A. N. Norchayev, T. B. Sadikov, M. Z. Nurfayziyeva mintaqaviy turizm


Xorazm viloyatida turizmni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari



Download 3,14 Mb.
bet72/90
Sana03.07.2022
Hajmi3,14 Mb.
#736251
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   90
16.4. Xorazm viloyatida turizmni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari

Xorazm viloyati mamlakat turizm bozorida o‘ziga xos rivojlanish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi bilan birga bir qator bajarilish lozim bo‘lgan ishlar ham mavjud. Ushbu kamchiliklarni tadqiq etib biz quyidagicha holatga ega bo‘ldik.


Viloyatda ekskursiya jarayonini olib borish uchun kadrlar bilan ta’minlanganligini holati. Hozirgi kunda Xorazm viloyatida jami 24 ta gid-tarjimon sayyohlarga xizmat ko‘rsatmoqda. Shundan 2 tasi oliy darajali, 6 tasi birinchi darajali va 16 tasi ikkinchi darajali hamroh tarjimonlardir. Viloyatda joylashgan obyektlar va

172
muzeylarda ekskursiya olib borish huquqini beruvchi hujjatlarsiz gid-tarjimonlarning ekskursiya o‘tkazishga ruxsat berilmaydi. Malakali tajribaga va sertifikatga ega bo‘lgan gid-tarjimonlar 2 yilda bir marta 7-14 kunlik maxsus kurslarda malaka oshiradi va attestatsiyadan o‘tkaziladi.


Hududga tashrif buyuradigan xorijiy mehmonlar va sayyohlarga xizmat ko‘rsatiladigan transport vositasi haydovchilarini maxsus tayyorlov kurslari mavjud emas.


Mehmonxonalardagi maxsus xizmat mutaxassislari (mehmonxona ma’muri, ofitsiant, barmen, shvetsar-dasyor, qavat va xonalar bekasi, farroshlar) ishlarining sifati qoniqarli darajada yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga hududda ekskursiya jarayonini olib borish uchun malakali kadrlarni tayyorlashda quyidagi takliflar inobatga olinsa maqsadga muvofiq bo‘lardi;


Xorazm mintaqaviy bo‘limi qoshida tayyorlash, tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda gid-tarjimonlar va ekskursovodlar uchun davriy o‘quv kurslarini o‘tkazish maqsadga muvofiq;





  • Xorazm viloyatidagi tarixiy obidalar to‘g‘risidagi axborotlarni Xiva «Ma’mun» akademiyasi va Urganch Davlat Universiteti tomonidan tayyorlanishi maqsadga muvofiq. Chunki viloyatda joylashgan obyektlar va obidalar bo‘yicha ma’lumotlar mazkur oliy o‘quv yurtlarida etarli darajada mavjud;




  • turistlar diqqatini jalb qilish maqsadida mavsumga qarab milliy hamda zamonaviy liboslarni uyg‘unlashtirib yagona uniforma tayyorlash maqsadga muvofiq;

  • hamroh-tarjimonlar va ekskursiya olib boruvchilarni hukumat darajasida yagona akkreditatsiyadan o‘tkazish masalasini hal etish zarur;

  • Ichan-qa’lada joylashgan muzeylarda faoliyat olib boruvchi xodimlarning aksariyati 40 yoshdan oshganlar tashkil etadi. Muzeylarda faoliyat olib boruvchi xodimlarni yosh hamda xorijiy tillarni biladigan mutaxassislar bilan to‘ldirish maqsadga muvofiqdir;




  • hududga tashrif buyuradigan xorijiy mehmonlar va sayyohlarga ekskursiya xizmatini ko‘rsatishda malakaga ega bo‘lmagan hamroh-tarjimon va ekskursovodlar tomonidan xizmat ko‘rsatilishiga yo‘l quymaslik uchun Soliq idoralarini jalb qilgan

173
holda joylarda monitoring o‘tkazilishi va aniqlangan qonun buzilishlar to‘g‘risida tuzilgan dalolatnomalarni tegishli idoralarga taqdim qilish orqali choralar ko‘rish lozim;



  • hududdagi mutasaddi tashkilotlar bilan kelishilgan holda xorijiy mehmonlar va sayyohlarga xizmat ko‘rsatiladigan transport vositalari haydovchilarini maxsus tayyorlov kurslarini tashkil qilish, har kuni marshrutga chiqadigan haydovchilarni ko‘rikdan o‘tkazish tartibini joriy qilish zarur;




  • viloyatning turizm sohasida mehnat qilayotgan xodimlar va mutaxassislarni chet ellarda va xalqaro tashkilotlarning granti orqali o‘qitish, tayyorlash va malakasini oshirish;

  • xodimlarning ish samaradorligini oshirishlari uchun xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish maqsadida Toshkent shahrida joylashgan mehmonxonalarga xizmat safarlari uyushtirish orqali malakalarini oshirish maqsadga muvofiq

Xorazm viloyatida reklama ta’minoti va yodgorlik buyumlari mahsulotlarini ishlab chiqarish holati.
Xorazm viloyatida reklama faoliyati bilan shug‘ullanadigan bir qancha tashqi reklama mahsulotlarini bosmadan chiqaradigan xususiy korxonalar mavjud. Ularda asosan turistik firmalar, mehmonxonalar o‘z turistik mahsulotlarini bukletlar, broshyuralar, kataloglar, xaritalar, plakatlar, kitoblar va boshqalar. Reklama mahsulotlari o‘zbek, rus, ingliz, nemis, yapon, koreys va boshqa tillarda chop etilgan.

Ishlab chiqarilayotgan reklama mahsulotlarida yagona milliy «UZBEKISTAN» turistik brendidan foydalanish sust olib borilmoqda.


Xorazm viloyatida xalq hunarmandchili keng yo‘lga qo‘yilgan jumladan, «Hunarmand» uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi tomonidan. Xorazmda 11 ta


«USTO-SHOGIRD» maktablari tashkil etilib, 47 ta shogirdlar mavjud. Mahalliy mahsulotlardan: gujum, terak, sada, tut, turangi daraxtlaridan zamonaviy mebellar ishlab chiqarilmoqda.
Ishlab chiqariladigan reklama mahsulotlarining targ‘ibot-tashuviqot etilish joylari sifatida temir yo‘l poezdlari, vokzallari, aeroportlar va havo kemalari bortlari,

174
mehmonxonalar, internet, ko‘rgazmalar, yarmarkalarda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.


Xorazm viloyatida sayyohlarga meditsina xizmati ko‘rsatilishi va xavfsizlikning ta’minlanishi holati.


Sayyohlarga meditsina xizmatlarini tashkil qilish va ularning xavfsizligini ta’minlash eng muhim masalalardan biridir. Turistik obyektlarda asosan Xiva shahridagi Ichan Qal’a muzey qo‘riqxonasi ichida va Dishan Qal’a atrofida meditsina punktlarini tashkil etish va chet tillarini biladigan meditsina xodimlari jalb qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Undan tashqari xalqaro magistral yo‘llari bo‘yida har 100 km.da talabga javob beradigan meditsina punktlarini tashkil qilish lozim. Turistik marshrutlarda sayyohlarni transport vositalarida xavfsizliklarini ta’minlash maqsadida ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda hamkorlikda ishlar olib borilgan.


Sayyohatchilarga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalarini holati. Viloyatda sayyohatchilarga transport vositalarida xizmat ko‘rsatadigan transport vositalari “Xorazm Palas” mehmonxonasi balansidagi 1 ta avtobus, 1 ta mikroavtobus va “Asia-Xiva” mehmonxonasi tasarrufida 1 ta 45 o‘rinli yevrostandartlarga javob beradigan avtobus mavjud. Ushbu avtobuslar holati talablarga javob beradi.

Sayohatchilarga transport xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish uchun quyidagi takliflar beriladi:


x Turistik firmalar va mehmonxonalarga transport vositalarini sotib olish uchun imtiyozli kreditlar berish va lizing xizmatlarini tashkil etish;


x Mavjud transport vositalarini har bir marshrutdan oldin uning texnik ko‘rikdan o‘tkazish;





  • Haydovchilarni meditsina ko‘rigidan davomli o‘tkazib turish;




  • Haydovchilarni marshrut davomida avtobuslarni boshqarishini 8 soatdan oshmasligi qattiq nazorat qilish;




  • Avtomobillarni arendaga berishni tashkil qilish.

Viloyatda ushbu sohani rivojlantirishga hukumat tomonidan ham alohida e’tibor berilmoqda.


175
Xorazm viloyati unda jamlangan diqqatga sazovor joylari bilan dunyoning turli burchaklaridan tarixiy-madaniy turizm ishqibozlarini o‘ziga tortmoqda. Ishtiyoqmand sayohlar Xivada – “ochiq osmon ostidagi muzey”da bo‘lish, Ichanqal’aning qadimiy me’moriy inshootlariga nazar solish, rivoyatlarga ko‘ra noyob “Avesto” yozma yodgorligi – otashparastlarning muqaddas kitobi yaratilgan zaminga oyoq bosish uchun bu yerga keladilar.


Ma’lumki, turistik mavsumlarning qizg‘in paytlarida sifatli mehmonxonalarning yetishmasligi chet ellik turistlarning kelishi ko‘payishini to‘suvchi omildir. Shu munosabat bilan joriy yilda Urganchning asosiy shohko‘chasi


– Al Xorazmiy ko‘chasida to‘rtta mehmonxona qurilishi rejalashtirilgan. Maxsus mavzuviy uslubda bezatilgan mo‘jaz mehmonxonalar turistlarning shinam bilan dam olishlarini ta’minlaydi.


Urganch shahrida turistik infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha keng miqyosli ishlar rejalashtirilgan. Bu yerda asosiy ko‘chalar rekonstruksiya qilinadi, 12 umumiy ovqatlanish shahobchasi, 4 minibank, 12 savdo shahobchasi, gipermarket, 2 milliy kiyimlar do‘koni va boshqa obyektlar quriladi. Xivada ham, xususan “Ichanqal’a” majmuasi atrofida turistik infratuzilma rivojlantiriladi.


Dasturning ko‘pgina bandlari o‘zbek xalqining an’ana va urf–odatlari, uning o‘ziga xos madaniyatini namoyish qilishga yo‘naltirilgan ko‘ngil ochish tadbirlarini tashkil etishga qaratilgan.





Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish