13.1. Toshkent viloyatining mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida
tutgan o‘rni
Toshkent viloyati geografik jihatdan respublikaning shimoliy sharqida joylashgan bo‘lib, shimol va shimoliy g‘arbdan Qozog‘iston, shimoliy sharqdan Qirg‘iziston va janubdan Tojikiston davlatlari, shuningdek sharqdan Namangan, janubiy g‘arbdan esa Sirdaryo viloyatlari bilan chegaradosh.
Viloyatda 15 ta tuman, 4 ta viloyat va 14 ta tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar, 18 ta shahar tipidagi posyolkalar 146 ta qishloq fuqarolar yig‘inlari hamda 1157 ta qishloq aholi punktlari mavjud (11.1.1-
jadval). Viloyatning ma’muriy-hududiy tuzilmasi asosan sanoatga ixtisoslashgan to‘rtta shahar (Angren, Bekobod, Olmaliq, Chirchiq) va o‘n to‘rtta qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan (Bekobod, Bo‘ka, Bo‘stonliq, Zangiota, Oqqo‘rg‘on, Ohangaron, Parkent, Piskent, Chinoz O‘rtachirchiq, Qibray, Quyichirchiq, Yuqorichirchiq, Yangiyo‘l,) tumanlardan iborat.
Viloyatda jami 110 tadan ortiq turizm obyektlari hamda 76 tadan ziyod tarixiy va madaniy meros obyektlari mavjud.
Viloyat iqtisodining asosini sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish, metallurgiya, paxtani qayta ishlash va oziq-ovqat sanoati tashkil etadi. Bundan tashqari, qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati tez sur’atlarda rivojlanib borayotgan tarmoqlar jumlasiga kiradi. Engil sanoatning asosini mavjud paxta tozalash zavodlari, paxta va ipak tola yigiruvchi fabrikalar tashkil qiladi. Non mahsulotlari, qandolat, sut va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlar tez sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Viloyatning yalpi hududiy mahsuloti (YAHM) mamlakat yalpi ichki mahsulotining 2016- yilda 8,8 foizini, aholi jon boshiga hisoblaganda esa o‘rtacha mamlakat darajasining 109,6 foizini tashkil qiladi. YAIM
92
tarkibida keyingi yillarda, investitsiyalar va agrar sektor ulushining qisqarishiga, ayni vaqtda sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarining ulushi ko‘payishiga erishildi (13.1-jadval).
|
|
|
13.1-jadval
|
|
|
Toshkent viloyatining tarkibiy tuzilishi14
|
|
|
|
Tashkil
|
topgan vaqti
|
1938- yil, 15- yanvar
|
|
|
|
Maydoni
|
|
15,26 (ming km2)
|
Aholisi
|
soni
|
2829,5 ming kishi ( 2017 yil, 1 yanvar)
|
Shaharlar
|
soni
|
18 ta
|
Tumanlar
|
soni
|
15 ta
|
Shahar tipidagi posyolkalar soni
|
18 ta
|
Mahalla
|
fuqarolar yig‘inlari soni
|
990 ta
|
Qishloq
|
fuqarolar yig‘inlari soni
|
146 ta
|
Qishloq aholi punklari soni
|
1157 ta
|
Toshkent viloyati mamlakat sanoatining hududiy tarkibida oldingi o‘rinlardan birini egallab kelmoqda. Hozirgi vaqtda respublika sanoat mahsulotlarining 15 foizi, jumladan respublikada ishlab chiqarilayotgan elektrenergiyaning 45 foizi, ko‘mirning 98 foizi, sementning 43 foizi, po‘lat va metall prokatining 100 foizi, rangli metallarning asosiy qismi viloyat hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida viloyatda keyingi yillarda barqaror rivojlanish jarayonlari kuzatilmoqda. Buni yalpi hududiy mahsulotning o‘sish sur’atlari o‘rtacha 7,5 foizni tashkil qilib, 2010-2016 yillarda 3,1 marotaba o‘sganligida ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 3,3 martaga, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish - 4,9 martaga, chakana savdo aylanmasi 3,3 martaga, pullik xizmatlar 4 martaga ko‘paygan. Bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiyotda ijobiy tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish imkonini bermoqda. Tahlil qilinayotgan 2010-2016 yillar davomida sanoatning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 37,7 foizdan 38,8 % foizga o‘sganligi, qishloq xo‘jaligining
Toshkent viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
93
ulushi 22,5 foizdan 19,7 foizga qisqarganligini, xizmatlarning 40 %dan 41,5 %ga o‘sganlarini ijobiy jarayon sifatida baholash mumkin (13.2-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |