A. N. Norchayev, T. B. Sadikov, M. Z. Nurfayziyeva mintaqaviy turizm



Download 3,14 Mb.
bet8/90
Sana03.07.2022
Hajmi3,14 Mb.
#736251
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   90
Samarqand

Asrlar mobaynida O‘zbekiston shaharlari Buyuk ipak yo‘li va qadimiy transkontinental magistral hayotida muhim rol o‘ynadi. Birgina Samarqand esa


17

“Buyuk Ipak yo‘lining yuragi” deb nom oldi. Qadim davrlarda Samarqand “Islom me’morchiligi marvaridi”, “Dunyo ko‘zgusi” kabi nomlar bilan ta’riflangan. Qadimiyligi bilan Rim, Afina va Vavilonga teng bo‘lgan Samarqand o‘zining 2750 yilligini nishonladi. Samarqand buyuk qo‘mondon va Chingizxondan keyingi markaziy Osiyoning hukmdori Amir Temur davrida Buyuk Movarounnahr davlati poytaxti etib tanlanganda o‘zining eng yuqori gullab-yashnash nuqtasiga yetdi.

Bu vaqtda keng qamrovdagi shaharsozlik ishlari amalga oshirildi. Buyuk hukmdor Samarqandda o‘z davrining eng mohir hunarmand va ustalarini to‘pladi va ular yaratgan ishlar asrlar mobaynida yashab kelmoqda. Amir Temurning nevarasi Ulug‘bek bu an’analarni davom ettirdi. Bugunda Samarqandagi yodgorliklar go‘zal va ulkan. Bu shaharda qadim xarobalar, madrasa, maqbara va minoralarda saqlanib qolgan qadim tarixning nafasini his etish mumkin. Afsonaviy Registon maydoni Markaziy Osiyoning takrorlanmas me’moriy yodgorligidir. Qadimda bu maydon Samarqandning savdo va ijtimoiy markazi bo‘lgan. Bu yerda bir necha asrlik uch ulkan binolari Ulug‘bek, Sherdor va Tillaqori madrasalari qad ko‘targan. Amir Temur maqbarasi qadim Samarqandning yana bir marvarididir. Buyuk davlat hukmdori Amir Temur va uning ikki nevarasi jumladan sharqning buyuk olim va mutaffakiri Mirzo Ulug‘bek qabrlari joylashgan.


Havorang lolalarning yaproqlari tig‘iz qilib joylashtirib chiqilgan g‘unchaga o‘xshash Amir Temur maqbarasi sayyohlar uchun juda taniqli joy. Registon maydoni, Amir Temur, Bibi-xonim, Shohi-Zinda maqbaralari, Ulug‘bek rasadxonasi va shuningdek bir qancha yodgorliklar shaharga tashrif buyuruvchilarni o‘ziga maftun qilib kelmoqda.




Buxoro

Qadimdan Buxoro vohaning zich aholiga ega markazi bo‘lib kelmoqda. Uning yoshi 2500 da. Qulay muhut va 140 dan ortiq qadimiy me’moriy yodgorliklarni saqlab qolgan Buxoro sayyohlarning eng sevimli joylaridan biri bo‘lib qolaveradi. Huddi to‘r bilan qoplangan Ismoil Samoniy maqbarasi, ulkan qo‘rg‘on va Buxoro hukmdorining mustahkam qarorgohi Ark, Minorai Kalon, jonli labirint kabi ko‘plab


18
masjid va madrasalar, karvon-saroylar, hammom kabi yodgorliklar muqaddas Buxoroning tengi yo‘q marvaridlaridan bo‘lib qoladi.




Xiva

Buyuk ipak yo‘li davridan buyon butunlay saqlanib qolgan shahar Xivadir. U “ochiq osmon ostidagi muzey” deb nomlanadi. Shahar markazidagi ko‘plab me’moriy yodgorliklar joylashgan Ichan-Qala majmuasi XVIII asr oxiri XIX asrning birinchi yarmiga tegishli. Buyuk Ipak Yo‘lining chorrahasida joylashganligi va bu yerdan karvon yo‘li o‘tganligi sababli Ichan-Qalaga dunyoning to‘rt tomoniga qaragan to‘rtta darvozalar qurilgan. Qal’a devorining balandligi huddi haqiqiy sharq ertaklaridagi kabi shaharga maftunkor ko‘rinish beradi.


Minoralar osmonga yetay deydi, va ularning orasida O‘zbekistondagi eng uzun minora Islom-Xo‘jadir. Uylarning tekis tomlari uzra maqbara va masjidlarning charaqlagan ko‘k gumbazlari viqor bilan turadi. Xivada xon saroylaridan bir qanchasi saqlanib qolgan bo‘lib ulardan eng mashxuri marosimlar o‘tkaziladigan, xon dam oladigan va xon xaramlari yashaydigan zal joylashgan ulkan Tosh-hovli saroyidir. Tashqi tomon va devor mozayka bezakli toshlar bilan qoplangan. Shaharning ajoyibligini bilish, tor ko‘chalarini o‘rganish va ”ochiq osmon ostidagi muzey” ning asl taftini his qilish uchun bir kun ham kamlik qiladi.




Termiz

Ko‘p qirrali O‘zbekiston tarixi shubhasiz uning geografik joylashishini ham aks ettiradi. Termiz mamlakatning eng janubiy shahridir. Termiz Amudaryo sohilining o‘ng tomonida karvon yo‘lida asos solingan bo‘lib asosiy port sifatida 2500 yildan buyon shu vazifani bajaradi. Eramizning boshlarida Termiz Markaziy Osiyoning asosiy buddizm markazi bo‘lgan. Qora-tepadagi toshga o‘yilgan budda monastiri, Fayoz-tepadagi Budda ibodatxonasi, ko‘plab ohakli loydan qilingan budda haykallar qoldiqlari sayyoh va budda sig‘inuvchilar uchun mashxur joy.Termiz faqatgina o‘zining budda dini yodgorliklari bilangina mashxur emas. Bu yerda o‘rta asrlar boshiga tegishli bo‘lgan bir qancha qiziqarli tarixiy yodgorliklar ham bor. Ularning orasida Hakim at-Termiziyning qabri, Sulton Saodat ansambli (X-XVII asrlar) va afsonaviy Qirq-Qiz qal’asi (IX asr) mavjud.


19
3.2. Mintaqaviy turizmni rivojlantirish chora tadbirlari


Mamlakatimizda ish o‘rinlari yaratish, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, hududlarni jadal rivojlantirish, valyuta tushumlarini ko‘paytirish, aholi daromadlari va turmush darajasini oshirish kabi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni yaqin istiqbolda hal qilish uchun keng salohiyatga ega bo‘lgan turizm sohasini rivojlantirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu ma’noda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 16- avgustda «2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Qaror bilan sohada me’yoriy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, O‘zbekistonga sayohatlarni arzonlashtirish, yurtimizning barcha hududlarida turizmni va soha bilan bog‘liq infratuzilmani rivojlantirish, turistik mahsulotlarni diversifikatsiya qilish va yangi turizm obyektlari tashkil etish, shuningdek, milliy turizm mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda faol va kompleks ilgari surishga qaratilgan 2018-2019 yillarda turizmni rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.


Ayni paytda mamlakatimiz hududlarida zamonaviy turizm infratuzilmasini yaratish chora-tadbirlariga alohida e’tibor qaratilgan. Shu maqsadda dasturga muvofiq, Andijon viloyati Xonobod shahrida dam olish hududlari, Jizzax viloyati Forish va Arnasoy tumanlarida Aydar-Arnasoy ko‘llari sohilida beshta yangi zamonaviy dam olish hududlari tashkil etish, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz va Qarshi shaharlarida to‘rt yulduzli mehmonxonalar, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Chimyon tog‘ massivida mehmonxona majmuasi barpo etish, shuningdek, Navoiy viloyatida To‘dako‘lning janubiy sohilida ichki turizm va Aydarko‘l sohillarida xorijlik turistlar uchun plyajlar tashkil etish ko‘zda tutilgan.


Shu bilan birga, qarorda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri rahbarligida 2018-2019 yillarda turizmni rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturiga kiritilgan tadbirlarning amalga oshirilishini muntazam o‘rganish tizimini joriy qilish belgilangan. Shu maqsadda:


20


x Dastur ijrosi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish, vazirlik va idoralarning bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish, yurtimizda turizm sohasi rivojiga to‘sqinlik qilayotgan masalalarni tezkor ko‘rib chiqish va hal qilish uchun Vazirlar Mahkamasi huzurida Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi;

x rejalashtirilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq ijro etilishini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari rahbarligida faoliyat yuritadigan turizmni rivojlantirish bo‘yicha hududiy kengashlar tashkil etildi.





Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish