqtalar (1 sm
2
dagi) va tarkibidagi kul miqdori hamda
nordonligi asos qilib olinadi.
Makkajo‗xori kraxmali makkajo„xoridan olinadi, buning uchun
makkajo„xori doni qo„shilmalardan tozalanadi va 36-42 soat mobaynida
nordonlashtirilgan iliq suvda saqlanadi; keyin uqalanib, murtagi ajratib
olinadi, hosil bo„lgan bo„tqa ikkinchi marta yaxshilab maydalanadi,
yuviladi, tinitiladi, tsentrifugalanadi va quritiladi. Murtagidan esa
makkajo„xori moyi olinadi. Sifatiga ko„ra makkajo„xori kraxmali ikki
navga - oliy va 1-navga bo„linadi. Navlarga ajratish belgilari kartoshka
kraxmaliniki bilan bir xildir.
Patoka kartoshka yoki makkajo„xori, ba‟zan bug„doy yoki javdar
kraxmallaridan olinadi. Aralashmalardan tozalangan kraxmal suvda
eritiladi, nordonlashtiriladi va kraxmal suti tarzida kattakon bochkalarga
yoki avtoklavalarga solib qo„yiladi. shuning o„ziga bir oz sulfat kislotasi
(quruq kraxmal vazniga nisbatan 0,55-0,8%) yoki xlorat kislotasi (0,19-
0,25%) qo„shiladi va eritma qaynatiladi. Bo„tqa quyuqlashguncha
qaynatiladi, keyin sovutiladi va idishlarga quyiladi.
Kraxmal patokasi ishlatilishiga ko„ra uch turga: karamel ishlab
chiqarish sanoatida foydalaniladi, murabbo tayyorlashda hamda boshqa
maqsadlar uchun ishlatiladigan glyukozaga bo„linadi. Karamel patokasi
oliy nav va 1-navga bo„linadi. Murabbo glyukozasi navlarga bo„linmaydi.
Patoka qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish va novvoylikda keng
qo„llaniladi. Yaxshi patoka cho„ziluvchan, rangsiz yoki nimrang, begona
ta‟m sezilmaydigan shirin va quyuq sharbat bo„ladi. Patokaga har xil
qo„shilmalarning qo„shilib ketishiga yo„l qo„yilmaydi.
Kraxmal 25, 50 va 60 kg dan toza va quruq zig„ir, kanop yoki jut
qoplarga joylanadi. shuningdek u sig„imi
100 g dan 1 kg gacha qog„oz
pachka, polietilen va tsellofan xaltachalarga ham joylanishi mumkin.
So„ngra bu pachkalar sig„imi
30 kg gacha bo„lgan quruq, toza yog„och
qutilarga joylanadi. Kraxmal quruq, yaxshi shamollatib turiladigan,
harorati ko„pi bilan 15°C bo„lgan va havosining nisbiy namligi 75% dan
oshmagan xonalarda saqlanadi. Qoplar maxsus o„rinlarga taxlab qo„yilishi
55
kerak. Kraxmalni o„tkir hidli va kuchli bug„lanuvchi mollar bilan bir joyda
saqlash mumkin emas.
Patoka sig„imi
50 dan 300 kg gacha bo„lgan bochkalarga joylanadi.
Patokani quruq, salqin, havo harorati 8-12°C bo„lgan xonalarda saqlash
tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |